Ona tili va adabiyot majburiy №4 Mart 25, 2022Aprel 5, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Ona tili va adabiyot majburiy №4 ga fikr bildirilmagan. 0% 1 123456789101112131415 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №4 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 15 1. Aytilgan so'z // otilgan o'q. Ushbu gapdagi // belgisi o'rnida qanday tinish belgisi qo'yiladi? A) tire B) nuqtali vergul C) ikki nuqta D) vergul 2 / 15 2. Darhaqiqat O`zbekistonning qayeriga borsangiz, sizni iliq kutib olishadi. Ushbu gapda qaysi tinish belgisi tushirib qoldirilgan? A) nuqtali vergul B) vergul C) tire D) ikki nuqta 3 / 15 3. Qaysi gapdagiso’zlarning barchasi o’z ma’nosida qo’llangan? A) Bulut bugun o’zining ko’kish ko’ylagini erinmay yuvishga tushdi, shekilli, yomg’ir tinay demasdi. B) Men gulzordagi chiroyli gullardan guldasta yasab oyimga sovg’a qildim. C) G’azal ham bo’lurmi buncha dilrabo, Bunchalar serishva, bunchalar tannoz? D) Bu achchiq gapni eshitgan zahotimoq peshonamdan sovuq ter chiqib ketdi, yuragimni qo’rquv eza boshladi. 4 / 15 4. Shu boisdan u o’ttizinchi yillar… boshida adabiyot… chetlatilgan, uning uchun nashriyot eshiklari yopib qo’yilgan edi. Ushbu gapda nuqtalar o’rniga qaysi kelishik qo’shimchalarini qo’llash uslubiy jihatdan to’g’ri sanaladi? A) tushum, chiqish B) chiqish, tushum C) qaratqich, chiqish D) qaratqich, tushum 5 / 15 5. Qaysi gapda ajratib ko’rsatilgan sifat hajm-o’lchov ma’nosini ifodalab kelgan? A) Biz o’zimizdan kuchli, o’zimizdan baxtli avlodni tarbiya etmog’imiz lozim. B) Tortinchoqqina Nigorani ham davraga sudrab chiqib raqs tushishga majbur qildi. C) Vazmin, mulohazali bu yigitni korxonada hamma yoqtirib qolgan edi. D) Uning qovoqlari keng, yuzlari oq-qizil edi, shahlo ko’zlari esa har doim kulib turardi. 6 / 15 6. To’ldiruvchi ajratib ko’rsatilgan gapni aniqlang. A) Biz shaharda baland binolarni ko’rdik. B) Bajarilgan ishlar haqida hisobot berildi. C) Ikki dunyo ham mard va saxiylarniki, mard bo’l. D) Ukasiga ham shu to’pni sovg’a qildi. 7 / 15 7. Afsuski, endi men ketaman. Yuqorida keltirilgan gap qaysi so’z turkumlaridan tashkil topgan? A) kirish so’z, ravish, olmosh, fe’l B) undov so’z, ravish, olmosh, fe’l C) modal so’z, ravish, olmosh, fe’l D) undov so’z, hol, ega, kesim 8 / 15 8. Qaysi javobdagi so’zlar imloviy jihatdan xato yozilgan? A) tanaffus, halol B) inshoot, manba C) suhbat, tamoyil D) milliyon, musoboqa 9 / 15 9. Qaysi javobda ajratib yoziladigan so’zlar berilgan? A) umum\jahon, ish\yoqmas B) tamom\bo’l, yangidan\yangi C) Boltiq\bo’yi, oltin\gugurt D) obro’\e’tibor, qo’l\arra 10 / 15 10. Qaysi gapda ko’p nuqta o’rnida “urib” so’zini ham, “tushirib” so’zini ham qo’llash mumkin? A) Endi sizni o’z lavozimingizdan …… jazolaganini bildirib qo’ymoqchi. B) Omon ikkalamiz bir kosa go’jani paqqos …… oldik. C) Elmurod hammani mukofotga taqdim etganda o’zini … qoldirgan edi. D) Ertalabdan yomg’ir maydalab … turdi, kechga yaqin qorga aylandi. 11 / 15 11. Pastda esa odamni oqizadigan katta suv xarsanglarga urilib, shovullab oqayapti. Berilgan gapda qaysi turkumga oid so’zni yozishda imloviy xatoga yo’l qo’yilgan? A) ravish B) fe’l C) ravishdosh D) ot 12 / 15 12. Og’zi qulog’iga yetmoq iborasining ma’nosi qaysi javobda to’g’ri izohlangan? A) beparvo bo’lmoq B) B) og’zi qiyshayib qolmoq C) xursand bo’lmoq D) saxiylik qilmoq 13 / 15 13. Terakzorlar xushbichim, bog’larda hamma yoq jim. Ushbu gapda nechta so’z turkumiga mansub yasama so’zlar qo’llanganligini aniqlang. A) 3 ta B) 2 ta C) 5 ta D) 1 ta 14 / 15 14. Quyida berilgan nechta gapda paronimlarni qo’llash bilan bog’liq xatoliklarga yo’l qo’yilgan? 1)Jayron tog’dan tog’ga o’tib, qayerga borishini bilmasdi. 2)Mahsulot o’ramiga yarog’lilik muddati yozib qo’yilgan. 3)Shiroq xiyla bilan dushmanni mag’lub qildi. 4)Quyosh hamal yulduzlar burchiga o’tishi bilan kunlar isiy boshladi. A) 1 ta B) 4 ta C) 2 ta D) 3 ta 15 / 15 15. Quyida berilgan gapdagi tagiga chizilgan so‘z qanday nisbatda? Yaltiraydi, doim tovlanar, Oy nurida cho‘miluvchi tosh. A) o‘zlik B) orttirma C) birgalik D) majhul 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Ona tili va adabiyot majburiy blok