Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №6 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №6 InfoMaster Aprel 6, 2022 107 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf Ona tili №6 O’ZLIK OLMOSHLARI SO’ROQ OLMOSHLARI BELGILASH OLMOSHLARI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 35 Lab-tish , sirg'aluvchi, jarangli undosh tovush qaysi qatorda to'g'ri berilgan? A) ng B) d C) f D) m 2 / 35 Shaxs otlari berilgan qatorni aniqlang A) Yer,Quyosh,Oy B) shohko’cha,yo’lak,darcha C) yulduz,sayyora,samo D) bobo,onajonim,,yigit 3 / 35 So’zning o’z va ko’chma ma’nosi qaysi qatorda berilgan? A) Egri ish qirq yildan keyin ham bilinadi . Mehribon qo’llar sizni hamisha qo’llab quvatlaydi B) Ilgari ostonamiz tuyoq ko’rmagan . Harbiy intizom temir intizomni talab qiladi C) Bunday sovuq xabarni kim tarqatdi . Daraxtlar uyg’ondi D) Qishloq markaziga shu yo’l bilan boriladi .Bahslashishga yo’l qolmagan edi 4 / 35 Zid ma’noli so’zlar qo’llangan gap qatorini toping A) Hayo qalbning haqiqiy ko’zgusidir B) So’z doriga o’xshaydi ,ortiqchasi zarar keltiradi C) Vijdon – aqlning qon tomiri D) Do’stlarning hasadi ,dushmanlarning xusumatidan yomondir 5 / 35 Quyida berilganlardan qaysi birlariga III shaxs sifatida qaraladi?1)nutqdan tashqaridagi barcha shaxs ;2)nutqdan tashqaridagi predmet; 3)nutqdan tashqaridagi voqea-hodisa;4)tinglovchi A) 1,2,4 B) 1,2,3,4 C) 1,2,3 D) 1,4 6 / 35 Qaysi qatordagi gapda belgilash olmoshi qo’llanmagan? A) Butun bir inshoni madhiyamizga bag’ishladik . B) U har gal marraga birinchi bo’lib kelardi . C) Bunda har bir nuqta ko’z kabi jonli . D) Har qaysimiz o’zimiz sevgan kasb to’g’risida insho yozdik . 7 / 35 Qaysi gapda belgilash olmoshi ishtirok etgan? A) Oybek o'z ijodi bilan butun bir kutubxona yaratdi B) Har kim o'z qilmishiga yarasha mukofot oladi C) Nima kishiga ko'p ziyon keltiradi ? D) Uzoqdan allaqanday qora ko'rindi 8 / 35 Qaysi gapda belgilash olmoshi ishtirok etgan? A) Ba’zi kamchiliklarimiz ham yo’q emas. B) Berilgan gaplarning barchasida belgilash olmoshi ishtirok etgan C) Har bir bekning navkarlari yuklarni aravalarga ortib ketmoqda edilar D) Yig’ilishda har xil masalalarga ko’proq e’tibor berishdi 9 / 35 Qaysi o’rinda narsa-hodisa va o’rin-joy so’roqlari berilgan?1.kim? 2.nima? 3.qanday? 4.qancha? 5.nega? 6.qayer? 7.qachon? A) 3,5 B) 2, 5 C) 2, 6 D) 1, 6 10 / 35 O’zlik olmoshi bog’lanib kelgan ot tarkibida asosan qanday qo’shimcha bo’ladi. A) egalik. B) egalik va kelishik. C) ko’plik. D) kelishik. 11 / 35 Qaysi gapda o’zlik olmoshi hurmat ma’nosida qo’llangan? A) Rais amakim o’zlari kelib ketdilar B) O’zlari xon ,ko’lankalari maydon C) O’zlarimi ,kelsinlar D) Donolar uchun o’zlarining hayotlari o’zlariga ravshan 12 / 35 Belgilash olmoshlari berilgan qatorni toping. A) butun, bari, har bir B) bu, shu, o’sha, anovi C) bir zum, batamom, ba’zi D) nechta, nechanchi, qancha? 13 / 35 Belgilash olmoshi berilgan qatorni aniqlang. A) har yerda. B) hech yoqdan. C) hech qachon. D) har qaysi. 14 / 35 Qaysi qatorda belgilash olmoshi ishtirok etgan ? A) Har kim o’z qilmishiga yarasha mukofot oladi B) Siz bilan allaqayerda uchrashganmiz C) Hech bir his aqldan bo’lmaydi D) Eshik orqasidan kimningdir xirgoyisi eshitiladi 15 / 35 Belgilash olmoshi ishtirok etgan gapni toping. A) O’zini hurmat qilgan odam boshqalarni ham izzat ehtiromga o’rgatadi. B) Axloqqa tayanmagan ilm hech narsaga arzimaydi. C) So’z qanday ishga yo’llashi bilangina qimmatlidir. D) Hamma qiyinchiliklardan faqat mehnat bilan qutilish mumkin 16 / 35 So'roq olmoshlnri nimalarga nisbatan so'roqni bildiradi? A) А va C. B) shaxs, narsa-hodisa, belgi-xususiyat, miqdor C) jins, tur, xil D) sabab, maqsad o’rin part 17 / 35 Qaysi gapda so'roq olmoshi ishtrok etgan? A) Nima kishiga ko'p ziyon keltiradi ? B) Har kim o'z qilmihiga yarasha rnukofot oladi C) Oybek o'z ijodi bilan butun bir kutubxona yaratdi D) Uzoqdan allaqanday qora ko'rindi 18 / 35 Qaysi gapda to'pdan ajratilgan shaxsni ifodalagan olmosh qo'llangan? A) Men kelajagi buyuk Vatanning farzandiman. B) Rostini aytsam, o'zim ham unchalik yomon bola emasman. C) Vatan har bir inson uchun aziz va muqaddasdir. D) Kim ko'p o'qisa, u ko'p biladi. 19 / 35 Qaysi o’rinda sabab-maqsad va belgi-xususiyat so’roqlari berilgan?1.kim? 2.nima? 3.nega? 4.qancha? 5.qanday ? 6.qayer? 7.qachon? A) 1. 7 B) 3,5 C) 2,6 D) 2,7 20 / 35 O’zlik olmoshi qaysi gapda qollangan? A) Kimdir eshikni taqillatdi. B) Xalqim, o’zing -ilhomimning oltin o’zagi. C) Biz ota-onalarimiz so’zlariga doim amal qilmog’imiz zarur. D) Sizga bir dasta gul keltirdim, onajon! 21 / 35 Predmetni ko’rsatuvchi o’zlik olmoshi qatnashgan gapni toping . A) Rostini aytsam,o’zim ham unchalik yomon bola emasman . B) Ikromjon xotinini qoldirib, o’zi idora tarafga qarab ketdi . C) O’zining ovozi o’ziga uzoqdan eshitilganday tuyuldi . D) Biz o’z tuprog’imizni ko’z qorachig’iday asraymiz . 22 / 35 Qaysi so’roq gap tarkibida qo’llangan olmosh miqdorni aniqlash uchun ishlatilgan. A) Uni kim bergan edi sizga? B) Siz qachon ishga borasiz? C) Mana o’zingiz ayting -hozirning o’zida necha kishi kechikdi? D) Men qaysi otni minib borayin? 23 / 35 Bulbulga don berish nozik ish, deb o’zlaridan boshqa kishiga ishonmaydilar. Mazkur gapdagi o’zlari olmoshi qanday ma’noni ifodalayapti? A) sof ko’plik B) kesatish C) hurmat D) ta’kidlash 24 / 35 Quyidagi qaysi gapda belgilash olmoshlari ishtirok etgan.1. Bolalarining har ikkovi ham odobli. 2. Bolalarning hammasi darsga qatnashdi.3. Har vaqt qizi bilan onasi esiga tuskib ketardi. A) 2 B) 2, 3 C) 1, 2, 3 D) 1,2 25 / 35 Belgini aniqlash uchun ishlatiladigan olmoshlar qaysi qatorda berilgan. A) har qaysi, har bir. B) hech qanday, hech qaysi. C) allanima, allanarsa. D) qanday?, qanaqa?. 26 / 35 Qaysi qatorda belgilash olmoshi ishtirok etmagan? A) Dildora hali yosh bo‘lsa ham, aqli butun. B) Barcha shodlik senga bo’lsin, Bor sitam, zorlik menga. C) Har kim o‘z quvonch, shodliklarini bildirib turarkan. D) Dunyoning shodligi yig‘ilsa butun, Do‘stlar diydoridan bo‘lolmas ustun. 27 / 35 Kelishik qo’shimchalarini qabul qimaydigan so’roq olmoshini toping. A) nega? B) necha? C) qancha? D) qachon? 28 / 35 O’zlari olmoshi qanday ma’nolarda kelishi mumkin? A) hurmat B) A, B, C C) ko’plik D) kesatish 29 / 35 Qaysi qatordagi gapda o’zlik olmoshi ta'kid ma'nosida qo’llangan. A) O’z uyim -o’lan to’shagim. B) O’zingiz bajargan ishlar uchun javjobgarlikni zimmangizga oling. C) U bizga ertalab, ba'zan kechqurun yorug’ yulduz bo’lib ko’rinadi. D) Men o’zim sizni kutib olgani chiqdim. 30 / 35 So’roq olmoshlari bilan qo’shilib keladigan - alla va - dir qo’shimchalari olmoshlarga qanday ma’no kiritadi? A) noaniqlik B) ta’kid C) so’roq D) jamlik 31 / 35 O’quvchilar nima qilyapti? (O’quvchilar dars tayyorlayapti.) Birinchi gapdagi so’roq olmoshi qaysi guruhga mansub?1. shaxsga so’roq 2.narsa-hodisaga so’roq 3.belgiga so’roq 4.miqdorga so’roq 5.harakat-holatga so’roq 6.o’ringa so’roq 7.paytga so’roq 8.sabob va maqsadga so’roq A) 8 B) 6 C) 1, 2, 3 D) 5 32 / 35 Belgilash olmoshi qaysi gap tarkibida ishtirok etgan. A) Kelaganlarning bari sizni izlashdi. B) Keng bog’dagi har bir nihol qonib-qonib suv ichdi. C) Hamma ishlar va rejalar sizning zimmangizda. D) Yoshlikda o’rgangan hunar o’zinga o’lja qolar. 33 / 35 Qaysi gapda so’roq olmoshi noo’rin qo’llangan. A) Unga qay yuz bilan qaraysan? B) To’yga kim-kim keldi? C) Bu ishga nechun rozi bo’lmadi. D) Uning yoshi qanchada? 34 / 35 O’zlik olmoshi asosan qaysi olmosh o’rnida qo’llanadi? A) belgilash olmoshi B) kishilik olmoshi C) bo’lishsizlik olmoshi D) o’zlik olmoshi hech qanday olmosh o’rnida qo’llanmaydi 35 / 35 Donolar uchun o’zlarining hayotlari o’zlariga ravshan.Mazkur gapdagi o’zlari olmoshi qanday ma’noni ifodalayapti? A) kesatish B) ko’plik C) belgilash D) hurmat 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz