Ona tili va adabiyot majburiy blok №3 Mart 24, 2022Aprel 5, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Ona tili va adabiyot majburiy blok №3 ga fikr bildirilmagan. 0% 1 123456789101112131415 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №3 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 15 1. Birlashgan daryo bo'lur, tarqalgan irmoq bo'lur. Ega qaysi so'z turkumi bilan ifodalangan? A) sifat B) fe'l C) otlashgan sifatdosh D) sifatdosh 2 / 15 2. Quyidagi so'zlarning qaysi biri shakldosh so'z hisoblanmaydi? A) tom B) sep (fe'l) C) so'z D) uy 3 / 15 3. Qaysi javobdagi so`zda “z” undoshi aytilgani kabi yozilsa, yangi ma`noli so`z hosil bo`ladi? A) tuzsiz B) faraz C) yozsin D) imtiyoz 4 / 15 4. (Qo`li,mushti,bilagi,dasti) zo`r birni yiqar, bilimi zo`r – mingni. Mos so`zni qo`ying. A) bilagi B) dasti C) qo`li D) mushti 5 / 15 5. Qaysi javobda ajratib yoziladigan so`zlar berilgan? A) talab//qil, har//xil B) kino//yulduz,ilmiy//ma`rifiy C) qo`sh//tabaqa, anti//virus D) yilma//yil, Olti//ariq 6 / 15 6. … ehsondan qochar, … mehmondan qochar. (O‘zbek xalq maqoli) Nuqtalar o`rniga mos so`zlarni qo`ying. A) go‘zal-xunuk B) kam-ko‘p C) dono-nodon D) baxil-xasis 7 / 15 7. Misi chiqmoq iborasining ma`nosi qaysi javobda to`g`ri izohlangan? A) qilmishiga yarasha jazosini olmoq B) e`tibor bermaslik C) oshkor bo`lmoq D) uyatli holda qolmoq 8 / 15 8. Oddiy darajadagi sifat qaysi gapda uchraydi? A) Itning ko`zlari qop-qora ekan. B) Aqlli bolalar sinfimizda ko`p edi. C) Hovli bo`m-bo`sh edi. D) U ko`kimtir ko`ylagini kiyib olgan edi. 9 / 15 9. Quyidagi qaysi javobda nuqtalar o`rniga bo`g`iz undoshi qo`yiladi? A) …onadon, i…tiyoriy B) i…cham, su…bat C) …isoblanmoq, iste…zo D) te…nika, ta…minan 10 / 15 10. Hovli ancha tor edi. U qo`liga tor oldi. Ushbu gaplardagi tor so`zi so`zlarning shakl va ma`no munosabatiga ko`ra qaysi turiga mansub? A) shakldosh so`zlar B) ma`nodosh so`zlar C) antonim so`zlar D) paronim so`zlar 11 / 15 11. Quyidagi birikmalarning qaysi birida tobe qism ko`chma ma`noda qo`llangan? A) Sevaraning sayrashi B) tandirning og`zi C) achchiq gap D) iste`dodning so`nishi 12 / 15 12. Darhaqiqat O`zbekistonning qayeriga borsangiz, sizni iliq kutib olishadi. Ushbu gapda qaysi tinish belgisi tushirib qoldirilgan? A) ikki nuqta B) vergul C) nuqtali vergul D) tire 13 / 15 13. Ham yana Erhubbi bo`ladur tag`o, Ammamizning erlaridur Nurato. Ushbu parchada qo`llangan – lar qo`shimchasi qanday uslubiy ma`no ifodalab kelyapti? A) umumlashtirish B) kuchaytirsh C) kinoya D) hurmat 14 / 15 14. Qaysi javobda berilgan terminlarning barchasi bitta fanga oid? A) tenglama, kesma, milod B) ildizpoya, ra`noguldoshlar, mikroskop C) milod, mikroskop, tub son D) kurtak, xujayra, tenglama 15 / 15 15. Nutq apparati o‘pka, bo‘g‘iz, tovush paychalari, og‘iz bo‘shlig‘i, tanglay, til, lab, burun, tish kabi a’zolari yordamida hosil qilinadigan tovush qaysi tomon sanaladi? A) akustik B) vazifaviy C) fiziologik D) lingvistik 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Ona tili va adabiyot majburiy blok