7-sinf Fizika 2-chorak

0

7-sinf Fizika 2-chorak

Testni Vafaqulov Alisher tayyorladi.

1 / 25

Erkin tushib harakat qilayotgan jismning  tezligi har sekundda qanchaga o’zgaradi

2 / 25

Jism harakat tenglamasi x=5+3t–t2 formula bilan berilgan. Jismning boshlang’ich koordinatasi nimaga teng?

3 / 25

Erkin tushish deb qaysi harakatga aytiladi

4 / 25

Tezlanishning o’lchov birligini ko’rsating

5 / 25

Yuqoriga tik otilgan jism H balandlikkacha ko’tarildi. U 4H balandlikkacha ko’tarilishi uchun otish tezligini qanday o’zgartirishi kerak?

6 / 25

Samolyot qo’nish paytida g’ildiraklari yerga tekkandagi tezligi 360 km/soat. Agar uning tezlanishi 2m/s2 bo’lsa, u qancha vaqtdan keyin to’xtaydi

7 / 25

Joyidan qo’zg’algan jism 0,3 m/s2 tezlanish bilan harakat qilib, qancha vaqtda 9 m/s tezlikka erishadi?

8 / 25

Tekis sekinlanuvchan harakatda tezlik va tezlanish ishoralarining munosabatini ko’rsating.

1) υ0 > 0, a<0 2) υ0 = 0, a<0 3) υ0 < 0, a>0

4) υ >0, a>0

9 / 25

Tezligi υ=5-3 t   (m/s)  tenglama bilan berilgan jismning boshlangich tezligi  (m/s)  nimaga teng?

10 / 25

Tezlanish formulasi qanday ifodalanadi

11 / 25

Erkin tushayotgan jism ikkinchi sekundda qanday masofani (m) o’tadi?

12 / 25

Tekis tezlanuvchan harakat qilayotgan “Matiz” 10 s  davomida tezligini 54 km / soat  dan  100 km / soat ga oshirdi. «Matiz»ning tezlanishini toping

13 / 25

Jism tekis tezlanuvchan harakat boshlab, 3-sekundda 5 m yo’l o’tdi. U harakatning boshlang’ich 3 sekundida qanday yo’l o’tadi (m) ?

14 / 25

Boshlang’ich tezliksiz erkin tushayotgan jism 3-sekund ichida qanday masofani o’tadi? g = 10 m/s2

15 / 25

Xalqaro birliklar sistemasida kuch birligi

16 / 25

O’zaro ta’sirlashuvchi jismlarning bir-biriga ta’sir kuchlari bir to’g’ri chiziq bo’yicha yo’nalgan, moduli bo’yicha teng va yo’nalish bo’yicha qarama-qarshidir. Bu .......

17 / 25

Odam liftda turibdi. Odamga ta’sir qiluvchi kuchlar: mg – og’irlik kuchi, N – tayanch reaksiya kuchi, Lift tinch turganda kuchlar orasidagi munosabatni ko’rsating

1) mg  > N

2) mg <  N 3) mg = N 4) mg = 0;  N = 0

18 / 25

Odam liftda turibdi. Odamga ta’sir qiluvchi kuchlar: mg – og’irlik kuchi,  N – tayanch reaksiya kuchi, Lift pastda to’xtashdan oldin sekinlashganda kuchlar orasidagi munosabatni ko’rsating. Lift pastda to’xtashdan oldin sekinlashyapti

1) mg  > N

2) mg <  N 3) mg = N 4) mg = 0;  N = 0

19 / 25

Odam liftda turibdi. Odamga ta’sir qiluvchi kuchlar: mg – og’irlik kuchi,  N – tayanch reaksiya kuchi, Lift yuqorida to’xtashdan oldin sekinlashganda kuchlar orasidagi munosabatni ko’rsating. Lift yuqorida to’xtashdan oldin sekinlashyapti

1) mg  > N

2) mg <  N 3) mg = N 4) mg = 0;  N = 0

20 / 25

Odam liftda turibdi. Odamga ta’sir qiluvchi kuchlar: mg – og’irlik kuchi,  N – tayanch reaksiya kuchi, Lift tekis xarakatlanganda kuchlar orasidagi munosabatni ko’rsating. Lift yuqoriga xarakatlana boshlaydi

1) mg  > N

2) mg <  N 3) mg = N 4) mg = 0;  N = 0

21 / 25

Odam liftda turibdi. Odamga ta’sir qiluvchi kuchlar: mg – og’irlik kuchi, N – tayanch reaksiya kuchi, Lift yuqoriga xarakatlana boshlaganda kuchlar orasidagi munosabatni ko’rsating.

1) mg  > N

2) mg <  N 3) mg = N 4) mg = 0;  N = 0

22 / 25

1 m/s2   tezlanish bilan tushayotgan liftdagi    20 kg massali bolaning og’irligi qancha?

23 / 25

Suv quyilgan idish lift kabinasiga joylashtirilgan. Agar lift tezlanish bilan yuqoriga harakatlansa, suvning idish tubiga bosimi qanday o’zgaradi?

24 / 25

Vaznsiz ko’zg’almas blok orqali o’tkazilgan vaznsiz cho’zilmas ipga massalari 6 va 4 kg bo’lgan ikki yuk osilgan. Ishqalanish yo’q. Agar bu sistema o’ziga qo’yib berilsa,  yuklar qanday tezlanish (m/s2) bilan xarakat qiladi?

25 / 25

Massasi 0,5 kg   bo’lgan koptokka    0,02 s  davomida zarb berilgandan keyin u    10   m / s  tezlik oladi. Zarbning o’rtacha kuchini toping

0%

Baholash mezoni

86%-100% 5 baho

71%-85% 4 baho

56%-70% 3 baho

55% va kamiga 2 baho

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

Sizning fikrlaringizni eshitishdan xursand bo'lamiz

Javob qoldiring

Iltimos, reklama blokeringizni o’chiring!

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0