Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №17 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №17 InfoMaster Aprel 6, 2022 129 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 2 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf Ona tili №17 HIS HAYAJON UNDOVLARI BUYRUQ XITOB UNDOVLARI TAQLID SO’ZLAR Mavzular yuzasidan testlar 1 / 45 Lablanmagan o'rta keng unlisini toping? . A) u B) i C) e D) a 2 / 45 Fe’llar nimani atab kelishiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi? A) bo’lishli va bo’lishsiz fe’llarga B) harakat va holat fe’llariga C) o’timli va o’timsiz fe’llarga D) to’liq va to’liqsiz fe’llarga 3 / 45 Payt ravishi qatnashgan gapni aniqlang . A) Bular piyoda asta-sekin o’rdaga bordilar . B) U aravani Nuriddin minganini ko’rib xiyla yengil tortdi . C) Idoraga yaqin qolganda, Nuriddin otga qamchi urdi . D) Erta-indin rejani to’ldirgani haqidagi hushxabarni topshirmoqchi. 4 / 45 Sinonimik qatorni belgilang A) belgi,nishon,alomat B) kukush,mayin, o’tkir C) yoz ,ot,kech D) to’r,uch , xayr 5 / 45 Qaysi olmosh yakka shaxsga ishora qilib, hurmat ma'nosini ham bildiradi? A) biz B) ular C) В, С. D) siz 6 / 45 Quyidagi qaysi gapda belgilash olmoshlari ishtirok etgan.1. Bolalarining har ikkovi ham odobli. 2. Bolalarning hammasi darsga qatnashdi.3. Har vaqt qizi bilan onasi esiga tuskib ketardi. A) 1,2 B) 1, 2, 3 C) 2, 3 D) 2 7 / 45 Qo’shma olmoshlar.... A) ikki asosdan tashkil topgan olmoshlar qo’shma olmoshlardir. B) faqat bir asosdan iborat bo’lgan olmoshlardir. C) tarkibida so’z yasovchi qo’shimchasi bo’lgan olmoshlardir. D) old qo’shimchali so’z bilan kelgan olmoshlardir. 8 / 45 Ismlarning munosabat shakllariga qaysilar kiradi?1. egalik shakllari 2. kelishik shakllari 3. ko’plik qo’shimchasi 4. –man, -san, -dir qo’shimchalari 5. so’z yasovchi qo’shimchalar A) 1,2,4 B) 1,2,3,5 C) 1,2,3,4,5 D) 1,5 9 / 45 Qaysi so’zga III shaxs egalik qo’shimchasi –si shaklida qo’shiladi? A) avzo B) parvo C) mavzu 10 / 45 Qaysi kelishik qo‘shimchasi lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimcha bilan shakldoshlik hosil qila oladi? A) chiqish B) o‘rin-payt C) Bunday shakl yo‘q. D) jo‘nalish 11 / 45 Faqat vazifadosh ko’makchilar ishtirok etgan qatorni aniqlang. A) sari, boshida, qadar, maqsadida B) bilan, orqa, tepada, o’rtada C) sababli, oldida, uchun, qarab D) ustida, ichida, qoshida, tomon 12 / 45 Teng bog’lovchilar qanday vazifa bajaradi? A) tobe gapli qo’shma gap qismlarini bog’lash uchun xizmat qiladi B) ot va otlashgan so’zlardan keyin kelib. ularning boshqa so’zlar bilan munosabatini ko’rsatadi C) so’z va gaplarga qo’shimcha ma’no yuklash uchun xizmat qiladi D) so’zlarni teng munosabatli qo’shma gap qismlarini boglash uchun xizmat qiladi 13 / 45 Bog’lovchi-yuklama ishtirok etgan gapni aniqlang. A) Salimxon xonadan chiqdi-yu, telifon jiringladi. B) Eshikka qarang, birov keldi-yov C) Qiziqsiz-a, buvi, eski mahalla qoldimi? D) Bizning guruhimiz tayyor-ku-ya, sizniki-chi? 14 / 45 Shart bog’lovchilari berilgan qatorni aniqlang. A) go’yo. balki. toki, agar B) mabodo. garchancl. agarcla. ncgaki C) agar. basharti. garchi. mabodo D) garchand. negaki. -ki (kim). shuning ucliun 15 / 45 Qaysi gapda ham yuklamasi bog’lovchi vazifasida qo’llangan? A) Men ham eshitgan va ko’rganimni aytaman-da,jo’ra. B) Barcha javoblarda yuklama sifatida qo’llangan. C) O’zi balo tog’ining boshida o’tirarmish kun-u tun, yoz ham qish. D) Sekin unga yaqin bordim: bu manzara ham bizning ko’ngilga yaqin-da, qadrdon! 16 / 45 Betobligini ko’riboq sezgan ekansan, shifoxonaga yuborsang bo’lmasmidi, axir? Ushbu gapdagi yuklamalar miqdorini aniqlang. A) 4 B) 3 C) 2 D) 1 17 / 45 Quyidagi gap tarkibidagi undov qanday ma'noni ifodalash uchun ishlatilgan? Be, qo’ysang-chi o’shani. Barini o’zimiz qilamiz A) ishonch B) ishonchsizlik C) hayrat D) mamnunlik 18 / 45 Qaysi gapda undov so‘z fikrdan qaytarish ma’nosini ifodalagan?1. Hay-hay, qanday mazali. 2. Hay-hay, tegma.3. Hay-hay, yigitlarbuyoqqa! 4. Hay-hay, shakkoklikqilmang. A) faqat 4 B) 2,4 C) 1,2,3,4 D) 2,3,4 19 / 45 Buyruq-xitob undovlari qanday ma’nolarni ifodalaydi? 1.jonivorlarni haydash 2.jonivorlarni chaqirish yo to’xtatish 3.kishilar diqqatini tortish 4.kishilarning g’azab–nafratini bildirish A) 1,2,4 B) 1,2 C) 1,2,3,4 D) 1,2,3 20 / 45 Qaysi javobda his-hayajon undovi qatnashmagan? A) Faryodim, fig‘onim butun bir jahon,Ey muhtaram shoir, izladim, keldim. B) 0! Ho‘kiz yo‘q, og‘il ko‘cha tomondan teshilgan. C) E-e, yeb bo‘pti, ko‘kyol deydilar uni! - dedi Isoy bobo kuyib-pishib. D) lye, butun boshli bir odam tirilib keladi-yu, ovoragarchiligi bormi? 21 / 45 Olmoshdan undovga ko’chgan so’z qaysi gapda mavjud? A) Yo’qol,ko’zimga ko’rinma! B) Hormang,ishlar ketyaptimi? C) Bizni unutmabsiz,yashang! D) Qani,bir chekkadan gapirib ber-chi! 22 / 45 Takroriy bo`lmagan harakatga taqlidni bildiruvchi so`zni toping. A) lov-lov B) yalt C) lip-lip D) yalt-yalt 23 / 45 Tarkibida haydash chaqirish (buyruq xitob) undovi bo’lgan gaplarni aniqlang. A) Uf ,zerikib ketdim bu gap so’zlardan B) Balli, bu sharoitga moslashish belgisi C) Eh ,umr o’tdi ketdi oqar suvday ! D) Yer kurrasida qadim-qadim zamonlardan yangragan musiqiy "Qur ey!" bundan keyin ham tinmaydi 24 / 45 Buyruq, sharlli xitob ma'nolarini bildirgan undovlar qaysi javoblarda keltirilgan? A) Hey,ey,kisht B) Hey,bah-bah,xix C) Ts.ish,tish D) Chuh,beh-beh,obbo 25 / 45 Gumbur-gumbur, yal-yal, chars-churs, yarq-yurq, taq-tuq tuzilishiga ko'ra qanday taqlid so'zlar sanaladi? A) Bu so'zlar holat ravishlari sanaladi. B) takror C) ayrimlari takror, ayrimlari juft D) juft 26 / 45 Berilgan gapdagi undov ifodalagan ma'noni toping. Hm, endi tushundim. A) chaqirish B) qanoatlanish C) achinish D) ogohlantirish 27 / 45 Buyruq-xitob undovlari qaysi qatorda berilgan? A) oh,uh,voy B) xix.chuh,kisht C) ehhe,ve D) dod,ohho’,eh 28 / 45 Qaysi qatordagi gapda buyruq-xitob undovlari qo’llangan? A) Hay-hay,juda manzarali joy ekanmi? B) Ura,biz g’alaba qozondik! C) Ko’chadagi g’ovur-g’uvur bosildi. D) Ey Luqmoni Hakim, sening Dong’ing tutdi olamni. 29 / 45 "O’h-ho’ namuncha katta ketdingiz!" gapidagi undov so’z qaysi ma'noni anglatadi? A) faxrlanish B) mesimaslik C) mag’rurlanish D) e’tiroz 30 / 45 His-hayajon undovlari ifodalaydigan hissiyotlar to'g'ri ko'rsatilgan javobni toping. A) A,B,C B) hayron qolish, norozilik , orzu-istak C) erkalanish, rohatlanish, og'riq , cho'chish D) quvonch, erkalash, g'azab-nafrat 31 / 45 Aslida tovushga taqlid bo'lib, lekin gap ichida holatga taqlidni ifodalayodigan taqlid so'zlar berilgan javobni toping. A) To 'rtta savag 'ich bilan tap-tap urib, par singari titibdi. (Oydin) B) Birovning oldiga borib "vov-vov" qilib hursa, podshoh gunohkorni etmish ikki darra urdirar ekan. (N.A.) C) Namoz g 'azabi oshib, dag '-dag' qaltiray bdshladi. (X.T.) D) Shoikrqm onasining barmoqlari tars-turs yorilib ketganini endi payqadi. (O'.H.) 32 / 45 Otlashgan taqlid so`zlar qaysi qaysi gapda qo`llangan? A) Yomon ishning oxiri voy B) Hovlida yugur –yugur boshlangan ,shivir –shivir ovozlar eshitilar edi C) Gurs etib pastga tushdi D) Xo`rozning qu-qusi eshitildi. 33 / 45 Qaysi xususiyat taqlid so’zlarga xos emas ? A) Taqlid so’zlar mustaqil so’zlar kabi gap bo’lagi bo’la oladi B) Taqlid so’zlar yakka holda qo’llanishi mumkin C) Javoblarda ko’rsatilgan barcha xusuiyatlar taqlid so’zlarga xos D) Taqlid so’zlar juft yoki takror holda qo’llanishi mumkin 34 / 45 His-hayajon undovi qaysi gapda ishtirok etgan? A) Hoy, nima balo bo‘ldi? - deb alangladi Inoyat oqsoqol. B) Abduqodir “tss” deb barmog‘ini labiga qo‘ydi C) Dastlab ular Umidjonni ko‘rganda pisandasiz: “E, bu mishiqi bola-ku”, - deyishar edi. D) - Hay, shoshma, - dedi Zebi. 35 / 45 His-hayajon undovlari qanday hissiyotlarni ifodalaydi?1.quvonch 2.erkalash va erkalanish 3.jonivorlarni haydash-chaqirish 4.rohatlanish 5.norozilik,g’azab-nafrat 6.hayron qolish 7. og’riqdan azoblanish A) 1,2,4,5,6,7, B) 1,2,4,5,6 C) 1,4,5,6,7 D) 1,2,4,5 36 / 45 Tovushga taqlidni bildiruvchi taqlid so`z qaysi gap tarkibida qo`llangan? A) Bay-bay, zap choy bo`libdi-da. B) Bir tomondan chars-churs bilan gulhan yonardi. C) Yalt-yult etib chaqmoq chaqdi. D) Osmonda yulduzlar g`uj-g`uj. 37 / 45 Tajjub ma’nosini ifodalovshi undov qatnashgan gapni toping. A) le, bu qizning o’zi kichkina bo’lsa ham zab aqlli ekanmi! B) Eh, yashash qanday zavqli? C) Uv, do’stim! Menga bir qara D) Obbo jiyan, ya keldingmi! 38 / 45 Fikrdan qaytarish uchun qo’llanilgan undov so’z qatnashgan gapni toping A) Vay-bo’ ,juda mazali ovqat ekan B) Hay-hay ,tegmang C) Eh, yoshlar sizlar tushunmaysizda D) Hay-hay, shoshqoloqlik qilmang 39 / 45 Qaysi bandda taqlid so‘zga noto‘g‘ri izoh berilgan?1 g‘a-g‘a - o‘rdak ovoziga taqlid;2 di-dit - mashina signaliga taqlid;3 lip-lip - chiroq holatiga taqlid;4 jimir-jimir - suv holatiga taqlid. A) Barchasi to‘g‘ri B) 2, 3 C) 1, 2 D) faqat 4 40 / 45 Voy undovi qanday ma"no nozirliklarini bildiradi? A) hayrat,ajablanish B) qo'rquv,alam , tashvish C) yuqoridagilarni barchasi D) havas,zavq,qayg’u 41 / 45 Kishilami chaqirish yoki to'xtatish uchun qo‘llanadigan undovlar qatnashgan gapni toping. A) Oh, bizning odamlar, dilkash odamlar... B) Eу, nega terakni nobud qilding? C) Hammasi o'tkinchi, xo‘sh, nima o'tkinchi emas? D) O’ , ma’lumotli ekansiz-ku! 42 / 45 Qaysi qatordagi gapda his-hayajon undovlari berilgan? A) Hey, menga qara, Gulchehra, -dedi u. B) Salim tovuqlarni tu-tu deb chaqirdi . C) Cho’pon qo’ylarni qurey-qurey deb haydadi. D) E,juda ajoyib ekan-ku, -dedi Elmurod ajablanib. 43 / 45 His-hayajon undovlari to’g’ri tasniflangan qatorni belgilang.1.oh, 2.tss, 3. voy 4. kisht 5. uf 6.chu A) 1,2-his-hayajon undovlari ; 3,4,5,6-buyruq-xitob undovlari B) 1,2,6-his-hayajon undovlari ; 3,4,5-buyruq-xitob undovlari C) 2,4,6-his-hayajon undovlari ; 1,3,5- buyruq-xitob undovlari D) 1,3,5-his –hayajon undovlari ; 2,4,6- buyruq –xitob undovlari 44 / 45 Taqlid so'z qo'llanmagan gap berilgan javobni aniqlang. A) Tongga qadar poyladik, tiq etgan tovush eshitilmadi. B) Uzoq vaqtga qadar davom etgan shivir-shivir tindi. C) Bog'imizdagi olmalar pishib yetilgach, duv-duv to'kilishga boshladi. D) O'tin biroz nam tortgan ekan, biroz tutab, keyin chars-churs alanga olib yondi. 45 / 45 Juft qo`llangan taqlid so`z berilgan gapni toping. A) Arava g`ildiraklarining taqir- tuqiri eshitilardi. B) Quyosh damini g`ir-g`ir esgan shamol kesar edi. C) Bog` qushlarining chug`ur-chug`uriga to`lgandi. D) G’ir etib o`tib ketdi. 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz