Ona tili va adabiyot abituriyentlar uchun №2 Aprel 20, 2022Aprel 20, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Ona tili va adabiyot abituriyentlar uchun №2 ga fikr bildirilmagan. 59 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Vaqtingiz tugadi! Ona tili va adabiyot abituriyentlar uchun №2 1 / 30 Qaysi qatorda metafora usuli bilan ma`no ko`chgan so`z qatnashgan? A) Qalam ushladimmi, demak, o`yin bas… B) Bu darddan qora boshim oqardi C) Yuragini ezib turgan tuyg`ular biroz chekinganday bo`ldi D) Alisher Navoiy vafotini eshitib, butun Hirot yig`ladi 2 / 30 Otamday rozi bo`l, onamday sevgin, Men ham senikiman, o`ksik qizginam. Bag`ringda ming yillik toshlar to`sig`in, Yorib chiqayotgan bir ildizingman! She`riy parchada fonetik o`zgarishga uchragan nechta yasama so`z ishtirok etgan? A) 2 B) 4 C) 1 D) 3 3 / 30 Har xil odamlarning fe`l-atvori va ahvoli; yaxshi fe`l xosiyati va yomon xislat kasofati; turli foydali kuzatishlar va misollar haqida uch qismdan iborat asarni aniqlang. A) "Mahbub ul-qulub" B) "Mezon ul-avzon" C) "Hayrat ul-abror" D) "Saddi Iskandariy" 4 / 30 Qaysi javobda o`zlik olmoshi ta`kid ma`nosini ifodalash uchun xizmat qilgan gap(lar) to`g`ri ko`rsatilgan? Rostini aytsam, men o`zim ham unchalik yomon bola emasman. O`zi dumaloq, qor kabi oq. Ikromjon xotinini qoldirib, o`zi idora tarafga qarab ketdi. 4. O`zingni er bilsang, o`zgani sher bil. A) 1, 3, 4 B) 1 C) 1, 2 D) 1, 2, 3, 4 5 / 30 Quyida keltirilgan qo`shma gapning turini aniqlang. Bilgilki, bolalarim uch kundan buyon hech bir taom yemas edilar va men hech iloj topmay yurdi. A) murakkab qo`shma gap B) bog`lovchisiz qo`shma gap C) ergashgan qo`shma gap D) bog`langan qo`shma gap 6 / 30 Umri… mazmuni… millat… dardi… darmon bo’lish… iborat deb bilgan Amir Temur xalqimiz… ardoqli, ulug’ farzandidir. Ushbu gapda nechta so’zdagi nuqtalar o’rniga qaratqich kelishigi qo’shimchasini qo’llash lozim? A) 5 ta B) 4 ta C) 2 ta D) 3 ta 7 / 30 Ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini ko‘paytirish, kengaytirish ma`nosinida qo`llanadigan so`z qaysi qatorda berilgan? A) diversifikatsiya B) strategiya C) modernizatsiya D) brifing 8 / 30 Berilgan matndagi fonetik o’zgarishga uchragan so’zlar haqidagi noto’g’ri hukmni toping. A) Fonetik o’zgarishga uchragan ot tarkibida jarangli undosh jarangsiz undoshga almashgan B) Berilgan matndagi olmosh tarkibida tovush ortishi hodisasi ro’y bergan C) Berilgan matnda olmosh tarkibida Tovush tushishi hodisasi ro’y bergan D) Beriligan matndagi so’zlarda ko’makchi morfemada ham tovush o’zgarishi kuzatiladi 9 / 30 Voqea-hodisa, shaxs-narsani nomlash uchun ishlatilgan (bir so‘z yoki so‘z birikmasi bilan ifodalangan) qisqa gapdan so‘ng ishlatiladigan tinish belgisi qaysi gapda qo`llangan? A) Podshoh o‘sha bolani yoniga o‘tqazib, undan so‘rabdi: Mening uyim chiroylimi yoki otangnikimi? B) Yashash. Bu – orzular qanotin kermoq. Yashash. Bu – muhabbat gullarin termoq. (O. Matjon) C) Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim! ( M. Yusuf ) D) She’rim! Yana o‘zing yaxshisan! ( U. Nosir ) 10 / 30 Jabr-u jafolardan o’tgan, endigina sening qo’lingdan tutgan, seni yo’qotib qo’ymaslik maqsadida bor vujudi bilan sen uchun yashayotganlarning orzusisan, mustaqillik! Ushbu gapda qo’llangan yasama so’zlar soni nechta? A) 3ta B) 4 ta C) 2 ta D) 5 ta 11 / 30 Yangidan o’zida kuch-g’ayrat tuyardi, kelajagiga, o’z maqsadlariga erishishga umid uyg’onardi. Berilgan gap tarkibida fonetik o’zgarish asosida yozilgan so’zlar haqida to’g’ri fikrni toping. 1)Ushbu gap tarkibida fonetik o’zgarish hodisasi sodir bo’lmagan. 2)Fonetik o’zgarishga uchragan so’zlarda tovush tushgan va almashgan. 3)Fonetik o’zgarishga uchragan so’zlar soni 3 ta. 4)Fonetik o’zgarishga uchragan barcha so’zlarda tovush tushgan. A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 4 C) 1, 2, 3 D) 2, 3 12 / 30 Imlo qoidasiga nomuvofiq yozilgan so‘z qatnashgan gapni aniqlang. A) Hamon shamol o‘kirar, osmonning goh u, goh bu burchida chaqmoq yaraqlab, yong‘oq shoxlari shubhali g‘iyqillar, ammo endi bular uni qo‘rqitolmas edi. B) Lekin kun isishini kutish haqida gap bo‘lishi ham mumkin emas, chunki havoga ishonish qiyin, eng muhimi, qor ustiga qor yog'ib, dashtda qolib ketishlari ehtimoldan xoli emas. C) Kishining iste’dodi barcha sohada bir xil bo'lavermaydi, chunki yoshlar o‘zi sevgan, qobiliyatiga mos bo'lgan ishni tanlay bilishi kerak. D) Biroq vaqt ketsa ham, otaning maslahati bilan ish tutganlari yaxshi bo‘ldi, chunki yomontosh darasi ular kutganday mudhish edi! 13 / 30 Berilganlardan qaysi birida grammatik moslik buzilgan? A) kuzdagi boychechak B) mevani ekmoq C) gulni barglari D) suv ichida cho`milmoq 14 / 30 Qaysi ijodkor o’z she’rida Vatanning tinchligini asrash xuddi “mo’rt shisha”ni asrashdek qiyin ekanligini eslatib o’tadi? A) Zulfiya B) A. Avloniy C) E. Vohidov D) A. Obidjon 15 / 30 T.To’laning ”Yetti zog’ora qissasi” asarida Navoiyni mahliyo qilgan donishmand deya kim tilga olinadi? A) Otoyi B) Amir Temur C) Lutfiy D) Ahmad Yassaviy 16 / 30 Quyida berilgan qaysi so`zlar imloviy jihatdan noto`g`ri yozilgan? 1) xasrat; 2) mudofaa; 3) muddoa; 4) tobeylanmoq; 5) tamir A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 3, 4, 5 C) 1, 2, 3, 5 D) 1, 3, 4, 5 17 / 30 Qaysi javobda olmosh ega vazifasini bajarmagan? A) Seni odobli bo'lganing uchun hamma hurmat qiladi. B) Boyning tashqarisida Yo'lchidan boshqa hech kim yo‘q. C) Bu – siz uchun katta sinov. D) Mayli-da kimgadir yoqsa, yoqmasa, ularga qo`shilib yig`lasharmidik. 18 / 30 Qaysi asarda Turkistonda Qul Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasining shundoq biqinida O’rta Osiyoni zabt etgan general Chernyayev qurdirgan besh-oltita g’ishtin binolarning borligi, Chernyayev bu binolarni chor askarlari uchun qurdirganligi, ammo Sovet hokimiyati ularni qamoqxonaga aylantirib atrofini tikanli sim bilan o’raganligi tasvirlangan? A) “Muzqaymoq” hikoyasida B) “Mehrobdan chayon” romanida C) “O’tkan kunlar” romanida D) “Yulduzlar mangu yonadi” qissasida 19 / 30 Qaysi qatorda Mirtemir ijodiga mansub tarjimalar berilgan? Pushkinning"Yevgeniy Onegin" she'riy romani; Lermontovning "Maskarad" asarini "Manas" qirg'iz xalq eposini; "Qirq qiz" qoraqalpoq xalq dostoni; "Sosunli Dovud" arman xalqeposi. A) 4, 5 B) l, 2 C) 3, 4 D) l, 2, 3 20 / 30 Quyida berilgan gap turini aniqlang. Bunday saltanat yalong’och odamga o’xsharki, uni ko’rgan kimsa nazarini olib qochadi. A) shaxsi umumlashgan sodda yoyiq gap B) ergashgan qo’shma gap C) sodda yoyiq gap D) egasi yashiringan sodda yoyiq gap 21 / 30 Ilon kabi buralib daryo shu yerga kelganda, ikkiga ajralgan, uch chaqirimdan so`ng yana birlashardi. Berigan gapda qaysi turkumlar qatnashgan? A) ot, ko`makchi, fe`l, ot, ravish, fe`l, son, fe`l, son, ot, ko`makchi, ravish, fe`l B) ot, ko`makchi, ravish, ot, ravish, fe`l, son, fe`l, son ot, ravish, ravish, fe`l C) ot, ko`makchi, fe`l, ot, olmosh, ot, fe`l, son, fe`l, son ot, ravish, ravish, fe`l D) ot, ko`makchi, fe`l, ot, ravish, fe`l, son, fe`l, son, ko`makchi, ravish, fe`l 22 / 30 Payt, fursat, mahal, chog’, palla, muddat, dam, on, lahza. Yuqoridagi sinonim so’zlardan qaysi biri “ko’pincha ma’lum ish uchun lozim bo’lgan, shu ishga belgilangan vaqt” ma’nosini bildiradi? A) on B) fursat C) payt D) lahza 23 / 30 “Suv qalqisa loyqasi yuqoriga chiqqanday, zamon qalqigandan buyon yomon ko’paydi”. Ushbu misralar qaysi asardan olinganligini aniqlang. A) Urushning so’nggi qurboni B) Shum bola C) Muzqaymoq D) Bemor 24 / 30 Quyidagi gapda mustaqil so`zlar miqdorini aniqlang? G`amgin qoyalar qilib qo`ygan gunohidan o`zi qo`rqib ketganday ingrab yubordi. A) 6 ta B) 8 ta C) 7 ta D) 9 ta 25 / 30 “Go`ro`g`lining tug`ilishi ” dostonida Gajdumbek kimning o`g`li? A) Jig`alixonning B) Qovushtixonning C) Odilxonning D) Shohdorxonning 26 / 30 Quyidagi qaysi gapda vazifadoshlik asosida ma’nosi ko’chgan so’z ega vazifasida kelgan? A) Stol oyog’i pishiq yog’ochdan qilingan. B) Rentgen apparati natijalarini kutyapmiz. C) Bosh omon bo’lsa, do’ppi topiladi. D) Qozonning qulog’i qiyshayib qolgan ekan. 27 / 30 Arman xalq eposi “Sosunli Dovud” dostonini tarjima qilgan ijodkorning asari qaysi qatorda berilgan? A) “So`nggi kun” B) “Izlaganim” C) “Astrabod ” D) “Singan umid” 28 / 30 Quyidagi ajratib ko’rsatilgan band so’zi haqida berilgan to’g’ri hukmni toping. 1)Usta pichoqqa band yasash bilan ovora ekan, bezovta qilmadik. 2)Suv kelmasdan band tashlama. 3)Shifokor hozir band birozdan keyin xabar oling. A) 2-va 3-gapdagi band so’zlari o’zaro ko’p ma’noli so’zlar sanaladi va ushbu so’zlar 1- gapdagi band so’ziga nisbatan shakldoshlik hosil qila oladi. B) 1- va 3-gaplardagi band so’zi o’zaro ko’p ma’noli so’zlar sanaladi va ushbu so’z 2-gapdagi band so’ziga nisbatan shakldoshlik qila oladi. C) Ushbu gaplarda qatnashgan band so’zlarining barchasi o’zaro shakldosh so’zlar sanaladi. D) Har uchala gapdagi band so’zi bir so’zning turli ma’nolarda qo’llanishidir. 29 / 30 Berilganlardan qo’shma sifatlarni aniqlang. 1) sovuqmijoz; 2) hozirjavob; 3) achchiqtosh; 4) mehnatkash; 5) issiqxona; A) 1, 3, 5 B) 1, 2, 4 C) 1, 3 D) 1, 2 30 / 30 O’n oy davom etgan tergov azoblaridan so’ng adib “sovetlartga qarshi targ’ibot qilgan”likda ayblanib, 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan ijodkorning ijodi bilan bog’liq to’g’ri ma’lumotni aniqlang? A) Ushbu ijodkor qalamiga mansub asar o’tgan asrning 60- yillarida, Navoiy tavalludining 525 yilligi arafasida yaratilgan edi. B) Ushbu ijodkorning asarlarida ona yurti – O’zbekiston tabiati, uning zahmatkash xalqi mehnatini sharaflab yozgan she’rlari o’zining samimiyligi, ohangdorligi, o’quvchining eng nozik tuyg’ularini qo’zg’ata olishi bilan zamonlar sinovidan o’tib kelmoqda. C) Ijodkorning ijodidagi bosh mavzu nima deb so’ralsa, yurtga, tabiatga oshiqlik, bolalik xotiralariga sadoqat, o’z xalqidan faxrlanish, uni chin dildan sevish va ardoqlash, deb aytish mumkin. D) Ijodkorning asarlaridan birida ulug’ mutafakkir Alisher Navoiyning ziddiyatlarga to’la hayoti tasvirlangan. 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni To'g'ri javob uchun 3,1 ball. Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Ona tili va adabiyot abituriyent