11-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 Iyul 18, 2022Iyul 18, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 11-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 ga fikr bildirilmagan. 2 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 11-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 2019-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 Qaysi gap tarkibida sifatdosh mavjud? A) Rasm chizgani soy bo‘yiga bordik B) Taxtga chiqqach adolat bilan ish ko‘ribdi C) Bilmaslik ayb emas,bilishni xohlamaslik ayb D) Jahli chiqqanidan hech kim ko‘ziga ko‘rinmas edi 2 / 25 Qaysi gapda fonetik o‘zgarish lug’aviy shakl yasovchi ta’sirida paydo bo‘lgan so‘z qatnashgan? A) Yurtidan ayrilgan yetti yil yig’lar B) Qiynalib erishilgan har bir narsa aziz C) So‘nggi pushaymon o‘zingga dushman D) Orzum shul: o‘chmasin yongan chirog’ing 3 / 25 Oshiq o`z ishqidan so`zlasa nuqul. Gapdagi ostiga chizilgan so`z haqida qaysi javobda mulohaza berilgan? A) Bu so`zlarning ko`pchiligi qo`shimcha shaklida, ayrimlari esa so`z shaklida qo`llaniladi B) Nutq jarayonida ushbu so`z turkumiga oid so`zlardan foydalanishda so`zlovchilarning yoshi, amali nuqtayi nazaridan ma’lum darajada farq qiladi. C) So`zlovchining o`zi bayon etayotgan fikriga ishonch, gumon, achinish kabi munosobatlarni ifodalaydi. D) Tarkibida ayrim egalik shakllari o`z vazifasini yo`qotadi. 4 / 25 Mana menman, u isyonning o`lmas avlodi, Mana menman, u gullarning hech so`lmas yodi, Mana menman, falaklarga lov-lov o`t qo`yib, Otalarimning boshidan poydevor uyib. Kelajagim obidasin qurgan insonman. O`sha jonman, o`sha qonman va o`sha shonman. (U. N) Berilgan parchada qo`llangan olmoshlar haqidagi to`g`ri fikrni belgilang. A) 5 o`rinda kishilik olmoshi, 6 o`rinda ko`rsatish olmoshi qo`llangan B) Ko`rsatish olmoshlari aniqlovchi va to`ldirovchi vazifasida kelgan. C) Ko`rsatish olmoshlari kesim va ega vazifasida kelgan D) 3 o`rinda kishilik olmoshi, 8 o`rinda ko`rsatish olmoshi qo`llangan 5 / 25 “Mantiq ilmi xato kelib chiqishi mumkin bo`lgan joyda tafakkurni to`g`ri yo`ldan olib borish uchun aqlni to`g`rilab turadi”. Fikr muallifini aniqlang. A) J. Rumiy B) Arestotel C) Beruniy D) Farobiy 6 / 25 O`xshash variant boshiga ko`tarmoq bo`lgan ibora qaysi gap tarkibida sifatlovchi aniqlovchi vazifasida qo`llangan? A) Saida ayvonning soyasiga ko`rpacha yozdi. B) Qurboy Tillayevning soyasiga ko`rpacha soladigan odamlar xilidan C) Soyasiga salom berishning kimga keragi bor o`zi? D) “Sizning soyangizga ko`rpacha to`shaydiganga nega ishonasiz o`zi”,- dedi Saidiy tutaqib 7 / 25 To`rt narsani berdi menga oqillarcha o`ylamoq: tansihatlik, yaxshi odat, yaxshi nom, yaxshi fikr. Ushbu parchada ega(lar) ni aniqlang A) to`rt narsani B) oqillarcha C) tansihatlik, odat, nom, fikr D) o`ylamoq 8 / 25 Qaysi adib adabiyotda birinchilardan bo’lib chet eldagi o’zbeklar hayotini yoritgan? A) Shuhrat B) Mirtemir C) Rasul Hamzatov D) Asqad Muxtor 9 / 25 Agar tenglik hukm sursa, hech qachon sotqinlik, aldamchilik, g`am-g`ussa bo`lmaydi. Gapda qo`llangan gap bo`laklarining kesimga bog`lanishi yuzasidan berilgan to`g`ri fikrlarni aniqlang. 1) Barcha gap bo`laklari kesim bilan bevosita bog`langan 2) Barcha gap bo`laklari murakkab kesimga bog`langan 3) Ergash gap tarkibida uyushiq egalar kesim bilan yonma-yon kelgan. 4) uyushgan ega kesim bilan grammatik munosobatga kirishgan. A) 1.4 B) 1.3 C) 1,2,3 D) 1.2 10 / 25 U goho ichib kelib, hovlini boshiga ko`targudek o`kirib yig`laydi; akasining sirlarini bilishini, bir kunmas – bir kun uni fosh qilajagini aytadi, bo`ralab so`kadi. Ushbu gapda yordamchi so`z turkumiga mansub nechta birlik qo`llangan? A) 3 ta B) 1 ta C) Bunday birlik mavjud emas. D) 2 ta 11 / 25 O`zbek adabiy tilida farqlanuvchi me’yorlarni aniqlang. 1. leksik me’yor 2. talaffuz me’yori 3. so`z yasalish me’yori 4. morfologik me’yor 5. sintaktik me’yor 6. uslubiy me’yor A) 1,2,4,5,6 B) 2,4,5,6 C) 1,2,3,4,5,6 D) 1,3,5,6 12 / 25 Yiqilganga zo`rlik muruvvat emas, A’lo qush chumoli donini emas... Bayt muallifi va manbasi qaysi qatorda berilgan? A) Ogahiy „Ogohnoma“ B) A. Navoiy „Hayrat ul-abror“ C) Sa’diy „Guliston“ D) Sa’diy „Bo`ston“ 13 / 25 “Otello” tragediyasida Otelloning ko`z yoshlari nimaga qiyoslangan? A) olmosga B) Tonggi shudringga C) Arabistondagi daraxtdan oqayotgan shiraga D) Arabistondagi yoqutlarga 14 / 25 O`. Umarbekovning milliy kinomotografiya taraqqiyotiga sezilarli ta’sir ko`rsatgan kinossenarilari? A) “Yuksak qorliklardagi uchrashuv”, “Ikki soldat haqida qissa”, “Sevgi afsonasi”, “Changalzor qonuni”. B) “Oq qaldirg`och”, “Yigit va qiz”, “Sevgim, sevgilim”, “Sevgi afsonasi”. C) “Qiyomat qarz”, “Shohma quyosh”, “Yer yonganda”, “Arizasiga ko`ra” D) “Komissiya”, “Arizasiga ko`ra”, “Charos”, “Urush farzandi” 15 / 25 Foydalanish, ishlatish so`zining ma’nodoshi tarkibidagi sirg`aluvchilar soni nechta? A) 3 ta B) 1 ta C) 2 ta D) 5 ta 16 / 25 Qaysi shoir o’z she’rlarida biz yashab turgan dunyo haqiqati, inson umrining mazmuni, ezgulik va qabohat kabi azaliy muammolarni yangi davr kishisi nuqtai nazari bilan yoritishga harakat qildi? A) X. Saloh B) Asqad Muxtor C) ) Rasul Hamzatov D) S. Zunnunova 17 / 25 Payini qirqmoq frazemasiga ma’nodosh bo`lga ibora qaysi bandda so`z irikmasiga teng kelgan? A) Haqiqatni anglaganda allaqachon ostiga suv quyishgan edi. B) Sening bu qilganing o`z oyog`ingga bolta urishingdan o`zga ish emas C) Mo`min chaqqon oyog`iga bolta urilishini hisobga olmagan edi. D) Shoikromov o`z oyog`iga o`zi bolta uradiganlar xilidan 18 / 25 Bunday bog`liqlik gaplar, xat boshilar o`rtasidagi mazmuniy munosobatlarning funksional-sintaktik vositalar va so`z shakllari orqali ifodalanishda namoyon bo`ladi. Ushbu fikrda qanday bog`liqlik nazarda tutilgan. A) Sintaktik bog`liqlik B) mazmuniy bog`liqlik C) mantiqiy bog`liqlik D) kompozitsion bog`liqlik 19 / 25 Bolalikdan boshlangan do`stlik insonning keyingi ulg`aygan va kamolga erishgan davrda orttirgan barcha do`stlari orasida alohida ahamiyatga ega. Gapdagi yasama so`zlar qaysi turkumlarga oidligini aniqlang. 1) ot; 2) sifat 3) fe’l 4) ravish; A) 1,3,4 B) 1,2,3 C) 1,2,3,4 D) 1,2,4 20 / 25 Besh o`rinda yasama so`z ishtirok etgan, yasama so`zlardan birining asosi ikki yuqori tor unlilardan iborat bo`lgan gapni toping. A) Qo`zg`algan kasallikni yengish uchun tirik tanda”antitanachalar” hosil bo`ladi, ammo bu kasallikni yengish uchun har doim ham mikroorganizmlarning samaradorligi sezilarli bo`lmasligi mumkin. B) Ipak kiyim kechaklar dazmollanmasligi ma’qul, agar zarur bo`lsa, teskari tomonidan yoki ustiga zig`ir tolasidan to`qilgan mato qo`yib, qattiq qizimagan dazmol bilan dazmollanadi. C) Hamdardlik – bir odamning qayg`u hasratlariga achinib, o`zida ham qayg`u hosil qilishdir, lekin quruq hamdardlik foyda bermaydi. D) Uning goh yig`lagisi, goh kulgisi, goh butun kechani ostun-ustun qilib qo`shiq aytgisi kelardi. 21 / 25 –chi yuklamasi qanday ma’nolarni bildirishi mumkin? 1) so`roq; 2) buyruq; 3) iltimos 4) xoxish 5) ta’kid (uqtirish) A) faqat 2 B) 1,2,5 C) 1,2,3,4,5 D) 2.3 22 / 25 Uning ijodida hayotdan umidsizlik, folklor adabiyotida qo`llaniladigan arvoh, tobut kabi tushunchalar qo`llansa-da, hayotga bo`lgan umid, ishonch tushunchalari barq urib turadi. Ushbu fikr qaysi ijodkor haqida? A) J. London B) U. Shekspir C) H. Hayne D) A. Dode 23 / 25 “So`z latofati” kitobining muallifi? A) A. Rustamov. B) A. Hojiyev C) Sh. Rahmatullayev D) E. Vohidov 24 / 25 Sifatdosh va harakat nomi tarkibidagi egalik qo`shimchalari harakat bajaruvchisining shaxsi va sonini bildiradi. Shuning uchun qaratqich kelishigini olgan shaxs bildiruvchi so`zning qo`llanishiga ko`pincha ehtiyoj bo`lmaydi. Ushbu qoida talabiga mos bo`lmaydigan gap qaysi qatorda berilgan? A) Bilganingni eldan ayama. B) Buzoqning yugurgani - bizning kutganimiz. C) Bo`zchi bilganin to`qir, Baxshi bilganin o`qir. D) Boqqaning ikki echki, o`shqirganing yer tebratar. 25 / 25 Murakkab yasama narsa otiga tobelangan nisbiy sifat qaysi gapda qo`llanmagan? A) Erksevar shilliqqurt topdi bariga yechim. B) Ertangi yoshlar imkoniyatlari bugungisidan ancha kengaydi. C) Devsifat yigit ovqatlanib bo`lgach, so`nggi tishkovlagichni oldi. D) Temuriylar davriga oid so`nggi qo`lyozmalardan biri edi. 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Ona tili va adabiyot olimpiada