Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №16 Fevral 12, 2024 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №16 ga fikr bildirilmagan. Savol haqida xabar bering Bu savolda nima xato? Siz bo'sh hisobot yubora olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 0% 77 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №16 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. Bog`langan qo`shma gap berilgan javobni toping? A) Aqlli ishiga ishonadi, aqlsiz tushiga ishonadi. B) Shunday yaxshi odatlarimiz borki, ularga hurmat bilan qarash lozim. C) Kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi. D) Bilmasdan qilingan har qanday aybni kechirish mumkindir, ammo xiyonatni kechirib bo`lmaydi. 2 / 10 2. Zag`chaning turqi ham, ovozi ham qarg`alarga yot edi. Ushbu gapdagi ajratib ko`rsatilgan so`z qaysi turkumdagi so`z bilan shakldoshlik hosil qiladi? A) ot B) ravish C) fe`l D) sifat 3 / 10 3. Sodda yasama soʻz(lar)ning asosidagi undoshlar faqat til undoshlari boʻlgan qatorni toping. A) Aksincha, u doʻstlikni kuchaytirdi, abadiylashtirdi. (M. Ismoiliy) B) Odamlarning bezgak pashshaday gʻingʻillashini eshitib, chehrang buzilmasin deyman. (A. Qahhor) C) Mustaqillikning quyoshi hilpirar ilalabad. D) Otini ayagan ot minar, toʻnini ayagan toʻn kiyar. (Maqol) 4 / 10 4. Quyidagi gaplarning qaysi birida orttirma nisbatdagi fe`l qatnashgan? A) Men bilmasligimning bilimdoniman. B) Odamzod hasad qilmasligini kerak. C) Polvon bilan men olishaman. D) Ermatga qo`lini musht qilib ko`rsatdi. 5 / 10 5. Muhammadali ko`chadan tomdan tarasha tushganday kirib keldi. Berilgan gapda ibora qaysi gap bo`lagi vazifasini bajargan? A) aniqlovchi B) ega C) kesim D) hol 6 / 10 6. Berilganlarning qaysi biri qo`shib yoziladi? A) tosh / baqa B) huzur / halovat C) dardi / bedavo D) tim / qora 7 / 10 7. O`zaro zid ma`noli so`zlar juftligini aniqlang. A) boy – kambag`al B) moziy – o`tmish C) uquvsiz – noshud D) mushkul – dushvor 8 / 10 8. ot+ot shaklidagi so’z berilgan qatorni toping? A) karnaygul B) achchiqtosh C) otboqar D) oqqush 9 / 10 9. Antonim so`zlar qatnashgan gapni toping. A) Yosh qizaloq Ra`noxonning keksa buvisi bor. B) Birinchi xodim bilan yondosh yo`lga chiqqan ikkinchi xodim masalaga o`zgacha yondashdi. C) Iste`dodli o`quvchilar ichida do`stlarim borligidan faxrlanaman. D) O`ng qo`li bilan peshonasidagi terni artdi. 10 / 10 10. Qaysi gapda ko`chma ma`noda qo`llangan so`z mavjud emas? A) Qizning atlas ko`ylagi o`ziga juda yarashgan edi. B) Xayolning tumanli pardasi aro Yillar ko`z oldimda charx urayotir… C) Bu ishni ko`ngildagidek bajarish uchun temir intizom kerak. D) Quyosh baxmal vodiy uzra erinibgina nur sochar edi. 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Ona tili va adabiyot majburiy blok