Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №12 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №12 InfoMaster Aprel 6, 2022 646 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf Ona tili №12 KO’MAKCHILAR BILAN BIRGA KELGAN SO’ZLARNING SHAKLLARI KO’MAKCHI BILAN BIRGA KELGAN SO’Z SO’ZLARNING SHAKLLARI (KO’MAKCHILARNING KELISHIKLAR BILAN QO’LLANISHI) MUSTAHKAMLASH BOG’LOVCHILAR TENG BOG’LOVCHILAR Mavzular yuzasidan testlar 1 / 41 Qaysi javobdagi barcha so'zlar noto'g'ri yozilgan? A) ishtaha, jaxd, jaholat B) vaxshiy, zuvillamoq, uxlamoq C) raxmat, ma’sul, ma’sud D) uchirmoq, taziya, tavsilot 2 / 41 Sifat darajalari qaysi qatorda to’g’ri sanalgan. A) oddiy, qiyosiy, ozaytirma, orttirma. B) oddiy, qiyosiy, orttirma. C) oddiy, qiyosiy, ozaytirma. D) sodda, qiyosiy, orttirma. 3 / 41 Qaysi qatordagi gapda chama son qo’llangan ? A) Ikkala qumg’on sharaqlab bir vaqtda qaynadi B) Qishlog’imizda o’nlab fermer xo’jaliklari mavjud C) Bu xola yillab kutdi D) Ular tonnalab bug’doy yetishtirib berishadi 4 / 41 Qaysi so'zning ma’nodoshi noto'g'ri berilgan? A) adil - tik, to'g'ri B) azim - ko'hna, qadimiy C) abzal - ustun, yaxshi D) nufuz -obro' 5 / 41 Quyida berilganlardan qaysi birlariga III shaxs sifatida qaraladi?1)nutqdan tashqaridagi barcha shaxs ;2)nutqdan tashqaridagi predmet; 3)nutqdan tashqaridagi voqea-hodisa;4)tinglovchi A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 1,4 D) 1,2,4 6 / 41 Qaysi o’rinda sabab-maqsad va belgi-xususiyat so’roqlari berilgan?1.kim? 2.nima? 3.nega? 4.qancha? 5.qanday ? 6.qayer? 7.qachon? A) 1. 7 B) 2,6 C) 3,5 D) 2,7 7 / 41 Qaysi gapda qo’shma olmosh mavjud? A) O’zboshimcha unmas, o’zbilarmon yolchimas. B) Siz o’zingizni tuproq bilan tenglashtirmoqchi bo’lgansiz, lekin men Kumushga ham qanoatlanmay, Oltinbibi deb atamoq fikriga tushdim. C) Hamma unga o’girilib qarar, ammo Sarkor Roziyadan boshqa hech kimni ko’rmas edi. D) Shu -shu buldi-yu, Tursunboyning qulog’idan Zebixonning ovozi nari ketmay qoldi. 8 / 41 Qaysi qatordagi so’zlarga egalik qo’shimchalari qo’shilganda, tovush tushishi yuz beradi? A) mashina, maydon B) ko’rik, shahar C) burun, ogiz D) soch, qosh 9 / 41 Egalik qo'shimchasi qo'llanmagan qatorni toping A) mening kitobim , o'z bog'im B) Bobur bog'i ,Orol dengizi C) Boburning kitobi ,Orolmirzoning qo’shig’i D) kitobning muqovasi,o’zining she’ri 10 / 41 Egalik va kelishik qo‘shimchalari shakldoshligi qaysi gapda kuzatiladi? A) 0‘g‘lima o‘xshaydi ovozing saning B) Uning arzimudur bunda yozilg‘on? C) Xonasin eshigin yopmayin ketmas. D) Kelib so‘rdingmi hech holimi? 11 / 41 Qanday so’zlar ko’makchi vazifasida kelishi mumkin ?1 otlar 2 ravishlar 3 ravishdoshlar A) 1,2 B) 1,2,3 C) 1,3 D) 2,3 12 / 41 Qaysi gapda ko'makchi ishtirok etmagan ? A) Marraga avval Salim keyin Shuhrat eng so'ng Behzod yetib keldi B) Urushdan oldin bu yer bo'm bo'sh edi C) Ishning boshiga srakor keldi D) Marraga Shuhratdan avval Salim, undan keyin Behzod yetib keldi 13 / 41 Sezmadim mozoringda 0‘chib qolgan sham kabi,G‘ofil o‘ylar ichidaSo‘nib qolganin qalbim. ( Xurshid Davron ) Nechta ko’makchi qo’llangan? A) 1 ta B) 2ta C) Ko‘makchi qo’llanmagan. D) 3 ta 14 / 41 Faqat sof ko’makchilar berilgan qatorni toping. A) sayin,uzra,qadar B) uchun,doir,so’ng C) kabi,bo’ylab,muvofiq D) sari,yarasha,tomon 15 / 41 Bosh kelishikdagi so`z bilan birikadigan ko`makchilar qatorini aniqlang. A) tufayli qarab, yarasha, beri, bilan. B) bilan, uchun, singari, haqida, tarzida. C) bilan, uchun, sayin, cho`g`li, so`ng. D) singari, haqida, tarzida, doir, so`ng. 16 / 41 Qaysi ko`makchilar chiqish kelishigi shaklidagi so`z bilan qo`llanadi? A) so`ng, beri. B) qadar,uchun C) sayin, sari. D) binoan, qarshi. 17 / 41 Bog'lovchilar vazifasiga ko'ra .. A) shart va aniqlov B) yakka va takror C) sof va vazifadosh D) teng bog'lovchi .ergashtiruvchi bog'lovchi 18 / 41 Qaysi ko'makchilar chiqish kelihigi shaklidagi so'zlar bilan birga keladi ? 1 so'ng 2 tomon 3 bilan 4 bo'lak 5 boshtab 6 keyin A) 1,4,5,6 B) 1,2,3 C) 2,3,4 D) 1,2 19 / 41 Teng bog’lovchilarning ma’no munosabatiga ko’ra turlari qaysi javobda berilgan? A) birikliruv ayiruv. zidlov. inkor bog’lovchilar B) yakka bog’lovchilar va takror bog’lovchilar C) Teng bog’lovchilar ergashtiruvchi bog’lovchilar D) sabab ,shart,aniqlov bog’lovchilar 20 / 41 Qaysi qatordagi bog’lovchilar teng bog’lovchilarga mansub emas? A) chunki. shuning uchun B) yo. yoki C) biroq. lekin D) va. ham 21 / 41 Qaysi gapda ko’makchi mavjud ? A) Gaplarning barchasida ko’makchi mavjud B) Bu ishlarga siz tufayli erishdim ,ustoz C) Oldinda chuqur soy ,orqada baland cho’qqi ,orada maydon D) Marraga avval Salim ,keyin Jahongir ,eng so’ng Oatbek yetib keldi 22 / 41 Bilimdonlikning sir-u asrori g'ayrat hamda matonat bilan o‘qish va o'rganishdadir. Ushbu gapda qatnashgan teng bog'lovchilarni ko'rsating. A) bilan, hamda B) -u, hamda, bilan C) -u, hamda, va D) -u, hamda, bilan, va 23 / 41 Qaysi bog'lovchilar uyushiq bo'laklarning birini tasdiqlab, ikkinchisini inkor qilib keladi? A) ergashtiruvchi bog'lovchilar B) ayiruv bog'lovchilari C) zidlov bog'lovchilari D) inkor bog'lovchisi 24 / 41 Qaysi bog’lovchilar teng bog’lovchilarga mansub emas? A) ayriuv bog’lovchilar B) bog’lovchilar-yuklamalar C) sabab bog’lovchilar D) zidlov bog’lovchilar 25 / 41 Bilan, singari ko`makchilar qaysi kelishikdagi so`zlar bilan birga qo`llanadi. A) jo`nalish, o`rin-payt, chiqish. B) bosh, jo`nalish, o`rin-payt kelishigidagi so`zlar bilan. C) bosh kelishikdagi so`zlar bilan D) tushum va qaratqich. 26 / 41 Qaysi ko`makchilar qaratqich kelishigidagi so`zga birikishi mumkin? A) kabi, singari. B) sari, qadar C) bilan, uchun D) sayin, tufayli. 27 / 41 Ko‘makchi qo‘llangan gaplarni aniqlang.1. U o‘qib bo‘ldi. 2. U men bilan borib keldi.3 U biz tomon asta yurib keldi. A) 1,2,3 B) faqat 1 C) l,3 D) 2,3 28 / 41 Teng bog’lovchilar nimasiga ko’ra biriktiruv, zidlov, ayruv hamda inkor bog’lovchilariga bo’linadi? A) B va C B) so’z va gaplarni tobe qilmasdan bog’lab kelgani uchun C) so’zlar o’rtasidagi mazmuniy munosabatlatni ro’yobga chiqarganligi uchun D) gaplar o’rtasidagi mazmuniy munosabatlarni ro’yobga chiqarganligi uchun 29 / 41 Jo‘nalish kelishigidagi ismlar bilan birga qo‘llana oladigan ko'makchilar berilgan qatorni toping. A) tomon, yarasha, muvofiq, doir, asosan B) qaramay, asosan, doir, tomon, uzra C) ko‘ra, yarasha, asosan, qarab, sari D) ko‘ra, qaramay, yarasha, bo‘ylab, muvofiq 30 / 41 Qaysi gapda ko‘makchi qo‘llangan? A) Bu bir hikoyat va yo rivoyatdir, balkim tiriklik ko‘yidagi aytilgan qo‘shiqdir. B) Endi xat jo‘natmayman, toki meni tezroq unutsin. C) Bilar edim, shuning uchun indamadim. D) Biz ona yurt, aziz Vatan debon sog‘inch va orziqishlarda yashaymiz. 31 / 41 Chiqish kelishigidagi so`zlar bilan qo`llanadigan ko`makchini toping. A) uzra B) bilan C) chamasi D) o`zga 32 / 41 Teng bog’lovchilar qanday vazifa bajaradi? A) ot va otlashgan so’zlardan keyin kelib. ularning boshqa so’zlar bilan munosabatini ko’rsatadi B) tobe gapli qo’shma gap qismlarini bog’lash uchun xizmat qiladi C) so’z va gaplarga qo’shimcha ma’no yuklash uchun xizmat qiladi D) so’zlarni teng munosabatli qo’shma gap qismlarini boglash uchun xizmat qiladi 33 / 41 Bosh va qaratqich kelishigidagi so`z bilan qo`llanadigan ko`makchini toping. A) beri B) sayin. C) binoan D) kabi 34 / 41 Chiqish kelishigidagi so`z bilan qo`llanadigan ko`makchini toping. A) sayin B) qadar C) uchun D) so`ng. 35 / 41 Qaysi gapda ko’makchi ishtirok etmagan? A) Ark suv quygan kabi jimjit. B) Otxonaga Umid bilan cho’pon kirib ketishdi. C) Temur tig’i yetmagan joyni qalam bilan oldi Alisher. D) Gap futbol o’yini ustida ketardi. 36 / 41 Qaysi gapda ko’makchi mavjud emas? A) Otni soy bo’yiga bog’ladi-da, o’zi yuqoriga chiqib ketdi. B) Badia bilan Ma’suma beka arava tagiga kirib yashirindi. C) Fursat g’animatdir, shoh satrlar-la bezamoq chog’idir umr daftarin D) Yomonlarning qoshida yalinish yaxshilar ishi emas. 37 / 41 Bog‘lovchi ishtirok etmagan gap qaysi qatorda berilgan? A) Bu qizcha shu topda undan jon so‘rasa, balki ayamasdi. B) Goh tentirab ketaman uzoq, Yerni quchib o'paman goho. C) Xoh o'zing bor, xoh ukangni jo'nat. D) Avvalo shuki, kovush tikishga na charm bor, na sirach, na lok. 38 / 41 Qaysi qatorda vazifadosh ko’makchilar berilgan? A) ost,ro’para,bilan,kabi B) ust,oldin,avval,qosh C) avval,qadar,bo’ylab,deb D) so’ng,qarab,orqali,sari 39 / 41 Qaysi ko`makchilar faqat bosh kelishikdagi so`zlar bilan qo`llanadi. A) binoan, qarshi. B) so`ng, beri. C) qadar. D) sayin, sari. 40 / 41 Qaysi gapda teng bog’lovchi qo’llangan? A) Menga Pushkin bir jahon-u, Menga Bayron bir jahon, Lek Navoiydek bobom bor, Ko’ksi qalqon O’zbegim. B) Barcha gaplarda teng bog’lovchi mavjud. C) Haqiqat tikanli gulga o’xshaydi, shuning uchun ham u hidlashni bilmaganlarning burniga sanchiladi. D) El netib topgay menikim, Gar o’zimni topmasam 41 / 41 Qaysi javobda teng bog'lovchilar haqidagi to'g'ri hukmlar ko'rsatilgan?1) bilan ko'makchisi uyushiq bo'laklarni bog'lab kelganda bog'lovchi vazifasini bajaradi; 2) teng bog'lovchilar uyushiq bo'lak va gaplarning mazmuniy munosabatlarini ham ro'yobga chiqaradi;3) ko'makchi, yukiama, modal so'zlar vazifadosh bog'lovchi vazifasida ham kelishi mumkin; 4) mazmuniy munosabat ifodalashiga ko'ra bog'lovchilar teng va ergashtiruvchi bog'lovchilarga bo'linadi;5) zidlov bog'lovchilari uyushiq bo'laklarni emas, qo'shma gap qismlarini bog'laydi. A) 1,2,3 B) 1,2, 3,4 C) 1,2,3, 4, 5 D) 1, 2, 3, 5 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz