Ona tili va adabiyot majburiy blok №6 Aprel 18, 2022Aprel 18, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Ona tili va adabiyot majburiy blok №6 ga fikr bildirilmagan. 0% 1 123456789101112131415 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №6 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 15 1. Quyidagi so'zlarning qaysi biri shakldosh so'z hisoblanmaydi? A) uy B) sep (fe'l) C) so'z D) tom 2 / 15 2. Hovli ancha tor edi. U qo`liga tor oldi. Ushbu gaplardagi tor so`zi so`zlarning shakl va ma`no munosabatiga ko`ra qaysi turiga mansub? A) antonim so`zlar B) shakldosh so`zlar C) ma`nodosh so`zlar D) paronim so`zlar 3 / 15 3. Qaysi javobda ajratib yoziladigan so’zlar berilgan? A) tamom\bo’l, yangidan\yangi B) umum\jahon, ish\yoqmas C) obro’\e’tibor, qo’l\arra D) Boltiq\bo’yi, oltin\gugurt 4 / 15 4. Yasama so‘zlar qatori berilgan javobni toping. A) gulla, chirilla, o`zim B) o‘kinch, o‘roq, unum C) shaftolizor, musobaqa, tepalik D) bilim, shoir, tilim 5 / 15 5. Vatanning vayronasi // umrning g`amxonasi. (Maqol) Belgi o`rnida qanday tinish belgisi qo`yiladi? A) nuqtali vergul B) ikki nuqta C) vergul D) tire 6 / 15 6. Javoblarning qaysi birida berilgan birlik imloviy jihatdan to’g’ri yozilgan? A) “O’zbekiston qahramoni” unvoni B) Toshkent Davlat sharqshunoslik institute C) Oliy Majlis D) Oliy sud raisi 7 / 15 7. Qaysi javobda “zamonaviy ishlab chiqarishni boshqarish (rejalash, tartibga solish, nazorat qilish), shuningdek, ishlab chiqarishga rahbarlik qilish, uni tashkil etish; boshqarish to’g’risidagi fan” ma’nosini beruvchi atama berilgan? A) menejer B) strategiya C) menejment D) monitoring 8 / 15 8. Lekin men bu gapnio hech kimga aytmagan edim. Ushbu gapda olmoshning ma’no jihatdan necha turi qatnashgan? A) 1 B) 3 C) 4 D) 2 9 / 15 9. Berilgan birliklardan faqat bog’lovchilar ko’rsatilgan javobni toping. A) uchun, singari, hamda B) xuddi, chunki, haqida C) faqat, hamda, chunki D) agar, hamda, ammo 10 / 15 10. Qaysi javobda teng bog’lovchi yordamida bog’langan qo’shma gap berilgan? A) Yo zardo’zi to’ning to’zibmi qoldi, Yoki so’kildimi suvsar telpaging? B) Xalqni qo’rqitgan emas, balki dardiga sherik bo’lgan odam marddir. C) Nimaiki senga zarar keltirsa, o’sha narsani boshqalarga ham ravo ko’rma. D) Chin do’st yurakdan so’zlar, chunki u sening yomon bo’lishingni aslo xohlamaydi. 11 / 15 11. Qaysi gapda fe’l turkumiga oid so’z imloviy jihatdan xato yozilgan? A) Aybin bilmay ketgan Akmal Ikromlar, Fayzullodek mard-u maydonlaring bor. B) Shovilladi tun bo’yi shamol, Qaldiroqlar ko’chdi larzakor. C) Qodiriyni sotib shoir bo’lganlar – Mehrobingdan chiqqan chayonlaring bor. D) Qayinbarglar yopib qaro ko’zini, Olislarda qolgan Usmonlaring bor. 12 / 15 12. Qaysi gapda tinish belgilarini qo’llash qoidalariga amal qilingan? A) Hozir Humoyunning fil yonida birgina inisi oq otliq Hindol mirzo bormoqda. B) Aziz nabiralar, siz bilmaysiz, oh, men o’sha cho’qqida quchganman zafar. C) Qaysi ishni qilmoqchi bo’lsang eng avvalo, o’z ko’ngling bilan kengashib ko’rgin. D) Asli qiyofangni ko’rsatishdan qo’rqishing, demak, o’zingdan nafratlanishingni bildiradi. 13 / 15 13. Ma’nodosh so’zlar qatorida ularga xos bo’lmagan so’z qatnashgan javobni toping. A) do’st, o’rtoq, og’ayni, oshna B) tushunmoq, anglamoq, fahmlamoq, ilg’amoq C) ko’p, ancha, mo’l, xiyol D) chiroyli, go’zal, suluv, barno 14 / 15 14. Qaysi gapda imloviy jihatdan xato yozilgan so’z ishtirok etgan? A) Yomg’irli kunlar tez-tez iliq kunlar bilan almashinib turadi. B) Bu yerda qattiq a’yoz kunlar kam bo’ladi. C) Shahar ko’chalarida, bog’larda, qir-u adirlarda bahor nafasi ufuradi. D) Mevasini ko’tarolmagan shox qarsillab sindi. 15 / 15 15. Qaysi gapda chiziqcha noto’g’ri qo’llangan? A) Ular shu tariqa baxtli-saodatli umr kechirishibdi. B) XX asr ilm-fan sohasida muhim ixtirolar asri bo’ldi. C) Onasi uning orqasidan hay-haylagancha qoldi. D) Men, oyimning aytishicha, o’sha yilning 15-martida tug’ilgan ekanman. 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Ona tili va adabiyot majburiy blok