Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №17 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №17 InfoMaster Aprel 6, 2022 70 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 7-sinf Ona tili №17 HIS HAYAJON UNDOVLARI BUYRUQ XITOB UNDOVLARI TAQLID SO’ZLAR Mavzular yuzasidan testlar 1 / 45 Til oldi undoshi qaysi qatorda berilgan? A) d B) g C) p D) к 2 / 45 Berilgan misralaming qaysi birida qo’shma fe’l ishtirok etgan? A) Saboga hikoyat qildi - to’kildi B) Falak ishiga boq: bir haftada gul C) Chiqdi, g’unchaladi, kuldi - to’kildi. D) Gul bargini nasim tildi - to’kildi 3 / 45 Yigirma so’zidan sonlarning qaysi turini hosil qilib bo’lmaydi. A) jamlovchi. B) dona. C) chama. D) tartib. 4 / 45 Qatorda nor bo’lsa ,yoking yerda qolmaydi Ushbu maqolda qo’llangan nor so’zining ma’nodoshini toping A) do’st B) tuya C) raqib D) hamroh 5 / 45 Qaysi qatordagi gapda olmosh belgiga ishora qilgan ? A) Unga bergan va’damning ustidan chiqdim B) “Mana bunisi Manzuraxonga “ ,- deb uzatdi C) Bunda bor harorat ,muhabbat ,shafqat D) Shundoq voqeani oldin ham bir eshitganman 6 / 45 Belgini aniqlash uchun ishlatiladigan olmoshlar qaysi qatorda berilgan. A) hech qanday, hech qaysi. B) qanday?, qanaqa?. C) allanima, allanarsa. D) har qaysi, har bir. 7 / 45 Mana shu ,o’sha-o’sha ,siz-biz ,hech kim , allaqaysi ,har bir Yuqoridagi qo’shma olmoshlar olmoshning ma’no jihatdan qaysi turiga mansub ? A) ko’rsatish ,bo’lishsizlik ,belgilash B) ko’rsatish ,kishilik, bo’lishsizlik ,gumon,belgilash C) ko’rsatish ,bo’lishsizlik ,gumon, belgilash D) ko’rsatish ,kishilik,bo’lishsizlik ,belgilash 8 / 45 Uch shaxsdan biriga ishora qiluvchi olmoshlar ...... A) belgilash olmoshlari B) o’zlik olmoshi C) ko’rsatish olmoshlari D) kishilik olmoshlari 9 / 45 Qaysi gapda qaratqich kelishigi shaklidagi ko‘rsatish olmoshi mavjud?1 Buning meni bir kuni adoyi tamom qiladi.2 Buning nimasi sizga yoqmadi?3 Uning shikoyatlari o‘rinsiz. A) faqat 2 B) 1,3 C) 2, 3 D) l,2 10 / 45 Qaysi javobda sof ko’makchi berilgan? A) ko’ra ,qarab , qaraganda B) uchun , kabi ,singari,sari ,sayin C) tog’risida ,haqida D) burun ,ilgari ,keyin 11 / 45 Sabab ma’nosini anglatgan uchun ko’makchisi qatnashgan gapni toping A) G’oza erta ekilgani uchun hosil mo’l bo’ldi B) Muhayyo bu libosni havas uchun sotib oldi C) Yig’ilish uchun imkon yaralmadi D) Anvar yuzidagi kulgini yashirish uchun chetga qaradi 12 / 45 Teng bog’lovchilar qanday vazifa bajaradi? A) so’z va gaplarga qo’shimcha ma’no yuklash uchun xizmat qiladi B) tobe gapli qo’shma gap qismlarini bog’lash uchun xizmat qiladi C) ot va otlashgan so’zlardan keyin kelib. ularning boshqa so’zlar bilan munosabatini ko’rsatadi D) so’zlarni teng munosabatli qo’shma gap qismlarini boglash uchun xizmat qiladi 13 / 45 Qaysi gapda -u (-yu) yuklamasi biriktiruvchi bog’lovchi vazfasida ishlatilgan? A) U erta-yu kech kitob o’qiydi B) Bordi -yu kelmasa-chi? C) Aytay dedim-u. iloji bo’lmadi D) Qor yog’di –yu sovuq sezilmadi 14 / 45 Qaysi qatordagi gapda teng bog’lovchini ergashtiruvchi bog’lovchi bilan almashtirish mumkin. A) Biz yaxshi tayyorlandik va birinchi g’alaba qo’lga kirdi. B) Tig’ yarasi tuzaladi, lekin dil yarasi tuzalmaydi. C) Kasalning kelishi oson, lekin ketishi ancha qiyin. D) Yigitlar, mehmonlarni o’lka bo’ylab kezdinglar va bog’imizni ko’rsating. 15 / 45 Vazifadosh yuklamalarni belgilang. A) -mi, -chi, -oq B) axir, xuddi, nahotki C) -u(-yu), -da D) ya’ni , deb, go’yo 16 / 45 Gumon yuklamasi qaysi qo'shimcha bilan shakldosh? A) fe'llardagi orttirma nisbat qo'shimchasi bilan B) man, san qatorida turuvchi 3-shaxs qo 'shimchasi bilan C) —miz, -siz- qatorida turuvchi 3-shaxs qo’shimchasi bilan D) В va C. 17 / 45 "O’h-ho’ namuncha katta ketdingiz!" gapidagi undov so’z qaysi ma'noni anglatadi? A) mesimaslik B) e’tiroz C) faxrlanish D) mag’rurlanish 18 / 45 Fikrdan qaytarish uchun qo’llanilgan undov so’z qatnashgan gapni toping A) Hay-hay, shoshqoloqlik qilmang B) Eh, yoshlar sizlar tushunmaysizda C) Hay-hay ,tegmang D) Vay-bo’ ,juda mazali ovqat ekan 19 / 45 Voy undovi qanday ma"no nozirliklarini bildiradi? A) yuqoridagilarni barchasi B) qo'rquv,alam , tashvish C) hayrat,ajablanish D) havas,zavq,qayg’u 20 / 45 Otlashgan taqlid so`zlar qaysi qaysi gapda qo`llangan? A) Xo`rozning qu-qusi eshitildi. B) Hovlida yugur –yugur boshlangan ,shivir –shivir ovozlar eshitilar edi C) Yomon ishning oxiri voy D) Gurs etib pastga tushdi 21 / 45 Buyruq-xitob undovlari qanday ma’nolarni ifodalaydi? 1.jonivorlarni haydash 2.jonivorlarni chaqirish yo to’xtatish 3.kishilar diqqatini tortish 4.kishilarning g’azab–nafratini bildirish A) 1,2,4 B) 1,2,3 C) 1,2 D) 1,2,3,4 22 / 45 Qaysi xususiyat taqlid so’zlarga xos emas ? A) Taqlid so’zlar mustaqil so’zlar kabi gap bo’lagi bo’la oladi B) Taqlid so’zlar juft yoki takror holda qo’llanishi mumkin C) Taqlid so’zlar yakka holda qo’llanishi mumkin D) Javoblarda ko’rsatilgan barcha xusuiyatlar taqlid so’zlarga xos 23 / 45 Buyruq-xitob undovlari qaysi qatorda berilgan? A) oh,uh,voy B) ehhe,ve C) xix.chuh,kisht D) dod,ohho’,eh 24 / 45 Qaysi gapda undov so‘z fikrdan qaytarish ma’nosini ifodalagan?1. Hay-hay, qanday mazali. 2. Hay-hay, tegma.3. Hay-hay, yigitlarbuyoqqa! 4. Hay-hay, shakkoklikqilmang. A) faqat 4 B) 1,2,3,4 C) 2,4 D) 2,3,4 25 / 45 His-hayajon undovlari ifodalaydigan hissiyotlar to'g'ri ko'rsatilgan javobni toping. A) quvonch, erkalash, g'azab-nafrat B) A,B,C C) hayron qolish, norozilik , orzu-istak D) erkalanish, rohatlanish, og'riq , cho'chish 26 / 45 Taqlid so'z qo'llanmagan gap berilgan javobni aniqlang. A) O'tin biroz nam tortgan ekan, biroz tutab, keyin chars-churs alanga olib yondi. B) Tongga qadar poyladik, tiq etgan tovush eshitilmadi. C) Bog'imizdagi olmalar pishib yetilgach, duv-duv to'kilishga boshladi. D) Uzoq vaqtga qadar davom etgan shivir-shivir tindi. 27 / 45 Aslida tovushga taqlid bo'lib, lekin gap ichida holatga taqlidni ifodalayodigan taqlid so'zlar berilgan javobni toping. A) To 'rtta savag 'ich bilan tap-tap urib, par singari titibdi. (Oydin) B) Namoz g 'azabi oshib, dag '-dag' qaltiray bdshladi. (X.T.) C) Birovning oldiga borib "vov-vov" qilib hursa, podshoh gunohkorni etmish ikki darra urdirar ekan. (N.A.) D) Shoikrqm onasining barmoqlari tars-turs yorilib ketganini endi payqadi. (O'.H.) 28 / 45 His-hayajon undovlari to’g’ri tasniflangan qatorni belgilang.1.oh, 2.tss, 3. voy 4. kisht 5. uf 6.chu A) 1,2-his-hayajon undovlari ; 3,4,5,6-buyruq-xitob undovlari B) 2,4,6-his-hayajon undovlari ; 1,3,5- buyruq-xitob undovlari C) 1,2,6-his-hayajon undovlari ; 3,4,5-buyruq-xitob undovlari D) 1,3,5-his –hayajon undovlari ; 2,4,6- buyruq –xitob undovlari 29 / 45 His-hayajon undovlari qanday hissiyotlarni ifodalaydi?1.quvonch 2.erkalash va erkalanish 3.jonivorlarni haydash-chaqirish 4.rohatlanish 5.norozilik,g’azab-nafrat 6.hayron qolish 7. og’riqdan azoblanish A) 1,4,5,6,7 B) 1,2,4,5 C) 1,2,4,5,6 D) 1,2,4,5,6,7, 30 / 45 Qaysi qatordagi gapda his-hayajon undovlari berilgan? A) Cho’pon qo’ylarni qurey-qurey deb haydadi. B) Hey, menga qara, Gulchehra, -dedi u. C) E,juda ajoyib ekan-ku, -dedi Elmurod ajablanib. D) Salim tovuqlarni tu-tu deb chaqirdi . 31 / 45 Qaysi javobda his-hayajon undovi qatnashmagan? A) E-e, yeb bo‘pti, ko‘kyol deydilar uni! - dedi Isoy bobo kuyib-pishib. B) Faryodim, fig‘onim butun bir jahon,Ey muhtaram shoir, izladim, keldim. C) 0! Ho‘kiz yo‘q, og‘il ko‘cha tomondan teshilgan. D) lye, butun boshli bir odam tirilib keladi-yu, ovoragarchiligi bormi? 32 / 45 Qaysi bandda taqlid so‘zga noto‘g‘ri izoh berilgan?1 g‘a-g‘a - o‘rdak ovoziga taqlid;2 di-dit - mashina signaliga taqlid;3 lip-lip - chiroq holatiga taqlid;4 jimir-jimir - suv holatiga taqlid. A) 1, 2 B) 2, 3 C) Barchasi to‘g‘ri D) faqat 4 33 / 45 Tovushga taqlidni bildiruvchi taqlid so`z qaysi gap tarkibida qo`llangan? A) Yalt-yult etib chaqmoq chaqdi. B) Bay-bay, zap choy bo`libdi-da. C) Bir tomondan chars-churs bilan gulhan yonardi. D) Osmonda yulduzlar g`uj-g`uj. 34 / 45 Takroriy bo`lmagan harakatga taqlidni bildiruvchi so`zni toping. A) lip-lip B) lov-lov C) yalt D) yalt-yalt 35 / 45 His-hayajon undovi qaysi gapda ishtirok etgan? A) Dastlab ular Umidjonni ko‘rganda pisandasiz: “E, bu mishiqi bola-ku”, - deyishar edi. B) - Hay, shoshma, - dedi Zebi. C) Abduqodir “tss” deb barmog‘ini labiga qo‘ydi D) Hoy, nima balo bo‘ldi? - deb alangladi Inoyat oqsoqol. 36 / 45 Tarkibida haydash chaqirish (buyruq xitob) undovi bo’lgan gaplarni aniqlang. A) Yer kurrasida qadim-qadim zamonlardan yangragan musiqiy "Qur ey!" bundan keyin ham tinmaydi B) Eh ,umr o’tdi ketdi oqar suvday ! C) Uf ,zerikib ketdim bu gap so’zlardan D) Balli, bu sharoitga moslashish belgisi 37 / 45 Quyidagi gap tarkibidagi undov qanday ma'noni ifodalash uchun ishlatilgan? Be, qo’ysang-chi o’shani. Barini o’zimiz qilamiz A) hayrat B) ishonchsizlik C) mamnunlik D) ishonch 38 / 45 Olmoshdan undovga ko’chgan so’z qaysi gapda mavjud? A) Hormang,ishlar ketyaptimi? B) Bizni unutmabsiz,yashang! C) Yo’qol,ko’zimga ko’rinma! D) Qani,bir chekkadan gapirib ber-chi! 39 / 45 Gumbur-gumbur, yal-yal, chars-churs, yarq-yurq, taq-tuq tuzilishiga ko'ra qanday taqlid so'zlar sanaladi? A) takror B) juft C) Bu so'zlar holat ravishlari sanaladi. D) ayrimlari takror, ayrimlari juft 40 / 45 Berilgan gapdagi undov ifodalagan ma'noni toping. Hm, endi tushundim. A) ogohlantirish B) achinish C) qanoatlanish D) chaqirish 41 / 45 Juft qo`llangan taqlid so`z berilgan gapni toping. A) G’ir etib o`tib ketdi. B) Bog` qushlarining chug`ur-chug`uriga to`lgandi. C) Arava g`ildiraklarining taqir- tuqiri eshitilardi. D) Quyosh damini g`ir-g`ir esgan shamol kesar edi. 42 / 45 Kishilami chaqirish yoki to'xtatish uchun qo‘llanadigan undovlar qatnashgan gapni toping. A) Hammasi o'tkinchi, xo‘sh, nima o'tkinchi emas? B) O’ , ma’lumotli ekansiz-ku! C) Eу, nega terakni nobud qilding? D) Oh, bizning odamlar, dilkash odamlar... 43 / 45 Tajjub ma’nosini ifodalovshi undov qatnashgan gapni toping. A) Obbo jiyan, ya keldingmi! B) le, bu qizning o’zi kichkina bo’lsa ham zab aqlli ekanmi! C) Eh, yashash qanday zavqli? D) Uv, do’stim! Menga bir qara 44 / 45 Qaysi qatordagi gapda buyruq-xitob undovlari qo’llangan? A) Hay-hay,juda manzarali joy ekanmi? B) Ey Luqmoni Hakim, sening Dong’ing tutdi olamni. C) Ko’chadagi g’ovur-g’uvur bosildi. D) Ura,biz g’alaba qozondik! 45 / 45 Buyruq, sharlli xitob ma'nolarini bildirgan undovlar qaysi javoblarda keltirilgan? A) Chuh,beh-beh,obbo B) Hey,bah-bah,xix C) Ts.ish,tish D) Hey,ey,kisht 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz