Jismoniy tarbiya fanidan malaka savollari №7 Fevral 12, 2024 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Jismoniy tarbiya fanidan malaka savollari №7 ga fikr bildirilmagan. Savol haqida xabar bering Bu savolda nima xato? Siz bo'sh hisobot yubora olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 0% 32 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 Jismoniy tarbiya fanidan malaka savollari №7 2.4 “Maktab oʻquvchilarining morfofunksional oʻzgarishlari” moduli boʻyicha testlar 1 / 40 Nafas olish organlarining yalligʻlanish kasalliklarini belgilang? A) Gripp, rinit B) Gripp, bronxit C) Rinit, laringit D) Laringit, oʻpka sili 2 / 40 Plantografiya bu ... . A) Oyoq panja izini ressorlik funksiyasini aniqlash B) Yurak qisqarishini oʻlchash C) Mushaklar kuchini oʻlchash D) Tana uzunligini oʻlchash 3 / 40 Kichik maktab yosh davri necha yoshga toʻgʻri keladi? A) 6-7 yoshga B) 7-9 yoshga C) 7-11yoshga D) 7-10 yoshga 4 / 40 Jismoniy mashqlar bajarish jarayonida nafas olish nima bilan xarakterlanadi? A) Koʻproq O2 o‘zlashtirish bilan B) Kapilyar qon tomirlari torayishi bilan C) Qon tarkibida azotning koʻpayishi bilan D) Qon tarkibida shakarning koʻpayishi bilan 5 / 40 Tayanch – harakat sistemasiga nima kiradi? A) Muskullar B) Skelet muskullari C) Skelet D) Skelet va skelet muskullari 6 / 40 Akseleratsiya bu ... . A) Oʻsishning meʼyorda borishi B) Oʻsish va rivojlanishning sekinlashuvi C) Oʻsish va rivojlanishning notekisligi D) Oʻsish va rivojlanishning tengqurlariga nisbatan jadallashuvi 7 / 40 Oʻrta maktab yosh davri necha yoshga toʻgʻri keladi? A) 11-14 yoshga B) 11-14 oshga C) 11-16 yoshga D) 10-15 yoshga 8 / 40 Daktiloskopiya bu ... . A) Barmoq chiziqlarini oʻrganish B) Barmoq izini olish C) Tana uzunligini oʻlchash D) Mushaklar kuchini oʻlchash 9 / 40 Antropometriya bu … . A) Haroratni oʻlchash B) Nerv sistemasining holatini aniqlash C) Oʻpkaning tiriklik sigʻimini oʻlchash D) Odam gavdasining morfologik belgilarini aniqlash 10 / 40 Trombotsitlarning asosiy vazifasi? A) Transport vazifasini bajaradi B) Ayirish vazifasini bajaradi C) Fagotsitoz vazifasini bajaradi D) Qonning ivishida ishtirok etish. 11 / 40 Odam tanasidagi suyaklar soni? A) 256 ta B) 200 ta C) 206 tadan ortiq D) 200 ga yaqin 12 / 40 Suyakning sirti suyak ust pardasi … bilan qoplangan. A) Periost B) Togʻay C) Fastiya D) Pay 13 / 40 Oʻsmirlarda qon tana vaznining necha % ini tashkil qiladi? A) 10% B) 14.70% C) 7% D) 10.90% 14 / 40 Qanday tana tuzilishga ega boʻlgan bolalar sportning hamma turi bilan shugʻullanishlari mumkin? A) Astenik B) Giperstenik C) Astenik va giperstenik D) Normostenik 15 / 40 Odam tanasidagi kalsiyning 99% qaysi organda toʻplanadi? A) Jigarda B) Buyrakda C) Suyaklarda D) Qonda 16 / 40 Nafas olish organlarining yuqumli kasalliklarini belgilang? A) Plevrit, gripp B) Rinit, laringit C) Laringit, oʻpka sili D) Sil, gripp 17 / 40 Odam organizmining tuzilishini oʻrganadigan fan. A) Gigiyena B) Anatomiya C) Ekologiya D) Fiziologiya 18 / 40 Katta yoshli odamlarda ortiqcha gormon hosil boʻlsa, burun,pastki jagʻ, til kattalashadi.Bunda qaysi kasallik yuzaga keladi? A) Akseleratsiya B) Nanizm C) Akromegaliya D) Raxit 19 / 40 Uzun-duksimon muskullar tananing qaysi qismida joylashgan? A) Bosh va qo‘llarda B) Qoʻl va oyoqda C) Gavda va qoʻllarda D) Qoʻllarda 20 / 40 Muskullarning asosiy vazifasi? A) Mexanik ish bajarish,harakatni taʼminlash. B) Tayanch C) Oʻtkazuvchanlik D) Tayanch va himoya 21 / 40 Geteroxronolizm bu … . A) Oʻsish va rivojlanishning uzluksizligi B) Oʻsish va rivojlanishning tenglashuvi C) Oʻsish va rivojlanishning notekisligi D) Oʻsish va rivojlanishning doimiyligi 22 / 40 Suyaklarning tarkibida suvning miqdori? A) 30% B) 50% C) 60% D) 10% 23 / 40 Morfologik koʻrsatkichlarni belgilang. A) Vazn ogʻirligi, puls B) Tana uzunligi, vazni, qoʻl va oyoqning uzunligi C) Tana ogʻirligi, puls D) Vazn ogʻirligi, oʻpkaning tiriklik sigʻimi 24 / 40 Katta odamlarda qonning ivish tezligini belgilang. A) 6-10 daqiqa B) 5-10 daqiqa C) 3-6 daqiqa D) 1-2 daqiqa 25 / 40 Retardatsiya – nima? A) Oʻsish va rivojlanishning tezlashuvi B) Oʻsish va rivojlanishning jadallashuvi C) Oʻsish va rivojlanishning sekinlashuvi D) Oʻsish va rivojlanishning toʻxtab qolishi 26 / 40 Muskullarning ish qobiliyati qaysi asbob yordamida oʻlchanadi? A) Spiroetr B) Erograf C) Erogramma D) Dinamometr 27 / 40 Charchagan muskul tolalari qisqarib, boʻshasha olmay qoladi, bu holat … deb ataladi. A) Muskullarning kontrakturasi B) Muskullarning dinamikasi C) Muskullarning statikasi D) Muskullarning charchashi 28 / 40 Organizmning umumiy rivojlanishi necha yoshgacha davom etadi ? A) 23-25 yoshgacha B) 9-16 yoshgacha C) 13-15 yoshgacha D) 35-40 yoshgacha 29 / 40 Organizmning individual taraqqiyoti …. . A) Filogenez B) Postembrional C) Embrional D) Ontogenez 30 / 40 Bolalarda yoshiga qarab sport turlarini tavsiya etish nechta davrni oʻz ichiga oladi? A) 5 ta B) 8 ta C) 2 ta D) 6 ta 31 / 40 Qizlarning nafas olish jarayonida koʻproq ishtirok etadigan muskullar? A) Qorin muskullari B) Romsimon muskullar C) Oʻmrov muskullari D) Koʻkrak muskullari 32 / 40 Yogʻ massasi qaysi usul orqali aniqlanadi? A) Samotoskopiya B) Fiziometriya C) Samotometriya D) Antropometriya 33 / 40 Qaysi garmon bolalarning oʻsishini, rivojlanishini boshqaradi? A) Somatotrop B) Adrenokortikotrop C) Laktotrop D) Tireotrop 34 / 40 Yassioyoqlik nima? A) Oyoq tovon- kaft yuzasining kengayishi B) Oyoq tovon- kaft yuzasining torayishi C) Oyoq tovon yuzasining torayishi D) Oyoq tovon yuzasining kengayishi 35 / 40 Soʻlakning asosiy qismini nima tashkil qiladi? A) Ptialin B) Amilaza C) Lizotsim D) Suv 36 / 40 Suyaklar tarkibida anorganik moddalar ... bo‘ladi? A) 10% B) 30% C) 40% D) 60% 37 / 40 Qoʻlni koʻtarish,yurish,sakrash –muskulning qaysi ishiga misol boʻladi? A) Avtomatik B) Statik C) Dinamik D) Sistolik 38 / 40 Qad- qomatning qaysi xilida bolalarda kuraklar qanotga oʻxshash koʻtarilib, bukri holat yuzaga keladi? A) Lordoz B) Normal C) Skolioz D) Kifotik 39 / 40 Organizm, organ va unda boʻladigan hayotiy jarayonlarni oʻrganadigan fan ... . A) Ekologiya B) Sistematika C) Anatomiya D) Fiziologiya 40 / 40 Somatotrop gormonining koʻpayishi natijasida qaysi kasallik kelib chiqadi? A) Addison B) Gigantizm C) Tetaniya D) Nanizm 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Jismoniy tarbiya attestatsiya