Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №10 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №10 InfoMaster Aprel 6, 2022 267 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf Ona tili №10 JO’NALISH VA CHIQISH KELISHIGI SHAKLI MUSTAHKAMLASH YORDAMCHI SO’Z TURKUMLARI KO’MAKCHILAR SOF KO’MAKCHILAR Mavzular yuzasidan testlar 1 / 39 Lug’aviy shakl qo’shimchalariga qaysilar kiradi? A) –chi, dosh, -simon B) –man,-san, -miz C) –lar, -roq, -cha, -choq D) –ni, -ga, -dan, -ning 2 / 39 Quyidagi gapda yo’l so’zining qaysi ma’nosi ifodalangan? U paytlarda otda yurilsa ,uch kunlik yo’l edi A) yo’nalish B) usul C) masofa D) safar 3 / 39 Oltita bola va uch-to’rt qiz bayramga tayyorgarlik ko’rishardi. Ushbu gapda sonning qaysi ma’noviy guruhlari mavjud? A) sanoq va tartib son B) taqsim va kasr son C) dona va chama son D) jamlovchi va chama son 4 / 39 Sinonimik qatordagi bitta so'zga antonim bo'lgan so'z shu qatordagi barcha so'zlarga antonim bo'lishi mumkinmi? A) Ba'zan mumkin, ba'zida mumkin emas. B) Sinonimik qatordagi so'zlar o'zaro antonim bo'ladi. C) Mumkin emas. D) Mumkin. 5 / 39 Qaysi gapda qaratqich kelishigi shaklidagi ko‘rsatish olmoshi mavjud?1 Buning meni bir kuni adoyi tamom qiladi.2 Buning nimasi sizga yoqmadi?3 Uning shikoyatlari o‘rinsiz. A) 2,3 B) 1,3 C) faqat 2 D) l,2 6 / 39 Qaysi o’rinda narsa-hodisa va o’rin-joy so’roqlari berilgan?1.kim? 2.nima? 3.qanday? 4.qancha? 5.nega? 6.qayer? 7.qachon? A) 1, 6 B) 2, 5 C) 2, 6 D) 3,5 7 / 39 Tarkibida quyidagi so’zlardan qaysi biri mavjud bo’lsa qo’shma olmosh yasaladi? 1. bir 2.yo’la 3.zum 4.hech 5.dam A) 1,3,4,5 B) 1,4 C) yuqoridagilarning barchasi D) 1,2,3,5 8 / 39 Qaysi so’zlarda egalik qo’shimchasi berilmagan? A) bolam, parvonam B) xolam, na’ram C) ho’plam, qaram D) nolam, jo’ram 9 / 39 Egalik qo'himchasi qachon egalik ma'nosini ifodalaydi ?1 modda ma'dan +narsa oti qolipidagi birikmalarda2 zamon otiga qo'shilganda 3qarindoshlik otlariga qo'shilganda A) 3 B) 1,2 C) 1,2,3 D) 1,3 10 / 39 Ko’makchilar, asosan, quyidagi qaysi so’zlardan keyin kelmasligi mumkin? A) ravishdosh, otlashmagan so’zlar B) harakat nomi, sifatdosh C) A va B D) ot, olmosh 11 / 39 Ko’makchilar qaysi kelishiklar o’rnida almashib qo’llanishi mumkin?1.tushum 2.jo’nalish 3.o’rin-payt 4.chiqish A) 1,2.4 B) 2,3,4 C) 1,2,3,4 D) 1,2,3 12 / 39 Sof ko’makchilarning xususiyatlari noto’g’ri ko’rsatilagan javobni toping. A) o’zi birikkan so’zni boshqa so’zga bog’lash uchun xizmat qiladi B) bunday ko’makchilar utg’u olmaydi C) ohang tomonidan o’zidan oldingi so’z bilan bir butunlikni tashkil etadi. D) bunday ko’makchilar atash ma’nosini tamoman yo’qotgan bo’ladi. 13 / 39 Kelishik shakllarining qo'llanishi bilan bog'liq to‘g‘ri mulohazani aniqlang. A) Qaraqtqich va qaralmish yonma-yon kelsa, qaratqich belgisiz qo'llanadi. B) Olmoshlarda jo‘nalish belgisiz qo‘llanadi. C) Sifatdoshlarga qo'shilgan qaratqich belgili qo‘llanadi. D) Atoqli otlarga qo'shilgan tushum belgisiz qo‘llanadi. 14 / 39 Atash ma’nosiga ega bo’lmagan, ma’lum so’roqqa javob bo’lmaydigan, gap bo’lagi vazifasida kelmaydigan so’zlar .... deyiladi . A) yordamchi so’zlar B) undov va taqlid so’zlar C) mustaqil so’zlar D) modal so’zlar 15 / 39 Qaysi qatorda ko’makchining ta’rifi to’g’ri berilgan? A) Gapning uyushiq bo’laklarini va qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarni o’zaro bog’lash uchun xizmat qiluvchi yordamchi so’zlar. B) So’z yoki gaplarga so’roq, ta’kid ayirish-chegaralash, gumon, o’xshatish, inkor kabi ma’nolarni yuklovchi so’z va qo’shimchalar.. C) Ifodalanayotgan fikrga so’zlovchining munosabatini bildirgan so’zlar. D) Ot, olmosh, harakat nomi va sifatdoshlardan keyin kelib, ularni hokim so’zga bog’lash uchun xizmat qiluvchi so’zlar. 16 / 39 Qaysi gapda sof ko’makchi qo’llangan ? A) Jahon bo’ylab tinchlik qo’shig’I yangrar B) Darsni puxta tayyorlanganim uchun “5” baho oldim C) Karim ertadan boshlab ishga kirishardi D) Salima hammadan ko’ra ko’p kitob o’qiydi 17 / 39 Qaysi javobda sof ko’makchi berilgan? A) burun ,ilgari ,keyin B) uchun , kabi ,singari,sari ,sayin C) ko’ra ,qarab , qaraganda D) tog’risida ,haqida 18 / 39 Quyidagi hususiyatlarning qaysilari mustaqil va yordamchi so`zlarni farqlash uchun xizmat qiladi?1 Ma`lum so`roqqa javob bo`ladigan . 2 Bosh bo`laklar vazifalarini bajarishi va bajarmasligi 3Atash ma`nosining mavjudligi yoki mavjud emasligi 4 Gapda ma`lum gap bo`lagi vazifasida kelish kelmasligi so`z yasalish tiziminig bor yo`qligi A) 1.2. B) 1.3.4. C) 3.4.5. D) 2.4.5. 19 / 39 Jo’nalish kelishigi qo’shimchasini olgan so’zlar ganda qanday bo’lak vazifasini bajaradi? A) vositali to’ldiruvchi, o’rin holi, payt holi B) vositali to’ldiruvchi, o’rin holi C) vositali to’ldiruvchi, o’rin holi, vaziyat holi D) faqat vositali to’ldiruvchi 20 / 39 Saidiy o‘zining ish bo‘lmasiga kirib, deraza yonidagi kresloga o‘tirdi-da, stol ustidagi kitobni oldi.Ushbu gapda nechta o‘rinda kelishik shakli belgili qoiiangan? A) 6 ta B) 7ta C) 3ta D) 4 ta 21 / 39 Sof ko'makchilar haqida qaysi hukm noto'g'ri ? A) Sof ko'makchilar she'riy nutqda ba'zi hollarda chiziqcha bilan yozilishi mumkin B) Sof ko'makchilar urg'u olmaydi C) Sof ko'makchilar yolgiz o'zi gap bo'lagi bolib kela olmaydi D) Sof ko'makchilar tobe o'zni hokim so'zga bog'lashga xizmat qiladi 22 / 39 Sen o'z xulqingni tuzgil, bo‘lma el axloqidin xursand, Kishiga chun kishi farzandi hargiz bo'lmadi farzand.Kelishiklaming qo'llanilishi haqida to‘g‘ri mulohazani aniqlang. A) 3 ta belgili , 3 ta belgisiz B) 4 ta belgili , 2 ta belgisiz C) 2 ta belgili, 3 ta belgisiz. D) 3 ta belgili , 2 ta belgisiz 23 / 39 Tilimizda kelishik qo’shimchalari aro ma’nodoshliking qaysi turi kuzatilmaydi ?1) ni va da 2 ) ga va da 3) ga va dan 4) ni va ning A) faqat 4 B) Barchasi kuzatiladi C) 2,4 D) 1,3,4 24 / 39 Ko‘makchilarga xos xususiyat qaysi qatorda noto‘g‘ri izohlangan? A) Ko‘makchilar sifatdoshlardan keyin kelib, ulami hokim so‘zga bog‘lash uchun xizmat qiladi. B) Ko‘makchilar ravishdoshlardan keyin kelib, ulami hokim so‘zga bog‘lash uchun xizmat qiladi. C) Ko‘makchilar harakat nomidan keyin kelib, ulami hokim so‘zga bog‘lash uchun xizmat qiladi. D) Ko‘makchilar olmoshlardan keyin kelib, ularni hokim so‘zga bog‘lash uchun xizmat qiladi 25 / 39 Men ketgan so ‘ng uydan chiqib o’ltirma.Do'st yig'latib, dushmanimni kuldirma Berilgan qo‘shmisrada qaysi kelishik shakllari ham belgili ham belgisiz qo'llangan? A) tushum B) chiqish va tushum C) chiqish D) qaratqich 26 / 39 Qaysi gapda sof ko’makchi ishtirok etmagan? A) Bu uchun hammamiz ancha gap eshitamiz. B) Yangiliklarni xat bilan ma’lum qilib turamiz. C) Vatan ham Ona kabi qadirlidir. D) Toshbaqa uyasi tomon sudraldi. 27 / 39 Ko'makchilar vazifasiga ko'ra qaysi birliklarga o'xshash ? 1 to'siqsiz fe'llarga 2 ko'makchi fe'llarga 3 nisbat hosil qiluvchi qo'shimchalarga 4 kelishik qo'shimchalarga A) 4 B) 1,2,3,4 C) 3,4 D) 1,2 28 / 39 Chiqish kelishigi haqidagi noto‘g‘ri mulohazani aniqlang.1 Jo‘nalish kelishigi bilan sinonim boia oladi.2 Qaratqich kelisigi bilan sinonim bo‘la oladi.3 Tushum kelishigi bilan sinonim bo‘la oladi.4 Tobe so‘z chiqish kelishigida bo‘lganda chiqish o‘rnining aniq boiishi anglashiladi. 5. Tobe so‘z chiqish kelishigida bo‘lganda qiyos ma’nosi anglashiladi. A) 3,4 B) faqat 1 C) 2,3,5 D) Barchasi to‘g‘ri. 29 / 39 Egalik va kelishik qo‘shimchalari shakldoshligi qaysi gapda kuzatiladi? A) 0‘g‘lima o‘xshaydi ovozing saning B) Xonasin eshigin yopmayin ketmas. C) Uning arzimudur bunda yozilg‘on? D) Kelib so‘rdingmi hech holimi? 30 / 39 Qo’shimcha shaklidagi so’zlar turkumini nima tashkil etadi ? A) kelishik B) yuklama C) undov so’z D) bog’lovchi 31 / 39 Quyidagi berilgan qaysi turkumga oid birliklarning bazilari o’zlari birikib ketgan so’zdan chiziqcha(defis) bilan ajralib yoziladi? A) ko’makchilar B) yuklamalar C) bog’lochilar D) A,.B 32 / 39 1 Uzum ye. 2. Uzumni ye. 3 Uzumdan ye.Ushbu gaplar ma’nosida qanday farq mavjud? A) Ma’noiar orasida farq kuzatilmaydi. B) 1-sida aniq uzum va uning bir qismi, 2-sida aniq uzum va hammasi, 3-sida har qanday uzum va uning bir qismi. C) 1-sida har qanday uzum, 2-sida aniq uzum va hammasi, 3-sida aniq uzum va uning bir qismi. D) 1-sida har qanday uzum va uning bir qismi, 2-sida aniq uzum va uning bir qismi, 3-sida aniq uzum va hammasi 33 / 39 Sof ko’makchilar berilgan javobii toping. A) tomom, boshida, uchun, orqali B) sari, sayin, sung, boshida C) singari, misoli, haqida, bo’ylab D) kabi, tufayli, haqida, qadar 34 / 39 Ko’makchilar vazifasiga ko’ra qaysi birliklarga o’xshash ? A) to’liqsiz fe’llarga B) kelishik qo’shimchalar C) ko’makchi fe’llarga D) nisbat hosil qiluvchi qo’shimchalar 35 / 39 Atash ma’nosini tamoman yo’qotib, faqat o’zi birikkan so’zni boshqa so’zlarga tobelantirib bog’lash uchun xizmat qiladigan yordamchilar ... A) vazifadosh ko’makchilar B) sof ko’makchilar C) yuklamalar D) bog’lovchilar 36 / 39 Quyida berilgan gapdagi tushum va qaralqich kelishiklari sonini aniqlang.Har bir farzand ona nasihatlarini jon quiog'i bilan eshitishi, to'g'ri yo'lga targ'ib etsa, qarshilik qilmasligi, ota yoki onadan birortasi ish buyursa, shu buyurilgan ishda xatolik borligini sezsa ham yuragini tor qilib, qattiq gapirmasligi, kulib turib, bu ishda xatolik borligini yumshoqlik bilan isbot qilib, ularni ko'ndirishi iozim. A) 1 ta qaratqich, 5 ta tushum B) 1 ta qaratqich, 6 ta tushum C) 3 ta qaratqich, 6 ta tushum D) 3 ta qaratqich, 5 ta tushum 37 / 39 So’z va gaplarga qo’shimcha ma’no beruvchi yordamchi so’zlar... A) ko’makchi B) bog’lovchi C) modal D) yuklama 38 / 39 Qaysi kelishik qo‘shimchasi lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimcha bilan shakldoshlik hosil qila oladi? A) jo‘nalish B) Bunday shakl yo‘q. C) o‘rin-payt D) chiqish 39 / 39 Sof ko’makchi qo’llangan gapni toping. A) Gap futbol o’yini ustida ketyapdi, B) Barchasidan qovun soz, paykal uzra dumalar. C) Gapirishdan avval yaxshilab o’ylash lozim. D) Muxbirimiz telefon orqali xabar berdi, 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz