Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №11 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №11 InfoMaster Aprel 6, 2022 97 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 7-sinf Ona tili №11 VAZIFADOSH KO’MAKCHILAR KO’MAKCHILARNING MA’NO TURLARI KO’MAKCHILAR VA QO’SHIMCHALARNING MA’NODOSHLIGI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 40 Paydo bo'lish usuliga ko’ra undoshlar qanday turlarga bo'linadi? A) jarangli, jarangsiz B) sonor, shovqinli C) sof va shovqinlilar D) portlovhi, sirg'aluvchi 2 / 40 Qaysi qatorda juft sifat ishtirok etmagan? A) Shu sevinch ikkovlariga ham kuch-g'ayrat ,dadillik baxh etgandek bo'ldi B) Ba'zan pi ilka shokoladni ,arzon-garov qo'g'irchoqni olib keladi C) Menga o'xshash esli -hushli yigitga zoriqib o'tirgan ekan D) Qo'llari kctmon ,o'roq ,ayri ushlayverganlaridan g'adir-budir haqiqiy dchqon edilar 3 / 40 Darja -miqdor ravishi qatnashgan gapni aniqlang A) Maqsadimiz –tinch yashash ,o’qish va baxtli bo’lish B) Ulg’aygach kashfiyotlar qilamiz ,kurashamiz va g’alaba qozonamiz C) Fidokorona mehnat qilayotgan odam doim niyati tomon intiladi D) Eshik sal ochildi 4 / 40 Zid ma’noli so’zlar berilmagan gapni toping. A) Hozir ketmasang, keyin kech bo’ladi B) Asrlar davomida tutqun bo’lib yashagan xalq ozod bo’di. C) Uning kiyimlari toza kir bo’lib ketgan ekan D) Qarilar izzatda, yoshlar xizmatda 5 / 40 Qaysi gapdagi kishilik olmoshlariga ta’kid ma’nosi yuklanmoqda? A) O’zimni moziyning bag’riga urdim, Va shu on shukrona aytib qaytdim men. B) Bu ishlarning hammasini mening o’zim bajarganman. C) Men ko’rmagan baxtni kimdir ko’rajak, Men aytmagan so’zni aytajak kimdir. D) -Sening qancha puling bor edi? - deb so’radi mirshab sho’rlik kosib yigitdan. 6 / 40 Qaysi qatordagi gapda belgilash olmoshi qo’llanmagan? A) Bunda har bir nuqta ko’z kabi jonli . B) Har qaysimiz o’zimiz sevgan kasb to’g’risida insho yozdik . C) U har gal marraga birinchi bo’lib kelardi . D) Butun bir inshoni madhiyamizga bag’ishladik . 7 / 40 Bo’lishsizlik olmoshi qaysi gapda berilgan. A) Hech kim hech qachon unitilmaydi. B) Allaqanday tovushlar, hayqiriqlar eshitildi. C) Poydevor qurilishi o’z vaqtida bajarildi. D) Bizga birov ish buyursa, darrov ho’p bo’ladi, deymiz. 8 / 40 Olmoshlarning qaysilari takroriy holda qo’llanadi ? A) o’zlik, belgilash. B) so’roq, ko’rsatish. C) kishilik, ko’rsatish. D) gumon, o’zlik. 9 / 40 Qaysi so’zlarga egalik qo’shimchasi qo’shilganda fonetik o’zgarish yuz bermaydi?1.ishtirok 2. chelak 3.nok 4.ocherk 5.yuk 6.chaqmoq 7.erk A) 1,2,3,7 B) 1,3,4,5,7 C) 1,2,3,4,5,6,7 D) 3,4,5,7 10 / 40 1 Uzum ye. 2. Uzumni ye. 3 Uzumdan ye.Ushbu gaplar ma’nosida qanday farq mavjud? A) 1-sida har qanday uzum va uning bir qismi, 2-sida aniq uzum va uning bir qismi, 3-sida aniq uzum va hammasi B) Ma’noiar orasida farq kuzatilmaydi. C) 1-sida har qanday uzum, 2-sida aniq uzum va hammasi, 3-sida aniq uzum va uning bir qismi. D) 1-sida aniq uzum va uning bir qismi, 2-sida aniq uzum va hammasi, 3-sida har qanday uzum va uning bir qismi. 11 / 40 Qaysi qatorda nuqtalar o`rniga jo`nalish, chiqish kelishigi va uchun ko`makchisini o`zaro sinonim sifatida ishlatilishi mumkin. A) u…yaxshi B) hamma…foydali C) maktab…kerak D) kelgani...xursand 12 / 40 Ko’makchilarga ma’nodosh bo’ladigan qo’simchalar berilgan qatorni toping. A) –day, -dek, -ni B) –ga, -da, -dan C) –cha, -chi, -gan D) A va B 13 / 40 Qaysi qatorda kelishik qo`shimchasini ko`makchi bilan almashtirish mumkin? A) Olimjon Farg`onadagi ukasi bilan telefonda gaplashdi. B) Bog`imizdagi olmadan yaxshi xosil oldik. C) Mehnat hamisha inson hayoti va madaniyatining asosi. D) O`ktam gulzor yoniga darov joy hozirladi. 14 / 40 Qaysi kelishik qo‘shimchasi yo‘nalish ma’nosida tomon, bo ‘ylab ko'makchilari bilan ma’nodosh hisoblanadi? A) jo‘nalish B) o‘rin-payt C) chiqish D) tushum 15 / 40 O’xshatish,qiyoslash ma’nosini ifodalovchi ko’makchini toping A) qadar B) to’g’risida C) yanglig’ D) qarab 16 / 40 Atalganlik ma’nosida qo’llangan ko’makchini toping A) Nodira ukasi uchun qalam sotib oldi B) Onajonim hammamiz uchun birdek aziz C) Toshkentga akam bilan birga bordik D) O’qish uchun keldim 17 / 40 Fikr mavzusi ma’nosini ifodalaydigan ko’makchilar berilgan qatorni toping. A) haqida, to’g’risida B) xususida, o’xshab C) tufayli, uchun D) sari, bo’ylab 18 / 40 Yig’ilganlar Navro’z bayrami to’g’risida suhbatlashdilar. Ushbu gapda ko’makchining qanday ma’noviy guruhi mavjud? A) chegara B) sabab C) fikr mavzusi D) maqsad 19 / 40 Vazifadosh ko’makchilar berilgan qatorni toping. A) –la, - chun B) deya, deb, atab C) qadar, uzra D) haqida, to’g’risida 20 / 40 Faqat vazifadosh ko’makchilar ishtirok etgan qatorni aniqlang. A) bilan, orqa, tepada, o’rtada B) ustida, ichida, qoshida, tomon C) sari, boshida, qadar, maqsadida D) sababli, oldida, uchun, qarab 21 / 40 Quyidagi gaplarning qaysi birida jo`nalish kelishigi qo`shimchasini ko`makchi bilan almashtirsa bo`ladi? A) Qarab tur, seni otangga chaqmasammi! B) Olimga vijdon ham o`tkir ilm kabi zarur C) Gapingizga qaraganda uzoqdan kelibsiz. D) Men o`zimning kimligimni sizga aytdim. 22 / 40 Qaysi gapdagi ko’makchi jo'nalish kelishigiga ma'nodosh bo'la oladi ? A) Bularning barchasi siz uchun B) Shu kichik yo'iak orqali o'tsangiz ,katta ko'chaga chiqasiz C) Bu yangilikni telivizor orqali cshitdik D) Kechga qadar ishlaclik 23 / 40 Quyidagi gapda ko`makchining qanday ma’no uchun xizmat qilayotganini aniqlang. Bahorga qadar sabr qilishga to`g`ri keladi. A) qamrov B) sabab C) chegara D) payt 24 / 40 Qaysi gapdagi kelishik qo`shimchasini ko`makchi bilan almashtirsa bo`ladi? A) Shu yo`ldan yurib murodga yetdik. B) Saharlab shaharga yo`l oldik. C) A, B,C D) Sizga atalgan qo`shiqlarim bor. 25 / 40 Vosita ma’nosini ifodalagan bilan ko’makchisi qaysi qatorda mavjud ? A) Yuragi bir ajib his bilan to’la edi B) Muhayyo bu bolaga havas bilan qaradi C) Dehqon bilan ishchining mehnati baravar emas D) Ismat bobo hassasi bilan eshikni ochib kirib keldi 26 / 40 Jo’nalish kelishigi qo’shimchasi qaysi ko’makchi bilan ma’nodosh hisoblanadi ? A) bo’ylab B) kabi C) tufayli D) muvofiq 27 / 40 Vazifadosh ko’makchilar berilgan qatorni toping. A) sababli, tufayli, uchun B) ko’ra, deb, bo’ylab, qarab C) sari, sayin, bilan D) uzra, haqida, qadar 28 / 40 Kelishik qo`shimchasi o`rnida ko`makchini qo`llash mumkin? A) Saida kulib yubormaslik uchun labini tishladi. B) Do`stining holatini diqqat bilan kuzatib turgan Hotam. C) Radiodan sening quvnoq ovozingni hamma eshitdi. D) Mehnat, kitob, do`stlik haqida suhbat qizg`in davom etdi. 29 / 40 Qaysi gapdagi vazifadosh ko’makchini sof ko’makchi bilan almashtirish mumkin? A) Orqadan chuqur soy oqardi B) A va B C) Qoziq ustida qor turmas D) Gap futbol o’yini ustida ketardi 30 / 40 Ko’makchilar asosan qaysi kelishiklar bilan vazifadosh hisoblanadi ? A) jo’nalish , chiqish , o’rin payt kelishiklari bilan B) Barcha kelishiklar bilan C) tushum ,jo’nalish , chiqish , o’rin payt kelishiklari D) jo’nalish va chiqish kelishiklari bilan 31 / 40 Sabab ma’nosini anglatgan uchun ko’makchisi qatnashgan gapni toping A) Yig’ilish uchun imkon yaralmadi B) Muhayyo bu libosni havas uchun sotib oldi C) Anvar yuzidagi kulgini yashirish uchun chetga qaradi D) G’oza erta ekilgani uchun hosil mo’l bo’ldi 32 / 40 Vazifadosh ko'makchilar gapda ko'pincha qaysi gap bo'lagi vazifasida keladi ? A) O'zi bog'langan so'z bilan birga aniqlovchi bo'lib keladi B) O'zi bog'langan so'z bilan birga hol bo'lib keladi C) O'zi bog'langan so'z bilan birga kesim bo'lib keladi D) O'zi bog'langan so'z bilan birga to'ldiruvchi bo'lib keladi 33 / 40 Boshqa so’z turkumidan ko’makchiga o’tgan so’zlarni tartibi bilan belgilang .1.tomon 2.qarshi 3. qarata 4.burun A) ot, ravish. fe’l, otdan o’tgan B) ot, sifat, fe’l, ravishdan o’tgan C) ravish, ot, sifat, otdan o’tgan D) ravish, sifat, fe’l, ravishdan o’tgan 34 / 40 Qaysi qatordagi o’xshatish qo’shimchasini ko’makchi bilan almashtirish mumkin? A) Unday demang, hamma ham birday emas. B) –Jinday kuting, hozir majlis tugaydi, - dedi kotiba mehmonga. C) Qanday hislatlarni rivojlantirish lozimligini kishi yaxshi bo’lmog’ va shunga intilmog’ zarur. D) Bunday befarosatlar onda-sonda uchrab tiradi. 35 / 40 Qaysi gapda kelishik qo’shimchasi o’rniga ko’makchi qo’llash mumkin? A) Shavla odatda qoshiqda yeyiladi. B) Koinot lochinlarini qizg’in kutib oldik. C) Aql miyada, ta’m tilda, kuch qo’lda bo’ladi. D) Yozdagi mehnating hech kimga kelmaydi malol. 36 / 40 Ko’makchilarning qanday ma’no guruhlari mavjud?1.maqsad 2.yo’nalish 3.fikr mavzusi 4.o’xshatish, qiyoslash 5.chegara A) 1,4,5 B) 1,2,5 C) 1,2,3,4,5 D) 1,2,4,5 37 / 40 -dek qo’shimchasi qaysi ko’makchi bilan ma’nodoshlik hosil qiladi? A) yarasha B) asosan C) bo’ylab D) yanglig’ 38 / 40 Qaysi qatordagi ko’makchi chegara ma’nosini ifodalagan? A) Maktab tomon yo’l oldik B) Kechga qadar tinimsiz ishladik C) Shu kichik yo’l orqali o’tasiz D) Uygacha suhbatlashib bordik 39 / 40 Qaysi misolda ko’makchilarning o’rniga kelishik qo’shimchasini qo’llab bo’lmaydi ? A) Oyinayi jahon orqali yangiliklar berildi B) Paxta mashina bilan terildi C) O’zbek dehqonlari mo’l hosil uchun dala ishlarini boshlab yubordi D) Ukam uchun kitob oldim 40 / 40 1 Devor usti yomg’irdan iviy boshladi 2 Kitob ustida uzoq ishladi 3 Nosir o’z ustida ko’p ishladi Ushbu gaplardagi ushbu so’zi qaysi javobda to’g’ri izohlangan ? A) 1 va 3 gaplarda vazifadosh ko’makchi ,2-gapda mustaqil so’z B) 2 va 3 gaplarda vazifadosh ko’makchi ,1-gapda mustaqil so’z C) har uchala gapda vazifadosh ko’makchi D) 1 va 2 gaplarda vazifadosh ko’makchi ,3-gapda mustaqil so’z 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz