11-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 Aprel 30, 2022Aprel 30, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 11-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 ga 1 fikr bildirilgan 1 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 11-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 Furqatning qaysi g’azali Fuzuliy g’azaliga nazira sifatida yozilgan? A) Chaman sahnida derlar sarv birla yosuman nozik B) Muncha zolim bo‘lmish ul xunrez qaro ko‘laring C) Surmadin ko‘zlar qaro,qo‘llar hinodin lolarang D) Ul qora ko‘z ko‘zlariga surma bejo tortadur 2 / 25 Qaysi javobda o‘zaro zid ma’noli iboralar berilgan? A) tepa sochi tikka bo‘lmoq, qovog‘idan qor yog‘moq B) tilining uchida turmoq, ko‘z qorachig'iday asramoq C) ko‘kka ko‘tarmoq, yerga urmoq D) do‘ppisini osmonga otmoq, ko‘kka ko‘tarmoq 3 / 25 Qaysi qatorda holat ravishi o‘timsiz fe’lga bog’langan? A) Qaysidir voqea sabab Karimaga qasddan turxmat qildi B) Kechga yaqin charchab, arang yetib kelishdi C) Uyiga kelib biroz toliqqanini his qildi D) U eshik oldida hech narsa bo‘lmaganday,gerdayib turardi 4 / 25 Shekspirning qaysi asari “Greyz Inn” tetrida sahnaga qo‘yilgan? A) Romeo va Julyetta B) Xatolar komediyasi C) Hamlet D) Venera va Adonis 5 / 25 Qo‘shimcha qo‘shilishi bilan o‘zagida tovush o‘zgarishi bo‘ladigan so‘zlar qatorini toping. A) so‘ra, ravnaq B) o‘rin, gurs C) past, qasd D) qayir, qala 6 / 25 Asosi fe’l bo‘lgan ot turkumiga mansub yasama so‘zni belgilang. A) taroq, yo‘liq, bilim B) chiziq , chaqmoq, tilim C) so‘lim, qo‘nim, tinim D) tiniq, terim, qochoq 7 / 25 Qaysi gapda imloviy xatolikka yo‘l qo‘yilgan? A) Bugun yumushlarim ko‘payib ketdi, siz aytkan joyga bora olmadim. B) Sap-sariq qovunlarning xushbo‘y hidi anqib turardi. C) Onam qo‘y go‘shtini o‘z yog‘iga qovurib berdilar. D) O ‘g‘il bolalar ariqlarni tozaladilar, qizlar esa hovlini supurdilar. 8 / 25 Qaysi javobda asosi omonim bo‘lgan tub so‘z berilgan? A) oqizmoq B) changimoq C) tuzlamoq D) kechikmoq 9 / 25 Ey inson, har bir so‘zni o‘ylab gapir: tiling seni yo saodatmand etadi, yoxud halokatga boshlaydi. So‘z yasovchi qo‘shimchalar bilan yasalgan so‘zlardan nechtasining asosi bir bo‘g’indan iborat? A) 2 B) 1 C) 3 D) 4 10 / 25 «Abdulla Qodiriy iste’dodli, qalbi butun va o‘ziga xos ravishdagi shaxs edi... Abdulla Qodiriyning prozasi, birinchi navbatda, g‘oyatda hayotiyligi bilan ajralib turadi», – degan fikrni kim aytgan? A) Abdulla Qodiriy. B) Abdulla Oripov C) Oybek. D) Erkin Vohidov 11 / 25 Yoyiq undalma qatnashgan qo‘shma gapni aniqlang. A) Chimxo‘rsan-da, shirin qizim, shu ham osh yeyishmi? B) Mening uchun xo‘p deya qolgin, jon o‘rtoq C) Darhaqiqat, vatangadolikdan og‘ir dard yo‘q, do‘stim. D) Kamtarlik qilma, Yigitali, buni o‘zingning halol mehnating tufayli olding 12 / 25 Buyruq-xitob undovi qatnashgan gapni aniqlang. A) Iya, sen mehmonga kelasan-u, ovoragarchiligi bormi? B) Voy, sen hali yalpiz nimaligini bilmaysanmi? C) Ey Luqmoni Hakim, sening dong‘ing tutdi olamni. D) Oh, qanday go‘zal bu olam! 13 / 25 Yasama so‘z berilmagan javobni toping. A) Bizni ko‘rib Dildora xonada yozilib yotgan to‘shaklarni yig’ishtira ketdi B) U ko‘chaning boshida turib dodlar edi C) Uzr, o‘rtoq, kitobimni Husnoraga berib yuborgan edim D) Hamma vaqt ham biz istaganday bo‘lavermaydi 14 / 25 «Alisherbek naziri yo‘q kishi erdi. Turkiy til bila to she’r aytibturlar, hech kim oncha ko‘p va xo‘b aytqon emas» deb Navoiy haqida kim aytgan? A) Xondamir. B) Bobur. C) Rashidiy. D) Hakimshoh Qazviniy. 15 / 25 Darhaqiqat, buyuk bobomiz faqat turkey emas, forsiy, arabiy, urdu, xitoy, mo‘g‘ul va boshqa tillardagi so‘zlardan ham mahorat bilan foydalangan. Ushbu gapda yordamchi so‘z turkumlariga mansub so‘zlar soni nechta? A) 5 B) 4 C) 3 D) 2 16 / 25 Fe’l+fe’l shaklidagi qo‘shma fe’llarni toping. A) sotib yubormoq,o‘ylab qolmoq B) quvonib keldi,shoshilib qo‘ydi C) isib ketdi, yozib bordi D) olib qochmoq, ishlab chiqarmoq 17 / 25 Behbudiy Arab tili grammatikasini qaysi tog‘asidan o‘rgangan? A) Muhammad Siddiq B) Mulla Odil C) Muhammad Solih D) Muhammad Sodiq 18 / 25 «O‘tkan kunlar» romani asosida suratga olingan filmda Homid rolida qaysi artist o‘ynagan? A) Yoqub Ahmedov. B) Hamza Umarov C) O‘lmas Alixo‘jayev D) Abbos Bakirov 19 / 25 Qaysi javobdagi barcha so‘zlar tarkibida til orqa burun undoshi qatnashgan? A) tongi, yengildi, dengiz B) tong, shtanga, ko‘rdingiz C) so‘nggi, kongress, tungi D) jarang, singil, bugungi 20 / 25 Nozuklik ichra belicha yo‘q tori gesuyi, O‘z haddini bilib belidin o‘ltirur quyi. Qaysi san’at qo‘llangan? A) husni ta’lil B) tajnis C) tardi aks D) tajohil orif 21 / 25 Qaysi gapda / / shartli belgisi o‘rnida tire tinish belgisi tushirib qoldirilgan? A) Ehtimol, sizda ham shunday hollar bo‘lgandir / / tun yarmidan og‘ganda birdan uyg‘onib ketasiz. B) Tarixni o‘rganishdan asosiy maqsad / / milliy o‘zligimizni chuqurroq anglash. C) Bildi ota / / foydasizdir kurashmoq. D) Mening opam ham / / talaba, bu yil oliygohga kirdilar. 22 / 25 Qaysi gap tarkibida sifatdosh mavjud? A) Bilmaslik ayb emas,bilishni xohlamaslik ayb B) Rasm chizgani soy bo‘yiga bordik C) Jahli chiqqanidan hech kim ko‘ziga ko‘rinmas edi D) Taxtga chiqqach adolat bilan ish ko‘ribdi 23 / 25 She’riy parchada kesimlar qaysi so‘z turkumlari bilan ifodalangan? Bulutlar haydar shamol Goh yog’ib o‘tar yomg’ir Barglar pokiza,zilol Goh quyosh to‘kadi nur. A) ot, fe’l B) sifat ,fe’l C) ot, sifat, D) ot, sifat ,fe’l 24 / 25 Qaysi javobda egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda tovush o‘zgarishi bilan yoziladigan tub so‘zlar qatori berilgan? A) axloq, tirnoq, pishloq B) sovuq, sana, o‘yin C) bilak, qovoq, chelak D) yurak, buyruq, kerak 25 / 25 Qaysi javobda ot turkumiga oid o‘zaro ma’nodosh so‘zlar juftligi berilgan? A) tantiqlik – saxiylik B) sovg‘a – tuhfa C) husn - go‘zal D) tabassum - yig‘i 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Ona tili va adabiyot olimpiada