6-sinf Ona tili №4 Mart 29, 2022Mart 29, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 6-sinf Ona tili №4 ga fikr bildirilmagan. 10 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Ona tili №4 FE’L NISBATLARI ANIQ NISBAT O’ZLIK NISBATI MAJHUL NISBAT ORTTIRMA NISBAT ORTTIRMA NISBAT QO’SHIMCHALARNING ISHLATILISHI BIRGALIK NISBAT FE’LLARNING VAZIFA SHAKLLARI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 50 Javoblarning qaysi birida unli tovushlar ko'rsatilgan? A) a.u,o',i,e,o B) b,f,k,t,s C) yo,yu,ya ,a D) m,ng,n,r,l 2 / 50 Bilim bilan kishining martabasi oshadi , ilmsizlik kishini tubanlashtiradi Ushbu gapda nechta so’z yasovchi qo’shimcha ishtirok etgan ? A) 4 B) 3 C) 2 D) 5 3 / 50 O’timsiz fe'l qavsi gapda qo’llanilgan ? A) Endi sizni kim deb ataylik? B) Akam bu yil universitetni tugatdi, C) Komila bayramga ofiltadek kiyindi. D) Paxtakorlarimiz hosilni barvaqt yig’ib olishdi, 4 / 50 Faqat lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchalar ishtirok etgan so’zlarni toping. A) giyohlarni, ajratildi, topildi B) kulimsiramoq, ellardagi, ketguncha. C) asabiylashmoq, kelinchak, keltirish D) aybsitmoq, ulg’aytirgan, bormadi. 5 / 50 Qaysi qatorda holat fe’llari berilgan? A) yiqilmoq, bo’yalmoq, uxlamoq B) unmoq, jimirlamoq, ikkilanmoq C) sarg’aymoq, tekislamok, bermoq D) porlamoq, ketmoq, tegmoq 6 / 50 O’zlik nisbatidagi fe’lni toping A) afsuslandi B) ko’rindi C) ajablandi D) olindi 7 / 50 Majhul nisbatdagi fe’l ishtirok etgan gap qatorini belgilang A) Bunday unvonlar bekorga berilmaydi ,albatta B) Avaz hazil qilab qutilishga urindi C) A’lo o’qishlar burchim ,sarf etilgan bor kuchim D) Salomlashmoq –odobning belgisi 8 / 50 Orttirma nisbat qo’shimchalari berilgan qatorni toping. A) -sh(-ish), -n(-in) B) -ir, -ar, -iz C) -t, -ch, -im D) -sh(-ish), -l(-il) 9 / 50 Aniq nisbatdagi fe’l qaysi qatordagi gapda qatnashgan ? A) Abdulla ko’rpacha ustiga cho’zildi B) Elchinbek yuvindi ,qurindi ,so’ng bir nimani unutganday uzoq o’ylandi .. C) Binoning keng va og’ir eshigi ochildi D) Fanda inqilobni biz qildik avval 10 / 50 Qaysi qatordagi fe’llardan o’zlik nisbati shakli yasalmaydi ? A) bor,uxla,qichqir ,yayra B) ket,tur,yop,kiy,maqta C) kel,yot ,och ,so’ra ,tashla D) chop,yugur,tikla,kiy 11 / 50 Kesimi o‘zlik nisbatidagi fe’l bilan ifodalangan gapni aniqlang. A) Bu bino tez fursatda qayta tiklandi. B) Qiyg‘os ochilgan paxtalarni ko‘rib ko‘zi quvnadi. C) Sarvar manzilga tezroq yetib olish uchun o‘ngga qayrildi. D) G‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirildi. 12 / 50 Qaysi qatorda sof fe'lga misol keltirilgan? A) qaqragan cho' liar B) yukni ortib C) she'r yodlash D) uyga qayt 13 / 50 Bajaruvchisi aniq bo’lgan harakat yoki holatni bildirgan fe’l shakli ... A) o’zlik nisbat B) aniq nisbat C) majhul nisbat D) orttirma nisbat 14 / 50 O’zlik nisbatdagi fe’l qaysi gapda qo’llangan ? A) Ot qoqildi B) Odil ishdan bo’shatildi C) Hovli orqali uyga kiriladi D) Mix qoqildi 15 / 50 Fe’lning otga xoslangan shakli ...... deyiladi? A) harakat nomi B) shart mayli C) ravishdosh D) sifatdosh 16 / 50 Qaysi javobdagi fe’llardan o’zlik nisbati hosil bo’lmaydi ? A) kesmoq,kiymoq ,ko’rmoq B) cho’milmoq ,surkalmoq ,o’ramoq C) minmoq ,kulmoq,yayramoq D) termoq,taranmoq,quvonmoq 17 / 50 Majhul nisbatdagi fe’l qatnashgan gapni toping A) Qattol o’g’ri dorga osildi B) Uzumlar shipga osildi C) B,C D) U erkalanib dadasining elkasiga osildi 18 / 50 Birgalik nisbatidagi fe'llar ishtirok etgan gaplarni aniqlang. 1. U tog'asi bilan quyuq so'rashdi. 2. Mehmonlar kelib qolishdi. 3. Kelishgan yigit ekanmi? 4. Akam kvartiraga joylashdi. 5. Ishni tezda tugatdilar. A) 1,3, 4 B) 2, 4, 5 C) 2, 5 D) faqat 2 19 / 50 Qaysi qatordagi fe’llardan o’zlik nisbati shaklini hosil qilib bo’lmaydi ? A) artmoq,qiynamoq,kavshamoq B) ekmoq,sug’ormoq,kesmoq C) minmoq,haydamoq,kiymoq D) yuvmoq ,yasamoq ,bezamoq 20 / 50 Sof fe'l shakli gapda qanday gap bo'Iagi vazifasida keladi ? 1 ega 2 aniqlovchi 3 to'Idiruvchi 4 kesim 5 hol A) 1,2,3,4 B) 1,2 C) 4 D) 1,2,3,4,5 21 / 50 Orttirma nisbat qaysi qatordagi gapda ishlatilgan ? A) Sobir do’stini qutqarib qoldi B) Kampir hamma bilan so’rashib chiqdi. C) O’tirganlar muammoni ko’rib chiqishdi D) O’tgan yili mana shu dang’illama hovlini suv tekinga sottirib yubordi 22 / 50 Quyidagi fe’llarning qaysisidan o’zlik nisbati yasalmaydi ? A) yayramoq B) kavshamoq C) qiynamoq D) so’kmoq 23 / 50 Fe’l nisbatlari …. A) Ish harakat va uning bajaruvchisi o’rtasidagi munosabatning ifodalanishidir B) Fe’llarning kelishik qo’shimchalarini olib o’zgarishidir C) Fe’llarning shaxs son qo’shimchalarini olib o’zgarishidir D) Fe’llarning zamon qo’shimchalarini olib o’zgarishidir 24 / 50 Qaysi gapda orttirma nisbat shaklidagi fe’l qo‘llanmagan? 1 Donishmandlar yalqovlik muhtojlik eshigi ekanligini uqtirganlar. 2 Alisher Navoiy ota va onani oy-u quyoshga o‘xshatgan. 3 Olimlar ortiqcha saodatga intilish saodatni qo’lga kiritishga to‘sqinlik qilishligini aytishgan. A) 1,2 B) 1,2,3 C) 2 D) 3 25 / 50 Majhul nisbatdagi fe’l qo’llangan gapni toping A) Bu savollarga bolalar turlicha javob berishdi B) Qurilishga zarur materiallar olib kelindi C) Botirlar qo’rquvni bilmaydilar D) Ofarin topshiriqni o’z vaqtida bajaribsizlar 26 / 50 Birgalik nisbat shklidagi fe’llar qatorini belgilang A) tabriklamoq ,yozmoq,kelmoq B) kiyilmoq,taralmoq ,yuvilmoq C) gullatmoq ,bitirmoq ,yedirmoq D) terishmoq ,ekishmoq,kulishmoq 27 / 50 Majhul nisbat shaklidagi fe’l ishtirok etmagan gapni toping A) Javoblarning barchasida fe’llar majhul nisbat shaklida qo’llangan B) Barcha mahallalarda sumalaklar pishirildi C) Yerlarga don sepildi D) Rustam shahmat to’garagiga yozildi 28 / 50 Orttirma nisbatdagi fe’l qatnashgan gapni aniqlang A) Mehnat baxt keltiradi B) Archa qishin yozin ko’m-ko’k turadi C) Fan yutuqlar butun dunyoni qoyil qoldirmoqda D) Asta –sekin tong yorisha boshladi 29 / 50 Orttirma nisbat ma'nosi kuchaygan so'zni aniqlang. A) bildirib qo'ygin B) surishtirishdi C) gapirtirma D) o'qittirmoq 30 / 50 Qaysi gapda majhul nisbatdagi fe’l mavjud ? A) Bir pasda janjal boshlandi B) Qo’riq yer ekin ekishga tayyorlandi C) Tuguncha ichidagilar yerga to’kildi D) Uzoqdan suv ko’rindi 31 / 50 Qaysi nisbat qo’shimchalari fe’lga birdan ortiq tarzda qo’shiladi? A) o’zlik nisbat B) majhullik nisbat C) birgalik nisbat D) orttirma nisbat 32 / 50 Qaysi nisbatdagi fellar vosita bilan bajarilgan harakatni bildiradi? A) birgalik B) majhul C) orttirma D) o’zlik 33 / 50 Qaysi qatordagi gapda majhul nisbatdagi fe’l ishtirok etgan ? A) Uylar ,klublar ,kutubxonalar qurildi B) O’qituvchimiz ko’rsatmasi bilan safga tizildik C) Erkin yosh havaskorlar to’garagiga yozildi D) Tiniq ko’kda oq bulut parchalari ko’rindi 34 / 50 Xalqning sha’niga, ming yillar davomida to’plagan obro’-e’tiboriga dog’ tushirishga hech kimning haqi yo’q. Ushbu gapda fe’lning vazifa shakllaridan qaysi biri mavjud? A) harakat nomi, sifatdosh, ravishdosh B) sifatdosh, harakat nomi C) sof fe’l, harakat nomi, sifatdosh, ravishdosh D) sof fe’l, harakat nomi 35 / 50 -r yoki –y bilan tugagan bir bo’g’inli fe’llardan orttiurma nisbat hosil qiluvchi quyidagi qo’shimchalarning qaysi biri ishtirok etadi ? A) –dir B) –t ,-dir C) –tir ,-dir D) –t ,-tir ,-dir 36 / 50 Qaysi javobda faqat orttirma nisbatdagi fe’llar berilgan? A) ko’rsatmoq,qaytarmoq,o’tkazmoq B) yozdirmoq,so’rattirmoq,ekishmoq C) pishirmoq,sug’ormoq,qiynalmoq D) oqizmoq, yuvinmoq,otilmoq 37 / 50 Fe’lning vazifa shakllari haqida aytilgan qaysi hukm to’g’ri? A) Fe’l asosida ifodalangan harakat-holatning uch zamondan birida sodir bo’lishini bildiradi . B) Bajaruvchining harakat va holat jarayoniga qay darajada ishtirok etishini bildiradi. C) O’z mustaqil ma’nolarini yo’qotib, yordamchi vazifada keladi . D) Turli gap bo’laklari vazifasida kelish uchun xoslangan bo’ladi . 38 / 50 –ir orttirma nisbat qo’shimchasi haqida bildirilgan qaysi hukm noto’g’ri? A) undosh bilan tugagan bir bo’g’inli fe’llarga qo’shiladi B) vazifasiga ko’ra shakl yasovchi qo’shimcha hisoblanadi C) undosh bilan tugagan ko’p bo’g’inli fe’llarga qo’shiladi D) fe’l yasovchi qo’shimcha bilan omonimlik hosil qiladi 39 / 50 Qaysi nisbat shaklidan fe’llarning barcha nisbatlarni hosil qilishi mumkin ? A) majhul B) o’zlik C) orttirma D) aniq 40 / 50 Birgalik nisbatdagi fe'lni aniqlang A) Rahim va Sarvarlar devorni bo'yashdi B) Devor bo'yaldi C) Rahim devorni bo'yadi D) Sarnandar Rahimga devorai bo'yatdi 41 / 50 yemoq ,demoq fe’llaridan majhul nisbat qay tarzda hosil qilinadi ? A) so’z asosi unli tovush bilan tugaganligi uchun –l qo’shimchasi qo’shish orqali B) so’z asosiga –il qo’shimchasi qo’shish orqali C) yemoq ,demoq fe’llaridan majhul nisbat yasalmaydi D) so’z asosi va majhul nisbat qo’shimchasi orasida –y tovushini orttirish orqali 42 / 50 Birgalik nisbatidagi fe’llar aniq nisbatdagi fe’llarga teng kelgan so’zlar qatorini aniqlang A) urishdi,janjallashdi ,bajarishdi B) bahslashdi ,janjallashdi,to’qnashdi C) qimirlashdi,yurishdi,janjallshdi D) so’kishdi ,to’qnashdi ,ketishdi 43 / 50 Qaysi qatorda orttirma nisbatdagi fe’l berilgan ? A) chaqirtirildi B) yozdirgizdim C) keltirilgan D) kiyintirishdi 44 / 50 Orttirma nisbat xosil qiluvchi - gaz, - kaz, - kaz qo’shimchalari o’tmoq fe’liga qay tarzda qo’shilishi mumkin? A) o’tkaz, o’tqaz tarzida B) faqat o’tqaz tarzida C) o’tgaz, o’tkaz, o’tqaz tarzida D) faqat o’tkaz tarzida 45 / 50 Qaysi nisbat fe’l nisbat bajaruvchisining noaniqligini ifodalaydi? A) orttirma B) majhul C) aniq D) birgalik 46 / 50 O’zlik nisbatdan hosil bo’lgan fe’lning orttirma nisbat shaklini toping A) yuvinishdi ,kiyinishdi B) yuvintir ,kiyintir C) keltir ,yozdir D) o’zgartirildi ,ishlatildi 47 / 50 Qaysi qatordagi fe’l birgalik nisbatdagi fe’lga mansub ekanligini aniqlang A) go’zallashmoq B) o’rtoqlashmoq C) hazillashmoq D) ishlashmoq 48 / 50 Orttirma nisbat qo’shimchasi –dir haqida bildirilgan qaysi hukm noto’g’ri? A) jarangli undosh bilan tugagan bir bo’g’inli va ko’p bo’g’inli fe’llara doim- dir tarzida qo’shiladi B) orttirma nisbat qo’shimchasi –dir kesimlik qo’shimchasi bilan omonim hisoblanadi C) –dir orttirma nisbat qo’shimchasi lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha hisoblanadi D) jarangsiz undosh bilan tugagan fe’llarga-tir tarzida qo’shiladi 49 / 50 Fe'Ining sifatdosh shakli gapda qanday gap bo'Iagi vazifasida keladi ? 1 ega 2 abiqlovchi 3 to'Idiruvchi 4 kesim 5 hol A) 4 B) 1,2,3,4 C) 1,2,3 D) 1,2 50 / 50 Majhul nisbatdagi fe’l qatnashgan gapni aniqlang A) Navoiy sehrli sadolarga berildi B) Qishloqda katta bog’ barpo etildi C) Sardorbek kiyindi . D) Sizning matonatingiz tufayli bu ishlar vaqtida qilindi 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster 6-sinf Ona tili