Ona tili va adabiyot abituriyent testi №1 Iyun 22, 2021Aprel 5, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Ona tili va adabiyot abituriyent testi №1 ga fikr bildirilmagan. 0 Vaqtingiz tugadi! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №1 Abiturentlar uchun ona tili va adabiyot fanidan testlar! Testni Mamadoliyev Behruz tayyorladi. 1 / 67 Asosiy yumushing shuki, boshliqning buyruqlarini bajarasan. Qo'shma gap turini aniqlang? A) aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap B) hol ergash gapli qolshma gap C) to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap D) kesim ergash gapli qo‘shma gap 2 / 67 Tilga xos bo’lmagan hukmni aniqlang. A) umumiy B) mohiyat C) imkoniyat D) natija 3 / 67 Jarangli juftiga ega bo’lmagan jarangsizlarni aniqlang. A) x,h B) q,h C) sh,j D) k,h 4 / 67 "v" tovushiga to'g'ri izoh berilgan qatorni aniqlang. A) til oldi, sirg'aluvchi, jarangli undosh tovush B) lab-tish, sirg'aluvchi, jarangli undosh tovush C) lab-tish, portlovchi, jarangli undosh tovush D) lab-lab, portlovchi, jarangsiz undosh tovush 5 / 67 Ilmiy uslub namunasi berilgan javobni aniqlang? A) Dalalarning keng quchoqlaridan uchib kelgan mayin shabadalar qiz og'zidan chiqqan unlarni o'z qanotlariga. mindirib, allaqayerlarga. olislarga olib ketardilar B) Milliy mafkura millatning tub manfaatlarini nazariy asoslab berishga va himoya qilishga davat etilgandir. uning bosh vazifasi hamshudir. C) Ushbu ma’lumotnomani ko`rsatuvchi G.Mo`minov, haqiqatan ham, O‘zbekiston Milliy universltetining matematika fakultetida dekan o`rinbosari lavozimida ishlaydi. D) Sof ko`makchilar bilan bir qatorda ayrim so‘zlar ko'makchi vazifasida qo‘llanadi va ular vazifadosh ko'makchilar sanaladi. 6 / 67 Berilgan maqollardan qaysi biri qo`shma gap emas? A) Vaqting ketdi -aqding ketdi. B) Vataning tinch — sen tinch. C) Aytilgan so'z — otilgan o`q. D) Yurgan — daryo, o‘tirgan — bo`yra. 7 / 67 Qator undosh so’zni aniqlang. A) bering B) gramm C) maktub D) baxtim 8 / 67 Qaysi gap badiiy uslubga xos? A) Har mushkulga bardosh berar, chidar mening tosh boshim. B) Stakanlarning ikkovida ham rangli eritma bor. C) Malumotnoma tuman hokimiyatiga ko‘rsatilsin. D) Sen menga: "Ovqating undog`, ovqating bundog‘ " degan gapni qilaverma. 9 / 67 Sifatdosh qo'shimchalari to‘g‘ri berilgan qatorni belgilang. A) -adigan, -gan, -ayotgan B) -gam. -v. –ajak C) -v (-uv), -gach, -ib D) -y (-ay), -gam 10 / 67 Nutq apparati o‘pka, bo‘g‘iz, tovush paychalari, og‘iz bo‘shlig‘i, tanglay, til, lab, burun, tish kabi a’zolari yordamida hosil qilinadigan tovush qaysi tomon sanaladi? A) lingvistik B) vazifaviy C) fiziologik D) akustik 11 / 67 Adabiy tilning yozma shakliga xos bo‘lib, muayyan nutqiy qolip, qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllarga ega bo'lgan nutq uslubi qaysi? A) so`zlashuv uslubi B) ilmiy uslub C) rasmiy uslub D) publitsistik uslub 12 / 67 Jarangli jufti mavjud bo’lgan til oldi undoshlarini aniqlang. A) x, h, q B) m, r, n C) s, sh, ch D) b, n, y 13 / 67 Quyidagi tarixiy o‘lchov so‘zlardan qaysi biri uzunlik o‘lchovi hisoblanadi? A) dahsar B) tanob C) paysa D) yog‘och 14 / 67 O’qish jafoli, oqibat vafoli. Ushbu gapda ega fe’lning qaysi vazifasi shakli bilan ifodalangan? A) ravishdosh B) harakat nomi C) sof fe’l D) sifatdosh 15 / 67 To'ldiruvchi qo‘llangan gapni toping. A) Ari zahrin chekmagan bol qadrin bilmas B) Yaxshi o ‘tkazilgan umr baxt-saodatli hisoblanadi. C) Ezgulik insonning ma’naviy olamidagi quyoshdir. D) Chehrasi ochiq kishining qalbi ham ochiq. 16 / 67 Jarangsiz undоshlаr ishtirоk еtmаgаn yasama so'zlar qаtоrini ko'rsаting. 1) beodob; 2) ozay; 3) lolalar; 4) ulаmаng; 5) ommaviy; 6) beshikchi A) 1, 2, 5 B) 2, 3, 6 C) 1, 2, 4, 5 D) 1, 2, 4, 6 17 / 67 Egalik qo'shimchasi qo'shilganda asos qismida tovush o‘zgarishi yuz bermaydigan so`zlar qatorini toping. A) idrok, ishtirok, bilak B) terak, qishloq, bolalik C) ko‘zoynak, ko‘prik, ittifoq D) erk, peshtoq, huquq 18 / 67 Qaysi gapda yasama otdan yasalgan sifat ishtirok etgan? A) Sergaplik odamlar ichida qadringni tushiradi B) Tinchlik oliy ne'mat ekanligini unutmang. C) Kutilmagan quvonchli xabardan boshi aylanib ketdi. D) Menga o`xshagan esli-hushli bolaga zoriqib o`tirgan ekan. 19 / 67 Qiz horg`in va xayolchan ko‘zlarini olisdagi purviqor, haybatli va maftunkor tog'larga tikib o‘ylanib qoldi. Gap tarkibidagi yasama so‘zlar qaysi so‘z turkumlariga oid?sifat, fe’l A) ot, sifat, fe’l B) sifat, fe’l, ravish C) sifat, ot D) sifat, fe’l 20 / 67 Buyruq-istak maylidagi fe’llar qatorini aniqlang A) aytsin, to‘plandi, tekshirtirdi, aytaylik B) yesang, aytsang, ko'rarsan, berayin C) o`rgangin, uxlaylik, aytsin, ko‘rgin, o'qi D) Aytdi, keldi, ko`rmoqchi, borsinlar, borsak 21 / 67 Boshqaruv usuli bilan birikkan so’z birikmalarida tobe so'z qaysi kelishik shakllarida bo'ladi? A) tushum, jo'nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishiklarida B) bosh va qaratqich kelishiklarida C) qaratqich, tushum, jo'nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishiklarida D) bosh, qaratqich. jo'nalish, O`rin-payt kelishiklarida 22 / 67 Tarkibidagi portlovchi undosh sirg‘aluvchi undosh kabi talaffuz qilinadigan so'zlarni belgilang. A) obod, fabrika B) tuzsiz, ijtimoiy C) iztirob, Matiz D) maqsad, taqdim 23 / 67 Qaysi gap tarkibida gumon olmoshi qo‘llangan? A) Birov uni bo‘gayotgandek, yelkalarini qimirlatib, nafasini rostladi. B) Hamma xotirjam ... C) Bu hovuz ikki odam bo‘yi chamasida chuqur edi. D) Hech kim uni xunuk demaydi. 24 / 67 Asosga qo’shib yoziladigan yuklamalarni aniqlang. 1) –mi; 2) –da; 3) –dir; 4) -oq; 5) –ya A) 2, 3, 4 B) 1, 4, 5 C) 1, 3, 4, 5 D) 1, 3, 4 25 / 67 To‘pdan ajratilgan yoki jamlab ko'rsatilgan shaxs, narsa, belgi, harakat-holatlarni ifodalaydigan olmoshlar qanday nomlanadi? A) belgilash olmoshlari B) bolishsizlik olmoshlari C) kо’rsatish olmoshlari D) gumon olmoshlari 26 / 67 Qaysi javobda vazifadosh bog'lovchilar berilgan? A) chunki, uchun, esa. B) bilan, ham, balki C) agar, ya’ni, garchi D) уa’ni, basharti, lekin 27 / 67 Оbrаzlilik va estetik ta'sir etish qaysi uslubga xos xususiyat? A) badiiy uslubga B) publitsistik uslubga C) ilmiy uslubga D) rasmiy uslubga 28 / 67 so’zning ma’noli qismlar yig’indisi….deb ataladi. A) so’z tarkibi B) o’zak C) tub so’z D) asos 29 / 67 Quyida berilgan gapdagi tagiga chizilgan so‘z qanday nisbatda? Yaltiraydi, doim tovlanar, Oy nurida cho‘miluvchi tosh. A) o‘zlik B) birgalik C) majhul D) orttirma 30 / 67 Qaysi javobda lab undoshlari ishtirok etgan yasama so‘z berilgan. A) oshiq B) bilimdon C) savlat D) gulzor 31 / 67 Tire noto`g`ri qo‘yilgan gapni aniqlang. A) Hosilning otasi — suv, onasi — yer. B) Bu — siz uchun katta sinov C) Opam ham — talaba D) Yulduz — tikuvchi. 32 / 67 Quyidagi berilgan tez aytishlarning qaysi birida quyi keng unli tovushlar soni ko‘p? A) Norning nordon anori narida. B) Soqi quritgan qoqi qoq quruq qoqi. C) Oqil oq olma oldi, oq olmani Oqil oldi. D) G‘ani g‘ildirakni g'izillatib g'ildiratdi 33 / 67 “TOSHQIN” so’zida alohida ma’noga ega(mustaqil) so’zlar soni nechta (harflar o’rni almashtirilmasin)? A) 6 B) 3 C) 4 D) 4 34 / 67 Sabab bog'lovchilari to‘g{ri ko'rsatilgan javobni topin? A) ya’ni, lekin B) agar, basharti C) chunki, negaki D) garchi, mabodo 35 / 67 Undov so‘z ishtirok etgan gapni toping. A) Chiroq lip-lip etdi B) Ehtimol,ertalab o‘ziga isitib berish uchun shunaqa deyayotgandir. C) Uf, chanqadim-ey, munchayam kun isib ketdi. D) Chiroq lip-lip etdi 36 / 67 Kiritmalar haqida bildirilgan noto‘g‘ri fikrni aniqlang? A) kiritmalar sodda va murakkab bo'ladi B) murakkab kiritmalar so‘z birikmalari bilan ifodalanishi mumkin C) sodda kiritmalar so‘zlar bilan ifodalanishi mumkin D) murakkab kiritmalar so`z-gaplar bilan ifodalanadi 37 / 67 Ular idishlarga suv qaynatib solishdi. Berilgan gapda "qaynatib" fe’li qaysi nisbatda keltirilgan? A) majhul nisbat B) orttirma nisbat C) birgalik nisbat D) o‘zlik nisbat 38 / 67 Sifat turkumiga mansub so'zlar berilgan javobni toping? A) befoyda, mardlarcha, elak B) kuzgi, shirinlik, taroq C) chiroyli, dastlab, tez D) bugungi, ozod, chiroyli 39 / 67 Qo`shma so'z bеrilgаn javobni toping? A) quvonib ketdi B) оlib keldi C) chiza oldi D) quvonib ketdi 40 / 67 Ayniqsa, tilimiz go‘zal, shirin va ranglidir. Qaysi gap bo‘lagi uyushib kelgan? A) to'ldiruvchi B) ega C) kesim D) aniqlovchi 41 / 67 Ega bilan kesim orasida tire to‘g‘ri qo'yilgan javobni aniqlang. A) Ikki karra ikki — to`rt bo‘ladi. B) Akam ham — talaba. C) Bolalarimizning maqsadi — ilm olish D) Bilim olish — yuksalish sanaladi. 42 / 67 Qaysi gap(lar)da belgilash olmoshi ishtirok etgan? 1) Bolalarining ikkovi ham juda odobli.2) Bolalarning hammasi darsda qatnashdi. 3) Har vaqt qizi bilan оnasi esiga tushib ketardi. A) 2, 3 B) 2 C) 1, 2, 3 D) 1, 2 43 / 67 Hokim so‘z fe’lning sifatdosh shakli bilan ifodalangan so‘z birikmasini aniqlang. A) yozadigan ruchka B) yerni zirillatib C) tashqarida yura-yura D) ifodali o'qigan 44 / 67 Qaysi javobdagi barcha so‘zlarda "ng" harflar birikmasi qo‘llanmagan? A) o‘ngga, donga, o‘tinga B) ongga, mingga, zangga C) o‘ngga, donga, o‘tinga D) maymunga, yurganga, borganga 45 / 67 To‘g‘ri yozilgan so'zlar qatorini toping. A) kilogramm, mahkum, shaddod B) qo‘qisdan, qo‘rqa pisa, ko‘pdan-ko`p C) qo‘qisdan, qo‘rqa pisa, ko‘pdan-ko`p D) yalangoyoq, hoxlamoq, tosh ko‘mir 46 / 67 Olmosh bilan ifodalangan qaratqich aniqlovchi qatnashgan gapni toping? A) Bizning butun qadr-qimmatimiz tafakkurda jamlangan. B) Xushchaqchaq odamning buguni ham, ertasi ham quvnoq o'tadi. C) Odamning guli - hamisha quvnoq odam. D) Yaxshi kulgi ruhni sog'lomlashtiradi 47 / 67 Yasama so‘zlar qatori berilgan javobni toping. A) shaftolizor, musobaqa, tepalik B) bilim, shoir, tilim C) o‘kinch, o‘roq, unum D) gulla, chirilla, o`zim 48 / 67 O‘timli fe’l qatnashgan gapni toping? A) Uy darrov isidi. B) Biz tomosha qildik C) Bola hayajonlandi. D) Chaqaloq uxlayapti 49 / 67 Tarkibida gap bo'laklari bilan Grammatik aloqaga kirishmaydigan “bo‘lak” qatnashgan ko'chirma gapli qo'shma gapni belgilang. A) Shunda u hozir javoblik bilan: “Albatta, oqil va sodiq er o`z rafiqasi uchun eng bebaho bezakdir”, - dedi. B) “Insonning eng zo`r yordamchisi - o‘zining Aqli”, - deb uqtirdi opasi C) Arastu: “Maishatga yetarli mol-u davlatga ega bo'lgan kishi undan ortiqchasini talab qilmasin, chunki uning poyoni yo‘qdir”, - degan edi. D) Bo‘tam, yana bir hadisi sharifda qabristonni ziyorat qilishga davat etiladi. 50 / 67 Ko'rsatish olmoshlari haqidagi qaysi ma’lumot to‘g’ri emas? A) Ko’rsatish olmoshlariga egalik kelishik qo'shimchalari qo‘shilganda talaffuz va imloda tovush ortishi kuzatiladi. B) So‘z ma’nosini aniqlab keluvchi ko‘rsatish olmoshlari o‘zi aniqlayotgan so‘zdan oldin yoki keyin qo‘llanadi. C) Ba’zan ko’rsatish olmoshlari og'zaki nutqda manovi, anovi tarzida talaffuz qilinishi va shunday yozilishi mumkin. D) Mustaqil so‘zlar yoki gaplar o'rnida kelib, ularga ishora qilib keladi 51 / 67 Sening xotirangni unutmas aslo, Mening yuraklarim, O`rta Osiyo. Ushbu parchada -lar qo'shimchasi qanday ma’no anglatgan? A) hurmat B) ko‘plik C) tur D) kuchaytirish 52 / 67 Qaysi maqol ergash gapli qo'shma gapdan iborat? A) Jahl kelsa, aql ketar. B) Vaqting ketdi — naqding ketdi. C) Sariyog' sasimas. asal aynimas. D) Vaqting ketdi — naqding ketdi. 53 / 67 Otaga shunday o‘g‘il zarurki, u ikki girdob: olov va suv girdobidan ozodlik maydoniga chiqa olsin. Ushbu ergashgan qo‘shma gap turini toping? A) hol ergash gapli qo'shma gap B) aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap C) to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap D) ega ergash gapli qo`shma gap 54 / 67 Quyidagi yuklamalardan nechtasi chiziqcha bilan yoziladi? -chi, -a, -ku, -oq, -mi, -gina, -ey A) 3 ta B) 2 ta C) 4 ta D) 5 ta 55 / 67 “Yel”, “Nasim” so’zlarining ma’nodoshlarini toping. A) ochun B) po’rtana C) shabboda D) subh 56 / 67 Uning “Biroz sabr qiling deyishiga ham qaramay, savdogar masalani shu zahoti uzil-kesil hal qilishga qaror qilib, uni o‘zi bilan olib ketdi. Mazkur gapdagi so'zlar tarkibida nechta so‘z yasovchi qo`shimcha mavjud? A) 1 ta B) 4 ta C) 3 ta D) 5 ta 57 / 67 Imonli kishi aql-zakovat sohibi bo'lish bilan birga insoniy, ijtimoiy muammolarni hal etishda faol ishtirok etadi. Ushbu gap tarkibida sifatlovchi aniqlovchi vazifasida kelgan sifatlar soni nechta? A) 5 B) 2 C) 3 D) 4 58 / 67 Qaysi qatorda izohlovchi qo'llangan A) Professor Azim Hojiyev-o‘zbek tilining yirik tadqiqotchisi. B) Yulduzlarning oltin g`o‘zalari yorqin chaqnaydi. C) Tiniq zangori osmon ko'zlarni beixtiyor tortadi. D) Shisha idishilarni ehtiyot qiling. 59 / 67 Qaysi gapda egalik qo`shimchasining sifatdoshga qolshilishi kuzatiladi? A) Aybim sizning har bir so‘zingizga ishonganimmi? B) Albatta, o‘zing birga- borasan. Qudalaring bilan tanishmog`ing ham zarur. C) O‘qishlaringiz yaxshimi? D) Hammasidan ham qizig‘i qaytishimizda bo‘ldi. 60 / 67 Jarangsiz jufti mavjud bo'lgan til oldi undoshlarini aniqlang. A) l, m, r, n B) x, y, h C) r, l, n D) d, z, j 61 / 67 So'z birikmasi qo‘llangan javobni aniqlang. A) o‘qimoq va ishlamoq B) tashrif buyurmoq C) bag‘ri butun D) shifoli suv 62 / 67 Til oldi undoshlari berilgan javobni aniqlang A) z, d , t B) r, f, b C) h, x, t D) q, g‘, x 63 / 67 Qaysi javobda yasama so‘z berilgan? A) pishirmoq B) o‘chirmoq C) ichirmoq D) qaltiramoq 64 / 67 Madaniy axloq kishining yurishida, so‘zlashishida, ovqatlanishida, odamlar bilan xayrlashishida, ularni raqsga taklif etishida aks etadi. Gapdagi yasama so‘zlar sonini aniqlang? A) 4 B) 5 C) 2 D) 3 65 / 67 Mustaqil so`z va gaplarga qo‘shimcha ma’no beradigan yordamchi so‘zlar qanday nomlanadi? A) yuklamalar B) bog‘lovchilar C) ko`makchilar D) taqlid so‘zlar 66 / 67 To’g’ri yozilgan shaklni aniqlang. A) orzuyyim B) orzuim C) orzum D) orzuyim 67 / 67 Bizni kechiring ustoz. Fe’l nisbatini aniqlang. A) birgalik nisbat B) ortirma nisbat C) o’zlik nisbat D) aniq nisbat 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni To'g'ri javob uchun 2,1 ball. Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Ona tili va adabiyot majburiy blok