Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №4 6-sinf Ona tili7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №4 InfoMaster Aprel 6, 2022 285 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 3 1 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf Ona tili №4 MA’NODOSHLAR (SINONIMLAR) SHAKLDOSH ,QARAMA QARSHI MA’NOLI SO’ZLARDAN FOYDALANISH SHAKLDOSHLAR(OMONIMLAR) ZID MA’NOLI SO’ZLAR (ANTONIMLAR) Mavzular yuzasidan testlar 1 / 33 Qaysi javobdagi so‘zlar imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan? A) tuxfa, tahlit B) timsox, tuxmat C) tanbex, taxmin D) rahnamo, rayhon 2 / 33 Maza-ta’m sifatlari berilgan qatorni aniqlang. A) bo’ydor, xushbo’y B) nimtatir, chuchmal C) serob, kamchil D) badbo’y, sovuq 3 / 33 Quyidagi gapda ko’tarmoq so’zining qaysi ma’nosi ifodalangan? Xo’jaligimiz har gektar yerdan 30 sentenerdan hosil ko’tardi A) oshirmoq B) hazm qilmoq C) yo’qotmoq D) yetishtirmoq 4 / 33 Antonimlar qatnashgan gapni toping A) Ilmu kamolot hamisha fazilatdir B) Siringni saqlagil ,har kimga zinhor etmagil ravshan C) Do’st bilan yolg’on so’zlashma ,uning dushmani bilan ham do’stlashma D) Hikmat shunday liboski ,kiygan bilan eskirmaydi 5 / 33 Antonimlar qo‘llangan gapni toping. A) Moyli bo 'yoqdan tortib toza spirtgacha uning qo ‘lida. B) Begona yurtda, bolasi diydoridan uzoqda armon bilan ко ‘z yumdi. C) Bir no ‘noqni bir epchil eplaydi. D) Nurmat tog'a ozoda, mirishkor odam bo ‘lganidan shiyponni guldek tutadi. 6 / 33 Qaysi so'zning ma’nodoshi noto'g'ri berilgan? A) adil - tik, to'g'ri B) azim - ko'hna, qadimiy C) abzal - ustun, yaxshi D) nufuz -obro' 7 / 33 Qaysi javobda ko'p ma’noli so'zni shakldosh (omonim)lardan farqlovchi asosiy xususiyat berilgan? A) ko'p ma’noli so'zlar gap bo'laklari bo'la oladi B) ko'p ma’noli so'zlar necha ma’noga ega bo'lmasin, ma'nolar o'zaro bog'langan bo'ladi C) ko'p ma’noli so'zlar ma’nosi gapda namoyon bo'ladi D) ko'p ma’nolilik mustaqil so'z tur- kumlariga xos 8 / 33 Qaysi gapda “mo’ysafid “ so’zini sinonimi bilan almashtirib bo’lmaydi? A) Chol hassaga tayanib ,sekin-asta qadam tashlar edi B) Uning oti ancha qari edi C) Oqsoqollarni to’rga chiqardik D) Keksalar bilan maslahatlashdim 9 / 33 Abduvhob ayvondagi ko’lankaga o’tirib o’g’ilchsini tizzasiga olib peshonasidan o’pdi Ushbu gapda qo’llangan ko’lanka so`zining ma’nodoshini toping. A) gilam B) joy C) soya D) ko`rpacha 10 / 33 Qaysi qatordagi ta’rif sinonim (ma’nodosh ) so’zlarni aks ettiradi ? A) bir tushuncha doirasidagi turli ma’no qirralarini anglatuvchi so’zlar B) shakli bir xil ,ma’nosi har xil so’zlar C) aytilishi va ma’nosi bir hil so’zlar D) zid ma’noli so’zlar 11 / 33 Qaysi so’z turkumida antonimlik munosabati umuman yo’q ? A) ot,son,fe’l B) son ,olmosh ,modal so’zlar C) ot,son ,sifat D) ravish,fe’l ,olmosh 12 / 33 Zid so’zlar qo’llangan gapni toping A) Yolg’onchining so’zi rost bo’lmas B) Sovuq shamol o’qtin –o’qtin esib ,to’qayni allaqanday vahimaga to’ldiradi C) Sherali qo’rqmas va kamtar ,kamgap va qaysar bir bola edi D) Bir no’noqni bir epchil eplaydi 13 / 33 Zid ma’noli so’zlar berilmagan gapni toping. A) Uning kiyimlari toza kir bo’lib ketgan ekan B) Asrlar davomida tutqun bo’lib yashagan xalq ozod bo’di. C) Hozir ketmasang, keyin kech bo’ladi D) Qarilar izzatda, yoshlar xizmatda 14 / 33 Sinonimik qatordagi bitta so'zga antonim bo'lgan so'z shu qatordagi barcha so'zlarga antonim bo'lishi mumkinmi? A) Mumkin emas. B) Sinonimik qatordagi so'zlar o'zaro antonim bo'ladi. C) Ba'zan mumkin, ba'zida mumkin emas. D) Mumkin. 15 / 33 1.Anvar ham muloyimgina kulimsirab olgach…yana qalamiga qoralab qog’oz ustiga bir-ikki kalima yozdi. 2. Bu bilan men Zokir ota bilan Ro’zimatni qoralab , o’zimni oqlamoqchi emasman. 3. Nizomov oltmishni qoralagan baqaloq kishi edi.Gaplarda qo’llangan qoralamoq so’zi haqidagi to’g’ri hukmni belgilang. A) Uchala gapda bir so’zning turli ma’nolari qo’llangan. B) ikkinchi va uchinchi gapda shakldosh so’zlar qo’llangan C) uchala gapda shakldosh so’zlar qo’llangan. D) birinchi va ikkinchi gapda bir so’zning turli ma’nolari qo’llangan. 16 / 33 Leksik antonimlar berilgan qatorni aniqlang A) oq ko’ngil, ichi qora B) yupqa , qalin C) xursand ,dili siyoh D) ishladi, ishlamadi 17 / 33 Qaysi qatorda omonim so’zlar berilgan. A) ko’r, shoir, biologiya. B) talaffuz ,muddat,xalq C) g’or,kafil,hosil D) adash,to’q ,dasta 18 / 33 Chin so’z mo’tabar ,yaxshi so’z muxtasar Tagiga chizilgan so’zning ma’nosi to’g’ri izohlangan javobni toping A) foydali B) tugallangan C) mantiqli D) qisqa 19 / 33 Zid ma’noli so’zlar qo’llangan gap qatorini toping A) So’z doriga o’xshaydi ,ortiqchasi zarar keltiradi B) Hayo qalbning haqiqiy ko’zgusidir C) Vijdon – aqlning qon tomiri D) Do’stlarning hasadi ,dushmanlarning xusumatidan yomondir 20 / 33 Shakldosh so’zlar qatorini toping A) oltin ,to’r ,cho’qqi .yosh B) eshik ,chang ,kecha ,tog’ C) kech,shim,tut ,osh,til D) bob ,qiz ,tol ,yoqa, ko’z 21 / 33 Antonimlar qysi qatorda berilgan ? A) Mirzakarimboy ilonning yog’ini yalagan odam ;hamma boylar kabi ayyor mug’ombir B) Kattaga hurmatda bo’l ,kichikka izzatda bo’l C) Tok zangi qayishga o’xshaydi ,egila beradi .Boboqul otaning zangi shlatilmaydigan bo’ldi D) Havo ochiq ,kuz oftobi tilla rang yaproqlar ustida chaqnardi .Oltin kuz qanday zavqli ! 22 / 33 Qaysi qatorda omonim so’zlar berilgan. A) qiziqmoq, bog’lamoq, ko’karmoq B) sovuq, oltin C) yosh, zang, to’p D) yordam, ko’mak, madat. 23 / 33 1 Yurtim , senga she’r bitdim bu kun, Qiyosingni topmadim aslo. (A.Oripov) 2. Mana shu daryodan Mirzacho’l suv ichadi,ekin bitadi. 3. Katta Farg’ona kanali qirq besh kunda bitdi.Ushbu gaplarda qo’llanilgan bitmoq so’zining o’zaro ma’no munosabati qaysi qatorda to’g’ri izohlangan? A) birinchi gapdagi bitmoq so’zi ikkinchi va uchinchi gapdagi bitmoq so’zlari bilan o’zaro shakldosh,ikkinchi va uchinchi gapdagi bitmoq so’zi o’zaro bir so’zning turli ma’nolari. B) har uchala gapda mustaqil uchta so’z, ya’ni o’zaro shakldosh so’z. C) rinchi va ikkinchi gapdagi bitmoq so’zi o’zaro bir so’zning turli ma’nolari. D) har uchala gapda bir so’zning turli ma’nolari, ya’ni polisemantik so’z. 24 / 33 Qaysi xalq maqolida antonimdan foydalanilgan ? A) Bilgan bilganini ishlar ,bilmaganP barmog’ini tishlar B) Do’sting ming bo’lsa ham oz ,dushmaning bir bo’lsa ham ko’p C) Bugungi ishni ertaga qo’yma D) Qadrlasang qadring oshar ,qadrsizdan hamma qochar 25 / 33 1.Hech bo’lmaganidan ko’ra, kech bo’lgani yaxshi. 2. Bir qoshiq qonidan kech bu bechoraning. 3. Kech kirib, hamma uy-uyiga tarqaldi. Ushbu gaplarda qo’llangan kech so’zlarining qaysi biri o’zaro ko’p manoli yagona so’z hisoblanadi? A) Barcha gaplardagi kech so’zi o’zaro ko’p ma’noli yagona so’z B) Ikkinchi va uchunchi gaplardagi kech so’zi o’zaro ko’p ma’noli yagona so’z C) Birinchi va uchinchi gaplardagi kech so’zi o’zaro ko’p ma’noli yagona so’z D) Birinchi va ikkinchi gaplardagi kech so’zi o’zaro ko’p ma’noli yagona so’z 26 / 33 Ot (ism) ,Ot (hayvon ) ,Ot (fe’l ) Uchala o’rinda qo’llangan so’zning xususiyati to’g’ri izohlangan qatorni toping A) bir xil shaklga ega bo’lgan ko’p ma’noli so’z B) bir xil shaklga ega bo’lgan uchta so’z C) birgin aso’zning uchta o’rinda qo’llanishi D) bir xil shaklga ega bo’lgan yagona so’z 27 / 33 Yoz (qalamda yozmoq ) ,yoz (dasturxon yozmoq ) ,yoz (yoz fasli) Uchala o’rinda qo’llangan so’zning xususiyati to’g’ri izohlangan qatorni toping A) bir xil shaklga ega bo’lgan yagona so’z B) bir xil shaklga ega bo’lgan ko’p ma’noli so’z C) bir xil shaklga ega bo’lgan uchta so’z D) birgin aso’zning uchta o’rinda qo’llanishi 28 / 33 Qatorda nor bo’lsa ,yoking yerda qolmaydi Ushbu maqolda qo’llangan nor so’zining ma’nodoshini toping A) tuya B) hamroh C) raqib D) do’st 29 / 33 Quyidagi so’zlarning qaysi biri sinonimik qatorga mansub emas ? A) afsuslanmoq B) nadomat C) pushaymon D) attang 30 / 33 Sinonimik qatorni belgilang A) yoz ,ot,kech B) to’r,uch , xayr C) belgi,nishon,alomat D) kukush,mayin, o’tkir 31 / 33 Qarama qarshi ma’noli so’zlar qatnashgan gapni toping A) Ozchilik ko’pchilikka bo’ysunadi B) U nimadir xursand bo’lib uyg’onadi C) Qo’riq ochish xamirdan qil sug’urishdek oson emas D) Ariqlarda ko’m ko’k suv sharqirab oqmoqda 32 / 33 3 Ma’nodosh so’zlar qo’llangan gapni ko’rsating A) Sen nimadan xursandsan? B) Go’zal hech qachon yutuqlari bilan maqtanmas ,mag’rurlanmas edi C) Anvar nimadir so’ramoqchi edi,biroq Karim darrov g’oyib bo’ldi D) Yoz kunlarining birida Vali oshna og’aynilari, jo’ralari ,do’stlari bilan toqqa aylangani bordi 33 / 33 1 Kun qiyomdan og`di. 2. Shavla qiyomiga yetib pishgan edi. 3. Kampir o`ng qo`liga nonni oldi-da, piyoladagi qiyomga botirdi. Berilgan gaplarda qo`llangan qiyom so`zi haqida to`g`ri fakr qaysi javobda berilgan? A) uchala gapda bir so`zning turli ma’nolari qo`llangan B) uchala gapda shakildosh so`zlar qo`llangan C) ikkinch va uchunch gapda bir so`zning turli ma’nolari qo`llangan. D) birinch va ikkinchi gapda bir so`zning turli ma’nolari qo`llangan 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz