Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №13 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №13 InfoMaster Aprel 6, 2022 88 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 7-sinf Ona tili №13 SOF VA VAZIFADOSH BOG’LOVCHILAR BIRIKTIRUV BOG’LOVCHILAR AYIRUV BOG’LOVCHILAR ZIDLOV BOG’LOVCHILAR INKOR BOG’LOVCHISI YAKKA VA TAKROR BOG’LOVCHILAR Mavzular yuzasidan testlar 1 / 42 Til oldi undoshlari to'g'ri berilgan qatomi toping. A) 1, d, t B) q, g',d C) r, s, g D) t, z, sh 2 / 42 Fe’llar nimani atab kelishiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi? A) harakat va holat fe’llariga B) o’timli va o’timsiz fe’llarga C) bo’lishli va bo’lishsiz fe’llarga D) to’liq va to’liqsiz fe’llarga 3 / 42 Yomon so’zi qaysi gapda og’ir,xatarli ma’nosida qo’llangan? A) Hoy do’stim,birovning do’ppisini birovga uddalab kiygizish yomonmi? B) Yarasi yomon, hushsiz holda hiqillab-hiqillab yotibdi C) Ostonada turgan yomon bo’ladi,qizim,joyingizni bilib o’tiring D) Inoyat oqsoqol uni ko’pchilik o’rtasida yomon haqorat qilgan edi 4 / 42 Qarama qarshi ma’noli so’zlar qatnashgan gapni toping A) Ozchilik ko’pchilikka bo’ysunadi B) U nimadir xursand bo’lib uyg’onadi C) Ariqlarda ko’m ko’k suv sharqirab oqmoqda D) Qo’riq ochish xamirdan qil sug’urishdek oson emas 5 / 42 Qaysi qatordagi gapda olmosh belgiga ishora qilgan ? A) “Mana bunisi Manzuraxonga “ ,- deb uzatdi B) Unga bergan va’damning ustidan chiqdim C) Bunda bor harorat ,muhabbat ,shafqat D) Shundoq voqeani oldin ham bir eshitganman 6 / 42 Qaysi so’roq gap tarkibida qo’llangan olmosh miqdorni aniqlash uchun ishlatilgan. A) Siz qachon ishga borasiz? B) Uni kim bergan edi sizga? C) Men qaysi otni minib borayin? D) Mana o’zingiz ayting -hozirning o’zida necha kishi kechikdi? 7 / 42 Qaysi so’z faqat -alla qo’shimchasi yordamidagina gumon olmoshiga aylanadi? A) nima B) qachon C) kim D) narsa 8 / 42 Qaysi javobda egalik qo’shimchasi olgan va olmagan otlar ishtirokodagi gaplar berilgan? A) Mamlakatimiz g’oyat ulkan aql-zakovat, ma’naviy va madaniy imkoniyatlarga ega. B) Isrof-o’rinsiz va foydasiz yerlarga pul va mol sarf qilishdir. C) Chaman- chaman gullar, suvlar quyoshda yashnab tovlanadi. D) Biz mavzud real xavf –xarakatlarga jiddiy qaraymiz. 9 / 42 Qaratqich keiishigi qachon belgisiz qo'Ilanishi mum kin ? A) Qaratqich keiishigi atoqli otga qo'hilganda B) Qaratqich keiishigi sifatdoshlarga qo'shilganda C) Qaratqich bilan qaralmih yonma-yon kelganda D) Qaratqich keiishigi olmoshlarga qo'shilganda 10 / 42 Jo’nalish kelishigi qo’shimchasini olgan so’zlar ganda qanday bo’lak vazifasini bajaradi? A) vositali to’ldiruvchi, o’rin holi, vaziyat holi B) vositali to’ldiruvchi, o’rin holi, payt holi C) vositali to’ldiruvchi, o’rin holi D) faqat vositali to’ldiruvchi 11 / 42 Sabab ma’nosini anglatgan uchun ko’makchisi qatnashgan gapni toping A) G’oza erta ekilgani uchun hosil mo’l bo’ldi B) Yig’ilish uchun imkon yaralmadi C) Muhayyo bu libosni havas uchun sotib oldi D) Anvar yuzidagi kulgini yashirish uchun chetga qaradi 12 / 42 Qaysi bog'lovchilar uyushiq bo'laklarning birini tasdiqlab, ikkinchisini inkor qilib keladi? A) ayiruv bog'lovchilari B) zidlov bog'lovchilari C) ergashtiruvchi bog'lovchilar D) inkor bog'lovchisi 13 / 42 ...bir maslahatni aytib bo'ladi, ...ro'zg'or ishini. (Cho ‘lpon)Nuqtalar o‘rniga qaysi ayiruv bog’lovchisini qo‘yish mumkir A) goh...goh B) ham...,ham. C) yo...yo D) na...na 14 / 42 Bog’lovchi vazifasidagi -u, -yu yuklamalari qaysi bog’lovchilar o’rnida qo’llanilishi mumkin? A) A va C B) biriktiruv bog’lovchilar o’rnida C) zidlov bog’lovchilar o’rnida D) ayiruv bog’lovchilar o’rnida 15 / 42 Ko’pincha zidlov bog’lovchisi o’rnida keladigan so’z berilgan javobni toping. A) ammo B) lekin C) balki D) biroq 16 / 42 Qaysi gapda takror bog’lovchilar mavjud? A) Maktabning maqsadi tarbiya va faqat tarbiyadir. B) Qo’lini yuvdi-da hovuchlab suv ichdi C) Goh shamol keladi ,goh yomg’ir yog’adi . D) U Navro’z bayrami yoki dehqonlar kuni deb ham yuritiladi 17 / 42 Inkor bog’lovchisi qo’llangan gap qatorini toping . A) Xalqlarning hech biri boshqasiai takrorlamaydi : na tii , na qiyofa va na mehrda B) Bilim qayiarish va takrorlash mevasidir C) Sog’lik undan bahramand kishiga ham , boshqalar uchun harii buyuk ne’matdir D) Hunar birla aqling birikkan hamon , Har ish bu jahonda yurishgay ravon. 18 / 42 Ba’zan...ba’zan bog’lovchisi yakka holda ishlatilsa qaysi so’z turkumiga oid bo’ladi? A) yuklama B) bog’lovchi C) ko’makchi D) ravish 19 / 42 Qaysi javobda vazifadosh zidlov bog'lovchilari keltirilgan? A) -u, -yu, -da, na . . na B) -u, yu, -da, balki C) -u, -yu, -da, xoh D) -u, -yu, -da, ba’zan 20 / 42 Berilgan gaplarning qaysilarida vazifadosh biriktiruv, qaysilarida vazifadosh zidlov bog’lovchilari qo'llangan?1) U anchadan keyin o'ziga keldi-yu, tepasida xotini turganini, qizchalari yig'layotganini payqadi.2) U kishi hamma bilan qo'l berib xayriashdi-da, menga qolganda burilib ketdi.3) Ba’zilar hordiq chiqarishga kirishadilar-u, ba’zilar podalari izidan cho’lga qarab ketadilar.4) Bir zumda havo sovidi-yu, quyuq tuman bosdi. A) 3, 4 - biriktiruv, 2 - zidlov bog'lovchilari o'rnida B) 1, 2 - biriktiruv, 3, 4 - zidlov bog'lovchilari o'rnida C) 1,3- biriktiruv, 2,4- zidlov bog'lovchilari o'rnida D) 1, 4 - biriktiruv, 2, 3 - zidlov bog'lovchilari o'rnida 21 / 42 Zidlov bog’lovchisi qo’llangan gapni aniqlang. A) O’shanda yo men sinovdan o’tdim, yo siz sinovdan o’tdingiz B) Na mashina boradi. na arava C) Dunyoda yaxshi kitoblar ko’p, lekin bu kitoblar uni o’qib biladigan kishilar uchungina yaxshidir D) Tuzsiz sho’r ovqatlar bemaza bo’ladi 22 / 42 Ayiruv bog’lovchilari to’g’ri berilgan qatorni toping. A) yo. yoxud. yoki. goh-goh, dam-dam B) na, goh. va. Biroq C) va, hamda. bilan. yo. yoyinki D) ammo. lckin. biroq 23 / 42 Qaysi gapda -u (-yu) yuklamasi biriktiruvchi bog’lovchi vazfasida ishlatilgan? A) Aytay dedim-u. iloji bo’lmadi B) Qor yog’di –yu sovuq sezilmadi C) Bordi -yu kelmasa-chi? D) U erta-yu kech kitob o’qiydi 24 / 42 Takroriy bog’lovchilar qaysi qatorda berilgan? A) goh, agar, ham B) dam. ammo, va C) ham ,chunki,biroq D) yo. yoki. goh, dam 25 / 42 Na …,na inkor bog’lovchisi qo’llangan gaplarning kesimi qanday shaklda bo’ladi ? A) bo’lishsiz shaklda B) bo’lishli shaklda C) barcha javob to’g’ri D) o’rni bilan bo’lishli yoki bo’lishsiz shaklda 26 / 42 Qaysi javobda yakka holda qo’llanadigan teng bog’lovchilar berilgan? A) dam, biroq, yoki B) va, toki, shuning uchun C) chunki, agar,ya’ni D) lekin. hamda,va 27 / 42 Biriktiruv bog’lovchi qatnashgan gapni aniqlang. A) Na qo’shiq, na kulgi, na churq etgan ovoz eshitiladi. B) Yo bir maslahatni aytib bo’ladi, yo ro’zg’or ishini. C) Yaxshi xulq va adab sohibi qilib, Allo taologa muhabbat va e’tiqodimizni orttiradi. D) Mamlakatimizda bayramlar ko’p, lekin Navro’zning tarovati,shukuhi o’zgacha. 28 / 42 Balki so’zi vazifadosh bog’lovchi sifatida qo’llangan gapni toping. A) Balki suzi vazifadosh borlovchi sifatida kullanil.maydi. B) Xalqni qo’rqitgan emas, balki xalq dardiga sherik bo’lgan odam marddir. C) Bo’lib utgan voqea, balki seni shoshirib qo’ydi? D) Balki, ertalab uziga isitib berish uchun shunaka deyayotgandir. 29 / 42 Ayiruv bog`lovchilari gap ichida qay holatda kelganida verguldan foydalaniladi? A) bu bog’lovchilar yakka holda qo’llanganida B) bu bog’lovchilar takror holda qo’llanganida C) bu bog’lovchilar uyushiq bo’laklar orasida kelganida D) B,C 30 / 42 Yakka holda qo’llangan takroriy bog’lovchi qaysi gapda mavjud? A) Uylarning derazalaridan bolalar hamda xotin-qizlarning kulgusi eshitiladi B) Televizor degan buyumni ko’rmaganmisan yoki eshitmaganmisan? C) Saida uyi tomon qayrildi biroq o’qituvchisini ko’rib to’xtadi D) Yig’ilganlar hammasi urushni o’ylardi, lekin hech kim og’iz ochmadi 31 / 42 Biriktiruv bog’lovhchilarga mansub birliklar berilgan qatorni toping. A) bilan, ham B) A,B,C C) va, hamda D) u (-yu). –da 32 / 42 Mazmuni zid bo’laklarni bog’lash uclun qo’llangan bog’lovchini belgilang c A) Balki baxt ham shudir B) Zaif yuragim balki chindan ham ko’tarolmasdi C) Bu qir tep-tekis emas. balki past-baland qirlar edi D) Goh kulib. goh kuldiradi 33 / 42 Bu jarang-jurung ovozlar uning g’ashini keltirmas, balki xayolini chalg’itib, unga orom bag’ishlardi.Ushbu gapdagi balki so’zi qanday vazifada kelyapti? A) inkor bog’lovchisi vazifasida B) modal so’z vazifasida C) zidlov bog’lovchisi vazifasida D) mustaqil so’z turkumi vazifasida 34 / 42 Bog’lovchi-yuklama ishtirok etgan gapni aniqlang. A) Salimxon xonadan chiqdi-yu, telifon jiringladi. B) Bizning guruhimiz tayyor-ku-ya, sizniki-chi? C) Eshikka qarang, birov keldi-yov D) Qiziqsiz-a, buvi, eski mahalla qoldimi? 35 / 42 Balki,siz haqdirsiz.2.Siz emas, balki u haqdir.Gaplardagi balki so’zi haqidagi qaysi hukm to’g’ri? A) 1- gapda zidlov bog’lovchisi, 2-gapda modal so’z B) Har ikkovi gapda ham modal so’z C) 1- gapda modal so’z, 2- gapda zidlov bog’lovchisi. D) Har ikkovi gapda ham zidlov bog’lovchisi 36 / 42 -u, -yu yuklamasi qaysi gapda zidlov bog’lovchisi sifatida qo’llangan? A) Sinfni boshida ko’targan bola shhu-yu B) Dalada qo’y-u qo'zilar o’tlamoqda C) Havo ochildi-yu. kun isimadi D) Erta-yu kech umidimiz sizdan 37 / 42 Qaysi javobda keltirilgan gapda ma’noviy jihatdan bir guruhga mansub sof va vazifadosh bog'lovchi qatnashgan? A) Yupanch topdingmi dunyoga kelib,Ustoz yo sabog’idan yoki tengdoshdan B) O'zi balo tog'ining va ofat bulog'ining boshida o'tirarmish, kun-u tun, yoz ham qish. C) Miilat tushunchasi hamisha Vatan bilan yonma-yondir, misoli jism-u jondir. D) Ona bilan bola - gul bilan lola. 38 / 42 Qaysi gapda zidlov bog’lovchisi vazifasidagi so’z qo’llangan? A) U turmushidan, o’tgan umridan rozi, lekin ana shu roziligini tushuntirib berolmasdi. B) Ma’nisiz hayot kechirish yomon turmush kechirish degani emas, ammo sekin-asta o’lish demakdir. C) Bo’rondan so’ng Olimjon brigadasidagi ishlar ozaymadi, balki yana ko’paydi. D) Berilgan barcha gaplarda 39 / 42 Takror holda qo’llanuvchi bog’lovchilar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping? A) zidlov B) biriktiruv C) sabab D) ayiruv 40 / 42 Qaysi gapda bilan so’zi bog’lovchi o’rnida ishlatilgan ? A) Abror otasining so’zi bilan hushiga keldi B) Kechasi bilan yig’lab chiqdi C) Ishchi bilan dehqonning mehnati teng emas D) Lobar bilan Chodakda tanishgan edim 41 / 42 Qaysi javobda keltirilgan vazifadosh bog’lovchilardan keyin vergul qo’yilishi mumkin? A) -u(-yu), -da, -ku, ya’ni B) ammo, lekin, biroq, balki C) -u(-yu), -da, balki D) -u(-yu), -da 42 / 42 Faqat yakka holda qo’llanuvchi bog’lovchilar qatorini toping. A) shuning uchun, goh yo B) dam, va, ham C) goh. yo. ba’zan D) va, ammo, lekin 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz