6-sinf Ona tili №12 Mart 31, 2022Mart 31, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 6-sinf Ona tili №12 ga fikr bildirilmagan. 1 6-sinf Ona tili №12 SIFATLARNING TUZILISHIGA KO’RA TURLARI JUFT SIFATLAR VA ULARNING IMLOSI TAKRORIY SIFATLAR VA ULARNING IMLOSI ASLIY VA NISBIY SIFATLAR SIFAT DARAJALARI SIFATLARNING ODDIY DARAJA SHAKLLARI SIFATLARNING ORTTIRMA DARAJA SHAKLI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 51 Qaysi gapdagi sifat darajasi leksik usulda hosil qilingan? A) Hulkaming och jigarrang yonoqlarida ajib bir qizillik o‘ynaydi. B) Ona Yeming xushbo‘y tafti mast qiladi kishini. C) U otasi Muzaffar Farmonovning batamom aksi: dadasi yum- yumaloq, baqaloq boisa, bu xushqad, xushsurat. D) Ko‘z oldimdan ichakuzdi qiliqlar qilayotgan qiziqchilar ketmasdi. 2 / 51 Quyida berilgan parchadagi takroriy sifatlar sonini aniqlang. 0‘z onamni elas-elas xotirlayman. Ko'zlari tim qora, chiroyli. Uzun-uzun kipriklari qilt etmaydi. A) bitta B) uchta C) to'rtta D) ikkita 3 / 51 Fe’lning munosabat shakllariga qaysilar kiradi? 1.zamon shakli 2.mayl shakli 3.shaxs-son shakli A) 1, 2 B) 1, 2, 3 C) 2 D) 2, 3 4 / 51 Qaysi javobda quyidagi gapdagi sifat soni va ularning tuzilishiga ko'ra turi to'g - ko'rsatilgan? O'z onamni elas-elas xotirlayman. Kipriklari qop-qora, chiroyli. Uzun-uzun kipriklari qilt etmaydi. A) 3 ta; takroriy va sodda B) 3 ta; takroriy va juft C) 1 ta; takroriy D) 2ta ; takroriy 5 / 51 Orttirma darajadagi sifat qatnashgan gapni aniqlang. A) Juda ko'p o'yladik va oxiri seni bosh direktorlik lavozimiga munosib deb topdik. B) Butun jonzotga kerakli quyosh tongda ko'tarildi-yu, qoq tushga kelib hamma joyni qizdirdi. C) Eng oldinda chopayotgan qora ayg'ir barcha otlarga boshchilik qilib ularni tog' tomon boshlab borardi. D) Qizlar ichida barchasidan nozigi Muhayyo ekanligi Sarvarning e'tiborini jalb etdi. 6 / 51 Oddiy darajadagi sifatlar qaysi javobdagi gapda mavjud. A) Bulbulning sayrashi boshqa qushlarning sayrashiga qaraganda yoqimliroq. B) Gilos olchadan yirikroq. C) Qorli tog’lar ostidagi baxmal o’tloqlarda yurganmisiz. D) Dastlab tog’ning eng baland cho’qqilari pushti rangda tovlanadi. 7 / 51 Predmetdagi bir belgining boshqa predmetdagi huddi shunday belgidan ortiq ekanligini ko’rsatuvchi vositaning nomini toping. A) A, B. B) qiyosiy daraja. C) orttirma daraja. D) oddiy daraja. 8 / 51 Qoshi sal qoraroq yigit edi. Ushbu gapdagi sifatning darajasini va daraja hosil qiluvchi vositani aniqlang. A) orttirma, leksik. B) qiyyosiy, leksik. C) ozaytirma, leksik. D) ozaytirma, leksik, morfologik 9 / 51 Biroz yoqimsizroq havo. Ushbu gapdagi sifatning darajasini va daraja hosil qiluvchi vositani aniqlang. A) ozaytirma, morfologik, leksik. B) orttirma, fonetik. C) ozaytirma, leksik. D) orttirma, leksik. 10 / 51 Qaysi qatorda nisbiy sifat qo’llangan ? A) Maktabimiz yonida katta bog’ bor B) Kimki tanlagan hunarni bilib olishga qunt bilan kirishmasa ,u hunarni yaxshi egallay olmaydi C) Davlatimiz butun tarbiyaviy ishlarda yosh avlodning o’sib kamolotga yetishiga alohida ahamiyat berib keladi D) Mevazorda shirin ,nordon ,qizil va oq olmalar ko’p 11 / 51 Oddiy darajadagi sifatni aniqlang. A) yam-yashil, ko’m-ko’k, oppoq. B) silliqroq, novcharoq, baxtliroq. C) go’zal, hushyor, odobli. D) juda yaxshi, nihoyatda baland, g’oyat qo’rqinchli. 12 / 51 Shaxs oti yasovchi qo’shimchalar qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan? A) –xon, -chi, -dosh B) –gar, -chi, -k, -don C) –lik, -inch, -ch, -dosh D) –loq, -choq, -chi, -dosh 13 / 51 Asliy sifatlar qatorini belgilang A) sho’x , pok , mukammal B) oppoq , o’tkir , insonparvar C) iliq , noto’g’ri , beg’ubor D) tarixiy , pishiq , sersuv 14 / 51 Faqat birlikda qo’llanadigan otlar qatorini toping. A) sport, qo’zg’olon, muallim. B) ko’z, quloq, burun, g’ildirak. C) bola, o’quvchi, temir, mis. D) Toshkent, Farg’ona, Qo’qon, Qarshi. 15 / 51 Asliy sifat berilgan qatorni toping. A) derazali B) qishki C) ko’chma D) yuzaki 16 / 51 Qaysi qatorda takroriy sifat qatnashmagan ? A) Yirik—yirik tomchilar yer-u ko'kni savalay ketdi B) Ko'chani sho'x-ho'x bolalar to'ldirib o'tishdi C) To'p-to'p daraxtlar tag'in lipillab orqada qolib ketdi D) Alg'ov -dalg'ov shamol esib turar edi 17 / 51 Shunda ulg‘aydi bo‘yi, Ko‘ring bo’ldi yigitcha. Vazmin, tiyrak, chaqnoq ko‘z, Sarg‘ish soch-u oppoq yuz.(Po‘lat Mo'min Berilgan she’riyjumladagi sifatlar qanday daraja shakir i- ekanini aniqlang. l)oddiy; 2)orttirma; 3)qiyosiy; 4) ozaytirma. A) 1,2,3,4 B) 1, 3,4 C) l, 2 D) 1,2, 4 18 / 51 O’timli fe'l qaysi gapda qo’llanilgan. A) Bolalar muzday suvda maza qilib cho’milishdi. B) Bayramday bezagan qirlar adirlar, C) Dalalar oppoq qorga ko’mildi. D) A'zam qurt yegan tishini sug’irib oldi. 19 / 51 Orttirma darajadagi sifat qaysi qatorda berilgan. A) qop-qora, ko’m-ko’k, tim qora. B) qoramtir, qizg’ish, sargish. C) nim pushti, och sariq, dum-dumaloq. D) nihoyatda go’zal, aqlliroq. 20 / 51 Qaysi qatorda juft sifat ishtirok etmagan? A) Menga o'xshash esli- hushli yigitga zoriqib o'tirgan ekan B) Shu sevinch ikkovlariga ham kuch-g'ayrat ,dadillik baxh etgandek bo'ldi C) Qo'llari kctmon ,o'roq ,ayri ushlayverganlaridan g'adir-budir haqiqiy dchqon edilar D) Ba'zan pi ilka shokoladni ,arzon-garov qo'g'irchoqni olib keladi 21 / 51 U uzundan uzoq ma'ruza qildi. Ushbu gapdagi sifat darajasini belgilang. A) ozaytirma. B) oddiy. C) sifat qo’llanmagan. D) orttirma. 22 / 51 Biram yoqimli havo. Ushbu gapdagi sifatning darajasini va daraja hosil qiluvchi vositani aniqlang. A) orttirma, fonetik. B) ozaytirma, morfologik. C) orttirma, morfologik. D) orttirma, leksik. 23 / 51 Shaxs va son ma’nosi ko‘chgan fe’l qaysi qatorda qo’llanmagan? A) Kamina o‘zini baxtli sanaydi. B) lye, mehmon, kelsinlar, kelsinlar. C) Aka, yana qachon kelasiz? D) Ba’zi gaplarini eshitib, yoqa ushlaysan. 24 / 51 Sofdil va jonkuyar odamlar bilan bu dunyo oboddir.Ushbu gapdagi sifatlar miqdori va turini aniqlang. A) 4 ta: 2 ta qo’shma, 2 ta sodda. yasama B) 3 ta: 2 ta qo’shma, 1 ta sodda yasama C) 4 ga: 2 ta qo’shma, 2 ta sodda tub D) 3 ta: 2 ta qo’shma, 1 ta sodda tub 25 / 51 Qaysi javobdagi fe’llarda ikkita nisbat qo’shimchasi qo’shilgan ? A) so’ratasan,borilgan ,terilibdi B) uqtirdi ,to’kishdi ,ilindi ,olingan C) kiyintiribdi ,yozdirildi ,ko’rsatilgan D) kesilguncha ,tarqalsa ,ilg’ab olmoq 26 / 51 Qaysi qatorda asliy sifat bor ? A) Rejali ish buzilmas B) Chaqqon terimchilar oppoq paxtalarni terayotirlar C) Bilimli va hunarli kishi hamma joyda azizdir D) Hunarli kihi xor bo’lmas 27 / 51 Oddiy darajadagi sifatni aniqlang. A) kattaroq, shirinroq, go’zalroq. B) ko’m-ko’k, yam-yashil, sap-sariq. C) xushfe'1, go’zal, oppoq. D) ko’rkam, suluv, barno, ochiq. 28 / 51 O'zak nima? A) Qo'shimchalar qabul qilmaydigan morfemaning yaxlit shakli B) Mustaqil holda lug'aviy ma'no ifodala olmaydigan morfema turi C) So'zda albatta ishtirok etadigan,lug'aviy ma'no ifodalaydigan morfemadir D) So'z yasash va o'zgartirish uchun xizmat qiluvchi morfema 29 / 51 Sifatlar tuzilishiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi? A) sodda, juft B) sodda, qo’shma, juft va takror C) sodda, qo’shma, juft D) sodda va qo’shma 30 / 51 Takroriy sifat qatnashgan gapni aniqlang. A) Bozordan qovun-povun, bug’doy-mug’doylar sotib oldik-da. B) Menga o’xshash esli-hushli yigitga zoriqib o’tirgan ekan. C) Yirik-yirik tomchilar yer-u ko’kni savalay ketdi. D) Yap-yangi binoga ko’chib kirdik. 31 / 51 Oddiy darajadagi sifat berilmagan gapni aniqlang. A) Intizomli lashkar yengilmas. B) Yer yuzi ko’m-ko’k o’tlar bilan qoplangan. C) Tikansiz gul, mashaqqatsiz pul bo’lmaydi. D) Odobli bola elga manzur. 32 / 51 Hozirgi zamon sifatdoshi hosil qiluvchi qo’shimchani toping. A) –ayotgan B) –qan C) –mas D) –ydigan 33 / 51 Orttirma daraja yasovchi vositalar qaysi qatorda to’g’ri berilgan. A) ser, hush, no. B) juda, -roq, -m. C) -(i)sh, -(i)mtr, -ish. D) eng, nihoyatda, g’oyat. 34 / 51 uft sifatlar qanday yasaladi? A) qarama-qarshi so’zlardan B) o’zaro yaqin ma’noli so’zlardan C) shakldosh so’zlardan D) A, C 35 / 51 Bunisi xiyol kattaroq ko’rindi. Ushbu gapdagi sifat darajasini belgilang. A) sifat qollanmagan. B) ozaytirma. C) orttirma. D) oddiy. 36 / 51 Qaysi qatordagi gapda nisbiy sifat qo’llangan? A) Hovlimizda kucha eshikdan kiraverishda kichkina, gishtin uycha bor. B) Giyos aka yumshoq ajriq ustiga yonboshladi. C) Inson tabiatning eng ongli farzandi. D) Cho’ponlar sezgir, itlar ham ziyrak, bo’riday ayyor. 37 / 51 Qaysi gapda nisbiy sifat qo’llangan ? A) Yangi kitob o’qidim B) Kengroq yerni tanladi C) Tushki ovqatni yedik D) Bola shirin uyquda edi 38 / 51 Oddiy darajadagi sifat qaysi qatordagi gapda ifodalangan. A) Juda mayin shamol esmoqda. B) Oppoq gullar boxy taratdi. C) Usti yaltiroq ichi qaltiroq D) Gilos olchadan yirikroq. 39 / 51 Ma’lum hududdagina ishlatilib, faqat shu yerda yashovchi kishilar tushunarli bo’lgan so’lar qanday nomlanadi. A) Umumxalq ishlatiladigan so’zlar. B) Paronomlar C) Shevaga xos so’zlar D) Atamalar 40 / 51 Sifatning oddiy daraja shakli deb nimaga aytiladi? A) Belgining me’yordan kam ekanligini bildiruvchi sifat shakli B) Belgining me’yordan biroz kam ekanligini qiyosan ifodalaydigan sifat shakli C) Belgining odatdagi me’yorda ekanligini bildiruvchi va boshqa darajalar uchun asos bo’lib xizmat qiluvchi sifat shakli D) Belgining me’yordan ortiq ekanligini bildiradigan sifat shakli 41 / 51 Orttirma daraja shaklidagi sifatlarni aniqlang. A) yumshoqqina, och yashil, to’q ko’k. B) but-butun, tim qora, g’irt yolg’on. C) yam-yashil, chiroyliroq, nim pushti. D) tim qora, qip-qizil, oqish. 42 / 51 Oddiy darajadagi sifatlarning birinchi bo‘g‘inidagi oxirgi undoshni m yoki p undoshiga almashtirish orqali orttirma daraja hosil qilingan so'zlarni aniqlang. 1) ko‘m-ko‘k; 2) sap-sariq; 3) but-butun; 4) yum-yumaloq A) 1,2 B) 1,2,4 C) 1,2,3,4 D) 1 43 / 51 Ravishdosh qatnashgan gapni aniqlang. A) Asta sekin tong ota boshladi. B) U voqea hech qachon yodimdan ko’tarilrnaydi . C) Nur sochib oy chiqadi yorga boqqani. D) Allaqayerda bo’rilar uvullashi eshitildi. 44 / 51 Qaysi qatorda sifat+ot shaklidagi qo’shma sifatlar berilgan ? A) ochko’z,sho’rtumshuq, balandparvoz B) toshbag’ir,sofdil,uzunquloq C) bodomqovoq, qirqoyoq,kunbotar D) erksevar,sheryurak,devqomat 45 / 51 Nodonga pand aytsang, qafasga shamol yuborgan bilan teng bo'ladi. Mazkur gapda sifatlarning tuzilishiga ko‘ra qanday turi qatnashgan? A) juft B) qo‘shma C) takror D) sodda 46 / 51 Orttirma darajadagi sifat qaysi qatorda berilgan. A) yap-yangi, oppoq, ko’kimtir. B) sarglmtir, ko’kish, yam-yashil. C) bebaho, so’lg’in, eng ko’rkam. D) eng go’zal, g’oyatda chiroyli. 47 / 51 Choriboy o’lguday ziqna. xasis odam edi. Ushbu gapdagi sifatning darajasi qanday. A) orttirma daraja. B) daraja ifodalanmagan. C) ozaytirma daraja. D) oddiy daraja. 48 / 51 Kesimi o‘zlik nisbatidagi fe’l bilan ifodalangan gapni aniqlang. A) G‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirildi. B) Sarvar manzilga tezroq yetib olish uchun o‘ngga qayrildi. C) Qiyg‘os ochilgan paxtalarni ko‘rib ko‘zi quvnadi. D) Bu bino tez fursatda qayta tiklandi. 49 / 51 Qaysi qatordagi juft sifatlarning qismida yasama so’z mavjud? A) sog’-salomat B) eski-tuski C) xo’l-quruq D) uzun-qisqa 50 / 51 Sifat darajalari qaysi qatorda to’g’ri sanalgan. A) oddiy, qiyosiy, ozaytirma, orttirma. B) oddiy, qiyosiy, orttirma. C) oddiy, qiyosiy, ozaytirma. D) sodda, qiyosiy, orttirma. 51 / 51 Asliy sifatni nisbiy sifatdan qanday farqlash mumkin ? A) otga bog’lana olishi va bog’lana olmasligiga ko’ra B) –roq qo’shimchasini erkin qabul qila olishi va qila olmasligiga ko’ra C) tub va yasamaligiga ko’ra D) gap bo’lagi vazifasida kela olishi va kela olmasligiga ko’ra 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster 6-sinf Ona tili