Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №4 6-sinf Ona tili7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №4 InfoMaster Aprel 6, 2022 191 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 3 0 7-sinf Ona tili №4 MA’NODOSHLAR (SINONIMLAR) SHAKLDOSH ,QARAMA QARSHI MA’NOLI SO’ZLARDAN FOYDALANISH SHAKLDOSHLAR(OMONIMLAR) ZID MA’NOLI SO’ZLAR (ANTONIMLAR) Mavzular yuzasidan testlar 1 / 33 Qaysi so'zda keng unlilar bilan bog’liq xato mavjud emas? A) notovon B) navvos C) novvotli D) natarius 2 / 33 Quyida yo’l so’zining qaysi ma’nosi ifodalangan? Kechga borib ,avtobuslar o’z yo’lini o’zgatiradigan bo’lib qoldi A) safar B) yo’nalish C) masofa D) tadbir 3 / 33 Sabab ravishi qatnashgan gapni toping A) Bir oz dam olishgach ,yo’lga tushishdi B) Bo’taboyev noiloj maslahatga ko’ndi C) Hayotning o’z bayramlari bo’lganidek ,ozgina azoblari ham b’ladi,bolam chidash kerak D) Saida jo’rttaga bilmaslikka oldi 4 / 33 1.Anvar ham muloyimgina kulimsirab olgach…yana qalamiga qoralab qog’oz ustiga bir-ikki kalima yozdi. 2. Bu bilan men Zokir ota bilan Ro’zimatni qoralab , o’zimni oqlamoqchi emasman. 3. Nizomov oltmishni qoralagan baqaloq kishi edi.Gaplarda qo’llangan qoralamoq so’zi haqidagi to’g’ri hukmni belgilang. A) ikkinchi va uchinchi gapda shakldosh so’zlar qo’llangan B) birinchi va ikkinchi gapda bir so’zning turli ma’nolari qo’llangan. C) Uchala gapda bir so’zning turli ma’nolari qo’llangan. D) uchala gapda shakldosh so’zlar qo’llangan. 5 / 33 Leksik antonimlar berilgan qatorni aniqlang A) ishladi, ishlamadi B) oq ko’ngil, ichi qora C) xursand ,dili siyoh D) yupqa , qalin 6 / 33 Zid so’zlar qo’llangan gapni toping A) Sovuq shamol o’qtin –o’qtin esib ,to’qayni allaqanday vahimaga to’ldiradi B) Yolg’onchining so’zi rost bo’lmas C) Sherali qo’rqmas va kamtar ,kamgap va qaysar bir bola edi D) Bir no’noqni bir epchil eplaydi 7 / 33 1 Kun qiyomdan og`di. 2. Shavla qiyomiga yetib pishgan edi. 3. Kampir o`ng qo`liga nonni oldi-da, piyoladagi qiyomga botirdi. Berilgan gaplarda qo`llangan qiyom so`zi haqida to`g`ri fakr qaysi javobda berilgan? A) uchala gapda shakildosh so`zlar qo`llangan B) birinch va ikkinchi gapda bir so`zning turli ma’nolari qo`llangan C) uchala gapda bir so`zning turli ma’nolari qo`llangan D) ikkinch va uchunch gapda bir so`zning turli ma’nolari qo`llangan. 8 / 33 Shakldosh so’zlar qatorini toping A) kech,shim,tut ,osh,til B) eshik ,chang ,kecha ,tog’ C) oltin ,to’r ,cho’qqi .yosh D) bob ,qiz ,tol ,yoqa, ko’z 9 / 33 Qaysi so'zning ma’nodoshi noto'g'ri berilgan? A) nufuz -obro' B) azim - ko'hna, qadimiy C) adil - tik, to'g'ri D) abzal - ustun, yaxshi 10 / 33 Ot (ism) ,Ot (hayvon ) ,Ot (fe’l ) Uchala o’rinda qo’llangan so’zning xususiyati to’g’ri izohlangan qatorni toping A) birgin aso’zning uchta o’rinda qo’llanishi B) bir xil shaklga ega bo’lgan yagona so’z C) bir xil shaklga ega bo’lgan ko’p ma’noli so’z D) bir xil shaklga ega bo’lgan uchta so’z 11 / 33 Antonimlar qysi qatorda berilgan ? A) Havo ochiq ,kuz oftobi tilla rang yaproqlar ustida chaqnardi .Oltin kuz qanday zavqli ! B) Tok zangi qayishga o’xshaydi ,egila beradi .Boboqul otaning zangi shlatilmaydigan bo’ldi C) Mirzakarimboy ilonning yog’ini yalagan odam ;hamma boylar kabi ayyor mug’ombir D) Kattaga hurmatda bo’l ,kichikka izzatda bo’l 12 / 33 Zid ma’noli so’zlar qo’llangan gap qatorini toping A) Vijdon – aqlning qon tomiri B) So’z doriga o’xshaydi ,ortiqchasi zarar keltiradi C) Do’stlarning hasadi ,dushmanlarning xusumatidan yomondir D) Hayo qalbning haqiqiy ko’zgusidir 13 / 33 Zid ma’noli so’zlar berilmagan gapni toping. A) Uning kiyimlari toza kir bo’lib ketgan ekan B) Hozir ketmasang, keyin kech bo’ladi C) Qarilar izzatda, yoshlar xizmatda D) Asrlar davomida tutqun bo’lib yashagan xalq ozod bo’di. 14 / 33 Qaysi qatordagi ta’rif sinonim (ma’nodosh ) so’zlarni aks ettiradi ? A) shakli bir xil ,ma’nosi har xil so’zlar B) aytilishi va ma’nosi bir hil so’zlar C) bir tushuncha doirasidagi turli ma’no qirralarini anglatuvchi so’zlar D) zid ma’noli so’zlar 15 / 33 Qatorda nor bo’lsa ,yoking yerda qolmaydi Ushbu maqolda qo’llangan nor so’zining ma’nodoshini toping A) do’st B) hamroh C) raqib D) tuya 16 / 33 Abduvhob ayvondagi ko’lankaga o’tirib o’g’ilchsini tizzasiga olib peshonasidan o’pdi Ushbu gapda qo’llangan ko’lanka so`zining ma’nodoshini toping. A) joy B) ko`rpacha C) gilam D) soya 17 / 33 Qarama qarshi ma’noli so’zlar qatnashgan gapni toping A) Ozchilik ko’pchilikka bo’ysunadi B) U nimadir xursand bo’lib uyg’onadi C) Qo’riq ochish xamirdan qil sug’urishdek oson emas D) Ariqlarda ko’m ko’k suv sharqirab oqmoqda 18 / 33 Qaysi qatorda omonim so’zlar berilgan. A) talaffuz ,muddat,xalq B) ko’r, shoir, biologiya. C) g’or,kafil,hosil D) adash,to’q ,dasta 19 / 33 Qaysi javobda ko'p ma’noli so'zni shakldosh (omonim)lardan farqlovchi asosiy xususiyat berilgan? A) ko'p ma’noli so'zlar ma’nosi gapda namoyon bo'ladi B) ko'p ma’noli so'zlar necha ma’noga ega bo'lmasin, ma'nolar o'zaro bog'langan bo'ladi C) ko'p ma’nolilik mustaqil so'z tur- kumlariga xos D) ko'p ma’noli so'zlar gap bo'laklari bo'la oladi 20 / 33 Qaysi gapda “mo’ysafid “ so’zini sinonimi bilan almashtirib bo’lmaydi? A) Keksalar bilan maslahatlashdim B) Oqsoqollarni to’rga chiqardik C) Uning oti ancha qari edi D) Chol hassaga tayanib ,sekin-asta qadam tashlar edi 21 / 33 Qaysi qatorda omonim so’zlar berilgan. A) yordam, ko’mak, madat. B) sovuq, oltin C) yosh, zang, to’p D) qiziqmoq, bog’lamoq, ko’karmoq 22 / 33 Antonimlar qatnashgan gapni toping A) Hikmat shunday liboski ,kiygan bilan eskirmaydi B) Ilmu kamolot hamisha fazilatdir C) Siringni saqlagil ,har kimga zinhor etmagil ravshan D) Do’st bilan yolg’on so’zlashma ,uning dushmani bilan ham do’stlashma 23 / 33 3 Ma’nodosh so’zlar qo’llangan gapni ko’rsating A) Sen nimadan xursandsan? B) Anvar nimadir so’ramoqchi edi,biroq Karim darrov g’oyib bo’ldi C) Yoz kunlarining birida Vali oshna og’aynilari, jo’ralari ,do’stlari bilan toqqa aylangani bordi D) Go’zal hech qachon yutuqlari bilan maqtanmas ,mag’rurlanmas edi 24 / 33 Sinonimik qatorni belgilang A) kukush,mayin, o’tkir B) to’r,uch , xayr C) yoz ,ot,kech D) belgi,nishon,alomat 25 / 33 Qaysi xalq maqolida antonimdan foydalanilgan ? A) Bilgan bilganini ishlar ,bilmaganP barmog’ini tishlar B) Bugungi ishni ertaga qo’yma C) Do’sting ming bo’lsa ham oz ,dushmaning bir bo’lsa ham ko’p D) Qadrlasang qadring oshar ,qadrsizdan hamma qochar 26 / 33 1.Hech bo’lmaganidan ko’ra, kech bo’lgani yaxshi. 2. Bir qoshiq qonidan kech bu bechoraning. 3. Kech kirib, hamma uy-uyiga tarqaldi. Ushbu gaplarda qo’llangan kech so’zlarining qaysi biri o’zaro ko’p manoli yagona so’z hisoblanadi? A) Birinchi va uchinchi gaplardagi kech so’zi o’zaro ko’p ma’noli yagona so’z B) Ikkinchi va uchunchi gaplardagi kech so’zi o’zaro ko’p ma’noli yagona so’z C) Barcha gaplardagi kech so’zi o’zaro ko’p ma’noli yagona so’z D) Birinchi va ikkinchi gaplardagi kech so’zi o’zaro ko’p ma’noli yagona so’z 27 / 33 Chin so’z mo’tabar ,yaxshi so’z muxtasar Tagiga chizilgan so’zning ma’nosi to’g’ri izohlangan javobni toping A) qisqa B) mantiqli C) foydali D) tugallangan 28 / 33 Qaysi so’z turkumida antonimlik munosabati umuman yo’q ? A) ot,son ,sifat B) ot,son,fe’l C) ravish,fe’l ,olmosh D) son ,olmosh ,modal so’zlar 29 / 33 Antonimlar qo‘llangan gapni toping. A) Moyli bo 'yoqdan tortib toza spirtgacha uning qo ‘lida. B) Begona yurtda, bolasi diydoridan uzoqda armon bilan ко ‘z yumdi. C) Bir no ‘noqni bir epchil eplaydi. D) Nurmat tog'a ozoda, mirishkor odam bo ‘lganidan shiyponni guldek tutadi. 30 / 33 Sinonimik qatordagi bitta so'zga antonim bo'lgan so'z shu qatordagi barcha so'zlarga antonim bo'lishi mumkinmi? A) Mumkin emas. B) Mumkin. C) Sinonimik qatordagi so'zlar o'zaro antonim bo'ladi. D) Ba'zan mumkin, ba'zida mumkin emas. 31 / 33 1 Yurtim , senga she’r bitdim bu kun, Qiyosingni topmadim aslo. (A.Oripov) 2. Mana shu daryodan Mirzacho’l suv ichadi,ekin bitadi. 3. Katta Farg’ona kanali qirq besh kunda bitdi.Ushbu gaplarda qo’llanilgan bitmoq so’zining o’zaro ma’no munosabati qaysi qatorda to’g’ri izohlangan? A) birinchi gapdagi bitmoq so’zi ikkinchi va uchinchi gapdagi bitmoq so’zlari bilan o’zaro shakldosh,ikkinchi va uchinchi gapdagi bitmoq so’zi o’zaro bir so’zning turli ma’nolari. B) har uchala gapda mustaqil uchta so’z, ya’ni o’zaro shakldosh so’z. C) rinchi va ikkinchi gapdagi bitmoq so’zi o’zaro bir so’zning turli ma’nolari. D) har uchala gapda bir so’zning turli ma’nolari, ya’ni polisemantik so’z. 32 / 33 Yoz (qalamda yozmoq ) ,yoz (dasturxon yozmoq ) ,yoz (yoz fasli) Uchala o’rinda qo’llangan so’zning xususiyati to’g’ri izohlangan qatorni toping A) bir xil shaklga ega bo’lgan yagona so’z B) bir xil shaklga ega bo’lgan ko’p ma’noli so’z C) birgin aso’zning uchta o’rinda qo’llanishi D) bir xil shaklga ega bo’lgan uchta so’z 33 / 33 Quyidagi so’zlarning qaysi biri sinonimik qatorga mansub emas ? A) attang B) pushaymon C) afsuslanmoq D) nadomat 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz