6-sinf Ona tili №16 Mart 31, 2022Mart 31, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 6-sinf Ona tili №16 ga fikr bildirilmagan. 0 6-sinf Ona tili №16 RAVISHLARNING YASALISHI .TUB VA YASAMA RAVISHLAR RAVISH YASOVCHI QO’SHIMCHALAR RAVISHLARNING MA’NO TURLARI HOLAT RAVISHLARI PAYT RAVISHLARI O’RIN RAVISHLARI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 54 Nihoyat ,Londondan Toshkentga uchadigan bo’ldik . Havo kemasiga chiqishimiz bilan osoyishta va yoqimli ovoz yangradi : “Assalom-u alaykum ,xonimlar va janoblar ! Sizlarni “O’zbekiston havo yo’llari “ milliy aviakompaniyasi nomidan muborakbod etamiz !” ..Yuqoridagi matn matnning qaysi turiga mansubligini aniqlang . A) tasviriy matn B) muhokama matn C) hikoya matn D) rivoyat matn 2 / 54 Sodda yasama so'zlar berilgan qatorni aniqlang. A) serhosil, o'xshovsiz, noto'g'ri B) alirgul, o'rinbosar, oqqush C) tok qaychi dunyoqarash tomorqa D) yerto'la. belbog', mingoyoq 3 / 54 Qaysi qator faqat o’timli fellardan iborat ? A) yurgizmoq, bilib olmoq, chaqirmoq. B) kiymoq, uxlamoq, yalamoq. C) ochmoq, uxlatmoq, zavqlanmoq. D) yuvmoq, kuldirmbq, yetim olmoq. 4 / 54 Qaysi javobdagi fe’llardan o’zlik nisbati hosil bo’lmaydi ? A) kesmoq,kiymoq ,ko’rmoq B) termoq,taranmoq,quvonmoq C) cho’milmoq ,surkalmoq ,o’ramoq D) minmoq ,kulmoq,yayramoq 5 / 54 Harakat nomlarini aniqlang A) qalam ,jasorat ,iroda ,maqsad B) yuksalish, tanimoq , yashamoq,qurish C) tozalik,mashg’ulot ,jamoat D) chaqqon ,sabzavot ,poliz,suv 6 / 54 Bo’lishlilik ma’nosi ifodalangan qatorni aniqlang A) Bugungi ishni ertaga qo’yma B) Gapiradi-ya ,gapiradi ,gapirib bo’pti C) U na o’qiydi ,na yozadi D) Otaqo’zi shaharga kelsa ,kirmay ketmaydi 7 / 54 Qaysi qatorda fe’llar ma’noviy guruhlariga ko’ra to’g’ri izohlangan ? A) gapirmoq-nutqiy faoliyat fe’li ; ijod qilmoq –aqliy faoliyat fe’li ; ekmoq– jismoniy faoliyat fe’li; muzlamoq –holat fe’li B) gapirmoq–holat fe’li , ijod qilmoq- nutqiy faoliyat fe’li; ekmoq va muzlamoq- jismoniy faoliyat fe’li; C) gapirmoq,ekmoq,muzlamoq- jismoniy faoliyat fe’li; ijod qilmoq -nutqiy faoliyat fe’li ; D) gapirmoq – jismoniy faoliyat fe’li ; ijod qilmoq –aqliy faoliyat fe’li ; ekmoq –holat fe’li ; muzlamoq –holat fe’li 8 / 54 Kelasi zamon ma'nosini ifodalagan boshqa zamon fe'li qatnashgan gapni toping. A) O’shanda birga sayr qillmoqchi bo’ldik. B) Nargiza musavvir bo’lgani o’qibdi . C) O’sha yerda ishlab yuribman. D) U Buxoroga oqishga borar ekan. 9 / 54 Otlar qanday so’roqlarga javob bo’ladi? A) kim? nima? qaysi? B) kim? nima? qayer? qaysi? C) kim? nima? D) kim? nima? qayer? 10 / 54 Kasb-koriga ko’ra so’zlar bilan ilova qilingan so’zlar bilan berilgan otlar qatorini ko’rsating A) san’atkor,bastakor ,shifokor B) faylasuf,tilshunos ,tarixchi C) to’quvchi Aziza ,shifokor Abdullayeva D) alloma ,mutaffakkir ,hokim 11 / 54 Kichraytirish qo'shimchasi qaysi o'z turkumiga qo'shilishi mumkin? 1 ot 2 sifat 3 ravshish 4 olmosh 5 fe'l A) 1,2,3 B) 1,4 C) 1 D) 1,2 12 / 54 Oddiy darajadagi sifat berilmagan gapni aniqlang. A) Tikansiz gul, mashaqqatsiz pul bo’lmaydi. B) Odobli bola elga manzur. C) Intizomli lashkar yengilmas. D) Yer yuzi ko’m-ko’k o’tlar bilan qoplangan. 13 / 54 Qaysi qatorda ozaytirma sifatlari berilgan. A) tip-tiniq, yum-yumaloq, sap-sariq. B) gvoyat nozik, juda baland, eng go’zal. C) nim pushti, och ko’k, sarg’imtir. D) jiqqa hol, g’irt dangasa, hammadan kuchli. 14 / 54 Chama son berilgan qatorni toping. A) Siz bilan yana ko’p marta uchrashamiz. B) Ming qatla shukrki katta bo’lib qoldim. C) Botirlar birov eshitmasin deb, sekin –sekin qadam bosishdi D) Shahrimizda o’nlab teatrlar, yuzlab kinoteatrlar bor. 15 / 54 Kampir xiyla uzoqlshganda ,Nurmatjon qichqirdi Ushbu gapda qo’llangan ravishning turini aniqlang A) payt B) holat C) sabab D) daraja miqdor 16 / 54 Ravishlar tarkibida uchraydigan ko’plik, egalik va kelishik qo’shimchalari qanday qo’shimcha sanaladi? A) so’z shakli yasovchi qo’shimchalari B) so’z o’zgartiruvchi qo’shimcha C) so’z yasovchi qo’shimcha D) Bu qo’shimchalar ravishning o’zak qismiga kirib, shu qo’shimcha bilangina u so’z ravish hisoblanadi. 17 / 54 Holat ravishi qatnashgan gapni belgilang A) Bahorda paxtakor uchun vaqt oz mehnat esa cheksiz mo’l B) Sayohatchilar yuqoriga ko’tarilib qarag’ayzor va archazorga yetdilar C) Qodirjon otasi yonida turib atrofga qaradi D) Kunduzlari quyosh saratondagiday qizdirib turdi 18 / 54 Payt ravishi ishtirok etgan gapni toping A) Uzoqdan kelgan mehmonlar chaqiriiib katta ziyofat berilibdi B) Ko'p yaxhi o'ylabsiz ammo saltanatingiz uzoqqa bormasa kerak C) Kun kech bo'ldi .Ertaga erta bilan yo'Iga chiqamiz D) Oldinda Sirinbuloq qihlog'i butun bo'y basti bilan yastanib yotardi 19 / 54 Qaysi javobdagi ravish morfologik usuli bilan yasalgan? A) Ular bir partada o'n yonma -yon o'tirib o'qishdi. B) Birdan jala quyib yubordi. C) Yo’lchi qahramonlarcha halok bo’ldi D) Етta-indin mehmonlar kelisharkan. 20 / 54 To’satdan , tubdan ravishlarini ma’noli qimlarga ajratib bering. A) to’sat+dan, tubdan B) to’s+at+dan, tub+dan C) Bu ravishlarda –dan kelishik qo’shimchasi asos qism bilan mustahkam birikib, ajralmas holga kelib qolgan . D) to’sat+dan, tub+dan 21 / 54 Ravish tarkibida qaysi egalik qo’shimchalari yaxlitlanib kelishi mumkin? A) III shaxs birlik qo’shimchalari B) II shaxs birlik qo’shimchalari C) I shaxs birlik va ko’plik qo’shimchalari D) Barcha egalik qo’shimchalari 22 / 54 1.Ajdodlar yodi hamisha qalbimizda. 2.Jo’raboyev ham jimgina o’tirib, hammaga quloq solardi. 3.U naridan beri, yuvindi-yu, ishga ketdi. 4.Normatjon dastlab tog’asini ko’rgani bordi. Yuqoridagi gaplarda ishtirok etgan ravishlarning ma’no turini tartibi bilan aniqlang. A) miqdor-daraja, miqdor-daraja, holat, payt B) miqdor-daraja, holat, payt, payt C) payt, holat, holat, payt D) payt, miqdor-daraja, holat, payt 23 / 54 Har yerni qilma orzu ,har yerda bordir tosh-u tarozi Ushbu gapda qo’llangan ravishning turini aniqlang A) daraja miqdor B) payt C) o’rin D) holat 24 / 54 Payt ravishlarini aniqlang? A) xiyol,oz B) tez,darhol C) dastlab,avval D) arang,qasddan 25 / 54 Qizning ko’kimtir rang olgan lablari zo’rg’a qimirlardi Ushbu gapda qo’llangan ravishning turini aniqlang A) o’rin B) daraja miqdor C) payt D) holat 26 / 54 Qaysi qatorda yasama ravish ishtirok etgan gap berilgan ? A) Qabristondan ancha uzoqlashgandan keyin yana otlariga minib yo'rtib ketishibdi B) Vodiylarni yayov kezganda, Bir ajib his bor edi menda. C) Ulardan biri akamning qayerdaligini so'ragan edi, men ertalab uloqqa ketganligini aytdim. (Abdulla Qodiriy) D) Bu yerda hamma unga do'stona munosabatda bo’lishar edi 27 / 54 Ba’zi ravishlar tarkibida qaysi kelishik qo’shimchalari yaxlitlanib qolgan? A) Tushum, jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kelishigi qo’shimchalari B) Jo’nalish, chiqish, o’rin –payt kelishigi qo’shimchalari C) Qaratqich, tushum, jo’nalish, chiqish kelishigi qo’shimchalari D) Jo’nalish, o’rin-payt kelishigi qo’shimchalari 28 / 54 Qaysi qatorda payt ravishlari berilmagan? A) tez orada, bu orada B) yaqinda, kunda, hamon C) yozda, qishda, bahorda D) avval, ertaga, ilgari 29 / 54 -cha, -lab, -larcha, -ona, -an, -chasiga qo‘shimchalari qaysi turkumdagi so‘zlarga qo‘shilib ravish yasaydi? A) ot, sifat, son B) fe’l, ot, sifat C) ot, sifat D) fe’l, ot, sifat, son 30 / 54 Holat ravishi berilgan qatorni toping A) ancha, kam, ko’p B) tashqari, ichkari, olg’a C) zo’rg’a, arang, bafurja D) kecha-kunduz, qishin-yozin 31 / 54 Holat ravishi qatnashgan gapni belgilang A) Momaqaldiroq tingan ,ahyon ahyonda chaqmoq arqoni simobrang bulutlar ichidan otilib chiqar B) Tashqarida shamol qo’zg’alib ,deraza qanotlari qattiq ochilib yopildi C) Qayerdandir bolalarning shodon qichqirig’I eshitildi D) “Daryo ” kechuviga yetay deganimizda haydovchi mashinani to’xtatdi 32 / 54 Quyidagi qo’shimchalarning qaysilari ravish tarkibida yaxlitlanib qolishi mumkin? 1)–ga; 2) –dan 3) –da; 4) (-si); 5) –lar A) 3,6 B) 1,2,3,4 C) 1,2,3,4,5 D) 1,2,3 33 / 54 Ertasiga ertalab Nayman ona yana yo’lga tushdi .Uyur bu yerdan xiyla uzoqlashib ketgan edi .Izlab ,aylanma yo’llardan ehtiyotkorona o’tib ,uzoq yo’l bosdi. Ushbu gaplardagi ravishlarning miqdorini aniqlang A) 6 B) 5 C) 7 D) 8 34 / 54 Holat ravishlarini aniqlang? A) tez, darhol B) dastlab, hanuz C) arang, qasddan D) xiyol,oz 35 / 54 Berilgan so’zlardan o’rin ravishlarini aniqlang A) quyi,chetda ,oldinga B) pastga ,Toshkentdan,oldinga C) aniq,mardlarcha ,o’rtada D) majburan,tez ,uyda 36 / 54 Intizomsiz kishi hech qayerda muvaffaqiyatga erishmaydi Ushbu gapda qo’llangan ravishning turini aniqlang A) payt B) ravish qo’llanmagan C) daraja miqdor D) holat 37 / 54 O’rin ravishi qatnashgan gapni aniqlang . A) O’rtancha botir qo’rqmadi, jim turdi . B) Sherqo’ziga ko’zi oldidan nari ketishi uchun ruxsat bermay qo’ydi . C) Men kecha akam bilan Samarqanddan keldim . D) U aravani Nuriddin minganini ko’rib xiyla yengil tortdi . 38 / 54 Tarz (holat) ravishi qaysi gap tarkibida qo’llangan? A) Bekatda juda ko’p odam to’plangan edi B) Ertaga ishxonada uchrashamiz C) Adolat sekingina atrofga razm soldi D) Qari bilganni pari bilmas 39 / 54 .Ravishlarning ma’no turlarini belgilang. 1.holat 2.payt 3.o’rin 4.daraja-miqdor 5.maqsad-sabab A) 1,2,3,4 B) 1,2,3,4,5 C) 2,3,4,5 D) 1,2,3,5 40 / 54 0‘rin ravishili gaplarni toping. 1 Ular hech ikkilanmay olg'a yurishdi. 2 Yo’lchi boshini quyi solib, jim о ‘tirdi. 3 Kechasi bilan yog ‘ib chiqqan qor tongotar paytida tinib qoldi. 4. Bularyaqinda Toshkentga kelishdi. A) 1,2 B) faqat 1 C) 1,2,3,4 D) 1,3,4 41 / 54 Qaysi qatordagi so'zlar ravish turkumiga mansub? A) tong, tush, kecha B) hozir, hali, endi C) halitdan, bomdod, kech D) shom, xufton, subh 42 / 54 1 Ertalab 2 yillab 3 do 'stlarcha 4 so’ngra 5 qahramonona 6 xushta’m 7 taxminan 8 yana 9 majburan. 10 bafurja Berilganlardan yasama ravishlarni aniqlang A) 3,5,6,7,9 B) 1,4,5,9,10 C) 2.3, 5, 7, 9 D) 1,2,4,5,6,7,9 43 / 54 Yasama ravishlar qanday usul bilan hosil qilinadi? A) so’zga qo’shimchalar qo’shib B) A, B, C C) asos qismini takror qo’llash orqali D) asos qismini juft qo’llash orqali 44 / 54 Ravishning asosiy morfologik belgisi qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan ? A) Ravish biror so’z bilan bog’lanib ,birikma hosil qilganda ,o’z shaklini o’zgartirmaydi, hech qanday so’z o’zgartiruvchi qo’shimcha qabul qilmaydi B) Ravish o’ziga xos yasovchi affikslarga ega C) A,B D) Ravish gapda hol vazifasini bajaradi 45 / 54 Ravish ishtirok etmagan gapni toping. A) Baqirmay gapirishning iloji yo‘qmi?! B) Rajab o'sha zamonoq javob berdi. C) Vaqt butunlay sezilmasdan o‘tdi. D) Barcha birday tinmay ishlardi. 46 / 54 Taxminan, xayolan so’zlaridagi — an qo’shimchasi qanday qo’shimcha? A) ot yasovchi B) sifat yasovchi C) ravish yasovchi D) shakl yasovchi 47 / 54 Tarz (holat) ravishi qaysi gap tarkibida qo’llangan? A) Kechagi topshiriq o’z vaqtida bajarildi B) Qodirjon otasi yonida turib atrofga qaradi C) Sayohatchilar yuqoriga ko’tarilib qarag’ayzor va archazorga yetdilar D) Oyqiz uning qo’qqisdan g’oyib bo’lgani to’g’risida o’ylab vahimaga tushdi 48 / 54 O’rin ravishi qaysi qatordagi gapda mavjud? A) Nihoyat ,kichik bir qiyalikda so’qmoq ko’rindi B) Atrofga kulrang harir parda bo’lib yoyila boshlagan oqshom qorong’iligi quyuqlashib borardi C) Osmon bulut. D) Buloqdan nariroqda do’nglik bo’lib ,atrofga shox otib ketgan tok Shoxlari ko’zga tashlanar 49 / 54 O’rin ravishi qaysi qatordagi gapda mavjud? A) Yo’lchi boshini quyi solib ,birpas jimo’tirdi B) Kechasi bilan yog’ib chiqqan qor tongotar paytida tinib qoldi C) Ular hech ikkilanmay olg’a yurishdi D) Bular yaqinda Toshkentga ko’chib kelishdi 50 / 54 Holat ravishi qatnashgan gap berilgan qatorni toping A) Tashqariga chiqib G'ofurjon boydan ketishga izn so'radi B) Yarim kechadan keyin olmon otaning uyqusi butunlay qochdi C) A,B D) O'rtancha botjr qo'rqmadijim turdi 51 / 54 Sharofat bibi ro’molini salgina tuzatib ,so’ri tomon asta yurib bordi Ushbu gapda qo’llangan ravishning ma’no turlarini aniqlang A) daraja miqdor ,holat B) o’rin ,holat,daraja miqdor C) holat,o’rin D) daraja miqdor 52 / 54 Kishi о 'z fazilatlari haqida qancha kam bilsa, bizga shuncha yoqadi. Ushbu gapdagi ravishlar miqdorini aniqlang. A) 3 ta B) 1 ta C) 4 ta D) 2 ta 53 / 54 Payt ravishi qo’llangan gapni aniqlang A) Pastda toshqin Amu pishqirib ,shag’illab ,ko’hna Orol tomon shoshilmoqda B) Ertagayoq Abduhalilni Quvasoyga jo’nataman C) Balxdan qaytgach ,Navoiy yangi qazilgan ariqlarni ko’zdan kechirdi D) Qishloqdan stansiyaga o’tayotganimda ,yuragimda chiroyli hislar g’alayon qiladi 54 / 54 Chang va tutundan mashina va odamlar zo’rg’a ko’rinar edi Ushbu gapda qo’llangan ravishning turini aniqlang A) payt B) daraja miqdor C) holat D) sabab 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster 6-sinf Ona tili