Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №15 Fevral 5, 2024 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №15 ga fikr bildirilmagan. Savol haqida xabar bering Bu savolda nima xato? Siz bo'sh hisobot yubora olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 0% 45 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №15 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. Qaysi javobda o‘rin bildiruvchi ravishlar qatori berilgan? A) hamma yoqda, oldinda, kechasi B) uzoqda, nari, shu kuni C) shu yoqda, o‘rtada, yuqoriga D) ichkarida, tashqarida, shu payt 2 / 10 2. Qaysi gapda tushum kelishigini tushirib qo‘llash uslubiy jihatdan xato sanaladi? A) Otam yo‘qolgan qo‘yimizni qidirib tuni bilan mijja qoqmadi, tongga yaqin topib keldi. B) U kitobni o‘qishga berilib ketganidan qorong‘I tushganiga ham e’tibor bermasdi. C) Narsalarining ichidan o‘zining nomiga yozilgan xatni topib oldi. D) Ertasi kuni maktabga borganida kutubxonadan qushlar haqida yozilgan kitobni oldi. 3 / 10 3. Qaysi javobda qismlari qo‘shib yoziladigan so‘zlar berilgan? A) taklif//noma, xush//xabar B) sap//sariq, och//sariq C) adirma//adir, Bo‘z//suv D) hamma//vaqt, to‘q//qizil 4 / 10 4. Qaysi so‘zlarning yozilishida bosh harflar imlosiga amal qilingan? A) 8-Mart − xalqaro xotin-qizlar kuni, Hamza hakimzoda Niyoziy B) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Ichki ishlar vazirligi C) “O‘zbekiston qahramoni” unvoni, ToshDU D) Janubiy koreya, To‘rtko‘l tumani 5 / 10 5. Qaysi javobda so‘zlashuv uslubiga oid gap berilgan? A) Ushbu ma’lumotnoma so‘ralgan joyga taqdim etish uchun berildi. B) Uchrashuv 15-may kuni soat 1500 da maktabning majlislar zalida boshlanadi. C) − Ke, picha dam ol, qo‘zichog‘im, toza charchabsan. D) Hazrat Mir Alisher Navoiy Hirot osmonining ma’naviy quyoshi edi. 6 / 10 6. Kesim ajratib ko‘rsatilgan gapni toping. A) C B) B C) A D) D 7 / 10 7. Qaysi javobda so‘z va ibora ma’nodoshligi berilgan? A) aytib bermoq − bayon qilmoq B) ko‘zini shira bosgan − dimog‘i ko‘tarilgan C) lapashang − landavur D) xursand bo‘lmoq − do‘ppisini osmonga otmoq 8 / 10 8. Qaysi javobdagi so‘zlar to‘g‘ri yozilgan? A) maqsad, baho B) hamon, okeyan C) avtomat, exson D) xarorat, davomad 9 / 10 9. Qaysi gapda rost so‘zi “adil, tik” ma’nolarida .qo‘llangan? A) Rost, ba’zi vaqtlarda atrofdagilardan ham to‘yib ketasan kishi. B) Rostini aytsam, bugun ham siz aytgan joyga bora olmayman. C) Yolg‘onchining rost so‘zi ham atrofdagilar uchun yolg‘ondek tuyulaveradi. D) Musibat ba’zan eng zabardast yigitlarning ham rost qomatini egib qo‘yadi. 10 / 10 10. Qaysi gapda tinish belgisi bilan bog‘liq xatolik mavjud emas? A) Kishini g‘azab yoki shunga o‘xshash his egallasa; uning qabul qilgan qarori albatta noto‘g‘ri bo‘ladi. B) Shunday harakat qilingki − birovga yuk bo‘lmang balki hamroh bo‘ling. C) Hayotning boshqalar ko‘rmagan tomonini ko‘rish ham − talant. D) Haqiqiy olimning so‘zi, o‘yi, fikri va ishi bir xil bo‘ladi. 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Ona tili va adabiyot majburiy blok