Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №5 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №5 InfoMaster Aprel 6, 2022 273 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf Ona tili №5 II MUSTAQIL SO’Z TURKUMLARI HAIQDA MA’LUMOT OLMOSH SO’Z TURKUMI VA UNING TASNIFI KO’RSATISH OLMOSHLARI KO’RSATISH OLMOSHLARINING TALAFFUZI VA IMLOSI KISHILIK OLMOSHLARI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 34 Tuyalar suvsizlikka chidamliligi bilan boshqa cho’l hayvonlaridan ajralib turadi. Ushbu gapda qo’llanilgan so’z yasovchi qo’shimchalar miqdorini aniqlang. A) 3 ta B) 5 ta C) 6 ta D) 4 ta 2 / 34 Qaysi qatordagi gapda fe’lning harakat nomi shakli qatnashgan? A) Gul ekib daraxt o’stirish kishini ezgulik sari yetaklaydi B) Mehmonxona yaxshi isitilgan katta stolga dasturxon yozishgan edi . C) Ular bog’ o’stirishdi ,paxta ekishdi . D) Bu yerda odamlar choy ichishadi chaq –chaqlashishadi ish yuzasidan maslahat qilishadi. 3 / 34 Sabab ravishi qatnashgan gapni toping A) Saida jo’rttaga bilmaslikka oldi B) Bir oz dam olishgach ,yo’lga tushishdi C) Bo’taboyev noiloj maslahatga ko’ndi D) Hayotning o’z bayramlari bo’lganidek ,ozgina azoblari ham b’ladi,bolam chidash kerak 4 / 34 Qatorda nor bo’lsa ,yoking yerda qolmaydi Ushbu maqolda qo’llangan nor so’zining ma’nodoshini toping A) raqib B) hamroh C) tuya D) do’st 5 / 34 1 U ona bo'lishdan behad shod. 2 U qiz uzoqda yashaydi. 3 U biz qidirgan оdam emas. 4 Faqat u kishidan bir gap chiqadi.Qaysi gap tarkibida u so‘zi ko'rsatish olmoshi bo‘lib kelgan? A) 2, 4 B) 2, 3,4 C) 1,3 D) 1,2, 3 6 / 34 Qaysi gapda qaratqich kelishigi shaklidagi ko‘rsatish olmoshi mavjud?1 Buning meni bir kuni adoyi tamom qiladi.2 Buning nimasi sizga yoqmadi?3 Uning shikoyatlari o‘rinsiz. A) 2,3 B) faqat 2 C) l,2 D) 1,3 7 / 34 ІІ shaxs ko’plik sonda qo’llangan kishilik olmoshi qatnashgan gapni belgilang. A) Sizlar Navro’z bayramiga qanday tayyorgarlik ko’rdingiz ? B) Biz emasmi, Sizning sochlaringizga oq oralatgan C) Nasiba sizdan bitta emas, o’nta xalatni ham ayamaydi. D) ” Yuring, o’g’lim, siz endi yosh bola emassiz ”, dedilar dadam. 8 / 34 Ko’rsatish olmoshi qatnashgan gapni aniqlang . A) Aytgil ,do’stim ,nima qildik Vatan uchun ! B) Anavini qara-ya, o’zimizning to’pori Zebimi shu ? C) Hammasi joyida, do’stlar, men hech kimdan, hech narsadan xafa emasman . D) Belgilangan ishlarning hammasini biz bajardik. 9 / 34 Qaysi olmosh kamtarlik, bajargan ishida o'zini ta'kidlamaslik ma'nolarini ifodalaydi? A) barchasi ifodalaydi. B) ular C) siz D) biz 10 / 34 Ko’plikdagi kishilik olmoshlarini qaysi bir uslubiy talab bilan birlikni ko’rsatuvchi olmosh o’rnida kelishi mumkin. A) biz va siz. B) biz, siz, ular. C) ular. D) biz 11 / 34 Ko'rsatish olmoshlarining yozilishi noto'g'ri ko'rsatilgan javobni toping. A) mana bu B) manavi, anavi C) ana bu, anashu D) barchasi to'g'riyozilgan. 12 / 34 Qaysi gapdagi kishilik olmoshlariga ta’kid ma’nosi yuklanmoqda? A) Men ko’rmagan baxtni kimdir ko’rajak, Men aytmagan so’zni aytajak kimdir. B) O’zimni moziyning bag’riga urdim, Va shu on shukrona aytib qaytdim men. C) Bu ishlarning hammasini mening o’zim bajarganman. D) -Sening qancha puling bor edi? - deb so’radi mirshab sho’rlik kosib yigitdan. 13 / 34 Qaysi so’z turkumining aniq lug’aviy ma’nosi yo’q? A) ot B) olmosh C) fe’l D) sifat 14 / 34 Qaysi qatordagi gapda ko’rsatish olmoshni qo'llangan? A) Наг kuni men uning uyiga borar edim. B) U nimadir: hammada bor, biroq hech kim yodga olmaydi ? C) Nima xohlashini o‘zimga aytsin: ba’zilarga o‘xshab mendan qochib yurmasin. D) Kim nima istashini bilmasa, uni biz rejasiz inson hisoblaymiz. 15 / 34 Qaysi olmosh kamtarlik ma'nosini ham ifodalaydi? A) biz B) sen C) men D) ular 16 / 34 Qaysi gapda u ko’rsatish olmoshi qo’llangan. A) U majlisga raislik qilishning qiyinligini birinchi marta his qildi. B) U odamning suhbatini ko’pchilik yoshlar qumsar edi. C) Muattar uning shodlikdan uchqun sezilib turgan ko’zlariga qaradi. D) U ko’pchilikning kuchini birinchi marta sezgan edi. 17 / 34 І shaxs ko’plik sonda qo’llangan kishilik olmoshi qatnashgan gapni belgilang. A) Sizlar Navro’z bayramiga qanday tayyorgarlik ko’rdingiz ? B) Biz emasmi, Sizning sochlaringizga oq oralatgan C) ” Yuring, o’g’lim, siz endi yosh bola emassiz ”, dedilar dadam. D) Nasiba sizdan bitta emas, o’nta xalatni ham ayamaydi. 18 / 34 Qaysi olmoshlar hurmat ma’nosida qo’llanganda bosh harf bilan yozilishi mumkin ? A) men ,sen B) biz ,siz C) siz ,o’zingiz D) ular , siz 19 / 34 Olmoshlar qaysi birliklar o’rnida qo’llana oladi? 1.so’z birikmasining o’rnida 2. so’z o’rnida 3.gap o’rnida A) 1,2 B) 2,3 C) 2 D) 1,2,3 20 / 34 Kishilik olmoshlari berilgan qatorni aniqlang. A) men, sen, u, biz, siz, ular. B) bu, shu, o’sha, ana, mana, ana shu. C) qachon, qayer, kim, nima, o’sha, necha. D) hamma, barcha, bari, har kim, hech nima. 21 / 34 Olmoshning gapdagi vazifasi qaysi qatorda to’iqroq va to’g’ri ko’rsatilgan. A) to’ldiruvchi B) undalma, ega, to’ldiruvchi, aniqlovchi C) aniqlovchi. D) ega, toldiruvchi, aniqlovchi. 22 / 34 Berilgan gaplarning qaysi birida olmosh sifat o’rnida qo’llangan? A) Barchasi to’g’ri B) Karim gullarni uza boshladi.Bu esa bog’bonning jahlini chiqardi. C) Gul ochildi.Uning ochilishi kishilarga rohat berdi. D) Gullarning ko’pi pushtirang.Ana shu rang manga juda yoqadi. 23 / 34 Qaysi olmosh yakka shaxsga ishora qilib, hurmat ma'nosini ham bildiradi? A) ular B) siz C) biz D) В, С. 24 / 34 Quyidagi qaysi qo'shimchalar qo'shilganda, ko'rsatish olmoshlarida asos bilan qo'shimcha orasida bir "n" tovushi orttirib talaffuz qilinadi va shunday yoziladi? A) -ning, -ni B) - aqa, -cha C) A va B. D) -day, -dek 25 / 34 Berilgan gaplarning qaysi birida olmosh fe’l o’rnida qo’llangan ? A) Gul ochildi . Uning ochilishi kishilaraga rohat berdi B) Gullarning ko’pi pushti rang .Ana shu rang menga juda yoqadi C) Karim gullarni uza boshladi .Bu esa bog’bonning jahlini chiqardi D) Xolid toshni o’n marta ko’tardi . Men ham shuncha ko’tarishni orzu qilaman 26 / 34 Quyidagi javoblardan qaysi birida ko'rsatish olmoshlari berilmagan? A) аna, mana B) barchasi ko’rsatish olmoshlari C) bu, shu D) u, o'sha 27 / 34 Qaysi qatordagi gapda olmosh belgiga ishora qilgan ? A) “Mana bunisi Manzuraxonga “ ,- deb uzatdi B) Bunda bor harorat ,muhabbat ,shafqat C) Shundoq voqeani oldin ham bir eshitganman D) Unga bergan va’damning ustidan chiqdim 28 / 34 Olmoshlar qaysi so’z turkumlaridan yasalishi mumkin. A) olmosh. B) sifat. C) ravish. D) fe'l. 29 / 34 Quyida berilganlardan qaysi birlariga III shaxs sifatida qaraladi?1)nutqdan tashqaridagi barcha shaxs ;2)nutqdan tashqaridagi predmet; 3)nutqdan tashqaridagi voqea-hodisa;4)tinglovchi A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 1,4 D) 1,2,4 30 / 34 Olmoshlarning o’ziga xos grammatik xususiyatlari qaysilar.1 Olmoshlar otlarga xos so’z o’zgartiruvchilarni qabul qiladi.2 Olmoshlar egalik qo’ shimchalarini olib qo’llanadi.3 Boshqa so’z turkumlarida qo’shimchalar yordamida olmoshlar yasalmaydi.4 Olmoshlardan ayrim yasovchi affikslar yordamida boqa so’z turkumlariga xos so’zlar yasaladi. A) 1,3 B) 1,2,3,4 C) 2,3,4 D) 1,2,3 31 / 34 Ko'rsatish olmoshlariga berilgan qo'shimchalardan qay biri qo‘shilsa, tovush ortishi yuz berishi mumkin?1) egalik; 2) kelishik; 3) -day, -dek; 4) -aqa; 5) -cha; 6) -niki. A) 2, 4, 5, 6 B) 1, 3, 4, 5 C) 1, 2, 3, 4, 5 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6 32 / 34 Kishilik olmoshi berilmagan gapni aniqlang. . A) O’sha odamning o’zginasi, faqat bunday tugmali kiyimi yo’q edi. B) U to’g’i, chiroyli yozadi. C) Sizsiz ishimizni bitirishimiz mushkul. D) Men nechun maqtamay ona-Vatanni. 33 / 34 Ko’rsatish olmoshi berilmagan gapni toping. A) Shu atrofda bir ovoz eshitildi. B) Sening o’qishdagi muvaffaqiyatlaring bizni hursand qildi. C) Bektemir buni umrida birinchi marta tortishi edi. D) Bu kobob unga juda shirin tuyuldi. 34 / 34 Ko’rsatish olmoshlariga qaratqich kelishigi qo’shilgandagi holat bilan nechanchi shaxs egalik qo’shimchasi qo’shilganda holat shaklan teng boladi. A) III shaxs birlikda. B) III shaxs birlik va ko’plikda. C) II shaxs birlikda D) ko’rsatish olmoshlariga kelishik va egalik qo’shimchalari qo’shilganda shakliy tenglik bo’lmaydi. 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz