Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №13 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №13 InfoMaster Aprel 6, 2022 66 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 7-sinf Ona tili №13 SOF VA VAZIFADOSH BOG’LOVCHILAR BIRIKTIRUV BOG’LOVCHILAR AYIRUV BOG’LOVCHILAR ZIDLOV BOG’LOVCHILAR INKOR BOG’LOVCHISI YAKKA VA TAKROR BOG’LOVCHILAR Mavzular yuzasidan testlar 1 / 42 Donolik ramzi –so’z ,bilib so’zlansa , Nodonning o’zi ham so’zi qo’lansa Ushbu she’riy misralardagi yasama so’zlar sonini toping A) 1 ta B) 3 ta C) 2 ta D) 4 ta 2 / 42 Sifat so’z turkumlari berilgan qatorni toping. A) to’lqin,qoziq,maysa B) salqin,jimjit,durkun C) oltin,kumush,yoqut D) go’zallik,yaxshilik,xotirjamlik 3 / 42 1 Yaxshiyam universitet yaqinda 2 Yaqinda o’qishni tugatadi Ushbu gaplardagi yaqinda so’zi haqidagi qaysi fikr to’g’ri ? A) har ikkala gapda o’rin ravishi B) har ikkala gapda payt ravishi C) birinchi gapda payt ravishi ,ikkinchi gapda o’rin ravishi D) birinchi gapda o’rin ravishi ,ikkinchi gapda payt ravishi 4 / 42 Qatorda nor bo’lsa ,yoking yerda qolmaydi Ushbu maqolda qo’llangan nor so’zining ma’nodoshini toping A) raqib B) hamroh C) do’st D) tuya 5 / 42 Qaysi gapda u ko’rsatish olmoshi qo’llangan. A) U ko’pchilikning kuchini birinchi marta sezgan edi. B) Muattar uning shodlikdan uchqun sezilib turgan ko’zlariga qaradi. C) U majlisga raislik qilishning qiyinligini birinchi marta his qildi. D) U odamning suhbatini ko’pchilik yoshlar qumsar edi. 6 / 42 Qaysi so’roq gap tarkibida qo’llangan olmosh miqdorni aniqlash uchun ishlatilgan. A) Uni kim bergan edi sizga? B) Men qaysi otni minib borayin? C) Mana o’zingiz ayting -hozirning o’zida necha kishi kechikdi? D) Siz qachon ishga borasiz? 7 / 42 Quyidagi xususiyatlardan qaysi biri gumon olmoshlariga xos? A) faqat kim, nima olmoshlariga alla- yoki -dir qo 'shimchalarini qo 'shish yo'li bilan gumon olmoshlari hosil qilinadi B) A va B. C) narsa so'zi faqat alla- qo'shimchasi yordamida gumon olmoshiga aylanadi D) so'roq olmoshlariga va narsa so'ziga alla- yoki -dir qo'shimchalarini qo'shish yo'li bilan gumon olmoshlari hosil qilinadi 8 / 42 Qaysi javobda egalik qo’shimchasi olgan va olmagan otlar ishtirokodagi gaplar berilgan? A) Chaman- chaman gullar, suvlar quyoshda yashnab tovlanadi. B) Isrof-o’rinsiz va foydasiz yerlarga pul va mol sarf qilishdir. C) Mamlakatimiz g’oyat ulkan aql-zakovat, ma’naviy va madaniy imkoniyatlarga ega. D) Biz mavzud real xavf –xarakatlarga jiddiy qaraymiz. 9 / 42 Mingga kirmasak ham,Kirardik yuzga,Dunyoda bo‘lmasa dilozorlik.Nechta so'z bosh kelishik shaklida kelgan? A) 2ta B) 1 ta C) Bunday so'z qo'llanmagan D) 3ta 10 / 42 Qaysi gapda sof ko’makchi ishtirok etmagan? A) Yangiliklarni xat bilan ma’lum qilib turamiz. B) Bu uchun hammamiz ancha gap eshitamiz. C) Toshbaqa uyasi tomon sudraldi. D) Vatan ham Ona kabi qadirlidir. 11 / 42 Yig’ilganlar Navro’z bayrami to’g’risida suhbatlashdilar. Ushbu gapda ko’makchining qanday ma’noviy guruhi mavjud? A) maqsad B) sabab C) chegara D) fikr mavzusi 12 / 42 Chiqish kelishigidagi so`z bilan qo`llanadigan ko`makchini toping. A) uchun B) qadar C) sayin D) so`ng. 13 / 42 Bu jarang-jurung ovozlar uning g’ashini keltirmas, balki xayolini chalg’itib, unga orom bag’ishlardi.Ushbu gapdagi balki so’zi qanday vazifada kelyapti? A) modal so’z vazifasida B) mustaqil so’z turkumi vazifasida C) inkor bog’lovchisi vazifasida D) zidlov bog’lovchisi vazifasida 14 / 42 Oaysi gapda -yu yuklamasi biriktiruvchi bog’lovchi o’rnida qo’llangan.? A) Olma-anorlar g’arq pishib yotibdi-yu . B) Qor yog’di-yu, izlar bosildi C) Ko’ngil yig'laydi-yu,ko’zlarda yosh yo'q D) Sobir keldi-yu, Akram ko’rinmadi 15 / 42 Qaysi javobda vazifadosh zidlov bog'lovchilari keltirilgan? A) -u, -yu, -da, ba’zan B) -u, -yu, -da, na . . na C) -u, -yu, -da, xoh D) -u, yu, -da, balki 16 / 42 Inkor bog’lovchisi qo’llangan gap qatorini toping . A) Bilim qayiarish va takrorlash mevasidir B) Xalqlarning hech biri boshqasiai takrorlamaydi : na tii , na qiyofa va na mehrda C) Sog’lik undan bahramand kishiga ham , boshqalar uchun harii buyuk ne’matdir D) Hunar birla aqling birikkan hamon , Har ish bu jahonda yurishgay ravon. 17 / 42 Balki,siz haqdirsiz.2.Siz emas, balki u haqdir.Gaplardagi balki so’zi haqidagi qaysi hukm to’g’ri? A) 1- gapda modal so’z, 2- gapda zidlov bog’lovchisi. B) Har ikkovi gapda ham zidlov bog’lovchisi C) Har ikkovi gapda ham modal so’z D) 1- gapda zidlov bog’lovchisi, 2-gapda modal so’z 18 / 42 Qaysi qatorda bilan so’zi bog’lovchi vazifasida qo’llanmagan? A) O’qituvchi bilan o’quvchi o’tasidagi munosabat yaxshilandi. B) Nodira qizi bilan o’g’lini uyda qoldirdi C) Aql bilan qul bo’lmish ozod. D) Ruboiy bilan tuyuqning ne farqi bor ? 19 / 42 ...bir maslahatni aytib bo'ladi, ...ro'zg'or ishini. (Cho ‘lpon)Nuqtalar o‘rniga qaysi ayiruv bog’lovchisini qo‘yish mumkir A) goh...goh B) na...na C) ham...,ham. D) yo...yo 20 / 42 Takror holda qo’llanuvchi bog’lovchilar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping? A) biriktiruv B) zidlov C) ayiruv D) sabab 21 / 42 Zidlov bog’lovchisi qo’llangan gapni aniqlang. A) Na mashina boradi. na arava B) Dunyoda yaxshi kitoblar ko’p, lekin bu kitoblar uni o’qib biladigan kishilar uchungina yaxshidir C) Tuzsiz sho’r ovqatlar bemaza bo’ladi D) O’shanda yo men sinovdan o’tdim, yo siz sinovdan o’tdingiz 22 / 42 Biriktiruv bog’lovchi qatnashgan gapni aniqlang. A) Yo bir maslahatni aytib bo’ladi, yo ro’zg’or ishini. B) Mamlakatimizda bayramlar ko’p, lekin Navro’zning tarovati,shukuhi o’zgacha. C) Yaxshi xulq va adab sohibi qilib, Allo taologa muhabbat va e’tiqodimizni orttiradi. D) Na qo’shiq, na kulgi, na churq etgan ovoz eshitiladi. 23 / 42 Yakka holda qo’llangan takroriy bog’lovchi qaysi gapda mavjud? A) Televizor degan buyumni ko’rmaganmisan yoki eshitmaganmisan? B) Saida uyi tomon qayrildi biroq o’qituvchisini ko’rib to’xtadi C) Uylarning derazalaridan bolalar hamda xotin-qizlarning kulgusi eshitiladi D) Yig’ilganlar hammasi urushni o’ylardi, lekin hech kim og’iz ochmadi 24 / 42 Takroriy bog’lovchilar qaysi qatorda berilgan? A) yo. yoki. goh, dam B) ham ,chunki,biroq C) dam. ammo, va D) goh, agar, ham 25 / 42 Balki so’zi vazifadosh bog’lovchi sifatida qo’llangan gapni toping. A) Xalqni qo’rqitgan emas, balki xalq dardiga sherik bo’lgan odam marddir. B) Balki suzi vazifadosh borlovchi sifatida kullanil.maydi. C) Bo’lib utgan voqea, balki seni shoshirib qo’ydi? D) Balki, ertalab uziga isitib berish uchun shunaka deyayotgandir. 26 / 42 Qaysi gapda bilan so’zi bog’lovchi o’rnida ishlatilgan ? A) Abror otasining so’zi bilan hushiga keldi B) Ishchi bilan dehqonning mehnati teng emas C) Lobar bilan Chodakda tanishgan edim D) Kechasi bilan yig’lab chiqdi 27 / 42 Biriktiruv bog’lovhchilarga mansub birliklar berilgan qatorni toping. A) A,B,C B) u (-yu). –da C) bilan, ham D) va, hamda 28 / 42 Mazmuni zid bo’laklarni bog’lash uclun qo’llangan bog’lovchini belgilang c A) Goh kulib. goh kuldiradi B) Zaif yuragim balki chindan ham ko’tarolmasdi C) Bu qir tep-tekis emas. balki past-baland qirlar edi D) Balki baxt ham shudir 29 / 42 Bog’lovchi vazifasidagi -u, -yu yuklamalari qaysi bog’lovchilar o’rnida qo’llanilishi mumkin? A) zidlov bog’lovchilar o’rnida B) ayiruv bog’lovchilar o’rnida C) biriktiruv bog’lovchilar o’rnida D) A va C 30 / 42 Qaysi javobda keltirilgan gapda ma’noviy jihatdan bir guruhga mansub sof va vazifadosh bog'lovchi qatnashgan? A) Miilat tushunchasi hamisha Vatan bilan yonma-yondir, misoli jism-u jondir. B) Ona bilan bola - gul bilan lola. C) O'zi balo tog'ining va ofat bulog'ining boshida o'tirarmish, kun-u tun, yoz ham qish. D) Yupanch topdingmi dunyoga kelib,Ustoz yo sabog’idan yoki tengdoshdan 31 / 42 Ko’pincha zidlov bog’lovchisi o’rnida keladigan so’z berilgan javobni toping. A) balki B) biroq C) ammo D) lekin 32 / 42 Qaysi javobda yakka holda qo’llanadigan teng bog’lovchilar berilgan? A) lekin. hamda,va B) dam, biroq, yoki C) chunki, agar,ya’ni D) va, toki, shuning uchun 33 / 42 Berilgan gaplarning qaysilarida vazifadosh biriktiruv, qaysilarida vazifadosh zidlov bog’lovchilari qo'llangan?1) U anchadan keyin o'ziga keldi-yu, tepasida xotini turganini, qizchalari yig'layotganini payqadi.2) U kishi hamma bilan qo'l berib xayriashdi-da, menga qolganda burilib ketdi.3) Ba’zilar hordiq chiqarishga kirishadilar-u, ba’zilar podalari izidan cho’lga qarab ketadilar.4) Bir zumda havo sovidi-yu, quyuq tuman bosdi. A) 1, 4 - biriktiruv, 2, 3 - zidlov bog'lovchilari o'rnida B) 3, 4 - biriktiruv, 2 - zidlov bog'lovchilari o'rnida C) 1, 2 - biriktiruv, 3, 4 - zidlov bog'lovchilari o'rnida D) 1,3- biriktiruv, 2,4- zidlov bog'lovchilari o'rnida 34 / 42 Faqat yakka holda qo’llanuvchi bog’lovchilar qatorini toping. A) goh. yo. ba’zan B) shuning uchun, goh yo C) va, ammo, lekin D) dam, va, ham 35 / 42 Qaysi gapda -u (-yu) yuklamasi biriktiruvchi bog’lovchi vazfasida ishlatilgan? A) Aytay dedim-u. iloji bo’lmadi B) Qor yog’di –yu sovuq sezilmadi C) Bordi -yu kelmasa-chi? D) U erta-yu kech kitob o’qiydi 36 / 42 Qaysi gapda zidlov bog’lovchisi vazifasidagi so’z qo’llangan? A) Bo’rondan so’ng Olimjon brigadasidagi ishlar ozaymadi, balki yana ko’paydi. B) Berilgan barcha gaplarda C) Ma’nisiz hayot kechirish yomon turmush kechirish degani emas, ammo sekin-asta o’lish demakdir. D) U turmushidan, o’tgan umridan rozi, lekin ana shu roziligini tushuntirib berolmasdi. 37 / 42 Ayiruv bog’lovchilari to’g’ri berilgan qatorni toping. A) ammo. lckin. biroq B) na, goh. va. Biroq C) yo. yoxud. yoki. goh-goh, dam-dam D) va, hamda. bilan. yo. yoyinki 38 / 42 Qaysi javobda keltirilgan vazifadosh bog’lovchilardan keyin vergul qo’yilishi mumkin? A) -u(-yu), -da, balki B) -u(-yu), -da C) ammo, lekin, biroq, balki D) -u(-yu), -da, -ku, ya’ni 39 / 42 Suv - bu dunyodagi eng yumshoq modda, lekin qattiq narsalarni yengishda unga teng keladigani yo'q.Mazkur gapda qo'llanishiga ko'ra bog'lovchining qaysi turi qatnashgan? A) yakka bog'lovchi B) teng bog'lovchi C) ergashtiruvchi bog'lovchi D) zidlov bog'lovchisi 40 / 42 Ayiruv bog`lovchilari gap ichida qay holatda kelganida verguldan foydalaniladi? A) bu bog’lovchilar uyushiq bo’laklar orasida kelganida B) bu bog’lovchilar takror holda qo’llanganida C) B,C D) bu bog’lovchilar yakka holda qo’llanganida 41 / 42 Garchi zug'um qilganlarni yoqtirmadim,She’r yozdim-u bo'lak ishni qotirmadim.Gapda bog‘lovchining qo‘llanishiga ko‘ra qaysi turi ishtitok etgan? A) takror bog‘lovchisi B) ergashtiruvchi bogiovchi C) teng bog’lovchi D) yakka bog'lovchi 42 / 42 Qaysi gapda takror bog’lovchilar mavjud? A) U Navro’z bayrami yoki dehqonlar kuni deb ham yuritiladi B) Maktabning maqsadi tarbiya va faqat tarbiyadir. C) Goh shamol keladi ,goh yomg’ir yog’adi . D) Qo’lini yuvdi-da hovuchlab suv ichdi 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz