Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №24 Mart 14, 2024 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №24 ga fikr bildirilmagan. Savol haqida xabar bering Bu savolda nima xato? Siz bo'sh hisobot yubora olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 0% 183 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №24 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. Lekin u bu gapni hech kimga aytmagan edi. Ushbu gapda olmoshning ma`no jihatdan necha turi qatnashgan? A) 1 B) 3 C) 2 D) 4 2 / 10 2. Bog'langan qo'shma gap berilgan javobni toping. A) Bilmasdan qilingan har qanday aybni kechirish mumkindir, ammoxiyonatni kechirib bo`lmaydi. B) Kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi. C) Aqlli ishiga ishonadi, aqlsiz tushiga ishonadi. D) Shunday yaxshi odatlarimiz borki, ularga hurmat bilan qarash lozim. 3 / 10 3. Qaysi javobda berilgan barcha so'zlarda ko'chirish qoidalariga rioya qilinmagan? A) O‘zMU, mat-baa, va-’da, eshik B) O'z-MU, mat-baa, va’-da, e-shik C) O'z-MU, matba-a, va-’da, e-shik D) O'zMU, mat-baa, va’-da, e-shik 4 / 10 4. Javoblarning qaysi birida berilgan birlik imloviy jihatdan to`g`ri yozilgan? A) Oliy sud raisi B) Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti C) Oliy Majlis Senati Raisi D) O`zbekiston qahramoni 5 / 10 5. Qaysi javobda miqdor sonning bir ma’noviy turiga mansub so'zlar qatori berilgan? A) beshtadan, yettita, minglab B) sakkiz, uchalasi, qirqta C) beshdan ikki, chorak, yarim D) yuzlab, mingtacha, to'qqiz 6 / 10 6. Muhammad al-Xorazmiyning handasa ilmiga oid yozgan asarlari hozirda ham o'z ahamiyatini yo'qotgani yo'q. Ushbu gapda ajratib ko'rsatilgan so'zning hozirgi adabiy tilimizdagi muqobili berilgan javobni ko'rsating. A) fizika B) astronomiya C) algebra D) geometriya 7 / 10 7. Qaysi javobda berilgan gapda imloviy jihatdan xato yozilgan so‘z ishtirok etgan? A) Hulkarning och jigarrang yuzlarida ajib bir qizillik o‘ynaydi. B) Jiydakapa do‘ppidek keladigan pastak bir tepalik ekan. C) Sahnaga ko‘zi tushdi-yu, yuragi orqasiga tortib ketdi. D) Er kishiga zebu ziynat hikmat va donishdir. 8 / 10 8. Qaysi javobda berilgan qo‘shma so'zlarning barchasi imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan? A) karnaygul, tokqaychi, ishyoqmas B) Ur to‘qmoq, achchiqtosh, suv osti C) sheryurak, ot quloq, qiyma taxta D) ming boshi, O‘rtachirchiq, suvilon 9 / 10 9. Qaysi gap tarkibida imloviy jihatdan xato yozilgan so'z mavjud? A) Birovlarga yomonlik qilishing shart emas, ishlaring yurishgani sari o‘z-o‘zidan dushmanlik qiluvchilar ko'payib boraveradi. B) Ko'ngilni vayron qiladigan haqiqatdan kishiga taskin bag'ishlaydigan yolg'on afzal. C) Fuqarolar yig'inlari faoliyatini samarali yo'lga qo‘yishda jamoatchilik kengashlarining o‘rni sezilarli bo‘layapti. D) Tinchlik xalqni farovon qiladi, yurtni gullatadi, uning istiqboliga keng yo'l ochadi. 10 / 10 10. Faqat yuklamalar berilgan javobni aniqlang. A) bilan, yoki, -chi B) ammo, kabi, -yu C) faqat, -ku, hatto D) hamda, uchun, -mi 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Ona tili va adabiyot majburiy blok