Jismoniy tarbiya fanidan malaka savollari №17 Fevral 16, 2024 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Jismoniy tarbiya fanidan malaka savollari №17 ga fikr bildirilmagan. Savol haqida xabar bering Bu savolda nima xato? Siz bo'sh hisobot yubora olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 0% 272 1234567891011121314151617181920212223242526272829303132333435363738394041424344454647484950 Jismoniy tarbiya fanidan malaka savollari №17 3.9. “Olimpiya bilim asoslari” modulidan test savollari 1 / 50 Nima sababdan VI, XII, XIII Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilmagan? A) Siyosiy munosabatlar B) Iqtisodiy inqiroz C) Jahon urushlari D) Jahon ko‘rgazmalari 2 / 50 XXXI-Yozgi Olimpiya o‘yinlari qayerda o‘tkazildi ? A) Pekin B) Tokio C) London D) Rio-de Janeiro 3 / 50 XVIII Yozgi Osiyo o‘yinlari qayerda va qachon o‘tkazilgan? A) 2018-yil Indoneziya, Djakarta B) 2010-yil Xitoy, Guanchjou C) 2014-yil Korea, Incheon D) 2006-yil Qatar, Doxa 4 / 50 2016-yil Rio-de Janeiro shahrida bo‘lib o‘tgan XXXI Yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sportchilari nechta medalni qo‘lga kiritgan? A) 11 ta B) 13 ta C) 15 ta D) 7 ta 5 / 50 Qachon, nechanchi olimpiya o‘yinlarida ayol sportchilarni qatnashishiga ruxsat berilgan? A) 1900-yil, II -o‘yinlar, Parij B) 1912-yil, V-o‘yinlar, Stokgolm C) 1932-yil, X-o‘yinlar, Los-Anjeles D) 1920-yil, VII-o‘yinlar, Antverpen 6 / 50 Qadimgi olimpiya o‘yinlarida hakamlar qanday nomlangan? A) Ellagonik B) Elektronik C) Atletik D) Ellanodik 7 / 50 Qadimgi olimpiya o‘yinlarining barham topishiga qanday tarixiy omil sabab bo‘lgan? A) Yunonistonning Rim tomonidan bosib olinishi B) Aleksandr Makedonskiy imperiyasining vujudga kelishi C) Xristian dini ta’sirining kengayishi D) Salb yurishlari 8 / 50 . XXXII-Yozgi Olimpiya o‘yinlari qayerda o‘tkazildi ? A) Tokio B) Pekin C) Rio-de Janeiro D) Sidney 9 / 50 Qadimgi Olimpiya o‘yinlarining vatani qayer hisoblanadi? A) London shahri B) Gretsiya shahri C) Olimp shahri D) Dehli shahri 10 / 50 Nechanchi Olimpiada o‘yinlarida O‘zbekistonlik fristaylchi Lina Chereyazova g‘olib bo‘lgan? A) 1998-y. Olimpiya o‘yinlarida. B) 1992-y. Olimpiya o‘yinlarida C) 2000-y. Olimpiya o‘yinlarida D) 1994-y. Olimpiya o‘yinlarida. 11 / 50 Birinchi Zamonaviy Olimpiya o‘yinlari nechta sport turidan o‘tkazilgan ? A) 9 B) 20 C) 5 D) 16 12 / 50 Qadimgi olimpiya o‘yinlarida 2 stadiyga yugurish masofasi qanday nomlangan? A) Stadiulos B) Agones C) Romulos D) Diaulos 13 / 50 Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining birinchi prezidenti etib kim saylangan edi? A) Maykl Killanin B) Demetrius Vikelas C) Everi Brendedj D) P’yer de Kuberten 14 / 50 2020-yil Tokiyo shahrida bo‘lib o‘tgan Yozgi Tokiyo olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sportchilari umumjamoa hisobida nechanchi o‘rinni egallagan? A) 21-o‘rin B) 32-o‘rin C) 34-o‘rin D) 37-o‘rin 15 / 50 XXXII Yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sportchilari nechta medalni qo‘lga kiritgan.? A) 5 ta B) 4 ta C) 13 ta D) 7 ta 16 / 50 Qadimgi Olimpiada o‘yinlarining asoschilari kimlar bo‘lgan? A) Ifit va Likurg B) Gerakl va Gippodamiya C) Pelops va avgiy D) P’yer va Kuberten 17 / 50 Birinchi Paralimpiya o‘yinlari nechanchi yilda o‘tkazilgan? A) 1960-yil, Rim B) 1972-yil, Haydel’berg C) 1964-yil, Tokio D) 1968-yil, Tel’-Aviv 18 / 50 Olimpiya ramzi-rangli halqalar qanday tartibda joylashgan? A) Moviy, Qora, Qizil, Sariq, Yashil B) Yashil, Sariq, Moviy, Qora, Qizil C) Moviy, Qizil, Sariq, Yashil, Qora D) Qora, Qizil, Sariq, Moviy, Yashil 19 / 50 Zamonaviy Olimpiada tarixida eng ko‘p g’oliblikni qaysi davlat qo‘lga kiritgan? A) AQSh B) Rossiya C) Xitoy D) Germaniya 20 / 50 Ikkinchi Paralimpiya o‘yinlari nechanchi yilda o‘tkazilgan? A) 1960-yil, Rim B) 1964-yil, Tokio C) 1972-yil, Haydel’berg D) 1968-yil, Tel’-Aviv 21 / 50 Qadimgi olimpiya o‘yinlari davrida e’lon qilingan “muqaddas tinchlik” yunon tilida qanday atalgan? A) Akademiya B) Paralimpiya C) Ekexeyriya D) Garmoniya 22 / 50 Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining (shtab-kvartirasi) qayerda joylashgan? A) Shveytsariya, Lozanna shahri B) AQSh, Vashington shahri C) Rossiya, Moskva shahri D) Fransiya, Parij shahri 23 / 50 XVIII -Yozgi Osiyo o‘yinlari qayerda o‘tkazilgan? A) Guanjou, Xitoy B) Djakarta, Indoneziya C) Tokiyo, Yaponiya D) Incheon, Korea 24 / 50 Birinchi Yozgi Osiyo o‘yinlari qachon va qayerda o‘tkazilgan? A) 1958-yil Tokiyo, Yaponiya B) 1962-yil Djakarta,Indoneziya C) 1966-yil Bangkok, Tailand D) 1951-yil Nyu-Deli, Indiya 25 / 50 Qachon sobiq ittifoq terma jamoasi ilk bor Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan? A) 1948-yil, London B) 1952-yil, Hel’sinki C) 1956-yil, Mel’burn D) 1960-yil, Rim 26 / 50 Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi faoliyatida qanday hujjat asosiy hisoblanadi? A) Kontseptsiya B) Xartiya C) Konstitutsiya D) Nizom 27 / 50 2000-yil Sidney shahrida bo‘lib o‘tgan XXVII-Yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sportchilari umumjamoa xisobida nechanchi o‘rinni egallagan? A) 47-o‘rin B) 34-o‘rin C) 41-o‘rin D) 58-o‘rin 28 / 50 Qanday sport turi qadimgi olimpiya o‘yinlarida asosiy hisoblangan? A) Yugurish B) Pentatlon C) Futbol D) Ot aravalarda poyga 29 / 50 O‘zbekiston Milliy Olimpiya Qo‘mitasi qachon tashkil qilingan? A) 18-noyabr 1993-yil B) 29-dekabr 1995-yil C) 21-yanvar 1992-yil D) 14-yanvar 1992-yil 30 / 50 II-Yozgi Olimpiya o‘yinlari qayerda o‘tkazilgan? A) Ispaniya, Barselona B) Gretsiya, Afina C) Fransiya, Parij D) Angliya, London. 31 / 50 Qachon Toshkentda Olimpiya Shon-Shuxrat muzeyi ochilgan? A) 2-sentyabr 1996-yil B) 31-avgust 1999-yil C) 18-oktabr 1996-yil D) 10-may 1993-yil 32 / 50 Qadimgi olimpiya o‘yinlarida kimlar ishtirok etishi mumkin edi? A) Ozod fuqarolar B) Xorijiy fuqarolarlar C) Barcha fuqarolar D) Ozod yunon fuqarolari 33 / 50 Qadimgi Olimpiya o‘yinlarida nechta sport turi bo‘yicha bellashganlar? A) 8 ta B) 10 ta C) 12 ta D) 5 ta 34 / 50 2000-yil Sidney shahrida bo‘lib o‘tgan XXVII-Yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sportchilaridan kim birinchi oltin medalni qo‘lga kiritgan? A) Muhammadqodir Abdullayev B) Armen Bagdasarov C) Sergey Mixaylov D) Artur Taymazov 35 / 50 Yozgi Olimpiya o‘yinlari necha kun davomida o‘tkaziladi? A) 12 kun B) 20 kun C) 14 kun D) 16 kun 36 / 50 Birinchi qadimgi Olimpiya o‘yini kimning sharafiga o‘tkazilgan? A) Kronos B) Zevs C) Ifit va Likurg D) Afley 37 / 50 Qadimgi olimpiya o‘yinlarida murabbiylar (trenerlar) qanday nomlangan? A) Arbitr B) Pedonom C) Referi D) Pedotrib 38 / 50 . 2024-yil o‘tkaziladigan XXXIII-Yozgi Olimpiya o‘yinlari qayerda o‘tkaziladi ? A) Qatar B) Pekin C) Tokio D) Parij 39 / 50 Zamonaviy olimpiya o‘yinlarini qayta tiklash g‘oyasi kim tomonidan tavsiya qilingan? A) J. J. Russo B) G. Averoff C) D. Vikelas D) P’yer de Kuberten 40 / 50 Qadimgi olimpiya o‘yinlari qachon va kim tomonidan taqiqlangan? A) Mil. 394-y. imperator Feodosiy I B) Milodiy 520-y. imperator Yustinian C) Mil.av. 390-y. imperator Feodosiy II D) Mil.av. 60-y. imperator Neron 41 / 50 Nima sababdan qadimgi Olimpiya o‘yinlari ta’qiqlangan? A) Islom dinining tarqalishi B) Harbiy mojarolar C) Xristian dinining vujudga kelishi D) Moliyaviy qiyinchiliklar 42 / 50 Zamonaviy Olimpiada tarixida nechta olimpiya o‘yinlari o‘tkazilmagan. A) London -1944, Аmsterdam-1928 B) Xelsinki-1952, London-1908, Аtlanta-1996 C) Tokio-1916, Berlin-1940, London-1944 D) Berlin-1940, Xelsinki-1952, Barselona-1992 43 / 50 Qadimgi Yunonistonda 175-metrdan 192, 27-metrgacha yugurish masofasi qanday nomlangan? A) Ippodrom B) Stadiy C) Stadiodrom D) Stadion 44 / 50 Qishgi Olimpiada o‘yinlari tarixida O‘zbekistonlik sportchilardan kim birinchi Olimpiada g‘olibi bo‘lgan? A) Sergey Diomidov B) Nataliya Ustinova C) Lilya Cheriyazova D) Galina Shamray 45 / 50 Olimpiya shiori to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping? A) Birgalikda, Kuchliroq, Tezroq, Balandroq B) Tezroq, Balandroq, Kuchliroq, Birgalikda C) Balandroq, Tezroq, Kuchliroq, Birgalikda D) Kuchliroq, Tezroq, Balandroq, Birgalikda 46 / 50 Hozirgi zamon birinchi Olimpiya o‘yinlari qayerda o‘tkazilgan? A) Parij B) Barselona C) Afina D) London 47 / 50 Bugungi kunda Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining prezidenti kim? A) Tomas Bax B) Jak Rogge C) Xuan Antonio Samaranch D) Pyer de Kuberten 48 / 50 O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining maqsad va vazifalari nimalardan iborat? A) Olimpiya o‘yinlarida qatnashish uchun terma jamoalarni tayyorlash B) Mamlakatda Olimpiya g’oyalarini himoya qilish, terma jamoalarni Olimpiya o‘yinlariga tayyorlash C) Sport turlari bo‘yicha Osiyo birinchiliklariga tayyorgarlik D) Spartakiadalarga tayyorgarlik ko‘rish 49 / 50 Qadimgi olimpiya o‘yinlarining g‘oliblari qanday nomlangan? A) Olimpionik B) Chempionik C) Filantrop D) Ellanodik 50 / 50 Birinchi qadimgi Olimpiya o‘yinlari nechanchi yilda va qayerda o‘tkazilgan? A) Miloddan a.v 586-y. Olimpiya qishlog‘ida B) Miloddan a.v. 776-y. Olimpiya qishlog‘ida C) Milodiy 632-y. Afina D) Miloddan a.v 408-y. Sparta 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Jismoniy tarbiya attestatsiya