Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №6 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №6 InfoMaster Aprel 6, 2022 55 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 7-sinf Ona tili №6 O’ZLIK OLMOSHLARI SO’ROQ OLMOSHLARI BELGILASH OLMOSHLARI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 35 Qaysi so‘z imlosiga ko‘ra xato yozilgan? A) badhazim B) boshmaldoq C) boshboshdoq D) burushmoq 2 / 35 Bo’lishli fe’l qatnashgan gapni aniqlang A) Hali hech kim uyg’onmay ,ko’zin ochdi binafsha B) Birni birov beradi ,ko’pni mehnat C) Bu ham azamat , hech qanday dushman bas kelolmas D) Hech bir ikkilanmay ,yakka o’zi bo’ri quvib ketdi-yu ?! 3 / 35 Gaplarning qaysi birida ko’chma ma’noli so’z berilgan ? A) Tikansiz gul bo’lmas ,mashaqqatsiz hunar B) Oltin o’tda bilinear odam mehnatda C) Rustam dehqonchilikning tilini yaxshigina o’rgangan D) Tabriklardan keyin majlisning rasmiy qismi tugadi 4 / 35 Qatorda nor bo’lsa ,yoking yerda qolmaydi Ushbu maqolda qo’llangan nor so’zining ma’nodoshini toping A) tuya B) hamroh C) raqib D) do’st 5 / 35 Qaysi gapda II shaxs egalik qo‘shimchasini qabul qilgan ko‘rsatish olmoshi qo‘llangan? A) Unim yo‘q, bunim yo‘q, Ro‘zg‘orda unim yo‘q. B) Buning nomi “Sindirish” deb ataladi. C) Buning meni bir kuni aqldan ozdiradi. D) Buning nimasi yomon? . 6 / 35 Kelishik qo’shimchalarini qabul qimaydigan so’roq olmoshini toping. A) qachon? B) necha? C) nega? D) qancha? 7 / 35 Qaysi qatorda belgilash olmoshi ishtirok etmagan? A) Barcha shodlik senga bo’lsin, Bor sitam, zorlik menga. B) Dunyoning shodligi yig‘ilsa butun, Do‘stlar diydoridan bo‘lolmas ustun. C) Har kim o‘z quvonch, shodliklarini bildirib turarkan. D) Dildora hali yosh bo‘lsa ham, aqli butun. 8 / 35 Qaysi qatordagi gapda belgilash olmoshi qo’llanmagan? A) Har qaysimiz o’zimiz sevgan kasb to’g’risida insho yozdik . B) Butun bir inshoni madhiyamizga bag’ishladik . C) U har gal marraga birinchi bo’lib kelardi . D) Bunda har bir nuqta ko’z kabi jonli . 9 / 35 So’roq olmoshlari bilan qo’shilib keladigan - alla va - dir qo’shimchalari olmoshlarga qanday ma’no kiritadi? A) ta’kid B) jamlik C) so’roq D) noaniqlik 10 / 35 O’quvchilar nima qilyapti? (O’quvchilar dars tayyorlayapti.) Birinchi gapdagi so’roq olmoshi qaysi guruhga mansub?1. shaxsga so’roq 2.narsa-hodisaga so’roq 3.belgiga so’roq 4.miqdorga so’roq 5.harakat-holatga so’roq 6.o’ringa so’roq 7.paytga so’roq 8.sabob va maqsadga so’roq A) 5 B) 1, 2, 3 C) 8 D) 6 11 / 35 Bulbulga don berish nozik ish, deb o’zlaridan boshqa kishiga ishonmaydilar. Mazkur gapdagi o’zlari olmoshi qanday ma’noni ifodalayapti? A) hurmat B) ta’kidlash C) sof ko’plik D) kesatish 12 / 35 Predmetni ko’rsatuvchi o’zlik olmoshi qatnashgan gapni toping . A) Rostini aytsam,o’zim ham unchalik yomon bola emasman . B) Biz o’z tuprog’imizni ko’z qorachig’iday asraymiz . C) O’zining ovozi o’ziga uzoqdan eshitilganday tuyuldi . D) Ikromjon xotinini qoldirib, o’zi idora tarafga qarab ketdi . 13 / 35 Qaysi gapda to'pdan ajratilgan shaxsni ifodalagan olmosh qo'llangan? A) Vatan har bir inson uchun aziz va muqaddasdir. B) Men kelajagi buyuk Vatanning farzandiman. C) Kim ko'p o'qisa, u ko'p biladi. D) Rostini aytsam, o'zim ham unchalik yomon bola emasman. 14 / 35 Belgilash olmoshi qaysi gap tarkibida ishtirok etgan. A) Hamma ishlar va rejalar sizning zimmangizda. B) Keng bog’dagi har bir nihol qonib-qonib suv ichdi. C) Kelaganlarning bari sizni izlashdi. D) Yoshlikda o’rgangan hunar o’zinga o’lja qolar. 15 / 35 Qaysi qatorda belgilash olmoshi ishtirok etgan ? A) Eshik orqasidan kimningdir xirgoyisi eshitiladi B) Har kim o’z qilmishiga yarasha mukofot oladi C) Hech bir his aqldan bo’lmaydi D) Siz bilan allaqayerda uchrashganmiz 16 / 35 So'roq olmoshlnri nimalarga nisbatan so'roqni bildiradi? A) jins, tur, xil B) sabab, maqsad o’rin part C) А va C. D) shaxs, narsa-hodisa, belgi-xususiyat, miqdor 17 / 35 Qaysi gapda so'roq olmoshi ishtrok etgan? A) Har kim o'z qilmihiga yarasha rnukofot oladi B) Uzoqdan allaqanday qora ko'rindi C) Oybek o'z ijodi bilan butun bir kutubxona yaratdi D) Nima kishiga ko'p ziyon keltiradi ? 18 / 35 Belgilash olmoshi berilgan qatorni aniqlang. A) har yerda. B) hech qachon. C) har qaysi. D) hech yoqdan. 19 / 35 O’zlik olmoshi bog’lanib kelgan ot tarkibida asosan qanday qo’shimcha bo’ladi. A) egalik va kelishik. B) ko’plik. C) kelishik. D) egalik. 20 / 35 Belgini aniqlash uchun ishlatiladigan olmoshlar qaysi qatorda berilgan. A) hech qanday, hech qaysi. B) har qaysi, har bir. C) qanday?, qanaqa?. D) allanima, allanarsa. 21 / 35 Belgilash olmoshi ishtirok etgan gapni toping. A) Hamma qiyinchiliklardan faqat mehnat bilan qutilish mumkin B) O’zini hurmat qilgan odam boshqalarni ham izzat ehtiromga o’rgatadi. C) Axloqqa tayanmagan ilm hech narsaga arzimaydi. D) So’z qanday ishga yo’llashi bilangina qimmatlidir. 22 / 35 Qaysi qatordagi gapda o’zlik olmoshi ta'kid ma'nosida qo’llangan. A) U bizga ertalab, ba'zan kechqurun yorug’ yulduz bo’lib ko’rinadi. B) O’z uyim -o’lan to’shagim. C) O’zingiz bajargan ishlar uchun javjobgarlikni zimmangizga oling. D) Men o’zim sizni kutib olgani chiqdim. 23 / 35 Donolar uchun o’zlarining hayotlari o’zlariga ravshan.Mazkur gapdagi o’zlari olmoshi qanday ma’noni ifodalayapti? A) belgilash B) ko’plik C) hurmat D) kesatish 24 / 35 Qaysi so’roq gap tarkibida qo’llangan olmosh miqdorni aniqlash uchun ishlatilgan. A) Uni kim bergan edi sizga? B) Men qaysi otni minib borayin? C) Mana o’zingiz ayting -hozirning o’zida necha kishi kechikdi? D) Siz qachon ishga borasiz? 25 / 35 Qaysi gapda o’zlik olmoshi hurmat ma’nosida qo’llangan? A) Rais amakim o’zlari kelib ketdilar B) O’zlarimi ,kelsinlar C) Donolar uchun o’zlarining hayotlari o’zlariga ravshan D) O’zlari xon ,ko’lankalari maydon 26 / 35 Qaysi gapda so’roq olmoshi noo’rin qo’llangan. A) Uning yoshi qanchada? B) Bu ishga nechun rozi bo’lmadi. C) Unga qay yuz bilan qaraysan? D) To’yga kim-kim keldi? 27 / 35 O’zlik olmoshi qaysi gapda qollangan? A) Sizga bir dasta gul keltirdim, onajon! B) Kimdir eshikni taqillatdi. C) Xalqim, o’zing -ilhomimning oltin o’zagi. D) Biz ota-onalarimiz so’zlariga doim amal qilmog’imiz zarur. 28 / 35 Belgilash olmoshlari berilgan qatorni toping. A) bir zum, batamom, ba’zi B) butun, bari, har bir C) bu, shu, o’sha, anovi D) nechta, nechanchi, qancha? 29 / 35 Qaysi gapda belgilash olmoshi ishtirok etgan? A) Yig’ilishda har xil masalalarga ko’proq e’tibor berishdi B) Ba’zi kamchiliklarimiz ham yo’q emas. C) Berilgan gaplarning barchasida belgilash olmoshi ishtirok etgan D) Har bir bekning navkarlari yuklarni aravalarga ortib ketmoqda edilar 30 / 35 Qaysi gapda belgilash olmoshi ishtirok etgan? A) Har kim o'z qilmishiga yarasha mukofot oladi B) Oybek o'z ijodi bilan butun bir kutubxona yaratdi C) Nima kishiga ko'p ziyon keltiradi ? D) Uzoqdan allaqanday qora ko'rindi 31 / 35 Qaysi o’rinda narsa-hodisa va o’rin-joy so’roqlari berilgan?1.kim? 2.nima? 3.qanday? 4.qancha? 5.nega? 6.qayer? 7.qachon? A) 2, 5 B) 2, 6 C) 3,5 D) 1, 6 32 / 35 O’zlik olmoshi asosan qaysi olmosh o’rnida qo’llanadi? A) kishilik olmoshi B) o’zlik olmoshi hech qanday olmosh o’rnida qo’llanmaydi C) bo’lishsizlik olmoshi D) belgilash olmoshi 33 / 35 O’zlari olmoshi qanday ma’nolarda kelishi mumkin? A) ko’plik B) kesatish C) A, B, C D) hurmat 34 / 35 Qaysi o’rinda sabab-maqsad va belgi-xususiyat so’roqlari berilgan?1.kim? 2.nima? 3.nega? 4.qancha? 5.qanday ? 6.qayer? 7.qachon? A) 2,6 B) 3,5 C) 2,7 D) 1. 7 35 / 35 Quyidagi qaysi gapda belgilash olmoshlari ishtirok etgan.1. Bolalarining har ikkovi ham odobli. 2. Bolalarning hammasi darsga qatnashdi.3. Har vaqt qizi bilan onasi esiga tuskib ketardi. A) 2 B) 1,2 C) 2, 3 D) 1, 2, 3 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz