Fizika abituriyentlar uchun №2

0

Fizika abituriyentlar uchun №2

1 / 30

Rasimda ko’rsatilgan jism boshlang’ich tezliksiz harakatlana boshladi va qiyalikning oxiriga 4 s da tushdi. Jism va qiya tekislik orasidagi ishqalanish koeffitsiyentini toping. (sin37°=0,6; cos37° =0,8)

2 / 30

Aylana bo'ylab tekis sekinlanuvchan harakatlanayotgan moddiy nuqtaning chiziqli tezligi va to'liq tezlanishi orasidagi burchak qanday?

3 / 30

Ikki jism bir nuqtadan bir aylanada bir tomonga harakat boshladi. Birinchisining aylanish davri 5 s , ikkinchisiniki esa 3 s bo’lsa harakat boshlangandan qanday eng qisqa vaqtdan so’ng jismlar yana bir nuqtada bo’ladi?(s)

4 / 30

Jismning harakat qonuni x=5+10t-t² (m) ko’rinishga ega. Jism tezligi nolga teng bo’lguncha qancha yo’l bosib o’tadi?(m)

5 / 30

40 m/s tezlikda kelayotgan mashina 5 s da tormozlanib to’xtadi. U oxirgi 2 s da qancha masofa bosib o’tgan (m)?

6 / 30

Radiusi 4 m bo’lgan aylana trayektoriya bo'ylab tekis harakatlanayotgan jismning chiziqli tezligi 4 m/s ga teng. Jismning markazga intilma tezlanishini (m/s2 ) toping.

7 / 30

Dinamometrga yuk osilganda uning ko`rsatishi 24,5 N ga teng bo`ldi. Unga qanday massali yuk osilgan?

8 / 30

Qanday mexanik energiyalar mavjud?

9 / 30

Massasi 18 kg bo`lgan muz qancha hajmni egallaydi?

10 / 30

O`tkazgich uchlariga 10V kuchlanish qo`yilganda 5J ish bajaradi.O`tkazgichdan oqib o`tgan zaryad miqdori nimaga teng?

11 / 30

Rasmda jism tezlanishining vaqtga bog‘lanishi berilgan. Vaqtning qaysi oralig‘ida (s) jism tekis tezlanuvchan harakat qilgan?

12 / 30

Suyuqlik zichligi 2 marta , chuqurligi 5 marta orrtirilsa, suyuqlik bosimi necha marta ortgan bòladi?

13 / 30

Metro eskalatori uzunligi 18 m. Eskalator sizni 12 sekundda yuqoriga olib chiqdi. Eskalatorning tezligini toping.

14 / 30

Mexanik harakat va jismlarning o`zaro ta`siri haqidagi ta`limot kim tomonidan yaratilgan?

15 / 30

Yassi kondensator plastinalari oralig`i 2 marta kamaytirilsa, uning sig`imiqanday o`zgaradi?

16 / 30

Jismning bir marta aylanib chiqishi uchun ketgan vaqt nima deb ataladi?

17 / 30

Agar o`quvchining o`rtacha tezligi 1 m/s, uyidan maktabgacha bo`lgan masofa 600 m bo`lsa, u maktabga 750 da yetib borishi uchun uyidan soat nechada chiqishi kerak?

18 / 30

G'altakdan 0,1 A tok òtganida magnit oqim 0,02 Vb bòlgan. Ğaltakda tòplangan energiyani aniqlang.

19 / 30

Bir xil ishorada zaryadlangan ikkita sharcha orasidagi masofa 100 mm ga teng. Ular orasidagi masofa 25 mm ga keltirilsa, ta`sir kuchi qanday o`zgaradi.

20 / 30

45 kg massali bola 15 m/s tezlik bilan yurayotgan bòlsa, uning kinetik energiyasi (J) nimaga teng?

21 / 30

Yuguruvchi dastlabki 7 s ichida 4m/s tezlik bilan tekis so’ngra 4m/s² tezlanish bilan tekis tezlanuvchan harakat qildi. Harakatning dastlabki 10s davomidagi o’rtacha tezligini toping (m/s).

22 / 30

Aylanayotgan g’ildirak gardishidagi nuqtalar to’la tezlanishining vektori shu nuqtalar chiziqli tezligining vektori ilan 60˚ burchak tashkil qilgan paytdagi normal tezlanishining tangensial tezlanishdan necha marta kattaligini toping.

23 / 30

Harakat tenglamalari X1 =20t va X2 =90-10t bo‘lgan ikkita jism qancha vaqtdan keyin uchrashadilar?

24 / 30

Rasmda ko‘rsatilgan 10 kg massali parallelepiped shaklidagi jismni 1–holatdan 2–holatga o‘tkazish uchun kamida qancha ish bajarish kerak?

25 / 30

Suyuqliklarning idish tubiga bòlgan bosimini qanday asboblar bilan òlchash mumkin?

26 / 30

Bir xil yònalishda katta harakatlanayotgan protonlar oqimi òzaro siqilib ingichka shnurni hosil qiladi. Qanday kuch tasirida protonlar oqimi siqiladi?

27 / 30

Hajmlari bir xil bòlgan jismlar zichliklarining massaga boģliqligi qanday bòladi?

28 / 30

20m balandlikdan gorizontal otilgan jismning umumiy ko‘chishi 25 m bo‘lishi uchun uning boshlang'ich tezligi qanday bo‘lishi kerak?

29 / 30

Modda atomi qanday zarralardan tuzilgan?

30 / 30

”Havo yoki gazga kuchli zaryadlar oqimi hosil bo`lishiga... deyiladi”. Gapni davom ettiring.

Sizning ballingiz

0%

Baholash mezoni

To'g'ri javob uchun 3,1 ball.

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

2 Izohlar
Hammasini ko'rsatish Eng Foydali Eng Yuqori Reyting Eng Past Reyting Sharhingizni qo'shing

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0