Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №11 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №11 InfoMaster Aprel 6, 2022 170 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf Ona tili №11 VAZIFADOSH KO’MAKCHILAR KO’MAKCHILARNING MA’NO TURLARI KO’MAKCHILAR VA QO’SHIMCHALARNING MA’NODOSHLIGI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 40 Qaysi qatordagi barcha so'zlarda “ng” tovushi ishtirok etgan? A) unga, donga, o'tinga B) nonga, keng, tushuncha C) ongga, yurting, o’zingga D) maymunga, yurganga, borganga 2 / 40 Shaxs otlari berilgan qatorni aniqlang A) bobo,onajonim,,yigit B) shohko’cha,yo’lak,darcha C) Yer,Quyosh,Oy D) yulduz,sayyora,samo 3 / 40 Quyidagi gapda ko’tarmoq so’zining qaysi ma’nosi ifodalangan? Xo’jaligimiz har gektar yerdan 30 sentenerdan hosil ko’tardi A) yetishtirmoq B) hazm qilmoq C) yo’qotmoq D) oshirmoq 4 / 40 Qaysi gapda “mo’ysafid “ so’zini sinonimi bilan almashtirib bo’lmaydi? A) Uning oti ancha qari edi B) Oqsoqollarni to’rga chiqardik C) Keksalar bilan maslahatlashdim D) Chol hassaga tayanib ,sekin-asta qadam tashlar edi 5 / 40 Quyida berilganlardan qaysi birlariga III shaxs sifatida qaraladi?1)nutqdan tashqaridagi barcha shaxs ;2)nutqdan tashqaridagi predmet; 3)nutqdan tashqaridagi voqea-hodisa;4)tinglovchi A) 1,2,3,4 B) 1,4 C) 1,2,4 D) 1,2,3 6 / 40 Kelishik qo’shimchalarini qabul qimaydigan so’roq olmoshini toping. A) nega? B) qancha? C) qachon? D) necha? 7 / 40 Qaysi gapda gumon olmoshi ishtirok etgan? A) Nima kishiga ko'p ziyon keltiradi ? B) Uzoqdan allaqanday qora ko'rindi C) Har kim o'z qilmishiga yarasha mukofot oladi D) Oybek o'z ijodi bilan butun bir kutubxona yaratdi 8 / 40 Uch shaxsdan biriga ishora qiluvchi olmoshlar ...... A) o’zlik olmoshi B) belgilash olmoshlari C) kishilik olmoshlari D) ko’rsatish olmoshlari 9 / 40 Egalik qo'shimchasi qo'llanmagan qatorni toping A) Boburning kitobi ,Orolmirzoning qo’shig’i B) Bobur bog'i ,Orol dengizi C) mening kitobim , o'z bog'im D) kitobning muqovasi,o’zining she’ri 10 / 40 Sof ko'makchilar haqida qaysi hukm noto'g'ri ? A) Sof ko'makchilar urg'u olmaydi B) Sof ko'makchilar yolgiz o'zi gap bo'lagi bolib kela olmaydi C) Sof ko'makchilar she'riy nutqda ba'zi hollarda chiziqcha bilan yozilishi mumkin D) Sof ko'makchilar tobe o'zni hokim so'zga bog'lashga xizmat qiladi 11 / 40 Qaysi gapdagi ko’makchi jo'nalish kelishigiga ma'nodosh bo'la oladi ? A) Shu kichik yo'iak orqali o'tsangiz ,katta ko'chaga chiqasiz B) Bularning barchasi siz uchun C) Kechga qadar ishlaclik D) Bu yangilikni telivizor orqali cshitdik 12 / 40 Vazifadosh ko’makchilar berilgan qatorni toping. A) ko’ra, deb, bo’ylab, qarab B) sababli, tufayli, uchun C) sari, sayin, bilan D) uzra, haqida, qadar 13 / 40 Qaysi qatorda nuqtalar o`rniga jo`nalish, chiqish kelishigi va uchun ko`makchisini o`zaro sinonim sifatida ishlatilishi mumkin. A) u…yaxshi B) kelgani...xursand C) hamma…foydali D) maktab…kerak 14 / 40 Sabab ma’nosini anglatgan uchun ko’makchisi qatnashgan gapni toping A) Anvar yuzidagi kulgini yashirish uchun chetga qaradi B) Yig’ilish uchun imkon yaralmadi C) Muhayyo bu libosni havas uchun sotib oldi D) G’oza erta ekilgani uchun hosil mo’l bo’ldi 15 / 40 Ko’makchilarning qanday ma’no guruhlari mavjud?1.maqsad 2.yo’nalish 3.fikr mavzusi 4.o’xshatish, qiyoslash 5.chegara A) 1,4,5 B) 1,2,5 C) 1,2,3,4,5 D) 1,2,4,5 16 / 40 Qaysi kelishik qo‘shimchasi yo‘nalish ma’nosida tomon, bo ‘ylab ko'makchilari bilan ma’nodosh hisoblanadi? A) o‘rin-payt B) jo‘nalish C) tushum D) chiqish 17 / 40 Vosita ma’nosini ifodalagan bilan ko’makchisi qaysi qatorda mavjud ? A) Dehqon bilan ishchining mehnati baravar emas B) Ismat bobo hassasi bilan eshikni ochib kirib keldi C) Yuragi bir ajib his bilan to’la edi D) Muhayyo bu bolaga havas bilan qaradi 18 / 40 Qaysi qatordagi ko’makchi chegara ma’nosini ifodalagan? A) Maktab tomon yo’l oldik B) Uygacha suhbatlashib bordik C) Shu kichik yo’l orqali o’tasiz D) Kechga qadar tinimsiz ishladik 19 / 40 Faqat vazifadosh ko’makchilar ishtirok etgan qatorni aniqlang. A) sababli, oldida, uchun, qarab B) bilan, orqa, tepada, o’rtada C) sari, boshida, qadar, maqsadida D) ustida, ichida, qoshida, tomon 20 / 40 Qanday so’zlar ko’makchi vazifasida kelishi mumkin ?1 otlar 2 ravishlar 3 ravishdoshlar A) 2,3 B) 1,2 C) 1,2,3 D) 1,3 21 / 40 Qaysi misolda ko’makchilarning o’rniga kelishik qo’shimchasini qo’llab bo’lmaydi ? A) Ukam uchun kitob oldim B) Paxta mashina bilan terildi C) Oyinayi jahon orqali yangiliklar berildi D) O’zbek dehqonlari mo’l hosil uchun dala ishlarini boshlab yubordi 22 / 40 -dek qo’shimchasi qaysi ko’makchi bilan ma’nodoshlik hosil qiladi? A) yanglig’ B) bo’ylab C) yarasha D) asosan 23 / 40 Ustida so’zi qaysi qatorda ko’makchi vazifasida qo’llangan ? A) Kitob stolning ustida turibdi B) U kechgacha ish ustida o’tirdi C) Qo’ng’iz yaproqning ustida o’rmalardi D) Lolalar qirning ustida ochilgan 24 / 40 Jo’nalish kelishigi qo’shimchasi qaysi ko’makchi bilan ma’nodosh hisoblanadi ? A) bo’ylab B) muvofiq C) tufayli D) kabi 25 / 40 Qaysi qatorda vazifadosh ko’makchi otlashgan so’zdan keyin qo’llangan ? A) Bitmas –tuganmas bilimning tagida mashaqqat yotadi B) To’ydan keyin nag’ora chalmoq –nodonlar ishi C) Yomonlarning qoshida yalinish yaxshilarning ishi emas D) Insonning fe’l atvoriga qarab unga baho berishadi 26 / 40 Qaysi gapdagi vazifadosh ko’makchini sof ko’makchi bilan almashtirish mumkin? A) A va B B) Orqadan chuqur soy oqardi C) Qoziq ustida qor turmas D) Gap futbol o’yini ustida ketardi 27 / 40 Qaysi gapdagi kelishik qo`shimchasini ko`makchi bilan almashtirsa bo`ladi? A) Shu yo`ldan yurib murodga yetdik. B) A, B,C C) Sizga atalgan qo`shiqlarim bor. D) Saharlab shaharga yo`l oldik. 28 / 40 Quyidagi gapda ko`makchining qanday ma’no uchun xizmat qilayotganini aniqlang. Bahorga qadar sabr qilishga to`g`ri keladi. A) payt B) chegara C) sabab D) qamrov 29 / 40 Ko’makchilarga ma’nodosh bo’ladigan qo’simchalar berilgan qatorni toping. A) –ga, -da, -dan B) A va B C) –day, -dek, -ni D) –cha, -chi, -gan 30 / 40 1 Devor usti yomg’irdan iviy boshladi 2 Kitob ustida uzoq ishladi 3 Nosir o’z ustida ko’p ishladi Ushbu gaplardagi ushbu so’zi qaysi javobda to’g’ri izohlangan ? A) har uchala gapda vazifadosh ko’makchi B) 1 va 2 gaplarda vazifadosh ko’makchi ,3-gapda mustaqil so’z C) 1 va 3 gaplarda vazifadosh ko’makchi ,2-gapda mustaqil so’z D) 2 va 3 gaplarda vazifadosh ko’makchi ,1-gapda mustaqil so’z 31 / 40 Qaysi gapda maqsad ma’nosini bildiruvchi ko’makchi qatnashgan? A) Bu kitob qo’liga tushgandan keyin, bosh ko’tarmay mutolaaga berildi. B) Fursat g’animatdir, shoh satrlar-la bezamoq chog’idir umr daftarin. C) Kitob ustida uzoq ishladi. D) Dadam dam olish uchun Kosonsoyga jo’nab ketdi. 32 / 40 Quyidagi gaplarning qaysi birida jo`nalish kelishigi qo`shimchasini ko`makchi bilan almashtirsa bo`ladi? A) Men o`zimning kimligimni sizga aytdim. B) Qarab tur, seni otangga chaqmasammi! C) Gapingizga qaraganda uzoqdan kelibsiz. D) Olimga vijdon ham o`tkir ilm kabi zarur 33 / 40 Kelishik qo`shimchasi o`rnida ko`makchini qo`llash mumkin? A) Mehnat, kitob, do`stlik haqida suhbat qizg`in davom etdi. B) Do`stining holatini diqqat bilan kuzatib turgan Hotam. C) Radiodan sening quvnoq ovozingni hamma eshitdi. D) Saida kulib yubormaslik uchun labini tishladi. 34 / 40 Atalganlik ma’nosida qo’llangan ko’makchini toping A) Nodira ukasi uchun qalam sotib oldi B) Onajonim hammamiz uchun birdek aziz C) O’qish uchun keldim D) Toshkentga akam bilan birga bordik 35 / 40 Ko’makchilar asosan qaysi kelishiklar bilan vazifadosh hisoblanadi ? A) Barcha kelishiklar bilan B) jo’nalish va chiqish kelishiklari bilan C) jo’nalish , chiqish , o’rin payt kelishiklari bilan D) tushum ,jo’nalish , chiqish , o’rin payt kelishiklari 36 / 40 Vazifadosh ko’makchilar berilgan qatorni toping. A) haqida, to’g’risida B) qadar, uzra C) –la, - chun D) deya, deb, atab 37 / 40 Qaysi gaplarda vazifadosh ko'makchi ishtirok etgan? 1 Yomonlaming qoshida yalinish yaxshilar ishi emas. 2. Barchasidan qovun soz, Paykal uzra dumalar. 3. To‘ydan keyin nog‘ora chalmoq nodonlar ishi. 4. Bitmas-tuganmas bilimning tagida mashaqqatli mehnat yotadi. A) 1, 3, 4 B) 1,2,3 C) 1, 2, 4 D) 1,2, 3,4 38 / 40 Fikr mavzusi ma’nosini ifodalaydigan ko’makchilar berilgan qatorni toping. A) tufayli, uchun B) haqida, to’g’risida C) sari, bo’ylab D) xususida, o’xshab 39 / 40 Vazifadosh ko'makchilar gapda ko'pincha qaysi gap bo'lagi vazifasida keladi ? A) O'zi bog'langan so'z bilan birga hol bo'lib keladi B) O'zi bog'langan so'z bilan birga kesim bo'lib keladi C) O'zi bog'langan so'z bilan birga aniqlovchi bo'lib keladi D) O'zi bog'langan so'z bilan birga to'ldiruvchi bo'lib keladi 40 / 40 Yig’ilganlar Navro’z bayrami to’g’risida suhbatlashdilar. Ushbu gapda ko’makchining qanday ma’noviy guruhi mavjud? A) maqsad B) fikr mavzusi C) sabab D) chegara 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz