6-sinf Tarix №9 Aprel 7, 2023Aprel 7, 2023 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 6-sinf Tarix №9 ga fikr bildirilmagan. 219 123456789101112131415161718192021222324252627282930 6-sinf Tarix №9 41-44-mavzular yuzasidan testlar 1 / 30 1. Xristian dini tarqalishi oqibatida... A) germanlarning Rimga bostirib kirishlariga yo'l ochildi. B) qadimgi Olimpiya o'yinlari o'tkazilmasdan qoldi. C) Rim hukmdorlari boshqa dinlarni ta’qib eta boshladilar. D) Rim imperiyasi poytaxti Konstantinopolga ko'chirildi. 2 / 30 2. Yunonistonda necha yoshdan boshlab yozuv va hisob o‘rgatilgan. A) 6 yosh B) 7 yosh C) 8 yosh D) 5 yosh 3 / 30 3. Prokonsullar qancha muddatga saylanardi? A) 5 oy B) 2 yil C) 1 yil D) 6 oy 4 / 30 4. Quyidagilar qaysi Rim hukmdori davriga xos? 1) Dunay daryosi bo'ylarida yashovchi daklar bilan urushlar olib borilgan; 2) Rimda ko‘plab saroylar va ibodatxonalar bunyod etildi.; 3) Bosfor bo‘g‘ozidagi Vizantiy shahri qaytadan qurilgan; a) Oktavian Avgust; b) Trayan; c) Konstantin. A) 1-c, 2-b, 3-a B) 1-b, 2-c, 3-a C) 1-a, 2-b, 3-c D) 1-b, 2-a, 3-c 5 / 30 5. Qadimgi Rim “termalar”iga xos boʻlmagan xususiyatni aniqlang. A) Arzimas toʻlov evaziga har bir rimlik termalarga tushish imkoniyatiga ega boʻlgan B) Devorlaridagi bitiklar yunon tilida bitilgan C) bu yerda suzish uchun basseynlar, sport zallari mavjud edi D) Termalar qoshida ta’lim olish va fanlar bilan shugʻullanish uchun kutubxona ham boʻlgan 6 / 30 6. Yuliy Sezar qaysi daryodan kechib oʻtish jarayonida “Qur’a tashlandi!” deb aytgan edi? A) Po B) Dunay C) Reyn D) Rubikon 7 / 30 7. Quyidagi tarixiy shaxslar faoliyatiga oid ta’riflar xato berilgan javob variantini aniqlang. A) Ssipion - Gannibal boshiiq Karfagen armiyasini tor-mor etgan Rim sarkardasi B) Fidiy - mashhur Zevs haykalini, Panteon ibodatxonasini barpo etgan hamda Akropolning qayta qurilishiga boshchilik qilgan me’mor C) Mark Krass - Spartak qo'zg'olonini bostirgan Rim sarkardasi D) Alarix - 410-yilda Rimni bosib olgan germanlarrning got qabilalari yetakchisi 8 / 30 8. Qachon Rim eng yirik va aholisi koʻp shaharga aylanadi? A) Mil. avv. I asrda B) Mil. avv. II asrda C) Milodiy I asrda D) Milodiy III asrda 9 / 30 9. Rivoyatlarga ko`ra qaysi Rim imperatori o`z askarlari qalqoniga xristianlik ramzini chizishni buyurgan va jangda g`alabaga erishgan? A) Trayan B) Konstantin C) Feodosiy D) Romul 10 / 30 10. Qadimgi Rimda nima sababdan patritsiylar 12 jadvaldan tashkil topgan yangi qonunlarni qabul qilishga majbur bo’ladilar? A) Xalq majlisining avvalgi qonunlarni bekor qilganligi sababli B) patritsiylarni avvalgi qonunlar qoniqtirmaganligi sababli C) plebeylardan iborat bo’lgan Rim qo’shinlari isyon ko’tarib, o’z qonunlariga ega bo’lgan yangi shahar barpo etish da’vosi bilan chiqanligi sababli D) patritsiylar va plebeylar o’zaro kelishuvlari sababli 11 / 30 11. Quyidagi tarixiy ma’lumotlardan qaysi birining davri xronologik jihatdan xato ko'rsatilgan? A) Jonbosqal’a - Xorazmdagi miloddan avvalgi III-II asrlarga oid shahar bo'lgan. B) miloddan avvalgi II asrning ikkinchi yarmida ko'chmanchi yuechji qabilalari Yunon-Baqtriya davlati hududiga bostirib kirdilar. C) miloddan avvalgi VI-V asrlarda O'rta Osiyo hududida dastlabki tanga pullar tarqalgan. D) Qadimshunoslar topgan dalillarga ko'ra, miloddan avvalgi II-I asrlarda Farg'ona (Dovon) yuksak taraqqiy etgan, aholisi ko'p sonli, yaxshi qurollangan va mashq ko'rgan qurolli kuchlarga ega davlat bo'lgan. 12 / 30 12. Yunonlar yil hisobini qanday hisoblashgan? A) kun bilan tunning tenglashganligiga qarab hisoblashgan; B) Olimpiada o’yinlariga qarab yuritilardi; C) quyosh yo’nalishiga qarab; D) yulduzlar yo’nalishiga qarab; 13 / 30 13. Qaysi davlatda astlab qo‘shinga yer-mulkka ega bo‘lganlar olingan. A) Rim B) Makedoniya C) Karfagen D) Salavkiylar 14 / 30 14. Qadimgi misrliklarda qaysi omil ziroatchilar omoch va hayvonlar kuchidan foydalana boshlashiga sabab bo’ladi? A) Nil daryosini o’zashtira boshlaganligi B) Nil daryosi bo’yidagi sermashaqqat turmush tarziga moslashuvi C) Mehnat qurollari takomillashuvi D) mamlakat hayotida sardorlarning muhim ro’l o’ynay boshlashi 15 / 30 15. Qadimgi Rimda ta’lim tizimi rivojlangan bo'lib, qaysi tilni o'rganishga alohida e’tibor qaratilgan? A) lotin B) fors C) hind D) yunon 16 / 30 16. Oktavian Avgust vorislari davrida boshlangan inqirozdan so`ng Rimning kuch-qudrati qachon qayta tiklandi? A) mil.avv II asrda o`rtalarida B) milodiy I asr oxirida C) milodiy II asrda boshlarida D) milodiy IV-V asrlarda 17 / 30 17. Rim respublikasida mayda yer ijarachilari nima deb atalgan? A) kulbali qullar B) kolonlar C) apostollar D) ilotlar 18 / 30 18. Quyidagi sanalarda ro'y bergan voqealarni to'g'ri belgilang. 1) 313-yil; 2) 330-yil; 3) 395-yil; 4) 452-yil; 5) 455-yil; 6) 476-yil; a) So'nggi Rim imperatori taxtdan ag'darildi; b) xristianlik dini boshqa dinlar bilan teng deb e’lon qilindi; c) Rim imperiyasi ikkiga bo'linib ketdi; d) Rim imperiyasi poytaxti Konstantinopolga ko'chirildi; e) Rimni vandallar bosib oldi; f) Rimga xunlar hujum qila boshladi. A) 1-b, 2-d, 3-c, 4-e, 5-f, 6-a B) 1-b, 2-c, 3-d, 4-f, 5-e, 6-a C) 1-b, 2-d, 3-c, 4-f, 5-e, 6-a D) 1-c, 2-d, 3-b, 4-f, 5-e, 6-a 19 / 30 19. Quyidagi me’morchilik uslublaridan qaysi biri qadimgi Rim davlati davriga taalluqli emas? A) Ion uslubi B) Gotika uslubi C) Korinf uslubi D) Doriy uslubi 20 / 30 20. Milodiy 395-yilda Rim imperiyasi Gʻarbiy va Sharqiy qismlarga boʻlinib ketdi. Quyidagi javoblardan Gʻarbiy qismga kirmagan hududni toping. A) Shimoliy Afrika B) Yevropa C) Bolqon yarimoroli D) Italiya 21 / 30 21. Quyidagi manzilgohlarni qadimiyligiga ko‘ra to‘g‘ri ketma- ketlikda joylashtiring. 1) Maykop qo‘rg‘oni; 2) Obishir manzilgohi; 3) Kopova g'ori; 4) Teshiktosh g'ori; 5) Selung‘ur manzilgohi; 6) Sopollitepa manzilgohi. A) 5, 4, 3, 2, 6, 1 B) 4, 5, 2, 3, 6, 1 C) 5, 4, 1, 2, 6, 3 D) 5, 3, 4, 2, 1, 6 22 / 30 22. Ma’lumki, Mesopotamiyada Uruk, Umma, Lagash, Ur kabi shahar-davlatlar yuzaga kela boshlagan. Dastlab bu shaharlarning hukmdori kim hisoblangan? A) Harbiy sarkardalar B) Shahar oqsoqoli C) Bosh kohin D) Shahar homiysi bo'lgan Oliy xudo 23 / 30 23. Misr qachon Rim imperiyasi provinsiyasiga aylanadi? A) mil.avv 29-yilda B) mil.avv 30-yilda C) mil.avv 31-yilda D) mil.avv 27-yilda 24 / 30 24. Mil. avv. VIII-VII asrlarda qaysi omildan foydalanib, chekka viloyatlar aholisi Chjoudan ajralib chiqib, o'z davlatlarini tashkil eta boshladi? A) Xitoyga Turk xoqonligi hujum qilganligidan B) Xitoyga ko'chmanchi qabilalar hujum qila boshlaganidan C) Chjou va Xan sulolalari o'rtasidagi hokimiyat uchun kurashlardan D) «Sariq ro'mollilar qo‘zg‘oloni» oqibatida yuz bergan tartibsizliklardan 25 / 30 25. Milodiy 476-yil german qabilalarining Rimdagi yollanma qoʻshini sarkardasi Odoakr soʻnggi imperator Romulni taxtdan agʻdarib tashladi va imperator unvoni nishonini qayerga joʻnatdi? A) Konstantinopolga B) Afinaga C) Galliyaga D) Bobilga 26 / 30 26. Nechanchi asrga kelib Rim imperiyasining kuch-qudrati zaiflasha boshladi? A) Mil. I asrda B) Mil. avv. I asrda C) Mil. III asrda D) Mil. avv. II asrda 27 / 30 27. Sharqiy Rim imperiyasining poytaxti qaysi suv havzasi yonida joylashgan edi? A) Fors ko'rfazi B) Dardanel bo‘g‘ozi C) Adan ko'rfazi D) Bosfor bo'g'ozi 28 / 30 28. Xato ma’lumotni toping. A) Oktavian va Mark Antoniy flotlari o'rtasida jang Yunoniston qirg'oqlarida sodir bo'ladi. B) Miken davlatini axeylar vayronaga aylantirganlar. C) Panteon yunonchada «barcha xudolar ibodatxonasi» ma’nosini anglatadi. D) Attika viloyati O'rta Yunonistonning janubi-sharqiy qismida joylashgan. 29 / 30 29. Qadimgi Rimda Senat a‘zolari necha kishidan iborat bo`lgan? A) 200 kishidan B) 300 kishidan C) 500 kishidan D) 100 kishidan 30 / 30 30. Qadimgi Rim tarixchilarini aniqlang. 1) Poliyen; 2) Kvint Kursiy Ruf, 3) Strabon; 4) Plutarx; 5) Tatsit; 6) Arrian; 7) Tit Liviy. A) 2, 3, 4, 5 B) 4, 5, 6, 7 C) 1, 2, 5, 6 D) 2, 4, 5, 7 Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster 6-sinf Tarix