Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 Ona tili va adabiyot olimpiadaTuman 2019-2020 o'quv yili 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 InfoMaster Avgust 19, 2024 1471 Ko'rishlar 2 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 5 5 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 2019-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 Qaysi gapda -dir qo‘shimchasi gumon ma’nosini bildirib kelgan? A) Ot mindirib kim qaytardi yurtga uni? Jahongiri bexonumon yurt edi bu. B) Bir vaqtlar meni deb halok bo‘lgan kimdir, Men uning uchun ham yashab yuribman. C) Taskin berib onam yig‘laydir, Qolganlari yolg‘on yig‘laydir. D) Nadir millat qudratining tamadduni, Amir Temur haykalidan so‘rang buni. 2 / 25 Hamma ham do‘stlarini, yaqin kishilarini e’zozlaydi, ularning ko‘p bo‘lishini istaydi. Ushbu gapda qaysi gap bo‘lagi uyushgan? A) hol B) to‘ldiruvchi C) aniqlovchi D) ega 3 / 25 Teng bog’lovchili bog’langan qo’shma gapni aniqlang. A) Ko’p bilgan ems, kerakni bilgan dono B) Fan qudratli va bepayondir, ammo u mohirlik va halol shug’ullanishni talab qiladi. C) Inson aql va idrok soyasida o’ziga keladigan zarar va zulmlradan saqlanur. D) Donolikning zamiri – sabr- qanoat 4 / 25 Bosh gap tarkibidagi ko'rsatish olmoshi ma'nosini izohlash uchun qo'llangan ergash gaplar bosh gapga qanday vosita yordamida bog'lanadi? A) -ki yuklamasi yordamida B) Bunday gaplarning qismlari ko'rsatish olmoshlari yordamida bog'lanadi. C) To’g’ri javob yo’q D) Aniqlov boglovchisi yordamida 5 / 25 Ogahiy tarjima qilgan asarlar qatorini toping. A) “Haft Paykar”,” Ta’viz ul- oshiqin”, “Shoh va gado” B) “Shohidi lqbol”, “Guliston” C) “Qobusnoma”, “Haft Paykar”, “Shoh va gado” D) “ Yusuf va Zulayxo” ,“ Gulshani davlat” 6 / 25 Yuklama vositasida bo’g’langan qo’shma gap qaysi qatorda berilgan? A) Kitoblar inson tafakkirining javohirlarini yig’ib, avlodlarga meros qoldiradi. B) Oy sekin-sekin havolanib terak bo’yi ko’tarildi-da, qimirlamay qoldi. C) Kitobni qadrlamoq kerak, bu tafakkur qasriga izzat-ikrom bilan qadam qo’ymoq lozim. D) Kitoblar jonsiz, ammo sodiq do’stlardir. 7 / 25 Uyushiq bo`lakli gap berilgan qatorni aniqlang A) Butun zamin larzaga keldi B) Birni birov beradi ,ko`pni mehnat beradi C) Saida goh kuyunib,goh achinib gapirib berdi D) Ilk bahor shamollari yoqimli esadi 8 / 25 Kirish so'zlar ishtirok etgan gaplarni aniqlang. A) Xullas, qars ikki qo'ldan chiqadi. B) Hamma ham do'stlari ko'p bo'lishini istaydi C) Muammoni hal qilish kerak. D) Yurtim, dalalaring bebaho, tuprog'ing tabarruk. 9 / 25 “Agar oshig’lig’im aytsam, kuyub jon-u jahon o’rtar...” deb boshlanuvchi g’azal muallifi kim? A) Muhammad Rizo Ogahiy B) Boborahim Mashrab C) Alisher Navoiy D) Z. M. Bobur 10 / 25 Berilgan jumla qo’shma gapning qaysi turiga mansub? Qayerda ahillik bo’lsa, shu yerda rivojlanish bo’ladi. A) teng bog’lovchi vositasida bog’langan qo’shma gap B) Nisbiy so’zli qoshma gap C) Yuklamali qo’shma gap D) Ergashtiruvchi bog’lovchi vositasida bog’langan qo’shma gap. 11 / 25 Qismlari ergashtiruvchi bo’g’lovchilar yordamida bo’g’langan qo’shma qanday qo’shma gap hisoblanadi? A) Bog'langan qo'shma gap B) Bog'lovchisiz qo'shma gap C) Ergashgan qo'shma gap D) Murakkab qo'shma gaplar.. 12 / 25 “Vasldin so’z derga yo’q yoro …..” tushib qolgan so’zni toping. A) bor B) yo qildi C) alam D) manga 13 / 25 Ergashgan qo 'shma gapda ko 'makchili qurilmalar qaysi gap tarkibida keladi? A) Ko'makchili qurilmalar qo'llanmaydi B) Bosh gap C) Tobe gap D) Bosh va tobe gap 14 / 25 Dedi: “Qaydinsen ey majnuni gumrah?” Dedi: “Majnun vatandin qayda ogoh?” - parcha qaysi asardan olingan, savol- javob kimga tegishli? A) “Sab’ai sayyor”dostonida Bahrom va Moniy B) “Sab’ai sayyor” dostonida Jo’na va Mas’ud C) “Layli va Majnun” dostonida Navfal-Majnun D) “Farhod va Shirin” dostonida Xusrav va Farhod 15 / 25 „Farhod va Shirin“ dostonidagi ushbu misralar kim tomonidan aytilgan? Menga ne yor-u, ne oshiq havasdur, Agar men odam o‘lsam, ushbu basdur. A) Mehnbonu. B) Layli. C) Mehr. D) Shirin. 16 / 25 XIX asrda yashab ijod etgan shoir, tarixchi va tarjimonni belgilang. A) Ogahiy B) Bobur C) Muqimiy D) Zavqiy 17 / 25 Egasi ma`lum gap berilgan qatorni A) Boshqalar ham xayrlashib chiqib ketishdi B) Tekslik ufq bilan tutashgan joyda bir suruv qo`y elas-elas ko`zga tashlandi C) Bunday unvonlar bekorga berilmaydi ,albatta. D) Bugun biznikida qolsangiz bo`lmaydimi? 18 / 25 “... men turli bo’hton, shaxsiyat va soxtalar bilan ikkinchi oqlanmaydurg’on bo’lib qoralandim. Ko’nglida shamsi g’uboroti, teskarichilik maqsadi bo’lmag’on sodda, vijdonli yigitga xo’rlikdan o’lim tansiqroqdir” – ushbu jumlalar kimning suddagi nutqidan? A) G’. G’ulom B) A. Qodiriy C) Cho’lpon D) Fitrat 19 / 25 Nisbiy so 'zlar juftligidagi so' roq olmoshlari qaysi gap tarkibida keladi? A) Bu olmoshlarning ishtiroki shart emas. B) Bosh gap gap tarkibida C) Ergash gap tarkibida D) Har ikkala gap tarkibida 20 / 25 Boychiborning oyog’idagi gulmixlarni kim tishi bilan sug’urib oladi? A) Alpomish B) Qorajon C) Barchin D) Qaldirg’och 21 / 25 Teng bog`lovchilar berilgan qatorni toping A) yoki,zeroki,chunki,-ki B) sababli,natijada,va lekin C) ammo,biroq balki, agar D) va,ham,ammo,lekin 22 / 25 Furqatning ijodida nechta ilmiy asar uchraydi? A) 3 ta B) 2 ta C) 4 ta D) 5 ta 23 / 25 Dostonda kim Ko’sa sinchining ko’zlarini o’yib oladi? A) Ko’kaman B) Alpomish C) Qorajon D) Ko’kaldosh 24 / 25 Ergashgan qo'shma gaplar, tarkibida nechta gap bolishidan qat'iy nazar, doimo nechta qismdan iborat bo'ladi? A) Ikki qismdan B) Uch qismdan C) Qismlar miqdori chegaralanmagan D) Kamida ikki qismdan 25 / 25 Sodda gapni aniqlang A) Atrof yorishdi va biz yo`lga otlandik B) Qong`iroq chalindi va mashg`ulotlar boshlandi C) Atrof yorishgach biz yo`lga otlandik D) Opam ishdan tez qaytdilar 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 12 9-10-11 sinflar Ona tili olimpiada №6