Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №9 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №9 InfoMaster Aprel 6, 2022 5 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 7-sinf Ona tili №9 EGALIK QO’SHIMCHALI SO’ZLARNING IMLOSI MUSTAHKAMLASH KELISHIK SHAKLLARI BOSH KELISHIK SHAKLI QARATQICH KELISHIGI SHAKLI TUSHUM KELISHIGI SHAKLI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 37 Siz borliqning mo’jizakor qudratini ,shiddatkor sevgi bo’ronini ,bunyodkorlik ,ijodkorlik girdobini ,intiqlik bilan kutganingiz : poklanishni ,bardamlik ,yangilanish ,yengillik ,saxiylik va mehrni o’zingizga singdirasiz Ushbu gapda nechta yasama so’z qo’llangan? A) 9 B) 10 C) 12 D) 11 2 / 37 Hajm-o’lchov sifatlari berilgan qatorni toping. A) xursand, ma’yus, keksa B) odobli, kamtarin, sodda C) katta, behisob, og’ir D) sirtqi, ichki, qishki 3 / 37 Ko’tarmoq fe’li qaysi so’zga biriksa yetishtirmoq ma’nosi anglashiladi ? A) kitob B) ovozini C) hirmon D) qo’l 4 / 37 Ot (ism) ,Ot (hayvon ) ,Ot (fe’l ) Uchala o’rinda qo’llangan so’zning xususiyati to’g’ri izohlangan qatorni toping A) birgin aso’zning uchta o’rinda qo’llanishi B) bir xil shaklga ega bo’lgan ko’p ma’noli so’z C) bir xil shaklga ega bo’lgan uchta so’z D) bir xil shaklga ega bo’lgan yagona so’z 5 / 37 І shaxs ko’plik sonda qo’llangan kishilik olmoshi qatnashgan gapni belgilang. A) Sizlar Navro’z bayramiga qanday tayyorgarlik ko’rdingiz ? B) Biz emasmi, Sizning sochlaringizga oq oralatgan C) ” Yuring, o’g’lim, siz endi yosh bola emassiz ”, dedilar dadam. D) Nasiba sizdan bitta emas, o’nta xalatni ham ayamaydi. 6 / 37 Qaysi qatorda belgilash olmoshi ishtirok etmagan? A) Barcha shodlik senga bo’lsin, Bor sitam, zorlik menga. B) Dildora hali yosh bo‘lsa ham, aqli butun. C) Har kim o‘z quvonch, shodliklarini bildirib turarkan. D) Dunyoning shodligi yig‘ilsa butun, Do‘stlar diydoridan bo‘lolmas ustun. 7 / 37 Qaysi olmoshlar tarkibida qo’shma olmoshlar mavjud emas. A) bo’lishsizlik. B) ko’rsatish. C) gumon. D) belgilash. 8 / 37 Hamma jim qoldi .Har kim o’z oldida bir narsa topib ,shunga ko’zini tikkan va u narsada Zebi o’z otasini ,Qurvonbibi o’z erini ,Salti qovog’idan qor yog’ib turgan sovuq bir so’fini ko’rardi .Ushbu gapda olmoshning qaysi turlari ishtirok etgan ? A) o’zlik ,ko’rsatish ,belgilash ,gumon B) ko’rsatish ,o’zlik , belgilash C) o’zlik ,belgilash, kishilik , ko’rsatish D) o’zlik ,ko’rsatish,gumon 9 / 37 Qaratqich o‘rnida tushum kelishigi qo‘shimchasi noto‘g‘ri qo‘llangan gapni aniqlang. A) Ulug‘ saltanati bilan olamni titratgan Amir Temur ustozini oyoq tomoniga qo‘yilishini vasiyat qilgan edi. B) Yaxshini maqtasang yarashur, yomonni maqtagan adashur. C) Paxtaning ziltga chidamli xillarini yaratish ustida tajriba olib borayotgan olimlarni ko‘rdik. D) Ongni eskirgan, g'arazli maqsadlardan tozalash zarur. 10 / 37 Abu Rayhon Beruniy o‘lim to‘shagida yotgani... uning huzuri... shogirdlari... biri kiribdi. U ustozining umri tugayotgani... sezib ko‘ngli... ko‘targan bo‘libdi. Kutilmaganda Beruniy unga bir savol berib golibdi.Ushbu parchada nechta o‘rinda tushum kelishigi qo‘shimchasi tushirib qoldirilgan? A) 2 ta B) 1 ta C) 4 ta D) 3 ta 11 / 37 Tuproqto‘shagidayotgan ko‘pko‘rdim,Yer qaro bag‘riga botgan ko‘p ko‘rdim,Yo‘qlik olamiga ko‘z tashlaganda Kelmagan ko‘p ko‘rdim, ketgan ko‘p ko‘rdim.She’rda nechta o‘rinda tushum kelishigi qo‘shimchasi belgisiz qo‘llangan? A) 1 ta B) 4ta C) 3 ta D) 5ta 12 / 37 Bunim yo’q,unim yo’q Uyimda unim yo’q . Ishimda unum yo’q , Aytishga unim yo’q .Ushbu she’riy parchada egalik qo’shimchasi nechta o’rinda qo’llangan ? A) 4 B) 6 C) 5 D) 7 13 / 37 Egalik qo'shimchasi qachon egalik ma'nosini ifodalaydi ? A) zamon otiga qo'shilganda B) modda ma'dan +narsa oti qolipidagi birikmalarda C) qarindoshlik otlariga qo'shilganda D) egalik qo'shimchasi har doim egalik ma'nosini ifodalaydi 14 / 37 Abu Rayhon Beruniy o‘lim to‘shagida yotganida uning huzuri… shogirdlari… biri kiritdi. U ustozining umri tugayotgani… sezib, ko‘nglini ko‘targan boiibdi.Qaysi javobda ushbu parchadagi nuqtalar o‘rniga yoziladigan qo‘shimchalar to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) jo‘nalish kelishigi, chiqish kelishigi, tushum kelishigi qo‘shimchalari B) qaratqich kelishigi, tushum kelishigi, tushum kelishigi qo‘shimchalari C) qaratqich kelishigi, chiqish kelishigi, qaratqich kelishigi qo‘shimchalari D) jo‘nalish kelishigi, tushum kelishigi, tushum kelishigi qo‘shimchaIari 15 / 37 Qaysi gapda qaratqich kelishigi shaklidagi ko‘rsatish olmoshi mavjud?1 Buning meni bir kuni adoyi tamom qiladi.2 Buning nimasi sizga yoqmadi?3 Uning shikoyatlari o‘rinsiz. A) 1,3 B) 2, 3 C) faqat 2 D) l,2 16 / 37 Qachon egalik qo'himchaiari harakat bajaruvchisining shaxsi va sonini bildiradi A) mustaqil fe'l bilan qo'llanganda B) sifatdosh va harakat nomi bilan qo'llanganda C) harakat tarzi shakli bilan qo'llanganda D) to'liqiz fe'l bilan qo'llanganda 17 / 37 Qaratqich kelishigi qaysi so’zlarga qo’shilganda tushib qolmaydi ? A) atoqli otlar ,olmoshlar va harakat nomiga B) atoqli otlar ,otlashgan so’zlar va harakat nomiga C) atoqli otlar ,olmoshlar va sifatdoshlarga D) atoqli otlar ,turdosh otlar va olmoshlarga 18 / 37 Haq yo‘linda kim sanga bir harf o‘qutmish ranj ila,Aylamak bo'lmas ado oning haqin yuz ganj ila.Ushbu baytda tushum kelishigi qay tarzda qo‘llangan? A) ikki o'rinda belgili, ikki o'rinda belgisiz B) ikki o‘rinda belgili, bir o'rinda belgisiz C) bir o'rinda belgili, bir o‘rinda belgisiz D) bir o'rinda belgili, ikki o‘rinda belgisiz 19 / 37 So'zlarga tushum kelishigi qo'shimchasi qo‘shilganda qanday fonetik o‘zgarish sodir boiishi mumkin? A) tovush tushishi B) tovush orttirilishi va tushishi C) tovush almashishi D) tovush almashishi va tushishi 20 / 37 Tushum kelishigiga xos xususiyatlar to’g’ri qayd etilgan javobni belgilang 1) tushum kelihigidagi so’z faqat o’timli fe’llarga bog’lanadi ;2) tushum kelihigidagi so’z bilan o’timli fe’l yonma-yon turganda kelishik tuhib qolmaydi ;3) tushum kelihigi bilan o’timli fe’l o’rtasida boshqa so’z qo’llana oladi ;4) tushum kelihigidagi so’z taqlid so’z bilan ifodalanganda kelishik tushib qolmaydi ;5)tushum kelihigidagi so’z atoqli ot ,olmosh va sifatdosh bilan ifodalanganda kelishik tushib qolmaydi A) 1,3,5 B) 1,2,3,5 C) 1,3,4,5 D) 2,3,4,5 21 / 37 Ajoyib milliy urf-odatlarimiz odamlami hamjihatlik, birodarlik va samimiyatga chorlaydi.Berilgan gapdagi nechta so‘z bosh kelishik shaklida qoilangan? A) 2 ta B) 3 ta C) 1 ta D) 5 ta 22 / 37 Egalik qo'shimchasi qo'llanmagan qatorni toping A) Boburning kitobi ,Orolmirzoning qo’shig’i B) kitobning muqovasi,o’zining she’ri C) mening kitobim , o'z bog'im D) Bobur bog'i ,Orol dengizi 23 / 37 Mingga kirmasak ham,Kirardik yuzga,Dunyoda bo‘lmasa dilozorlik.Nechta so'z bosh kelishik shaklida kelgan? A) 1 ta B) 2ta C) 3ta D) Bunday so'z qo'llanmagan 24 / 37 Qaysi so’zlarga egalik qo’shimchasi qo’shilganda fonetik o’zgarish yuz bermaydi?1.ishtirok 2. chelak 3.nok 4.ocherk 5.yuk 6.chaqmoq 7.erk A) 3,4,5,7 B) 1,2,3,7 C) 1,2,3,4,5,6,7 D) 1,3,4,5,7 25 / 37 Egalik qo’shimchalari mavjud bo’lgan so’zlarni aniqlang. A) halim, terim,bo’lim B) bosim, bilim, to’zim C) tuzim, unim, qonim D) so’lim, qo’nim, korim 26 / 37 1) idrok; 2) terak; 3) ishtirok; 4) chok; 5) bolalik.Berilgan so'zlarning qaysi biriga egalik qo'shimchasi qo'shilganda, asosqismda fonetik o'zgarish bo'ladi? A) 1,2,3,4 B) 1,3,4 C) faqat 5 D) 2,5 27 / 37 Qisqasi, madaniyatli bo’lish uchun odamga faqat bilim, kiyim, taqinchoq, yaxshi ro‘zg‘orning o‘zigina kifoya emas.Gapda qaratqich kelishigining ishlatilishi haqidagi qaysi hukm to‘g‘ri? A) 1 ta belgili, 1 ta belgisiz B) faqat 1 ta belgili qaratqich shaklidagi so‘z mavjud C) 1 ta belgili, 2 ta belgisiz D) 1 ta belgili, 3 ta belgisiz 28 / 37 Bo‘yningdan ketgan yo‘q hali dor izi,Qo‘y» qora kunlarning o‘chsin qorasi!Sen borsan - Temurning ulug‘ vorisi,Osmoningga qaytdi oylaring, o‘zbek.She’riy parchadagi kelishik shakllari haqida berilgan to‘g‘ri hukmni aniqlang? A) 4 ta belgili, 1 ta belgisiz kelishik shakli ishtirok etgan B) 5 ta belgili, 3 ta belgisiz kelishik shakli ishtirok etgan. C) 4 ta belgili, 3 ta belgisiz kelishik shakli ishtirok etgan D) 5 ta belgili, 2 ta belgisiz kelishik shakli ishtirok etgan 29 / 37 Qaraqtich kelishigiga xos xususiyatlar to’g’ri qayd etilgan javobni belgilang1) qaratqich kelishigidagi so’z qaratqichni qaralmishga tobelantirib bog’laydi;2) qaratqich kelishigidagi so’z qarashlilik va egalik ma’nolarini anglatadi;3) qaratqich va qaralmish o’rtasida boshqa so’z qo’llansa ,qaratqich kelishigi tiklanadi;4) qaratqich kelishigidagi so’z harakat nomi bilan ifodalanganda kelishik tushib qolmaydi ;5) qaratqich kelishigidagi so’z atoqli ot,olmosh va sifatdosh bilan ifodalanganda kelishik tushib qolmaydi; A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,3,5 C) 1,3,5 D) 1,3,4,5 30 / 37 Yaxshi tarbiya ko’rgan odam… xislatlari… biri shuki, bunday odam o’z faoliyati… boshqalar…bir qadam oldin…o’tsa, sheriklari…yordam qo’li…uzatadi, safi…kengaytirib, yangi g’alaba…ko’zlaydi. A) -ning,-dan,-da,-dan,-ga,-ga,-ni,-ni,-ni B) -ni,-dan,-da,-dan,-ga,-ga,-ni,-ni,-ni C) -ning,-dan,-da,-dan,-ga,-ni,-ni,-ni,-ni D) -ning,dan,-da,-dan,-ga,-ga,-ni,-ni 31 / 37 Qaysi so’zga III shaxs egalik qo’shimchasi –si shaklida qo’shiladi? A) mavzu B) avzo C) parvo 32 / 37 Qaratqich keiishigi qachon belgisiz qo'Ilanishi mum kin ? A) Qaratqich bilan qaralmih yonma-yon kelganda B) Qaratqich keiishigi olmoshlarga qo'shilganda C) Qaratqich keiishigi sifatdoshlarga qo'shilganda D) Qaratqich keiishigi atoqli otga qo'hilganda 33 / 37 Sen esa, ey qalbim, shu umid uchunEng so‘nggi yolqining bera olsang bas.She’riy parchadagi belgisiz qoilangan kelishikni toping. A) qaratqich va tushum B) qaratqich C) qaratqich va o‘rin-payt D) tushum 34 / 37 Qaratqich kelishigi qachon belgisiz qo'llanmaydi ?1 Qaratqich bilan qaralmih yonma-yon kelganda2 Qaratqich keiishigi atoqli otga qo'hilganda3 Qaratqich keiishigi olmoshlarga qo'shilganda4 Qaratqich keiishigi sifatdohlarga qo'shilganda A) 2,3,4 B) 1 C) 2,4 D) 1,2,3,4, 35 / 37 Egalik qo'himchasi qachon egalik ma'nosini ifodalaydi ?1 modda ma'dan +narsa oti qolipidagi birikmalarda2 zamon otiga qo'shilganda 3qarindoshlik otlariga qo'shilganda A) 3 B) 1,2,3 C) 1,2 D) 1,3 36 / 37 Adab kichkinalar mehrini ulug'lar ko‘ngliga soladi va u mehr kattalar ko'nglida abadiy qoladi. (Alisher Navoiy)Berilgan gapda qaratqich kelishigi qo'shimchasi necha o'rinda belgisiz qo'llangan? A) 3 B) 2 C) 4 D) 1 37 / 37 So‘zga egalik qo‘shimchalari qo‘shilishi natijasida qanday fonetik hodisa yuz berishi mumkin?1) tovush tushishi; 2) tovush ortishi; 3) tovush almashishi. A) 2,3 B) faqat 1 C) 1,2,3 D) l,3 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz