Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №14 Yanvar 22, 2024 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №14 ga fikr bildirilmagan. 0% 27 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №14 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. Qismat bu isnod-u uyat... ayni biz... boshimiz... slogan erkankim, shul zamonda tug‘ilganimdan pushaymondaman, musibatli damlarda qulayotgan saltanat tojdori... - siz..., qanot bo'lolmaganimdan ozurda va armondaman. Ushbu parchadagi ko‘p nuqtalarning o‘rnida qo‘llab bo‘lmaydigan kelishik qo‘shimchasini aniqlang. A) jo‘nalish kelishigi B) o‘rin-payt kelishigi C) tushum kelishlishigi D) qaratqich kelishigi 2 / 10 2. Lekin vujudimiz ichra shunday bir a’zo borki, uning holati, umuman, inson tirikligini ifoda etadi. Bu – yashashni ta’minlaydigan yurakdir. Berilgan jumlada qanday fonetik hodisa kuzatilgan va ularning miqdori? A) 1 ta tovush ortishi, 2 ta tovush almashishi B) 1 ta tovush ortishi, 1 ta tovush almashishi C) 1 ta tovush tushishi, 2 ta tovush almashishi D) 1 ta tovush ortishi, 2 ta tovush almashishi, 1 ta tovush tushishi 3 / 10 3. 1) Qozonga yaqin yursang qorasi yuqadi 2) Yaqin fursatlarda diydor ko’rishishni orzu qilarmish. 3) Shaharga yaqin joylashgan qishloqda yashaymiz. Berilgan gaplarning qaysilarida yaqin ravishi bir xil ma’noni anglatgan? A) 1, 3 B) 1, 2 C) 1, 2, 3 D) 2, 3 4 / 10 4. O`g`lining dardiga sarg`aygan onaning oh-vohlariga chidab bo`lmasdi. Ushbu gapda qaysi turkumga oid so`zlar ishtirok etgan? A) ot, sifat, olmosh, fe`l B) ot, sifat, ravish, fe`l C) ot, undov, sifat, fe`l D) ot, fe`l, undov 5 / 10 5. Qaysi gapda ot so‘z turkumiga oid so‘zlarning barchasi to‘g‘ri yozilgan? A) Nazariy bilimlardan hosil qilinadigan tushinchalar amaliyot bilan mustahkamlanadi. B) Xalil ota ana shu munosibatga loyiq bir odam edi. C) Bir bug‘u ovchilardan qochib uzumzorga yashirindi. D) Talim va tarbiya uzluksiz ravishda olib borilishi maqsadga muvofiqdir. 6 / 10 6. Qaysi javoda qo’shimcha qo’llash bilan bog’liq xatolikka yo’l qo’yilgan? A) Bu xushxabarni tezroq ota-onamga yetkazish uchun uyga chopdim. B) Qayerga intizom va hamjihatlik bo’lsa, o’sha yerda ish yaxshi yo’lga qo’yilgan bo’ladi. C) Imoratning o’pirilib tushgan joylari siniq pishiq g’isht bilan tiklangan edi. D) Tovus o’zining chiroyli patlarini ehtiyot qiladi, vijdonli odam esa o’zining sharaf va shonini saqlaydi. 7 / 10 7. 1) manba; 2) yonma-yon; 3) tandir; 4) qalampir; 5) tanbal; 6) yonbosh Ushbu so‘zlarning qaysi birida talaffuzda tovush o‘zgarishi yuz beradi? A) 2, 3, 4, 5 B) 1, 3, 4, 6 C) 1, 2, 5, 6 D) 3, 4, 5, 6 8 / 10 8. Ozodlik biz uchun eng katta davlatdir. Ushbu ajratib ko’rsatilgan so’zning asosi bilan shakldosh bo’la oladigan so’z qaysi gapda berilgan? A) Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universitetida bo’lajak shoirlar va adiblar tehsil olishmoqda. B) Ma’naviy davlat bu o’qilgan kitoblardir. C) Haqiqiy er yigit otasining davlatiga, mol-mulkiga ishonmaydi. D) Mening eng katta davlatim shu farzandim sanaladi. 9 / 10 9. Qaysi qatorda ot turkumiga mansub ma’nodosh so‘zlar berilgan? A) qiyinchilik, mashaqqat, zahmat B) kasallik, xastalik, bemor C) keksa, mo‘ysafid, qari D) oydin, ravshan, ochiq 10 / 10 10. Qaysi so’z noto’g’ri yozilgan? A) yarog’-aslaha B) yahudiy C) yarog’siz D) yasavul 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Ona tili va adabiyot majburiy blok