Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №24 Mart 14, 2024May 1, 2024 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №24 ga fikr bildirilmagan. Savol haqida xabar bering Bu savolda nima xato? Siz bo'sh hisobot yubora olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 0% 184 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №24 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. Lekin u bu gapni hech kimga aytmagan edi. Ushbu gapda olmoshning ma`no jihatdan necha turi qatnashgan? A) 3 B) 2 C) 4 D) 1 2 / 10 2. Bog'langan qo'shma gap berilgan javobni toping. A) Bilmasdan qilingan har qanday aybni kechirish mumkindir, ammoxiyonatni kechirib bo`lmaydi. B) Aqlli ishiga ishonadi, aqlsiz tushiga ishonadi. C) Kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi. D) Shunday yaxshi odatlarimiz borki, ularga hurmat bilan qarash lozim. 3 / 10 3. Qaysi javobda berilgan gapda imloviy jihatdan xato yozilgan so‘z ishtirok etgan? A) Hulkarning och jigarrang yuzlarida ajib bir qizillik o‘ynaydi. B) Er kishiga zebu ziynat hikmat va donishdir. C) Sahnaga ko‘zi tushdi-yu, yuragi orqasiga tortib ketdi. D) Jiydakapa do‘ppidek keladigan pastak bir tepalik ekan. 4 / 10 4. Faqat yuklamalar berilgan javobni aniqlang. A) faqat, -ku, hatto B) bilan, yoki, -chi C) hamda, uchun, -mi D) ammo, kabi, -yu 5 / 10 5. Qaysi javobda miqdor sonning bir ma’noviy turiga mansub so'zlar qatori berilgan? A) yuzlab, mingtacha, to'qqiz B) sakkiz, uchalasi, qirqta C) beshdan ikki, chorak, yarim D) beshtadan, yettita, minglab 6 / 10 6. Qaysi javobda berilgan barcha so'zlarda ko'chirish qoidalariga rioya qilinmagan? A) O'z-MU, mat-baa, va’-da, e-shik B) O‘zMU, mat-baa, va-’da, eshik C) O'z-MU, matba-a, va-’da, e-shik D) O'zMU, mat-baa, va’-da, e-shik 7 / 10 7. Javoblarning qaysi birida berilgan birlik imloviy jihatdan to`g`ri yozilgan? A) Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti B) Oliy sud raisi C) Oliy Majlis Senati Raisi D) O`zbekiston qahramoni 8 / 10 8. Muhammad al-Xorazmiyning handasa ilmiga oid yozgan asarlari hozirda ham o'z ahamiyatini yo'qotgani yo'q. Ushbu gapda ajratib ko'rsatilgan so'zning hozirgi adabiy tilimizdagi muqobili berilgan javobni ko'rsating. A) algebra B) astronomiya C) geometriya D) fizika 9 / 10 9. Qaysi gap tarkibida imloviy jihatdan xato yozilgan so'z mavjud? A) Ko'ngilni vayron qiladigan haqiqatdan kishiga taskin bag'ishlaydigan yolg'on afzal. B) Fuqarolar yig'inlari faoliyatini samarali yo'lga qo‘yishda jamoatchilik kengashlarining o‘rni sezilarli bo‘layapti. C) Tinchlik xalqni farovon qiladi, yurtni gullatadi, uning istiqboliga keng yo'l ochadi. D) Birovlarga yomonlik qilishing shart emas, ishlaring yurishgani sari o‘z-o‘zidan dushmanlik qiluvchilar ko'payib boraveradi. 10 / 10 10. Qaysi javobda berilgan qo‘shma so'zlarning barchasi imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan? A) ming boshi, O‘rtachirchiq, suvilon B) Ur to‘qmoq, achchiqtosh, suv osti C) sheryurak, ot quloq, qiyma taxta D) karnaygul, tokqaychi, ishyoqmas 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Ona tili va adabiyot majburiy blok