Jismoniy tarbiya fanidan malaka savollari №7 Fevral 12, 2024 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Jismoniy tarbiya fanidan malaka savollari №7 ga fikr bildirilmagan. Savol haqida xabar bering Bu savolda nima xato? Siz bo'sh hisobot yubora olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 0% 22 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 Jismoniy tarbiya fanidan malaka savollari №7 2.4 “Maktab oʻquvchilarining morfofunksional oʻzgarishlari” moduli boʻyicha testlar 1 / 40 Suyakning sirti suyak ust pardasi … bilan qoplangan. A) Togʻay B) Pay C) Periost D) Fastiya 2 / 40 Somatotrop gormonining koʻpayishi natijasida qaysi kasallik kelib chiqadi? A) Tetaniya B) Addison C) Gigantizm D) Nanizm 3 / 40 Katta yoshli odamlarda ortiqcha gormon hosil boʻlsa, burun,pastki jagʻ, til kattalashadi.Bunda qaysi kasallik yuzaga keladi? A) Raxit B) Akseleratsiya C) Akromegaliya D) Nanizm 4 / 40 Charchagan muskul tolalari qisqarib, boʻshasha olmay qoladi, bu holat … deb ataladi. A) Muskullarning kontrakturasi B) Muskullarning statikasi C) Muskullarning dinamikasi D) Muskullarning charchashi 5 / 40 Plantografiya bu ... . A) Yurak qisqarishini oʻlchash B) Oyoq panja izini ressorlik funksiyasini aniqlash C) Mushaklar kuchini oʻlchash D) Tana uzunligini oʻlchash 6 / 40 Qoʻlni koʻtarish,yurish,sakrash –muskulning qaysi ishiga misol boʻladi? A) Statik B) Avtomatik C) Dinamik D) Sistolik 7 / 40 Geteroxronolizm bu … . A) Oʻsish va rivojlanishning uzluksizligi B) Oʻsish va rivojlanishning notekisligi C) Oʻsish va rivojlanishning doimiyligi D) Oʻsish va rivojlanishning tenglashuvi 8 / 40 Nafas olish organlarining yuqumli kasalliklarini belgilang? A) Laringit, oʻpka sili B) Plevrit, gripp C) Sil, gripp D) Rinit, laringit 9 / 40 Suyaklar tarkibida anorganik moddalar ... bo‘ladi? A) 10% B) 60% C) 30% D) 40% 10 / 40 Organizmning individual taraqqiyoti …. . A) Embrional B) Ontogenez C) Postembrional D) Filogenez 11 / 40 Morfologik koʻrsatkichlarni belgilang. A) Vazn ogʻirligi, oʻpkaning tiriklik sigʻimi B) Vazn ogʻirligi, puls C) Tana ogʻirligi, puls D) Tana uzunligi, vazni, qoʻl va oyoqning uzunligi 12 / 40 Qad- qomatning qaysi xilida bolalarda kuraklar qanotga oʻxshash koʻtarilib, bukri holat yuzaga keladi? A) Kifotik B) Normal C) Skolioz D) Lordoz 13 / 40 Qizlarning nafas olish jarayonida koʻproq ishtirok etadigan muskullar? A) Romsimon muskullar B) Qorin muskullari C) Koʻkrak muskullari D) Oʻmrov muskullari 14 / 40 Odam tanasidagi kalsiyning 99% qaysi organda toʻplanadi? A) Qonda B) Jigarda C) Suyaklarda D) Buyrakda 15 / 40 Muskullarning asosiy vazifasi? A) Mexanik ish bajarish,harakatni taʼminlash. B) Tayanch C) Tayanch va himoya D) Oʻtkazuvchanlik 16 / 40 Nafas olish organlarining yalligʻlanish kasalliklarini belgilang? A) Gripp, bronxit B) Laringit, oʻpka sili C) Rinit, laringit D) Gripp, rinit 17 / 40 Organizmning umumiy rivojlanishi necha yoshgacha davom etadi ? A) 23-25 yoshgacha B) 35-40 yoshgacha C) 9-16 yoshgacha D) 13-15 yoshgacha 18 / 40 Odam tanasidagi suyaklar soni? A) 256 ta B) 206 tadan ortiq C) 200 ga yaqin D) 200 ta 19 / 40 Muskullarning ish qobiliyati qaysi asbob yordamida oʻlchanadi? A) Erogramma B) Erograf C) Dinamometr D) Spiroetr 20 / 40 Daktiloskopiya bu ... . A) Barmoq chiziqlarini oʻrganish B) Barmoq izini olish C) Mushaklar kuchini oʻlchash D) Tana uzunligini oʻlchash 21 / 40 Tayanch – harakat sistemasiga nima kiradi? A) Skelet B) Skelet muskullari C) Muskullar D) Skelet va skelet muskullari 22 / 40 Odam organizmining tuzilishini oʻrganadigan fan. A) Ekologiya B) Anatomiya C) Fiziologiya D) Gigiyena 23 / 40 Kichik maktab yosh davri necha yoshga toʻgʻri keladi? A) 7-11yoshga B) 7-10 yoshga C) 6-7 yoshga D) 7-9 yoshga 24 / 40 Jismoniy mashqlar bajarish jarayonida nafas olish nima bilan xarakterlanadi? A) Koʻproq O2 o‘zlashtirish bilan B) Kapilyar qon tomirlari torayishi bilan C) Qon tarkibida shakarning koʻpayishi bilan D) Qon tarkibida azotning koʻpayishi bilan 25 / 40 Soʻlakning asosiy qismini nima tashkil qiladi? A) Suv B) Amilaza C) Ptialin D) Lizotsim 26 / 40 Organizm, organ va unda boʻladigan hayotiy jarayonlarni oʻrganadigan fan ... . A) Ekologiya B) Anatomiya C) Fiziologiya D) Sistematika 27 / 40 Suyaklarning tarkibida suvning miqdori? A) 30% B) 50% C) 10% D) 60% 28 / 40 Katta odamlarda qonning ivish tezligini belgilang. A) 3-6 daqiqa B) 1-2 daqiqa C) 6-10 daqiqa D) 5-10 daqiqa 29 / 40 Retardatsiya – nima? A) Oʻsish va rivojlanishning jadallashuvi B) Oʻsish va rivojlanishning toʻxtab qolishi C) Oʻsish va rivojlanishning tezlashuvi D) Oʻsish va rivojlanishning sekinlashuvi 30 / 40 Yassioyoqlik nima? A) Oyoq tovon- kaft yuzasining kengayishi B) Oyoq tovon yuzasining torayishi C) Oyoq tovon- kaft yuzasining torayishi D) Oyoq tovon yuzasining kengayishi 31 / 40 Qanday tana tuzilishga ega boʻlgan bolalar sportning hamma turi bilan shugʻullanishlari mumkin? A) Astenik B) Giperstenik C) Astenik va giperstenik D) Normostenik 32 / 40 Qaysi garmon bolalarning oʻsishini, rivojlanishini boshqaradi? A) Adrenokortikotrop B) Somatotrop C) Laktotrop D) Tireotrop 33 / 40 Yogʻ massasi qaysi usul orqali aniqlanadi? A) Samotometriya B) Samotoskopiya C) Fiziometriya D) Antropometriya 34 / 40 Oʻsmirlarda qon tana vaznining necha % ini tashkil qiladi? A) 7% B) 10.90% C) 14.70% D) 10% 35 / 40 Akseleratsiya bu ... . A) Oʻsishning meʼyorda borishi B) Oʻsish va rivojlanishning notekisligi C) Oʻsish va rivojlanishning sekinlashuvi D) Oʻsish va rivojlanishning tengqurlariga nisbatan jadallashuvi 36 / 40 Oʻrta maktab yosh davri necha yoshga toʻgʻri keladi? A) 11-14 yoshga B) 10-15 yoshga C) 11-16 yoshga D) 11-14 oshga 37 / 40 Bolalarda yoshiga qarab sport turlarini tavsiya etish nechta davrni oʻz ichiga oladi? A) 8 ta B) 5 ta C) 2 ta D) 6 ta 38 / 40 Antropometriya bu … . A) Nerv sistemasining holatini aniqlash B) Odam gavdasining morfologik belgilarini aniqlash C) Haroratni oʻlchash D) Oʻpkaning tiriklik sigʻimini oʻlchash 39 / 40 Uzun-duksimon muskullar tananing qaysi qismida joylashgan? A) Gavda va qoʻllarda B) Qoʻllarda C) Bosh va qo‘llarda D) Qoʻl va oyoqda 40 / 40 Trombotsitlarning asosiy vazifasi? A) Ayirish vazifasini bajaradi B) Transport vazifasini bajaradi C) Fagotsitoz vazifasini bajaradi D) Qonning ivishida ishtirok etish. 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Jismoniy tarbiya attestatsiya