6-sinf Biologiya olimpiada №1

0

6-sinf Biologiya olimpiada №1

2019-yil bilimlar bellashuvida tushgan savollar

1 / 25

Magnoliyasimonlarga mansub ,oziq-ovqat sifatida foydalaniladigan ko`p yillik o`simliklarni aniqlang . 1.yeryong`oq 2.qovoq 3.makkajo`xori 4.madaniy tok 5.pomidor 6.oddiy zira 7.sholi 8.mosh

2 / 25

Do`lanaga xos xususiyatlar? 1)barglari novdada ketma-ket joylashgan 2)barglari novdada navat bilan joylashgan 3)bargi o`yilgan 4)bargi butun 5)poyasi qipiqsimon bargli 6)poyasi bargli 7)iste`mol qilinadi 8)poyasining yuqori qismi qurib pastidan yangidan o`sib chiqadi 9)mevasi dorivor

3 / 25

Qizilmiyaga xos xususiyatlar? 1)vegetativ ko`payadi 2)500-600 litr suv bug`latadi 3)bargi oddiy 4)murakkab bargli 5)ko`p yillik 6) bir yillik

4 / 25

Terak va chinor uchun umumiy bo`lmagan xususiyatlar berilgan qatorni toping.1)kurtagi yirik 2)yog`ochligi qattiq 3)tanasining yuqori qismi qurib pastidan yangidan o`sib chiqadi 4) fazoviy shakli tik o`suvchi 5) tez o`sadi 6) qalamchasi orqali ko`payadi.

5 / 25

Bir yillik barglari poyaga yaprog`ining ostki qismi bilan birikadigan o`simliklar 1) bodring 2)arpa 3) tarvuz 4) sholi 5)gulsafsar 6) bug`doy 7)qovun 8)lola

6 / 25

Yosh hujayra bilan qari hujayrani bir-biridan qanday ajratish mumkin?

7 / 25

Terakning orasi teshikli to`siqlar bilan bo`lingan hujayralardan iborat naychalariga xos xususiyatlar? 1.o`tkazuvchi to`qimaga mansub.2.tirik hujayra 3.cho`ziq. 4.o`lik hujayra 5.barglarda hosil bo`lgan organik modda harakatlanadi.6.yumaloq hujayra 7.mexanik to`qimaga mansub.8.hujayra qobig`iga suberin moddasi shimilgan 9.suv va unda erigan mineral moddalarni o`tkazadi.10.yupqa devorli o`lik parenxima hujayralaridan iborat. 11.lub tolalari orasida joylashgan.

8 / 25

O`simlik turiga qarab ildizning yuzasi rangli po`stloq bilan qoplangan bo`lak?1)qizg`ish 2)qoramtir 3)oqish 4)sarg`ish 5)jigarrang

9 / 25

Saksovulga xos xususiyatlar? 1) chorva mollari uchun to`yili ozuqa 2) hayotiy shakli buta 3)hayotiy shakli yarim buta 4) hayotiy shakli daraxt 5)mayda bargli 6) bargsiz 7)bargi bandsiz 8)poyasi bargli 9)qipiqsimon bargli 10)qunt uyumlari orasida barglari arang ko`rinadi

10 / 25

Olma va shaftoli uchun umumiy bo`lgan xususiyatlarni toping. 1)oddiy bargli 2)murakkab bargli 3)gul kurtagidan dastlab gul chiqaradi 4)shox-shabbasi yoyiq 5)yog`ochligi qattiq 6) fazoviy shakli tik o`suvchi

11 / 25

Juda ko`p madaniy o`simliklar qaysi qismi orqali ko`payadi?1)ildizi 2)bargi 3)piyozboshi 4) tugunagi 5)novdasi

12 / 25

Mevasining asosiy qismi pishib, uchki qismidagi gullari ochilib turadigan o‘simlik nomi qaysi qatorda berilgan?

13 / 25

Barglari uzoq vaqtgacha yashil saqlanadigan, kurtagi yirik bo`lgan, bitta yoki bir nechta poya hosil qiladigan sershox ko`p yillik o`simlik?

14 / 25

Uch bargchali murakkab bargli chorva mollari uchun to`yimli ozuqa yovvoyi yem -xashak o`simlik?

15 / 25

Hosil qiluvchi (a),asosiy(b),jamg`aruvchi (c),to`qimalarning o`ziga xos xususiyatlari berilgan qatorni toping. 1)yupqa 2)tirik 3)parenxema 4)elastik 5)xloroplastga boy

16 / 25

Juftlab yozing. Yong`oq(a), chinor(b), sekvoyadendron(c),evkalipt(d) uzunligi qanchagacha bo`lishi mumkin? 1) 10-20sm, 2)20-40sm 3)155sm 4)15-20sm 5)46m 6)4-6m 7)8-10m 8) 20-45 sm 9)155m

17 / 25

Pastki shohlarida mevalari yetilib, uchki shohlaridagi gullari ochilib turadigan o‘simlik nomi qaysi qatorda berilgan?

18 / 25

Qo`shimcha ildiz tizimli barg bandiga ega bo`lmagan bir yillik o`simlik?

19 / 25

Soxta kashtanga tegishli javoblarni top; 1.barglari murakkab panjasimon 2.kurtaklari nisbatan mayda 3.lub tolalari rivojlanmagan 4.barglari murakkab patsimon 5.ildizpoyalai o`simlik 6.kurtaklari nicbatan yirik 7.hayotiy shakli daraxt.

20 / 25

Barglari qarama-qarshi joylashgan buta (1) va ko`p yillik o`t(2)larni belgilang. A.kiyiko`t b.ligistrum c.nastarin d.chinnigul e.yalpiz f.rayhon g.pomidor

21 / 25

Kurtagi yirik bo`lgan 2000 yilgacha umr ko`radigan daraxt?

22 / 25

Qora ituzum va bangidevona uchun umumiy bo`lgan belgilar ko`rsatilgan javobni top.1.barglari oddiy 2.guli 2 jinsli 3.gulkosachabarglari qo`shilgan 4.changchilari 5 ta 5.mevasi rezavor 6.mevasi ko`sakcha 7.gulqo`rg`oni murakkab.

23 / 25

Dastlab gul kurtagi ochiladigan, yog`ochligi qattiq bo`lgan, shox-shabbasi yoyiq bo`lgan o`simlik?

24 / 25

Qo`shimcha ildiz tizimiga ega bo`lga o`simliklar? 1)ajriq 2)qulupnay 3)g`ozpanja 4)bodring 5)qovun 6)makkajo`xori 7)kartoshka

25 / 25

Tog`larda(a) va tog` yonbag`irlarida(b)keng tarqalgan o`simliklar berilgan qatorni toping? 1.andiz 2.kiyiko`t 3. zirk 4.lola 5.irg`ay 6.na`matak 7.sallagul 8.uchqat

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

Sizning fikrlaringizni eshitishdan xursand bo'lamiz

Javob qoldiring

Iltimos, reklama blokeringizni o’chiring!

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0