Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №20 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №20 InfoMaster Aprel 6, 2022 681 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 4 3 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf Ona tili №20 EGALIK VA KELISHIK SHAKLLARI YUZASIDAN O’TILGANLARNI TAKRORLASH YORDAMCHI SO’ZLAR YUZASIDAN O’TILGANLARNI TAKRORLASH UNDOV ,TAQLID VA MODAL SO’ZLAR YUZASIDAN O’TILGANLARNI TAKRORLASH Mavzular yuzasidan testlar 1 / 49 Tuyalar suvsizlikka chidamliligi bilan boshqa cho’l hayvonlaridan ajralib turadi. Ushbu gapda qo’llanilgan so’z yasovchi qo’shimchalar miqdorini aniqlang. A) 5 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 6 ta 2 / 49 Atamalar qo’llanishiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi? A) ilmiy atamalar va siyosiy atamalar B) ilmiy atamalar va kasbiy atamalar C) yangi atamalar va eskirgan atamalar D) atamalar bu kabi turlarga bo’linmaydi 3 / 49 Ma’nodosh ravishlar berilgan qatorni aniqlang . A) yakka, yagona, batamom B) olg’a, oldinda, o’rtada C) sal, picha, ko’p D) jindek, jichcha, ozgina 4 / 49 Qaysi javobda ko'p ma’noli so'zni shakldosh (omonim)lardan farqlovchi asosiy xususiyat berilgan? A) ko'p ma’noli so'zlar ma’nosi gapda namoyon bo'ladi B) ko'p ma’noli so'zlar necha ma’noga ega bo'lmasin, ma'nolar o'zaro bog'langan bo'ladi C) ko'p ma’nolilik mustaqil so'z tur- kumlariga xos D) ko'p ma’noli so'zlar gap bo'laklari bo'la oladi 5 / 49 Kitobni ko’p o’qisangiz ,undan ko’p hikmat topasiz.Ushbu gapdagi undan olmoshi qaysi so’z o’rnida qo’llanyapti? A) hech qaysi so’z o’rnida qo’llangani yo’q B) kitobni C) o’qisangiz D) ko’p 6 / 49 Qaysi qatorda belgilash olmoshi ishtirok etgan ? A) Eshik orqasidan kimningdir xirgoyisi eshitiladi B) Hech bir his aqldan bo’lmaydi C) Siz bilan allaqayerda uchrashganmiz D) Har kim o’z qilmishiga yarasha mukofot oladi 7 / 49 Quyidagi xususiyatlardan qaysi biri gumon olmoshlariga xos? A) narsa so'zi faqat alla- qo'shimchasi yordamida gumon olmoshiga aylanadi B) A va B. C) so'roq olmoshlariga va narsa so'ziga alla- yoki -dir qo'shimchalarini qo'shish yo'li bilan gumon olmoshlari hosil qilinadi D) faqat kim, nima olmoshlariga alla- yoki -dir qo 'shimchalarini qo 'shish yo'li bilan gumon olmoshlari hosil qilinadi 8 / 49 Qurboning bo’layin ,ey onajonim Sening faryodlaring ,mening fig’onim (M Yusuf) Ushbu she’riy parchada ismlarning munosabat shakllari necha marta qo’llangan? A) 5 B) 7 C) 4 D) 6 9 / 49 Egalik qo'shimchasi qachon egalik ma'nosini ifodalaydi ? A) qarindoshlik otlariga qo'shilganda B) modda ma'dan +narsa oti qolipidagi birikmalarda C) zamon otiga qo'shilganda D) egalik qo'shimchasi har doim egalik ma'nosini ifodalaydi 10 / 49 Men ketgan so ‘ng uydan chiqib o’ltirma.Do'st yig'latib, dushmanimni kuldirma Berilgan qo‘shmisrada qaysi kelishik shakllari ham belgili ham belgisiz qo'llangan? A) qaratqich B) tushum C) chiqish D) chiqish va tushum 11 / 49 Sabab ma’nosini anglatgan uchun ko’makchisi qatnashgan gapni toping A) G’oza erta ekilgani uchun hosil mo’l bo’ldi B) Yig’ilish uchun imkon yaralmadi C) Anvar yuzidagi kulgini yashirish uchun chetga qaradi D) Muhayyo bu libosni havas uchun sotib oldi 12 / 49 Qaysi gapda ko’makchi mavjud emas? A) Yomonlarning qoshida yalinish yaxshilar ishi emas. B) Badia bilan Ma’suma beka arava tagiga kirib yashirindi. C) Fursat g’animatdir, shoh satrlar-la bezamoq chog’idir umr daftarin D) Otni soy bo’yiga bog’ladi-da, o’zi yuqoriga chiqib ketdi. 13 / 49 Qaysi gapda takror bog’lovchilar mavjud? A) Qo’lini yuvdi-da hovuchlab suv ichdi B) Maktabning maqsadi tarbiya va faqat tarbiyadir. C) Goh shamol keladi ,goh yomg’ir yog’adi . D) U Navro’z bayrami yoki dehqonlar kuni deb ham yuritiladi 14 / 49 Ergashtiruvchi bog’lovchi qatnashgan gapni toping. A) Yo siz keeling , yo men boray B) Siz buyuk iusonsiz, shuning uchun hamma sizga ergashadi C) Ba’zan Salimlarnikiga borardim D) Dam nayning mayin ohangi, dam hofizning dilkash ovozi quloqqa chalinib qoladi 15 / 49 So’roq-taajjub yuklamasi qatnashgan gapni aniqlang. A) Yomg’irda qolibdi, shekilli, hamma joyi jiqqa xo’lmi ? B) Hatto zeb-ziynatni yulqib ziyoda, Haykal ham qo’yingiz bamisli xayol. C) Haqiqatni, faqat haqiqatni aytaman deb ont iching ! D) Nahotki qirq yillab mehnat qilgan odamning taqdiri shu bo’lsa ! 16 / 49 Bilasizmi, bu nima? Birinchi marta osmouga uchirilgan Ycr yo’ldoshi bor-ku, ana o’shaoning xuddi o’ziUsbu matnda qo’llangan yuklamalar miqdorini toping A) 3 B) 6 C) 4 D) 2 17 / 49 Buyruq-xitob undovlari qanday ma’nolarni ifodalaydi? 1.jonivorlarni haydash 2.jonivorlarni chaqirish yo to’xtatish 3.kishilar diqqatini tortish 4.kishilarning g’azab–nafratini bildirish A) 1,2,4 B) 1,2 C) 1,2,3 D) 1,2,3,4 18 / 49 Berilgan gapdagi modal so’zning ma'nosini aniqlang. Esiz, taqdir ekan. qaydan bilibsiz, Azizim,dunyoga bevaqt kelibmiz A) tasdiq B) inkor C) afsuslanish D) gumon 19 / 49 Qaysi javobda gumon munosabatini bildiruvchi sof modal so’z berilgan ? A) ehtimol B) shekilli C) chamasi D) aftidan 20 / 49 Tasdiq so'z gapni toping A) Кam gapirish ko'p bilishdanmi ?_Ha B) Komilaxon kitobingizni bering -Mang C) "Jim " dedi hamshira ko'rsatkich barmog'ini lablari ustiga qo'yib D) Ko'p gapirish ko'p bilishdanmi ? - Yo'q 21 / 49 Qaysi qatordagi modal so’zlar ot so’z turkumidan o’sib chiqqan? A) albatta. ajabo B) chamasi, haqiqatdan C) shubhasiz, so’zsiz D) ehtimol, shekilli 22 / 49 Vazifadosh modal so‘z qo’llangan gapni belgilang. A) Menimcha, hech kim aniq natijani bilmaydi. B) Afsuski, u ham bilmas ekan C) Bilamizki, barchamizni natija qiziqtiradi. D) Balki, qushcha bilar. 23 / 49 Balli ,ofarin kabi so’zlar qaysi so’z turkumiga kiradi? A) modal B) taqlid C) undov D) kirish so’z 24 / 49 Qaysi qatorda egalik qo'shimchasi qatnashmagan gap berilgan ? A) Ena buvining xayoli allaqayoqlarga borib keldi B) Olmaning ikki pallasidek yarashgansizlar C) Tuni bilan mijja qoqmadi D) U mening ustozim bo'ladi 25 / 49 Har kim ekkanini o’radi. Ushbu gapda olmoshning qaysi turi qo’llangan? A) belgilash. B) o’zlik C) so’roq D) kishilik. 26 / 49 Qaratqich keiishigi qachon belgisiz qo'llanmaydi ?1 Qaratqich bilan qaralmish yonma-yon kelganda2 Qaratqich keiishigi atoqli otga qo'hilganda3 Qaratqich keiishigi olmoshlarga qo'shilganda4 Qaratqich keiishigi sifatdoshlarga qo'shilganda A) 2,3,4 B) 1,2,3,4, C) 2,4 D) 1 27 / 49 Har kimning o’z orzusi bor. Ushbu gapdagi olmoshlar turini aniqlang. A) birinchi gapda —ko'makchi fe'l ikkinchi gapda —mustaqil fe'l B) ikkala gapda ham mustaqil fe’l C) birinchi gapda —mustaqil fe'l ikkinchi gapda —ko'makchi fe'l D) ikkala gapda ham ko'makchi fe'l 28 / 49 Qaysi qatordagi otlarga II-shaxs birlikdagi egalik qo’shimchasi qo’shilgan? A) xulqingiz,akangiz B) singlisi idroki. C) kitobim, opam D) daftaring, ukang 29 / 49 Qaysi olmosh turlanganda egalik qo’shimchasini olishi shart? A) o’zlik B) kishilik C) ko’rsatish D) gumon 30 / 49 Qaysi javobda ham yuklama, ham modal so'zlar ifodalaydigan ma'no to'g'ri ko'rsatilgan? A) gumon B) taajjub C) achinish D) ishonch 31 / 49 Qaysi javobda taqlid so’zning otlashuvi kuzatiladi ? A) Daryoning shov-shuvidan quloqlarimiz bitib qolayozdi. B) Cholimning aytishicha tabib sigirini ham sizlab gapirarkan. «Chu» demay, «chuing» derkan. C) Yong’oqning shiqillashi anchadan beri ko’pchilikni qiziqtirmay qo‘ydi. D) Ilonning vishillashiga qaldirg’ochlar balandroq chirqillab javob qaytarishardi. 32 / 49 O’rtada bo’lsin deb qadr ham izzat Ayriliq; va o’lim yaralgaimi -yo? Ushbu misralarda berilgan yordamchi so’zlar turi va miqdorini toping. A) bitta ko’makchi, ikkita biriktiruv bog’lovchisi, bitta ayiruv bog’lovchisi B) bitta yuklama, uchta teng bog’lovchi C) bitta. ko’makchi, bitta yuklama, ikkita teng bog’lovchi D) bitta yuklama, ikkita teng bog’lovchi 33 / 49 Deb yordamchisi — bu... A) maqsad bog'lovchisi B) yordamchi fe'l C) sabab bog'lovchisi D) ko'makchi 34 / 49 Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa,Bulbulg’a tikondek oshyon bo’lmas emish. Ushbu misralarda yordamchi so’zlarning qaysi biri qo’llangan? A) ko’makchi B) bog’lovchi C) yordamchi so’zlar qo’llanmagan D) yuklama 35 / 49 Ifodalanayotgan fikrga so’zlovchining munosabatini bildirgan so’zlar... A) ko’makchilar B) modal so’zlar C) undov so’zlar D) taqlid so’zlar 36 / 49 Taqlid so'z qo'llanmagan gap berilgan javobni aniqlang. A) Uzoq vaqtga qadar davom etgan shivir-shivir tindi. B) Bog'imizdagi olmalar pishib yetilgach, duv-duv to'kilishga boshladi. C) Tongga qadar poyladik, tiq etgan tovush eshitilmadi. D) O'tin biroz nam tortgan ekan, biroz tutab, keyin chars-churs alanga olib yondi. 37 / 49 Barcha yordamchi so’z turkumlari ishtirok etgan gapni aniqlang A) Ey farzand,ilm olmoqning fazilatlari ko’pdirkim ,ilm orqali hayoting farog’atda ,yurish –turishing hurmatda bo’lur B) Hammasini tinglardim ,ammo o’xshashini topmasdim aslo C) Ilmning foydasi shu qadar ko’pki ,ta’riflagan bilan ado qilish mumkin emas D) Bu zanjir ila zamonga daxldorsan va sen ham ahli olam qatori uchinchi ming yillikda yashamoqdasan 38 / 49 Bu yerda na ofat, na kulfat, na g 'am. Yordamchining ma’no turini aniqlang. A) inkor yuklamasi B) ayiruv bogiovchisi C) inkor bog'lovchisi D) gumon yuklamasi 39 / 49 Yordamchi so’zlarning vazifalari qaysi qatorda to’g’ri berilgan?1.Mustaqil so’zlarni yoki gaplarni bir-biriga bog’laydi.2.So’zlarga qo’shimcha ma’no yuklaydi. 3.Mustaqil ravishda gap bo’lagi bo’lib keladi.4.Atash ma’noli so’zlar o’rnida qo’llana oladi. A) 1,2,3,4 B) 1,2 C) 1,2,3 D) faqat 1 40 / 49 Afsuski, besh qo’l barobar emas.Ushbu gapdagi modal so’zning ma’nosini ayting. A) achinish B) quvonch C) fikrni xulosalash D) gumon 41 / 49 Sof yordamchi so‘zni aniqlang. A) -gina B) lekin C) bilan D) -chi 42 / 49 Qaysi qatordagi so‘zlar yordamchi so‘z turkumiga mansub? A) oshiq, samo, balki B) jiz, balli, kisht C) va,faqat,uchun D) taq-taq, va, lekin 43 / 49 Kishilarni chaqirish yoki to'xtatish uchun qo‘llanadigan undovlar qatnashgan gapni toping. A) Oh, bizning odamlar, dilkash odamlar... B) Eу, nega terakni nobud qilding? C) O’ , ma’lumotli ekansiz-ku! D) Hammasi o'tkinchi, xo‘sh, nima o'tkinchi emas? 44 / 49 Qaysi gapda ovozga taqlid so’z turlangan ? A) Bolalarning qiqirlashi quloqni qomatga keltirgan edi B) Tuyoqning dupuridan navkarlar bir safga chizilishgan edi C) Shundan so’ng afg’ondan tarsaki yeganim bejiz emasligiga -mening navkar ekanligimga ishonishdi D) Suvning shitirlashidan uyg’onib ketdim 45 / 49 Otlashgan taqlid so’z qatnashgan gapni toping. A) Chiroq lip-lip etdi. B) Shoikrom onasining barmoqlari tars-tars yorilib ketganini endi payqadi. C) To’rtta savag’ich bilan tap-tap urib, par singari qilib titibdi. D) Odamlarning g’ovur-g’uvuri endi to’xtadi. 46 / 49 Modal so’zni toping.1) attang; 2) faqat; 3) birdan 4) aftidan 5) masalan; 6) nihoyat 7) nahotki 8) hayriyat 9) biroq 10) ehtimol A) 1,4,5,6,8,10 B) 4,5,7,8 C) 1,4,7,8,9,10 D) 1,3,6,8,10 47 / 49 Yordamchi so’zlar berilgan qatorni aniqlang. A) undov, taqlid va modal so’zlar B) ko’makchi, bog’lovchi C) ko’makchi, bog’lovchi, yuklama, taqlid so’z D) ko’makchi, bog’lovchi, yuklama 48 / 49 Bir boshing uchun muncha harakat qilasan! Sen ham men kabi rohatda yashasang bo'lmaydimi, chunki mening hayotimda hech bir mashaqqat yo'q. Ushbu ikki gapda qanday yordamchilar ishtirok etgan? A) 3 ta ko'makchi, 1 ta bog'lovchi, 1 ta yuklama B) 2 ta ko'makchi, 1 ta bog'lovchi, 2 ta yuklama C) 1 ta ko'makchi, 2 ta bog'lovchi, 2 ta yuklama D) 1 ta ko'makchi, 1 ta bog'lovchi, 3 ta, yuklama 49 / 49 Avvalo, insonning qalbi go’zal bo’lmog’i kerak.Ushbu gapdagi modal so’zning ma’nosini toping. A) ishonch B) fikrning tartibi C) fikrni xulosalash D) gumon 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz