9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 Aprel 30, 2022Aprel 30, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 ga fikr bildirilmagan. 17 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 9-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 Kelishik qo'shimchalari bilan birikkan so’z birikmalari qatorini belgilang? A) Bog’da sayr,kitob uchun gilof B) Ijodiy uchrashuv,bahordagi shabada C) Diqqat bilan tinglash,kitobni o’qimoq D) Bulbul navosi,so’z sehri 2 / 25 Vatanning dardi bilan yashamoq, uning baxtidan quvonmoq, u bilan faxrlanmoq kerak. Ushbu gapda nechta otli birikma mavjud? A) 1ta B) 4ta C) 2ta D) 3ta 3 / 25 Qo‘shma gap berilmagan qatorni toping A) Yigit-qizlarimiz O‘zbekistonning, insoniyatning bolasi bo‘lsa, hamma faxrlanadi B) Kuchli shovqin nafaqat katta yoshdagi kishilar, shuningdek, o‘quvchilar faoliyatiga ham zarar keltiradi C) Umuman, odam bolasi tug’ilibdiki, nimanidir himoya qilib yashaydi D) Komila, nihoyat, tavakkaliga bir qovunni uzdi-da, hidlab olib chiqdi 4 / 25 Berilgan qaysi gapda murakkab ot kesim qatnashgan? A) Kun juda isib ketgan edi, shuning uchun eshiklarni ochib qo‘ydik. B) Vazifamiz – o‘qish, o‘qiganda ham a’lo o‘qish. C) Mening dadam shifoxonada eng tajribali jarrohlardan biri sanaladi. D) Aka, juda mohir ustasiz, sizdan o‘rnak olish bizga foyda keltiradi. 5 / 25 Men dadil ayta olamanki ,halol mehnat qilishga odatlangan odam hech qayerda uyalib qolmaydi. Ushbu qo‘shma gap haqidagi to‘g'ri hukmlarni belgilang. 1)ergashgan gap bosh gap tarkibida ifodalanmagan to‘ldiruvchini izohlamoqda; 2) ergash gap bosh gapdan oldin joylashgan; 3)ergash gap bosh gapga bog'lovchi vazifasidagi vosita yordamida bog'langan; 4)bosh gap shaxsi umumlashgan gap hisoblanadi; 5)qo‘shma gap tarkibida bitishuvli birikmalar soni 3ta A) 1,2,3,4,5. B) 2.4 C) 1,2,4 D) 1,3,5. 6 / 25 erilgan birliklarning qaysilari ham so‘z birikmasi, ham turg‘un birikma sifatida qo‘llanishi mumkin? 1) boshiga yetmoq; 2) qulog‘iga quymoq; 3) o‘z yog‘iga qovurilmoq; 4) yaxshi ko‘rmoq; 5) to‘nini teskari kiymoq; 6) ko‘nglidan o‘tkazmoq A) 2,4,5 B) 1,2,3,4,5,6 C) 1,2,3,4,5 D) 2,3,4,5 7 / 25 Ko‘k rang ochiq osmon va dengiz rangi sifatida o‘zida yuksaklik va chuqurlikni ifoda etadi. Ushbu gapdagi yasama so‘zlar qanday sintaktik vazifalarni bajargan? A) to‘lduruvchi,aniqlovchi, hol. B) to‘ldiruvchi, kesim C) to‘ldiruvchi, aniqlovchi. D) to‘ldiruvchi, aniqlovchi, kesim 8 / 25 Xoja qaysi mashhur avliyoning avlodlaridan hisoblanadi? A) Xo‘ja Ahror Valiy B) Bahouddin Naqshband C) Abduxoliq G’ijduvoniy D) Zangi Ota 9 / 25 Berilgan qaysi gapda gap bo‘laklari to‘ldiruvchi, aniqlovchi, ega va kesim tartibida joylashgan? A) Yigitlarga ishning hammasini topshirib ketdi. B) Xonaga sochlarining yarmi oqargan kishi kirib keldi. C) Hovlini qizlarning qahqahasi tutib ketdi. D) Uning gapiga kim ham quloq solardi. 10 / 25 Qaysi gapdagi uyushgan aniqlovchilar orasida fonetik hodisaga uchragan yasama so‘z mavjud? A) Bu yerda xalqning, sizning, mening farzandlarimiz ta'lim olishadi. B) Ko‘p o‘tmasdan sergo‘sht shavla tortildi C) Chaqaloq kichkina,oppoq va dumaloq qo‘llarini cho‘zib menga talpindi. D) Serchang ,sershovqin ko‘chalarda odamlar daryoday oqib borar edi. 11 / 25 “Odamga quvvat beradigan umid,boshini toshdan qiladigan ishonch barq urib turgan haqiqiy hayot manzarasidir” “Ufq” asariga berilgan ushbu ta’rif muallifi kim? A) A.Qahhor B) Oybek C) O.Sharafiddinov D) O‘Hoshimov 12 / 25 Bo‘lsa, esa so‘zlari qo‘shma gapning qaysi turini bog’lash uchun xizmat qiladi? A) qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gap B) ergashgan qo‘shma gap C) bog’lovchisiz qo‘shma gap D) bog’langan qo‘shma gap 13 / 25 Qaysi javobda o‘zaro sinonim iboralar qo‘llangan? A) Tegirmonga tushsa, butun chiqadi – tegganga tegib, tegmaganga kesak otadi B) Tepa sochi tikka bo‘ldi – kapalagi uchib ketdi C) O‘takasi yorildi – o‘pkasi o‘g‘ziga keldi D) Tarvuzi qo‘ltig‘idan tushdi – hafsalasi pir bo‘ldi 14 / 25 “Yurtim,ado bo‘lmas armonlaring bor” she’rida “jayrondek termulgan’ ta’rifi kimga beriladi? A) A.Ikromov B) Fitrat C) U.Nosir D) Cho‘lpon 15 / 25 ”Sog’inish”she’rida “eng kichik zarradan Yupitergacha,o‘zing murabbiysan”deya nimaga nisbatan murojaat qilinadi? A) Sog’inch B) oy C) quyosh D) Alloh 16 / 25 Hamma ham do‘stlarini, yaqin kishilarini e’zozlaydi, ularning ko‘p bo‘lishini istaydi. Ushbu gapda qaysi gap bo‘lagi uyushgan? A) hol B) ega C) to‘ldiruvchi D) aniqlovchi 17 / 25 Ko‘makchili qurilmalar yordamida bog’langan qo‘shma gaplar tarkibida bosh gapning o‘rni qanday bo‘ladi? A) ko‘makchili qurilmalar bog’langan qo‘shma gap tarkibida keladi B) ergash gapdan oldin ham, keyin ham kelishi mumkin C) ergash gapdan keyin keladi D) ergash gapdan oldin keladi 18 / 25 Qaysi qo‘shma gap qismlari nisbiy so‘z yordamida birikmagan? A) Yerga mehringni bersang, u senga rizq beradi B) Siz Hindistonda neniki ko‘rgan bo‘lsangiz, shularning barchasini jam etib, bir kitob yozmog’ingiz darkor. C) Qalandarov yugurdagini “Eshon, hoy!”, deb chaqirganda Saida qanchalik xursand bo‘lgan bo‘lsa, buni ko‘rib, ta’bi shunchalik tirriq bo‘ldi D) Kimning ko‘ngli to‘g’ri bo‘lsa, uning o‘zi ham to‘g’ri bo‘ladi 19 / 25 A’loxon o‘zining xatosini angladi va gapirolmay g’uldirab javob berdi: “Sizsiz menga dunyo tor”. Gapdagi yasama so‘zlar miqdori. A) 5ta B) 4ta C) 6ta D) 3ta 20 / 25 Ushbu gaplarning qaysi birida // shartli belgisi o‘rnida ikki nuqta qo‘yiladi? A) Yana uvlar dahshat shamoli// Ko‘kni qora bulut quchadi. B) Mening bir jaydari falsafamdir shu// Hargiz iltimosga kuning qolmasin. C) Ruboiyni ichida o‘qidi// yuzini tabassum qopladi. D) Hamal keldi // amal keldi. 21 / 25 M.Shayxzoda qaysi mutafakkir ijodi va faoliyatini o‘rganishga bag‘ishlangan jiddiy tadqiqotlar olib borgan? A) A.Navoiy B) Bobur C) Ganjaviy D) Ibn Sino 22 / 25 “Farhod va Shirin” dostonida Xusravning vaziri kim edi? A) Buzrug Ummid B) Sheruya Parviz C) Shopur D) Davron Xallos 23 / 25 Men turkcha boshlabon rivoyat, Qildim bu fasonani hikoyat. “Xamsa”ning qaysi dostonida Navoiy asarini turkiy tilda bitganini aytgan? A) D)”Sabbayi sayyor” B) C)Layli va Majnun” C) Hayrat ul-abror” D) ”Farhod va Shirin” 24 / 25 Kesimlaridan biri ot, ikkinchisi fe'l bilan ifodalangan qo‘shma gap qaysi qatorda berilgan. A) Bizning yurtimiz chaman, unda quvnab o‘saman. B) Navbahor ochildi gullar sabza bo‘ldi bog'lar. C) Halol yashamoq- xalqqa xizmat qilmoq. D) So‘z chertib olinishi, har yoqdan tanlanishi lozim. 25 / 25 Oybekning qaysi she’ri erksizlik, tutqunlikka bo‘ysunmagan ijodkor ruhining, olamni qutqaruvchi bezavol go‘zallikning so‘nmas timsoli bo‘lib qoldi? A) Qoraxat B) O‘zbekiston C) Kuz yomg’iri D) Na’matak 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Ona tili va adabiyot olimpiada