Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №6 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №6 InfoMaster Aprel 6, 2022 76 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 7-sinf Ona tili №6 O’ZLIK OLMOSHLARI SO’ROQ OLMOSHLARI BELGILASH OLMOSHLARI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 35 Aqlli o’zini ayblar, aqlsiz-do’stini.Ushbu gapdagi so’z yasovchi qo’shimchalar miqdorini aniqlang. A) 3 ta B) 2 ta C) 1 ta D) 4 ta 2 / 35 Qaysi qatorda juft sifat ishtirok etmagan? A) Shu sevinch ikkovlariga ham kuch-g'ayrat ,dadillik baxh etgandek bo'ldi B) Menga o'xshash esli -hushli yigitga zoriqib o'tirgan ekan C) Ba'zan pi ilka shokoladni ,arzon-garov qo'g'irchoqni olib keladi D) Qo'llari kctmon ,o'roq ,ayri ushlayverganlaridan g'adir-budir haqiqiy dchqon edilar 3 / 35 Quyidagi gapda ko’tarmoq so’zining qaysi manosi ifodalangan?Bemorga yengil ovqat bering, oshni ko’tarolmaydi A) hazm qilmoq B) oshirmoq C) ichmoq. D) yo’qotmoq 4 / 35 Qaysi so'zning ma’nodoshi noto'g'ri berilgan? A) abzal - ustun, yaxshi B) nufuz -obro' C) azim - ko'hna, qadimiy D) adil - tik, to'g'ri 5 / 35 Ko'rsatish olmoshlarining yozilishi noto'g'ri ko'rsatilgan javobni toping. A) mana bu B) ana bu, anashu C) manavi, anavi D) barchasi to'g'riyozilgan. 6 / 35 So’roq olmoshlari bilan qo’shilib keladigan - alla va - dir qo’shimchalari olmoshlarga qanday ma’no kiritadi? A) ta’kid B) so’roq C) jamlik D) noaniqlik 7 / 35 Qaysi qatordagi gapda belgilash olmoshi qo’llanmagan? A) U har gal marraga birinchi bo’lib kelardi . B) Bunda har bir nuqta ko’z kabi jonli . C) Butun bir inshoni madhiyamizga bag’ishladik . D) Har qaysimiz o’zimiz sevgan kasb to’g’risida insho yozdik . 8 / 35 So'roq olmoshlnri nimalarga nisbatan so'roqni bildiradi? A) shaxs, narsa-hodisa, belgi-xususiyat, miqdor B) jins, tur, xil C) А va C. D) sabab, maqsad o’rin part 9 / 35 O’zlari olmoshi qanday ma’nolarda kelishi mumkin? A) A, B, C B) hurmat C) kesatish D) ko’plik 10 / 35 Qaysi gapda so’roq olmoshi noo’rin qo’llangan. A) Unga qay yuz bilan qaraysan? B) To’yga kim-kim keldi? C) Bu ishga nechun rozi bo’lmadi. D) Uning yoshi qanchada? 11 / 35 O’quvchilar nima qilyapti? (O’quvchilar dars tayyorlayapti.) Birinchi gapdagi so’roq olmoshi qaysi guruhga mansub?1. shaxsga so’roq 2.narsa-hodisaga so’roq 3.belgiga so’roq 4.miqdorga so’roq 5.harakat-holatga so’roq 6.o’ringa so’roq 7.paytga so’roq 8.sabob va maqsadga so’roq A) 1, 2, 3 B) 6 C) 8 D) 5 12 / 35 O’zlik olmoshi bog’lanib kelgan ot tarkibida asosan qanday qo’shimcha bo’ladi. A) kelishik. B) egalik va kelishik. C) ko’plik. D) egalik. 13 / 35 O’zlik olmoshi asosan qaysi olmosh o’rnida qo’llanadi? A) o’zlik olmoshi hech qanday olmosh o’rnida qo’llanmaydi B) kishilik olmoshi C) bo’lishsizlik olmoshi D) belgilash olmoshi 14 / 35 Belgilash olmoshi ishtirok etgan gapni toping. A) Axloqqa tayanmagan ilm hech narsaga arzimaydi. B) Hamma qiyinchiliklardan faqat mehnat bilan qutilish mumkin C) So’z qanday ishga yo’llashi bilangina qimmatlidir. D) O’zini hurmat qilgan odam boshqalarni ham izzat ehtiromga o’rgatadi. 15 / 35 Qaysi qatorda belgilash olmoshi ishtirok etmagan? A) Har kim o‘z quvonch, shodliklarini bildirib turarkan. B) Dildora hali yosh bo‘lsa ham, aqli butun. C) Barcha shodlik senga bo’lsin, Bor sitam, zorlik menga. D) Dunyoning shodligi yig‘ilsa butun, Do‘stlar diydoridan bo‘lolmas ustun. 16 / 35 Kelishik qo’shimchalarini qabul qimaydigan so’roq olmoshini toping. A) qachon? B) qancha? C) nega? D) necha? 17 / 35 Qaysi qatordagi gapda o’zlik olmoshi ta'kid ma'nosida qo’llangan. A) U bizga ertalab, ba'zan kechqurun yorug’ yulduz bo’lib ko’rinadi. B) O’zingiz bajargan ishlar uchun javjobgarlikni zimmangizga oling. C) Men o’zim sizni kutib olgani chiqdim. D) O’z uyim -o’lan to’shagim. 18 / 35 Qaysi qatorda belgilash olmoshi ishtirok etgan ? A) Har kim o’z qilmishiga yarasha mukofot oladi B) Siz bilan allaqayerda uchrashganmiz C) Eshik orqasidan kimningdir xirgoyisi eshitiladi D) Hech bir his aqldan bo’lmaydi 19 / 35 Predmetni ko’rsatuvchi o’zlik olmoshi qatnashgan gapni toping . A) Ikromjon xotinini qoldirib, o’zi idora tarafga qarab ketdi . B) Biz o’z tuprog’imizni ko’z qorachig’iday asraymiz . C) Rostini aytsam,o’zim ham unchalik yomon bola emasman . D) O’zining ovozi o’ziga uzoqdan eshitilganday tuyuldi . 20 / 35 Qaysi gapda belgilash olmoshi ishtirok etgan? A) Oybek o'z ijodi bilan butun bir kutubxona yaratdi B) Har kim o'z qilmishiga yarasha mukofot oladi C) Uzoqdan allaqanday qora ko'rindi D) Nima kishiga ko'p ziyon keltiradi ? 21 / 35 Belgilash olmoshi qaysi gap tarkibida ishtirok etgan. A) Kelaganlarning bari sizni izlashdi. B) Hamma ishlar va rejalar sizning zimmangizda. C) Keng bog’dagi har bir nihol qonib-qonib suv ichdi. D) Yoshlikda o’rgangan hunar o’zinga o’lja qolar. 22 / 35 O’zlik olmoshi qaysi gapda qollangan? A) Kimdir eshikni taqillatdi. B) Sizga bir dasta gul keltirdim, onajon! C) Xalqim, o’zing -ilhomimning oltin o’zagi. D) Biz ota-onalarimiz so’zlariga doim amal qilmog’imiz zarur. 23 / 35 Qaysi gapda belgilash olmoshi ishtirok etgan? A) Berilgan gaplarning barchasida belgilash olmoshi ishtirok etgan B) Yig’ilishda har xil masalalarga ko’proq e’tibor berishdi C) Har bir bekning navkarlari yuklarni aravalarga ortib ketmoqda edilar D) Ba’zi kamchiliklarimiz ham yo’q emas. 24 / 35 Quyidagi qaysi gapda belgilash olmoshlari ishtirok etgan.1. Bolalarining har ikkovi ham odobli. 2. Bolalarning hammasi darsga qatnashdi.3. Har vaqt qizi bilan onasi esiga tuskib ketardi. A) 1,2 B) 2, 3 C) 2 D) 1, 2, 3 25 / 35 Qaysi gapda o’zlik olmoshi hurmat ma’nosida qo’llangan? A) O’zlari xon ,ko’lankalari maydon B) O’zlarimi ,kelsinlar C) Rais amakim o’zlari kelib ketdilar D) Donolar uchun o’zlarining hayotlari o’zlariga ravshan 26 / 35 Belgini aniqlash uchun ishlatiladigan olmoshlar qaysi qatorda berilgan. A) hech qanday, hech qaysi. B) qanday?, qanaqa?. C) har qaysi, har bir. D) allanima, allanarsa. 27 / 35 Qaysi gapda to'pdan ajratilgan shaxsni ifodalagan olmosh qo'llangan? A) Kim ko'p o'qisa, u ko'p biladi. B) Vatan har bir inson uchun aziz va muqaddasdir. C) Rostini aytsam, o'zim ham unchalik yomon bola emasman. D) Men kelajagi buyuk Vatanning farzandiman. 28 / 35 Qaysi gapda so'roq olmoshi ishtrok etgan? A) Har kim o'z qilmihiga yarasha rnukofot oladi B) Nima kishiga ko'p ziyon keltiradi ? C) Uzoqdan allaqanday qora ko'rindi D) Oybek o'z ijodi bilan butun bir kutubxona yaratdi 29 / 35 Bulbulga don berish nozik ish, deb o’zlaridan boshqa kishiga ishonmaydilar. Mazkur gapdagi o’zlari olmoshi qanday ma’noni ifodalayapti? A) hurmat B) sof ko’plik C) ta’kidlash D) kesatish 30 / 35 Belgilash olmoshi berilgan qatorni aniqlang. A) har qaysi. B) har yerda. C) hech yoqdan. D) hech qachon. 31 / 35 Belgilash olmoshlari berilgan qatorni toping. A) bu, shu, o’sha, anovi B) nechta, nechanchi, qancha? C) butun, bari, har bir D) bir zum, batamom, ba’zi 32 / 35 Qaysi so’roq gap tarkibida qo’llangan olmosh miqdorni aniqlash uchun ishlatilgan. A) Mana o’zingiz ayting -hozirning o’zida necha kishi kechikdi? B) Men qaysi otni minib borayin? C) Uni kim bergan edi sizga? D) Siz qachon ishga borasiz? 33 / 35 Donolar uchun o’zlarining hayotlari o’zlariga ravshan.Mazkur gapdagi o’zlari olmoshi qanday ma’noni ifodalayapti? A) kesatish B) hurmat C) belgilash D) ko’plik 34 / 35 Qaysi o’rinda sabab-maqsad va belgi-xususiyat so’roqlari berilgan?1.kim? 2.nima? 3.nega? 4.qancha? 5.qanday ? 6.qayer? 7.qachon? A) 2,6 B) 2,7 C) 1. 7 D) 3,5 35 / 35 Qaysi o’rinda narsa-hodisa va o’rin-joy so’roqlari berilgan?1.kim? 2.nima? 3.qanday? 4.qancha? 5.nega? 6.qayer? 7.qachon? A) 2, 6 B) 3,5 C) 2, 5 D) 1, 6 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz