Tarix attestatsiya №7 Fevral 27, 2022Fevral 27, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Tarix attestatsiya №7 ga 1 fikr bildirilgan 0% 1 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 OMAD YOR BO'LSIN! Tarix fanidan attestatsiya savollari №7 DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin. Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi. Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling. 1 / 40 1902-yilda yuz bergan voqealarni aniqlang? 1) AQSH Kubaga majburan shartnoma qabul qildirdi.; 2) ingliz –bur urushida Bur Respublikasi taslim bo‘ldi.3) Italiya bilan Fransiya o‘rtasida bitim imzolangan; 4) Yaponiya-Buyuk Britaniya bitimi imzolandi. 5) Bolgariyada chiqayotgan „Kalendari kombiar“ („Milliy kalendar“) jumalida shunday deb yozgan: „Biz uyquda yotibmiz, bu vaqtda esa bizning ustimizda savdo- lashmoqdalar“.6) Buyuk Britaniya Panama kanali masalasi- da AQSHga „yon berdi“. A) 2,3,4,6 B) 1,2,3,4 C) 1,3,4,5 D) 2,3,4,5 2 / 40 Dashti Qipchoqni sharqiy va g’arbiy qismlarga ajratib turuvchi tabiiy chegarani aniqlang. A) Norin daryosi B) Ural daryosi C) Sirdaryoning yuqori oqimi D) Volga daryosi 3 / 40 Quyidagilardan qay biri XIX asr ikkinchi yarmidagi qoraqalpoqlar hayotidagi eng og’ir majburiyat hisoblangan? A) Ariq qazish ishlarida qatnashish B) Harbiy xizmat C) To’g’on bunyod etishda qatnashish D) Kanal qazish ishlarida safarbarlik 4 / 40 Ahmad Donish qaysi yillari yashab o’tgan? A) 3683 B) 3724 C) 3686 D) 3684 5 / 40 G‘or devorlariga chizilgan eng qadimiy rasmlar topilgan Lasko g‘ori xaritada qaysi raqam bilan ko‘rsatilgan hudud (davlat)da joylashgan? A) 2 B) 3 C) 4 D) 1 6 / 40 Qaysi voqeadan so’ng Movarounnahr uch qismga bo’linib ketgan? A) Shohruh vaforidan so'ng B) Abulxayrxonning Movarounnahrga bostirib kirishi bilan C) Mirzo Ulug'bek vafotidan so'ng D) Abu Said vafotidan so'ng 7 / 40 Kimlar XVII asrning o'rtalarida Avstraliya qirg'oqlarini tadqiq eta boshladilar A) gollandiyaliklar B) portugallar C) ispanlar D) inglizlar 8 / 40 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Zulfiya nomidagi davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi Farmoni qachon chiqqan? A) 1998-yil B) 2000-yil C) 1999-yil D) 1997-yil 9 / 40 Rim hukmdorlarining ramzi nima hisoblangan? A) lochin B) ona bo‘ri C) fil D) burgut 10 / 40 Rasmda berilgan O’rta asrlarga oid imorat qaysi shaharda joylashgan? A) Qohirada B) Makkada C) Madinada D) Bag‘dodda 11 / 40 Qachon BMT homiyligida “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo'lidagi hamkorlik” mavzusida anjuman bo‘lib o‘tgan? A) 2017-yil B) 2018-yil C) 2016-yil D) 2015-yil 12 / 40 Maurya davlatining paytaxti qaysi shahar bo‘lgan? A) Pataliputra B) Kashala C) Magadxa D) Malla 13 / 40 Bobur Mirzo Boysung‘ur Mirzo yashiringan qal’ani qamal qilayotgan vaqtda nima uchun qal’adagi askarlar orasida parokandalik ro‘y berdi? A) Askarlarning otlari orasida o'lat tarqalgani sababli B) Bobur Mirzoning askarlari son jihatdan ustunlikka ega edi C) Bu vaqtda shahar ichida oziq-ovqat tanqisligi vujudga kelganligi tufayli D) Ochlikka chiday olmagan oddiy xalq qo‘zg‘olon ko'targani sababli 14 / 40 Quyidagilardan 2013-yilda Orolni qutqarish xalqaro jamg'armasi prezidenti lavozimida ishlagan shaxsni aniqlang. A) I.Karimov B) N.Nazarboyev C) I.Rahmonov D) G.Berdumuhammedov 15 / 40 Qachon Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi? A) 1992-yil iyul B) 1993-yil iyul C) 1992-yil iyun D) 1993-yil may 16 / 40 Hindiston va Pokiston ShHTga a’zo sifatida qabul qilingan yilni aniqlang A) 2016-yil B) 2017-yil C) 2014 yil D) 2015-yil 17 / 40 Qachon Oʻzbekiston va Qozog‘iston Prezidentlarining uchrashuvida ikki davlat chegaralarini aniq belgilab olishga bag‘ishlangan uchrashuvi bo‘lgan? A) 2003-yil B) 1999-yil C) 2001-yil D) 2000-yil 18 / 40 Oʻrta asrlardagi Osiyoning eng yirik shaharlari qatoriga kirmaydiganini ko‘rsating. A) Xyogo B) Bag'dod C) Xanchjou D) Kamakura 19 / 40 ...da Oʻzbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasida davlat chegarasini qo‘riqlashda hamkorlik qilish to‘g‘risidagi va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha qator bitimlar imzolandi. A) 1997-yil fevral B) 1995-yil fevral C) 1998-yil sentabr D) 1996-yil yanvar 20 / 40 ... - submintaqaviy xalqaro tashkilot bo'lib, Yevroosiyo hududining 61%ini egallaydi A) Birlashgan Millatlar Tashkiloti B) Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi C) Shanxay Hamkorlik tashkiloti D) Yevropa Iqtisodiy Jamiyati 21 / 40 Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov ... da amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo'ldi. A) 1997-yil fevral B) 1995-yil fevral C) 1998-yil sentabr D) 1996-yil yanvar 22 / 40 Quyidagilardan Ilk o‘rta asrlarda butun xristian dunyosi Rim imperatori hukmida birlashishi lozim deb hisoblagan (a) va maqsadi Rim imperiyasining avvalgi hududlarini tiklash bo‘lgan (b) hukmdorlarni toping. 1) Otton I; 2) Otton III; 3) Yustinian I; 4) Buyuk Alfred. A) a-2, b-3 B) a-2, b-4 C) a-1, b-4 D) a-1, b-3 23 / 40 Boburning otasi Umarshayx Mirzoga akasi Sulton Ahmad hukmronligi davrida qaysi hududlar berildi? A) Farg‘ona va Qobul B) Sayram va Axsi C) Qobul va Xo‘jand D) Toshkent va Sayram 24 / 40 Hindiston ko‘p etnosli, ko‘p tilli, aholisi eng tez ko‘payotgan mamlakat bo‘lgani uchun etnik muammolar doimiy saqlanib qolmoqda. Jumladan, Panjobda kimlar bilan bog‘liq etnik muammolar mavjud? A) braxmanlar B) bengallar C) sikxlar D) tamillar 25 / 40 Yangi davr boshlariga kelib G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida agrar jamyatning yemirilishi, yangi sivilizatsiya- ning shakillanish jarayoni nechi asr davom etdi? A) to‘rt asr B) uch asr C) besh asr D) bir asr 26 / 40 .. uning nomi “Shanxay Hamkorlik Tashkiloti - ShHT” deb o'zgartirildi. A) chegara hududlari bo‘yicha harbiy sohada o'zaro ishonchni mustahkamlash bilan bog'liq shartnoma imzolanishi bilan B) “Terrorchilik, ayrimachilik va ekstremizmga qarshi kurash to‘g‘risida Shanxay konvensiyasi” imzolanishi bilan C) Oʻzbekistonning “Shanxay forumi”ga kirishi munosabati bilan D) Turkmaniston tashkilot azoligidan chiqishi bilan 27 / 40 O‘rta Osiyida V asr o‘rtalariga kelib sug‘oriladigan yerlarning asosiy qismi kimlarning qaramog‘ida bo‘lgan? A) ibodatxona kohinlarining B) mahalliy hukmdorlarning C) mulkdor dehqonlarning D) qishloq jamoalarining 28 / 40 Aka-uka Romul va Remni kim topib olib tarbiyalaydi? A) bog‘bon B) cho‘pon C) hunarmand D) dehqon 29 / 40 Ahmad Donish tomonidan yozilgan asarlar nomi keltirilgan javobni belgilang. A) «Xudoyqul Anvar», «Navodur ul-vaqoye» B) «Ravzat us-safo», «Gulshani davlat» C) «Zubdat ut-tavorix», «Manozil ul-kavokib» D) «Buxorodan Peterburgga sayohat», «Navodur ul-vaqoye" 30 / 40 Quyidagilardan qay biri Parij kommunasi yo‘l qo'ygan xatolar sirasiga kirmaydi? 1) mamlakatning qolgan qismi kommunani qo'llabquvvatlamadi; 2) Kommuna kengashi ishida Kommuna ichki siyosati hususida birlikka erishib bo'lmadi; 3) Kommuna Parij dan qochib ketgan Tyer hukumatini taqib qilmadi; 4) Kommuna chet davlatlar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘ymadi; 5) davlat xazinasini, banklarni o‘z qo'liga olmadi. A) 5 B) 1 C) 2, 3 D) 4 31 / 40 Oʻz a’zolarining manfaatlarini himoya qilish uchun tuzilgan savdogarlar va hunarmandlar uyushmasi bu ...? A) gildiya B) proletariat C) kapital D) innovatsiya 32 / 40 ... da Moskvada o'tkazilgan MDH davlat boshliqlarining Kengashida Davlatlararo iqtisodiy qo'mita (DIQ) tuzildi. A) 1996-yil yanvar B) 1994-yil yanvar C) 1994-yil oktabr D) 1993-yil dekabr 33 / 40 Temuriylar saltanati siyosiy tarqoqlik davrida bo'lganiga qaramay qaysi hukmdor davrda aholi tinchlik va osoyishtalikda yashadi? A) Sulton Ahmad B) Umarshayx Mirzo C) Abu Said Mirzo D) Sulton Mahmud 34 / 40 ...da Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ldi. Bu Sh. Mirziyoyevning Prezident sifatida xorijiy mamlakatlarga ilk rasmiy tashrifi hisoblanadi. A) 2016-yil 5-6-may B) 2017-yil 6-7-mart C) 2017-yil 2-3-aprel D) 2017-yil 9-10-iyun 35 / 40 Quyidagi Choch tangasiga tegishli bo‘lgan asrda yuz bergan voqeani ko‘rsating. 1) G’arbiy Turk xoqonligi nihoyatda kuchay- gan; 2) Turk xoqonligi vujudga keldi; 3) Oʻrta Osiyoda shishasozlik rivojlangan; 4) Xorazmda bir necha hokimliklar bo‘lgan. A) 4 B) 1, 2 C) 1 D) 1, 2, 3 36 / 40 Yangi davr boshlarida jahon savdo yo'llari ko'chishi oqibatida quyidagi qaysi davlat shaharlari o'zlarining avvalgi ahamiyatini yo'qotdi? A) Ispaniya B) Angliya C) Portugaliya D) Italiya 37 / 40 Rober de Sorbon kim bo‘lgan? A) cherkov o'qituvchisi B) qishloq ruhoniysi C) qirol xonadoni ruhoniysi D) qirol maslahatchisi 38 / 40 Qachon Oʻzbekiston Respublikasi ShHTning sammitida birinchi marta kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan? A) 2004-yil B) 2002-yil C) 2001-yil D) 2000-yil 39 / 40 Rasmda qanday inshoot tasvirlangan A) Ilk Koreys universiteti B) Pulguksa ibodatxonasi C) Sejon Buyuk saroyi D) To‘g‘ri javob berilmagan 40 / 40 Abdullaxon II ning o‘g‘li valiahd sifatida qaysi hududni boshqarar edi? A) Badaxshon B) Karmana C) Balx D) Samarqand 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”; - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”; - 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin” - 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin” Fikr-mulohaza yuboring tomonidan Wordpress Quiz plugin Tarix attestatsiya