Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №9 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №9 InfoMaster Aprel 6, 2022 140 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf Ona tili №9 EGALIK QO’SHIMCHALI SO’ZLARNING IMLOSI MUSTAHKAMLASH KELISHIK SHAKLLARI BOSH KELISHIK SHAKLI QARATQICH KELISHIGI SHAKLI TUSHUM KELISHIGI SHAKLI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 37 Imlo qoidasiga ko‘ra qaysi qatordagi so‘zlaming ikkinchisi xato yozilgan? A) aks-akis B) qism-qisim C) ahl-ahil D) adl-adil 2 / 37 Har ikkala qismi ham mustaqil qo'llana olmaydigan so'zlardan tashkil topgan juft otlar qatorini toping A) g'ala-g'ovur ,ikr-chikir,alg'ov-dalg'ov ,poyintar-soyintar B) ota-bola,aka-uka ,bog'-u bo'ston ,chol-kampir C) choy-poy,don-dun,temir-tersak,bola-chaqa D) uvali-juvali,alg'ov -dalg'ov,och-yalang'och,past-baland 3 / 37 Gaplarning qaysi birida ko’chma ma’noli so’z berilgan ? A) Tikansiz gul bo’lmas ,mashaqqatsiz hunar B) Tabriklardan keyin majlisning rasmiy qismi tugadi C) Oltin o’tda bilinear odam mehnatda D) Rustam dehqonchilikning tilini yaxshigina o’rgangan 4 / 37 Zid so’zlar qo’llangan gapni toping A) Yolg’onchining so’zi rost bo’lmas B) Sherali qo’rqmas va kamtar ,kamgap va qaysar bir bola edi C) Bir no’noqni bir epchil eplaydi D) Sovuq shamol o’qtin –o’qtin esib ,to’qayni allaqanday vahimaga to’ldiradi 5 / 37 Ko’rsatish olmoshi berilmagan gapni toping. A) Shu atrofda bir ovoz eshitildi. B) Bektemir buni umrida birinchi marta tortishi edi. C) Sening o’qishdagi muvaffaqiyatlaring bizni hursand qildi. D) Bu kobob unga juda shirin tuyuldi. 6 / 37 Qaysi qatordagi gapda belgilash olmoshi qo’llanmagan? A) Bunda har bir nuqta ko’z kabi jonli . B) Har qaysimiz o’zimiz sevgan kasb to’g’risida insho yozdik . C) Butun bir inshoni madhiyamizga bag’ishladik . D) U har gal marraga birinchi bo’lib kelardi . 7 / 37 Tarkibida quyidagi so’zlardan qaysi biri mavjud bo’lsa qo’shma olmosh yasaladi? 1. bir 2.yo’la 3.zum 4.hech 5.dam A) 1,3,4,5 B) yuqoridagilarning barchasi C) 1,4 D) 1,2,3,5 8 / 37 Gumon olmoshi berilmagan gaplarni belgilang. A) Dalada hech kim yo’q, hamma tushlikka chiqqan. B) Birni birov beradi, ko’pni mehnat. C) Bektemir orqadan nimaningdir ovozni eshitib qoldi. D) U allanimalar demoqchi bo’ldi-yu o’zini ocha olmadi. 9 / 37 Qaysi gapda qaratqich kelishigi shaklidagi ko‘rsatish olmoshi mavjud?1 Buning meni bir kuni adoyi tamom qiladi.2 Buning nimasi sizga yoqmadi?3 Uning shikoyatlari o‘rinsiz. A) faqat 2 B) 2, 3 C) l,2 D) 1,3 10 / 37 Qachon egalik qo'himchaiari harakat bajaruvchisining shaxsi va sonini bildiradi A) mustaqil fe'l bilan qo'llanganda B) to'liqiz fe'l bilan qo'llanganda C) sifatdosh va harakat nomi bilan qo'llanganda D) harakat tarzi shakli bilan qo'llanganda 11 / 37 1) idrok; 2) terak; 3) ishtirok; 4) chok; 5) bolalik.Berilgan so'zlarning qaysi biriga egalik qo'shimchasi qo'shilganda, asosqismda fonetik o'zgarish bo'ladi? A) faqat 5 B) 1,2,3,4 C) 2,5 D) 1,3,4 12 / 37 Ajoyib milliy urf-odatlarimiz odamlami hamjihatlik, birodarlik va samimiyatga chorlaydi.Berilgan gapdagi nechta so‘z bosh kelishik shaklida qoilangan? A) 2 ta B) 1 ta C) 3 ta D) 5 ta 13 / 37 Qaratqich o‘rnida tushum kelishigi qo‘shimchasi noto‘g‘ri qo‘llangan gapni aniqlang. A) Ulug‘ saltanati bilan olamni titratgan Amir Temur ustozini oyoq tomoniga qo‘yilishini vasiyat qilgan edi. B) Yaxshini maqtasang yarashur, yomonni maqtagan adashur. C) Ongni eskirgan, g'arazli maqsadlardan tozalash zarur. D) Paxtaning ziltga chidamli xillarini yaratish ustida tajriba olib borayotgan olimlarni ko‘rdik. 14 / 37 Egalik qo'shimchasi qachon egalik ma'nosini ifodalaydi ? A) modda ma'dan +narsa oti qolipidagi birikmalarda B) zamon otiga qo'shilganda C) qarindoshlik otlariga qo'shilganda D) egalik qo'shimchasi har doim egalik ma'nosini ifodalaydi 15 / 37 Tushum kelishigiga xos xususiyatlar to’g’ri qayd etilgan javobni belgilang 1) tushum kelihigidagi so’z faqat o’timli fe’llarga bog’lanadi ;2) tushum kelihigidagi so’z bilan o’timli fe’l yonma-yon turganda kelishik tuhib qolmaydi ;3) tushum kelihigi bilan o’timli fe’l o’rtasida boshqa so’z qo’llana oladi ;4) tushum kelihigidagi so’z taqlid so’z bilan ifodalanganda kelishik tushib qolmaydi ;5)tushum kelihigidagi so’z atoqli ot ,olmosh va sifatdosh bilan ifodalanganda kelishik tushib qolmaydi A) 1,3,4,5 B) 1,3,5 C) 2,3,4,5 D) 1,2,3,5 16 / 37 Bunim yo’q,unim yo’q Uyimda unim yo’q . Ishimda unum yo’q , Aytishga unim yo’q .Ushbu she’riy parchada egalik qo’shimchasi nechta o’rinda qo’llangan ? A) 7 B) 4 C) 5 D) 6 17 / 37 Qaysi so’zga III shaxs egalik qo’shimchasi –si shaklida qo’shiladi? A) mavzu B) avzo C) parvo 18 / 37 So‘zga egalik qo‘shimchalari qo‘shilishi natijasida qanday fonetik hodisa yuz berishi mumkin?1) tovush tushishi; 2) tovush ortishi; 3) tovush almashishi. A) l,3 B) 2,3 C) 1,2,3 D) faqat 1 19 / 37 Egalik qo'shimchasi qo'llanmagan qatorni toping A) kitobning muqovasi,o’zining she’ri B) Bobur bog'i ,Orol dengizi C) Boburning kitobi ,Orolmirzoning qo’shig’i D) mening kitobim , o'z bog'im 20 / 37 Yaxshi tarbiya ko’rgan odam… xislatlari… biri shuki, bunday odam o’z faoliyati… boshqalar…bir qadam oldin…o’tsa, sheriklari…yordam qo’li…uzatadi, safi…kengaytirib, yangi g’alaba…ko’zlaydi. A) -ning,dan,-da,-dan,-ga,-ga,-ni,-ni B) -ning,-dan,-da,-dan,-ga,-ni,-ni,-ni,-ni C) -ning,-dan,-da,-dan,-ga,-ga,-ni,-ni,-ni D) -ni,-dan,-da,-dan,-ga,-ga,-ni,-ni,-ni 21 / 37 Mingga kirmasak ham,Kirardik yuzga,Dunyoda bo‘lmasa dilozorlik.Nechta so'z bosh kelishik shaklida kelgan? A) 1 ta B) 3ta C) 2ta D) Bunday so'z qo'llanmagan 22 / 37 Qaratqich kelishigi qachon belgisiz qo'llanmaydi ?1 Qaratqich bilan qaralmih yonma-yon kelganda2 Qaratqich keiishigi atoqli otga qo'hilganda3 Qaratqich keiishigi olmoshlarga qo'shilganda4 Qaratqich keiishigi sifatdohlarga qo'shilganda A) 2,3,4 B) 2,4 C) 1 D) 1,2,3,4, 23 / 37 So'zlarga tushum kelishigi qo'shimchasi qo‘shilganda qanday fonetik o‘zgarish sodir boiishi mumkin? A) tovush almashishi B) tovush orttirilishi va tushishi C) tovush almashishi va tushishi D) tovush tushishi 24 / 37 Tuproqto‘shagidayotgan ko‘pko‘rdim,Yer qaro bag‘riga botgan ko‘p ko‘rdim,Yo‘qlik olamiga ko‘z tashlaganda Kelmagan ko‘p ko‘rdim, ketgan ko‘p ko‘rdim.She’rda nechta o‘rinda tushum kelishigi qo‘shimchasi belgisiz qo‘llangan? A) 3 ta B) 1 ta C) 5ta D) 4ta 25 / 37 Abu Rayhon Beruniy o‘lim to‘shagida yotgani... uning huzuri... shogirdlari... biri kiribdi. U ustozining umri tugayotgani... sezib ko‘ngli... ko‘targan bo‘libdi. Kutilmaganda Beruniy unga bir savol berib golibdi.Ushbu parchada nechta o‘rinda tushum kelishigi qo‘shimchasi tushirib qoldirilgan? A) 1 ta B) 4 ta C) 3 ta D) 2 ta 26 / 37 Qaratqich keiishigi qachon belgisiz qo'Ilanishi mum kin ? A) Qaratqich keiishigi atoqli otga qo'hilganda B) Qaratqich keiishigi sifatdoshlarga qo'shilganda C) Qaratqich bilan qaralmih yonma-yon kelganda D) Qaratqich keiishigi olmoshlarga qo'shilganda 27 / 37 Egalik qo’shimchalari mavjud bo’lgan so’zlarni aniqlang. A) tuzim, unim, qonim B) halim, terim,bo’lim C) so’lim, qo’nim, korim D) bosim, bilim, to’zim 28 / 37 Haq yo‘linda kim sanga bir harf o‘qutmish ranj ila,Aylamak bo'lmas ado oning haqin yuz ganj ila.Ushbu baytda tushum kelishigi qay tarzda qo‘llangan? A) bir o'rinda belgili, bir o‘rinda belgisiz B) ikki o‘rinda belgili, bir o'rinda belgisiz C) bir o'rinda belgili, ikki o‘rinda belgisiz D) ikki o'rinda belgili, ikki o'rinda belgisiz 29 / 37 Qaratqich kelishigi qaysi so’zlarga qo’shilganda tushib qolmaydi ? A) atoqli otlar ,olmoshlar va sifatdoshlarga B) atoqli otlar ,olmoshlar va harakat nomiga C) atoqli otlar ,otlashgan so’zlar va harakat nomiga D) atoqli otlar ,turdosh otlar va olmoshlarga 30 / 37 Sen esa, ey qalbim, shu umid uchunEng so‘nggi yolqining bera olsang bas.She’riy parchadagi belgisiz qoilangan kelishikni toping. A) qaratqich va tushum B) tushum C) qaratqich D) qaratqich va o‘rin-payt 31 / 37 Egalik qo'himchasi qachon egalik ma'nosini ifodalaydi ?1 modda ma'dan +narsa oti qolipidagi birikmalarda2 zamon otiga qo'shilganda 3qarindoshlik otlariga qo'shilganda A) 3 B) 1,3 C) 1,2 D) 1,2,3 32 / 37 Adab kichkinalar mehrini ulug'lar ko‘ngliga soladi va u mehr kattalar ko'nglida abadiy qoladi. (Alisher Navoiy)Berilgan gapda qaratqich kelishigi qo'shimchasi necha o'rinda belgisiz qo'llangan? A) 3 B) 1 C) 2 D) 4 33 / 37 Qaysi so’zlarga egalik qo’shimchasi qo’shilganda fonetik o’zgarish yuz bermaydi?1.ishtirok 2. chelak 3.nok 4.ocherk 5.yuk 6.chaqmoq 7.erk A) 1,2,3,7 B) 3,4,5,7 C) 1,2,3,4,5,6,7 D) 1,3,4,5,7 34 / 37 Abu Rayhon Beruniy o‘lim to‘shagida yotganida uning huzuri… shogirdlari… biri kiritdi. U ustozining umri tugayotgani… sezib, ko‘nglini ko‘targan boiibdi.Qaysi javobda ushbu parchadagi nuqtalar o‘rniga yoziladigan qo‘shimchalar to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) qaratqich kelishigi, tushum kelishigi, tushum kelishigi qo‘shimchalari B) jo‘nalish kelishigi, tushum kelishigi, tushum kelishigi qo‘shimchaIari C) jo‘nalish kelishigi, chiqish kelishigi, tushum kelishigi qo‘shimchalari D) qaratqich kelishigi, chiqish kelishigi, qaratqich kelishigi qo‘shimchalari 35 / 37 Qaraqtich kelishigiga xos xususiyatlar to’g’ri qayd etilgan javobni belgilang1) qaratqich kelishigidagi so’z qaratqichni qaralmishga tobelantirib bog’laydi;2) qaratqich kelishigidagi so’z qarashlilik va egalik ma’nolarini anglatadi;3) qaratqich va qaralmish o’rtasida boshqa so’z qo’llansa ,qaratqich kelishigi tiklanadi;4) qaratqich kelishigidagi so’z harakat nomi bilan ifodalanganda kelishik tushib qolmaydi ;5) qaratqich kelishigidagi so’z atoqli ot,olmosh va sifatdosh bilan ifodalanganda kelishik tushib qolmaydi; A) 1,3,5 B) 1,3,4,5 C) 1,2,3,4,5 D) 1,2,3,5 36 / 37 Bo‘yningdan ketgan yo‘q hali dor izi,Qo‘y» qora kunlarning o‘chsin qorasi!Sen borsan - Temurning ulug‘ vorisi,Osmoningga qaytdi oylaring, o‘zbek.She’riy parchadagi kelishik shakllari haqida berilgan to‘g‘ri hukmni aniqlang? A) 4 ta belgili, 3 ta belgisiz kelishik shakli ishtirok etgan B) 5 ta belgili, 3 ta belgisiz kelishik shakli ishtirok etgan. C) 5 ta belgili, 2 ta belgisiz kelishik shakli ishtirok etgan D) 4 ta belgili, 1 ta belgisiz kelishik shakli ishtirok etgan 37 / 37 Qisqasi, madaniyatli bo’lish uchun odamga faqat bilim, kiyim, taqinchoq, yaxshi ro‘zg‘orning o‘zigina kifoya emas.Gapda qaratqich kelishigining ishlatilishi haqidagi qaysi hukm to‘g‘ri? A) faqat 1 ta belgili qaratqich shaklidagi so‘z mavjud B) 1 ta belgili, 3 ta belgisiz C) 1 ta belgili, 2 ta belgisiz D) 1 ta belgili, 1 ta belgisiz 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz