Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 8-sinf O'zbekiston tarixi » 8-sinf O’zbekiston tarixi №7 8-sinf O'zbekiston tarixi 8-sinf O’zbekiston tarixi №7 InfoMaster May 4, 2023 609 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 2 4 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 8-sinf O'zbekiston tarixi №7 32-35-mavzular yuzasidan testlar 1 / 40 1. Abu Said Mirzo o‘g‘li Umarshayx Mirzoni (Boburning otasi) dastlab qaysi viloyatning hokimi qilib tayinlagan edi? A) Farg'ona B) Xo'jand C) Kobul D) Andijon 2 / 40 2. Mamlakatda sud ishlariga kim yetakchilik qilgan? A) raiskalon B) shayxulislom C) qozikalon D) muhtasib 3 / 40 3. Movarounnahr ikkinchi marta egallangandan keyin shayboniylar o`rtasidagi mulk taqsimotini to`g`ri joylashtiring 1)Samarqand 2) Toshkent 3) Buxoro 4) Miyonqol a)Ubaydulla Sulton b) Ko`chkunchixon c) Jonibek Sulton d) Suyunchxo`jaxon A) 1-b,2-a,3-d,4-c B) 1-d,2-b,3-a,4-c C) 1-b,2-d,3-a,4-c D) 1-c,2-d,3-a,4-b 4 / 40 4. Amir Haydar qaysi viloyatlarni amirlik tarkibida saqlab qolish uchun kurash olib borishga majbur bo`ldi ? A) Balx,Hisor B) Nurota ,Qo`bodiyon C) Hisor va O`ratepa D) Shahrisabz va Miyonqol 5 / 40 5. Buxoro shahriga oid qaysi berilgan statistik ma`lumot noto`g`ri ? A) har yili 12-15 ming tuyada mol kelgan B) 60 mingga yaqin aholi yashagan C) shaharga 18 darvozadan kirilgan D) 100 dan ortiq madrasa mavjud bo`lgan 6 / 40 6. Quyidagi grafikda qaysi raqam ostida asar va uning muallifi bir-biriga muvofiq keladi? A) 2.4 B) 3.6 C) 4.6 D) 2.5 7 / 40 7. Noto`g`ri ma`lumotni aniqlang A) Adolat yuzasidan ijaradorlaning ulushi yetishtirilgan hosilning 50% ini tashkil etgan B) Xususiy yerni ijaraga oluvchilar koranda deb atalgan C) Davlat yerini ijaraga oluvchilar bevatan deb atalgan D) Vaqf mulklari sug`oriladigan va aholi yashaydigan yerlarning 40 foizga yaqinini tashkil etgan 8 / 40 8. Abulg`oziyxonga tegishli ma`lumotlarni aniqlang 1)Eronda 10 yil tutqunlikda yashadi 2)davlatning boshqaruv tuzilmasini o`zgartirdi 3)o`zaro nizo qiluvchi urug`lar boshliqlari o`rtasidagi to`qnashuvlarning oldini olish uchun Amudaryoning quyi oqimida yashovchi aholini to`rtta birlashmaga bo`ldi 4)ayrim viloyatning hokimligiga urug` boshliqlarini tayinladi 5)Yoyiq kazaklari hujumlarini qaytarishga erishdi A) 1,2,3,4 B) 1,2,4,5 C) 1,3,5 D) 1,2,5 9 / 40 9. Quyidagi asarlardan qay biri tarixiy voqealar solnomasi bo‘lib, unda xalqlarning kelib chiqishi, qoraqalpoq xalqining boshqa turkey xaiqlar bilan aloqasi, ularning hayotidagi umumiylik madh etilgan? A) “Avlodlar” B) “Qirqqiz” C) “Omongeldi” D) “Edigey” 10 / 40 10. “Dili g'aroyib” asarining muallifi berilgan javobni toping. A) Xuduyberdi Avaz Muhammad B) Hasanbek Rumlu C) Yusuf Bayoniy D) Xerman Vanberi 11 / 40 11. Qachon Isfara hokimi Samarqandda istiqomat qilib turgan marhum Qo'qon xoni Olimxonning o‘g‘li Murodxonni olib kelib Qo'qon taxtiga o'tqazgan? A) 1852-yilda B) 1848-yilda C) 1836-yilda D) 1845-yilda 12 / 40 12. Qo'qon xoni mingboshisi Musulmonqul qaysi rus vakili bilan maxfiy ravishda muzokaralar olib borgan edi? A) V.Velyaminov-Zernov B) I.Buxgols C) A.Beznosikov D) T.Burnashev 13 / 40 13. Musulmonqul xonlikda o'z mavqeini kuchaytirish uchun o'z qizini kimga nikohlab bergan? A) Bobobekka B) Murodxonga C) Sheralixonga D) Xudoyorxonga 14 / 40 14. Soliqlarning haddan tashqari og'irligidan norozi bo’lgan O’sh xalqi nechanchi yil qo‘zg‘a!on ko'tardi? A) 1845-y. B) 1842-y. C) 1851-y. D) 1831-y. 15 / 40 15. Olimxon minglar sulolasi hokimiyatining qonuniyligi e’tirof etilishi uchun ... A) Rossiya imperiyasi tomonidan tan olinganligi to'g'risida yorliq olib keladi B) Buxoro xonligidan mustaqil ravishda chet el davlatlari bilan aloqalar o'rnatadi C) Sulolasining kelib chiqishi Bobur Mirzodan boshlanishi haqidagi rivoyatdan foydalanadi D) mustaqil pul birligini muomalaga kiritadi 16 / 40 16. Qo‘qon xonlaridan qay biri o‘ziga “Amir al-muslimin” unvonini qabul qilgan va bu haqida xutbada ham o'qitgan? A) Erdonabiy B) Madalixon C) Umarxon D) Olimxon 17 / 40 17. Buxoro amiri amir Nasrullo o'z qo'shinlari bilan Farg'onaga hujum qilgan vaqtda Qo'qon xonligi taxtida kim o'tirgan edi? A) Umarxon B) Muhammad Alixon C) С) Sheralixon D) Sulton Mahmudxon 18 / 40 18. Amir Nasrulloning Qo'qon xonligiga qilgan ikkinchi yurishi nima sababdan muvaffaqiyatsiz tugadi? A) Buxoroda amirga qarshi ko'tarilgan qo'zg'olon B) Qishning erta kelishi va amir qo'shiniarining yurishdan bosh tortishi C) Xiva xoni Olloqulixonning Buxoroga qilgan yurishi D) Qo'qon xonligiga Musulmonqul boshchiligidagi qipchoqlarning yordamga kelishi 19 / 40 19. Buxoro amirligi va Xiva xonliklaridagi oliy mansablardan biri bolgan “naqib” Qo'qon xonligida qanday nomlangan? A) muftiy zoda B) qozi a’lam C) xo'ja kalon D) rais kalon 20 / 40 20. Qaysi Qo'qon xoni davrida kambag'al va qalandarlarga yer maydonlari va chorva mollari berilib, ular mehnatga jalb qilingan edi? A) Olimxon B) Xudoyorxon C) Muhammad Alixon D) Umarxon 21 / 40 21. Xonlikdagi muntazam qo'shin qancha muddatda harbiy ko'rikdan o'tkazib turilgan? A) yiliga 4 marta B) ikki yilda bir marta C) yiliga ikki marta D) oyiga ikki marta 22 / 40 22. Farg'ona vodiysiga jung'or ko'chmanchilarining ikkinchi hujumi vaqtida qaysi kuchlar birgalikda kurashishgan edi? 1) o'ratepaliklar; 2) qalmoqlar; 3) minglar; 4) yuzlar; 5)buxoroliklar; 6) qipchoqlar; 7) uyg'urlar; 8) qirg‘izlar. A) 1, 2, 3, 5, 8 B) 1, 3, 4, 6, 8 C) 2, 4, 6, 7, 8 D) 1, 3, 4, 7, 8 23 / 40 23. Qo'qon xoni Erdona hukmronlik qilgan yillarni aniqlang. A) 1751-1762-y. B) 1763-1798-y. C) 1733-1750-y. D) 1721-1733-y. 24 / 40 24. Qo'qon xonligida shogirdpeshalar deb kimlarni aytishgan? A) Maktab va madrasalarda ta’lim beruvchi o'rtacha bilim va ko'nikmaga ega bo'lgan kishilarni B) Harbiy xizmatga layoqati yetmagan kishilarni C) O'z saviyalariga yarasha, to'plagan tajribalariga tayangan holda askarlarga ta’lim beruvchi maxsus harbiy ta’lim olmagan kishilarni D) Qozi askar va qozi rais nomidan ish ko'ruvchi harbiy sudlovning kichik mansabdorlari 25 / 40 25. Dashti Qipchoq hozirgi qaysi hududga to'g'ri keladi? A) Eronning shimoli-sharqi va O’zbekistonning janubi B) Turkmanistonning janubi va Tojikistonning shimoli C) Qirg'izistonning g'arbi va Qozog'istonning janubi D) Qozog‘istonning janub va janubi-g'arbi 26 / 40 26. Qo ' qon xonlarining qay birlari davrida Qo'qon shahrida obodonlashtirish ishlari amalga oshirilgan? 1) Olimxon; 2) Madalixon; 3) Abdurahimbiy; 4)Abdukarimbiy; 5) Erdonabiy; 6) Shohruxbiy. A) 1 , 3 , 6 B) 3, 4, 6 C) 3, 4, 5 D) 2, 3, 5 27 / 40 27. Muhammad Alixon davrida qaysi hududlar Qo'qon xonligiga qoshib olingan? A) Qorategin, Ko'lob va Darboz B) Jizzax, Xo'jand va O'ratepa C) Qarshi, Shahrisabz, va Karmana D) O'ratepa, Qarshi va Turkiston 28 / 40 28. Xonlikning otliq askarari soni qancha bo'lgan? A) 20 ming B) 12 ming C) 80 ming D) 10 ming 29 / 40 29. Qo'qon xonligida “fals” deb atalgan xonlikning dastlabki tangasi qaysi yilda va qaysi hukmdor tomonidan zarb etilgan? A) 1745-yilda, Abdukarimbiy B) 1776-yilda, Norbo'tabiy C) 1756-yilda, Erdonabiy D) 1805-yilda, Olimbiy 30 / 40 30. Quyidagilardan qay birlari Qo'qon xonligi qal’alarining birinchi guruhiga kirmaydi? 1) Turkiston; 2) Namangan; 3) Marg'ilon; 4) O'ratepa; 5) Toshkent. A) 1, 4 B) 1, 3, 5 C) 2, 3, 5 D) 4, 5 31 / 40 31. Bobur Mirzoning ming urug‘idan uylangan farzandi o‘g‘il farzand ko‘rib, unga qanday ism qo'yiladi? A) Davlatyor B) Oltinbeshik C) Tangriyor D) Abdurahim 32 / 40 32. Xo'jand va O'ratepa kimning davrida Qo'qon xonligiga qo'shib olindi? A) Abdukarimbiy B) Shohruxbiy C) Norbo'tabiy D) Abdurahimbiy 33 / 40 33. Qo'qon xonligi ma’muriy johatdan qanday qismlarga ajratilgan? 1) beklik; 2) noiblik; 3) sarkorlik; 4) aminlik; 5) amlokdorlik; 6) oqsoqollik. A) 1, 3, 5, 6 B) 1, 2, 3, 5 C) 1, 3, 4, 6 D) 2, 3, 4, 6 34 / 40 34. Muhammad Alixon davrida xon xonadoni vakillaridan kimlar badarg'a qilinadi? A) Oftoboyimning turmush o‘rtog‘i bo'lgan shayxulislom va uning o‘g‘li Hakimxon B) Nodiraning akasi va xonlik qozisi C) Amakisi Rustambiy va uning oilasi D) Xonning o‘gay akasi Sayid Ma’sumxon 35 / 40 35. Nima sababdan butun Qo'qon xonligi hududida 1842-yili katta qo'zg'olon ko'tariladi? A) amirning Qo'qondagi noibi Qo'qon xonligi aholisini avval undirib kelingan soliqqa qo'shimcha ravishda Buxoro amirligida joriy etilgan soliqlarni to'lashga majbur qilganligi B) Muhammad Alixonning o'zboshimchalik bilan yangi soliqlarni joriy etishi va Toshkentga qilingan muvaffaqiyatsiz yurish C) Amir Nasrullo tomonidan shoira Nodira begim va Muhammad Alixonlarning qatl etilishi D) bir yilning o‘zidan aholidan 7 yillik soliqning yig'ib olinganligi va Buxoro amirligi istilosi 36 / 40 36. Qo'qon xonligida dastlabki pul “fals”(a) va xonlik nomi yozilgan kumush tanga pul “dinor”(b) zarb ettirilgan sanalarni belgilang. 1) 1753-yil; 2) 1800-yil; 3) 1805-yil; 4) 1776-yil. A) a-3, b-1 B) a-4, b-2 C) a-4, b-3 D) a-1, b-3 37 / 40 37. Qaysi Qo'qon xoni shahar atrofini devor bilan o'ratgan? A) Erdona B) Abdurahimbiy C) Shohruxbiy D) Abdulkarimbiy 38 / 40 38. Qo‘qon xonligining qaysi xon hukmronligidagi davri ichki va tashqi siyosatda muvaffaqiyatlarga erishilgan davr bo'lgan? A) Norbo'tabiy B) Umarxon C) Abdurahimbiy D) Erdonabiy 39 / 40 39. Rossiya imperiyasi Qo'qon xonligiga qaysi tomondan xavf solib kelmoqda edi? A) shimol B) janub C) g‘arb D) sharq 40 / 40 40. Umarxon davrida xonlikning shimoliy chegarasi Rossiya sarhadlaridan............................... A) Yorkent va Irtishga ulandi B) Boshqirdiston va Qashqarga ulandi C) Ko'histon va Qashqarga ulandi D) Tatariston va Qoshg'arga ulandi Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz