Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №5 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №5 InfoMaster Aprel 6, 2022 272 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf Ona tili №5 II MUSTAQIL SO’Z TURKUMLARI HAIQDA MA’LUMOT OLMOSH SO’Z TURKUMI VA UNING TASNIFI KO’RSATISH OLMOSHLARI KO’RSATISH OLMOSHLARINING TALAFFUZI VA IMLOSI KISHILIK OLMOSHLARI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 34 Imlo qoidasiga ko‘ra qaysi qatordagi so‘zlaming ikkinchisi xato yozilgan? A) ahl-ahil B) aks-akis C) qism-qisim D) adl-adil 2 / 34 Agar so’zlar o’zi ifodalangan tushuncha bilan birgalikda eskirsa, qanday nomlanadi? A) arxaik so’zlar B) tarixiy so’zlar C) iste’moldan chiqqan so’zlar D) eskirgan so’zlar 3 / 34 Tarz (holat) ravishi qaysi gap tarkibida qo’llangan? A) Bekatda juda ko’p odam to’plangan edi B) Adolat sekingina atrofga razm soldi C) Ertaga ishxonada uchrashamiz D) Qari bilganni pari bilmas 4 / 34 Qarama qarshi ma’noli so’zlar qatnashgan gapni toping A) Ozchilik ko’pchilikka bo’ysunadi B) U nimadir xursand bo’lib uyg’onadi C) Ariqlarda ko’m ko’k suv sharqirab oqmoqda D) Qo’riq ochish xamirdan qil sug’urishdek oson emas 5 / 34 Quyidagi javoblardan qaysi birida ko'rsatish olmoshlari berilmagan? A) barchasi ko’rsatish olmoshlari B) bu, shu C) аna, mana D) u, o'sha 6 / 34 1 U ona bo'lishdan behad shod. 2 U qiz uzoqda yashaydi. 3 U biz qidirgan оdam emas. 4 Faqat u kishidan bir gap chiqadi.Qaysi gap tarkibida u so‘zi ko'rsatish olmoshi bo‘lib kelgan? A) 1,3 B) 2, 4 C) 1,2, 3 D) 2, 3,4 7 / 34 І shaxs ko’plik sonda qo’llangan kishilik olmoshi qatnashgan gapni belgilang. A) ” Yuring, o’g’lim, siz endi yosh bola emassiz ”, dedilar dadam. B) Nasiba sizdan bitta emas, o’nta xalatni ham ayamaydi. C) Biz emasmi, Sizning sochlaringizga oq oralatgan D) Sizlar Navro’z bayramiga qanday tayyorgarlik ko’rdingiz ? 8 / 34 Berilgan gaplarning qaysi birida olmosh fe’l o’rnida qo’llangan ? A) Xolid toshni o’n marta ko’tardi . Men ham shuncha ko’tarishni orzu qilaman B) Gullarning ko’pi pushti rang .Ana shu rang menga juda yoqadi C) Gul ochildi . Uning ochilishi kishilaraga rohat berdi D) Karim gullarni uza boshladi .Bu esa bog’bonning jahlini chiqardi 9 / 34 Olmoshlar qaysi so’z turkumlaridan yasalishi mumkin. A) sifat. B) fe'l. C) olmosh. D) ravish. 10 / 34 Kishilik olmoshlari berilgan qatorni aniqlang. A) bu, shu, o’sha, ana, mana, ana shu. B) qachon, qayer, kim, nima, o’sha, necha. C) hamma, barcha, bari, har kim, hech nima. D) men, sen, u, biz, siz, ular. 11 / 34 Ko’rsatish olmoshi qatnashgan gapni aniqlang . A) Aytgil ,do’stim ,nima qildik Vatan uchun ! B) Hammasi joyida, do’stlar, men hech kimdan, hech narsadan xafa emasman . C) Anavini qara-ya, o’zimizning to’pori Zebimi shu ? D) Belgilangan ishlarning hammasini biz bajardik. 12 / 34 Qaysi olmosh kamtarlik, bajargan ishida o'zini ta'kidlamaslik ma'nolarini ifodalaydi? A) biz B) siz C) ular D) barchasi ifodalaydi. 13 / 34 Qaysi qatordagi gapda ko’rsatish olmoshni qo'llangan? A) Наг kuni men uning uyiga borar edim. B) Nima xohlashini o‘zimga aytsin: ba’zilarga o‘xshab mendan qochib yurmasin. C) Kim nima istashini bilmasa, uni biz rejasiz inson hisoblaymiz. D) U nimadir: hammada bor, biroq hech kim yodga olmaydi ? 14 / 34 Kitobni ko’p o’qisangiz ,undan ko’p hikmat topasiz.Ushbu gapdagi undan olmoshi qaysi so’z o’rnida qo’llanyapti? A) o’qisangiz B) kitobni C) ko’p D) hech qaysi so’z o’rnida qo’llangani yo’q 15 / 34 Qaysi gapda II shaxs egalik qo‘shimchasini qabul qilgan ko‘rsatish olmoshi qo‘llangan? A) Buning meni bir kuni aqldan ozdiradi. B) Buning nimasi yomon? . C) Unim yo‘q, bunim yo‘q, Ro‘zg‘orda unim yo‘q. D) Buning nomi “Sindirish” deb ataladi. 16 / 34 Ko’rsatish olmoshlariga qaratqich kelishigi qo’shilgandagi holat bilan nechanchi shaxs egalik qo’shimchasi qo’shilganda holat shaklan teng boladi. A) III shaxs birlik va ko’plikda. B) II shaxs birlikda C) III shaxs birlikda. D) ko’rsatish olmoshlariga kelishik va egalik qo’shimchalari qo’shilganda shakliy tenglik bo’lmaydi. 17 / 34 Istagim shuki, doimo tinchlik bo’lsin.Ushbu gapdagi shuki olmoshi qaysi birlik o’rnida qo’llanyapti? A) doimo tinchlik bo’lsin B) doimo C) istagim D) tinchlik 18 / 34 Ko'rsatish olmoshlariga berilgan qo'shimchalardan qay biri qo‘shilsa, tovush ortishi yuz berishi mumkin?1) egalik; 2) kelishik; 3) -day, -dek; 4) -aqa; 5) -cha; 6) -niki. A) 2, 4, 5, 6 B) 1, 3, 4, 5 C) 1, 2, 3, 4, 5, 6 D) 1, 2, 3, 4, 5 19 / 34 Kishilik olmoshi berilmagan gapni aniqlang. . A) Sizsiz ishimizni bitirishimiz mushkul. B) Men nechun maqtamay ona-Vatanni. C) U to’g’i, chiroyli yozadi. D) O’sha odamning o’zginasi, faqat bunday tugmali kiyimi yo’q edi. 20 / 34 ІІ shaxs ko’plik sonda qo’llangan kishilik olmoshi qatnashgan gapni belgilang. A) Nasiba sizdan bitta emas, o’nta xalatni ham ayamaydi. B) Biz emasmi, Sizning sochlaringizga oq oralatgan C) ” Yuring, o’g’lim, siz endi yosh bola emassiz ”, dedilar dadam. D) Sizlar Navro’z bayramiga qanday tayyorgarlik ko’rdingiz ? 21 / 34 Qaysi gapda u ko’rsatish olmoshi qo’llangan. A) Muattar uning shodlikdan uchqun sezilib turgan ko’zlariga qaradi. B) U odamning suhbatini ko’pchilik yoshlar qumsar edi. C) U majlisga raislik qilishning qiyinligini birinchi marta his qildi. D) U ko’pchilikning kuchini birinchi marta sezgan edi. 22 / 34 Qaysi so’z turkumining aniq lug’aviy ma’nosi yo’q? A) fe’l B) ot C) olmosh D) sifat 23 / 34 Qaysi gapda qaratqich kelishigi shaklidagi ko‘rsatish olmoshi mavjud?1 Buning meni bir kuni adoyi tamom qiladi.2 Buning nimasi sizga yoqmadi?3 Uning shikoyatlari o‘rinsiz. A) l,2 B) 1,3 C) faqat 2 D) 2,3 24 / 34 Olmoshning gapdagi vazifasi qaysi qatorda to’iqroq va to’g’ri ko’rsatilgan. A) aniqlovchi. B) to’ldiruvchi C) undalma, ega, to’ldiruvchi, aniqlovchi D) ega, toldiruvchi, aniqlovchi. 25 / 34 Qaysi olmosh kamtarlik ma'nosini ham ifodalaydi? A) ular B) men C) sen D) biz 26 / 34 Ko’rsatish olmoshi berilmagan gapni toping. A) Bektemir buni umrida birinchi marta tortishi edi. B) Sening o’qishdagi muvaffaqiyatlaring bizni hursand qildi. C) Shu atrofda bir ovoz eshitildi. D) Bu kobob unga juda shirin tuyuldi. 27 / 34 Olmoshlar qaysi birliklar o’rnida qo’llana oladi? 1.so’z birikmasining o’rnida 2. so’z o’rnida 3.gap o’rnida A) 2,3 B) 1,2,3 C) 1,2 D) 2 28 / 34 Qaysi gapdagi kishilik olmoshlariga ta’kid ma’nosi yuklanmoqda? A) Men ko’rmagan baxtni kimdir ko’rajak, Men aytmagan so’zni aytajak kimdir. B) -Sening qancha puling bor edi? - deb so’radi mirshab sho’rlik kosib yigitdan. C) O’zimni moziyning bag’riga urdim, Va shu on shukrona aytib qaytdim men. D) Bu ishlarning hammasini mening o’zim bajarganman. 29 / 34 Quyida berilganlardan qaysi birlariga III shaxs sifatida qaraladi?1)nutqdan tashqaridagi barcha shaxs ;2)nutqdan tashqaridagi predmet; 3)nutqdan tashqaridagi voqea-hodisa;4)tinglovchi A) 1,2,3 B) 1,2,3,4 C) 1,2,4 D) 1,4 30 / 34 Quyidagi qaysi qo'shimchalar qo'shilganda, ko'rsatish olmoshlarida asos bilan qo'shimcha orasida bir "n" tovushi orttirib talaffuz qilinadi va shunday yoziladi? A) -ning, -ni B) - aqa, -cha C) -day, -dek D) A va B. 31 / 34 Ko’rsatish olmoshlariga qaysi qo’shimchalar qo’shilsa asos va qo’shimcha o’rtasida bir n tovushi orttiriladi? 1.ayrim kelishik qo’shimchalari 2.egalik qo’shimchalari 3.shaxs-son qo’shimchalari 4.-day, -dek, aqa, -cha qo’shimchalari A) 1,2,3,4 B) 1,2 C) 1,4 D) 1,2,4 32 / 34 Qaysi qatordagi gapda olmosh belgiga ishora qilgan ? A) Bunda bor harorat ,muhabbat ,shafqat B) Unga bergan va’damning ustidan chiqdim C) “Mana bunisi Manzuraxonga “ ,- deb uzatdi D) Shundoq voqeani oldin ham bir eshitganman 33 / 34 Qaysi olmoshlar hurmat ma’nosida qo’llanganda bosh harf bilan yozilishi mumkin ? A) biz ,siz B) ular , siz C) siz ,o’zingiz D) men ,sen 34 / 34 Berilgan gaplarning qaysi birida olmosh sifat o’rnida qo’llangan? A) Karim gullarni uza boshladi.Bu esa bog’bonning jahlini chiqardi. B) Barchasi to’g’ri C) Gul ochildi.Uning ochilishi kishilarga rohat berdi. D) Gullarning ko’pi pushtirang.Ana shu rang manga juda yoqadi. 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz