Ona tili va adabiyot majburiy blok №6 Aprel 18, 2022May 2, 2024 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Ona tili va adabiyot majburiy blok №6 ga 1 fikr bildirilgan 0% 0 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №6 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. Javoblarning qaysi birida berilgan birlik imloviy jihatdan to’g’ri yozilgan? A) “O’zbekiston qahramoni” unvoni B) Oliy Majlis C) Toshkent Davlat sharqshunoslik institute D) Oliy sud raisi 2 / 10 2. Ma’nodosh so’zlar qatorida ularga xos bo’lmagan so’z qatnashgan javobni toping. A) ko’p, ancha, mo’l, xiyol B) do’st, o’rtoq, og’ayni, oshna C) tushunmoq, anglamoq, fahmlamoq, ilg’amoq D) chiroyli, go’zal, suluv, barno 3 / 10 3. Qaysi gapda fe’l turkumiga oid so’z imloviy jihatdan xato yozilgan? A) Shovilladi tun bo’yi shamol, Qaldiroqlar ko’chdi larzakor. B) Aybin bilmay ketgan Akmal Ikromlar, Fayzullodek mard-u maydonlaring bor. C) Qodiriyni sotib shoir bo’lganlar – Mehrobingdan chiqqan chayonlaring bor. D) Qayinbarglar yopib qaro ko’zini, Olislarda qolgan Usmonlaring bor. 4 / 10 4. Salqin saharlarda, bodom gulida, Binafsha labida, yerlarda bahor, Qushlarning parvozi, yellarning nozi, Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor… Ushbu she’riy parchada ajratib ko’rsatilgan so’zlardan nechtasi ko’chma ma’noda qo’llangan? A) 2 B) 3 C) 4 D) 5 5 / 10 5. Berilgan birliklardan faqat bog’lovchilar ko’rsatilgan javobni toping. A) uchun, singari, hamda B) xuddi, chunki, haqida C) faqat, hamda, chunki D) agar, hamda, ammo 6 / 10 6. Qaysi gapda ega ishtirok etgan? A) Avval o’ylash kerak, so’ngra soz’lash kerak. B) Yomonda or bo’lmas, Yaxshi xor bo’lmas. C) Arqog’ini ko’rib bo’zini ol, Onasini ko’rib – qizini. D) Yomonni tanqid qil, Yaxshiga – taqlid. 7 / 10 7. Qaysi javobda “zamonaviy ishlab chiqarishni boshqarish (rejalash, tartibga solish, nazorat qilish), shuningdek, ishlab chiqarishga rahbarlik qilish, uni tashkil etish; boshqarish to’g’risidagi fan” ma’nosini beruvchi atama berilgan? A) menejer B) strategiya C) monitoring D) menejment 8 / 10 8. Berilgan qaysi fe’llar qatorining oldidan tushum kelishigi shaklidagi so’zlarni qo’llash mumkin? A) yurmoq, bormoq, jilmaymoq B) olmoq, sezmoq, tuymoq C) topmoq, cho’zmoq, zo’raymoq D) kelmoq, bermoq, uzmoq 9 / 10 9. Qaysi javobda “igna ustida o’tirmoq” iborasining ma’nosi berilgan? A) bezovta bo’lmoq B) shoshib qolmoq C) og’riqni his etmoq D) gumonsiramoq 10 / 10 10. Qaysi gapda tinish belgilarini qo’llash qoidalariga amal qilingan? A) Asli qiyofangni ko’rsatishdan qo’rqishing, demak, o’zingdan nafratlanishingni bildiradi. B) Aziz nabiralar, siz bilmaysiz, oh, men o’sha cho’qqida quchganman zafar. C) Hozir Humoyunning fil yonida birgina inisi oq otliq Hindol mirzo bormoqda. D) Qaysi ishni qilmoqchi bo’lsang eng avvalo, o’z ko’ngling bilan kengashib ko’rgin. 0% Testni qayta ishga tushiring tomonidan Wordpress Quiz plugin Ona tili va adabiyot majburiy blok