Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №12 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №12 InfoMaster Aprel 6, 2022 596 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 7-sinf Ona tili №12 KO’MAKCHILAR BILAN BIRGA KELGAN SO’ZLARNING SHAKLLARI KO’MAKCHI BILAN BIRGA KELGAN SO’Z SO’ZLARNING SHAKLLARI (KO’MAKCHILARNING KELISHIKLAR BILAN QO’LLANISHI) MUSTAHKAMLASH BOG’LOVCHILAR TENG BOG’LOVCHILAR Mavzular yuzasidan testlar 1 / 41 Natijaga mehnatsiz erishib bo’lmaydi.Ushbu gapdagi to‘ldiruvchi tarkibida qatnashgan undosh tovushlar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri? A) Jarangli lab undoshi qatnashgan B) Jarangsiz til orqa undoshi qatnashgan. C) Jarangsiz til oldi undoshi 2 o‘rinda qatnashgan. D) Jarangli til orqa undoshi qatnashgan. 2 / 41 Quyidagi gapda yo’l so’zining qaysi manosi ifodalangan? Bu masala qaysi yo’l bilan yechiladi. A) usul B) safar C) yo’nalish D) masofa 3 / 41 Oltita bola va uch-to’rt qiz bayramga tayyorgarlik ko’rishardi. Ushbu gapda sonning qaysi ma’noviy guruhlari mavjud? A) jamlovchi va chama son B) sanoq va tartib son C) taqsim va kasr son D) dona va chama son 4 / 41 1.Hech bo’lmaganidan ko’ra, kech bo’lgani yaxshi. 2. Bir qoshiq qonidan kech bu bechoraning. 3. Kech kirib, hamma uy-uyiga tarqaldi. Ushbu gaplarda qo’llangan kech so’zlarining qaysi biri o’zaro ko’p manoli yagona so’z hisoblanadi? A) Ikkinchi va uchunchi gaplardagi kech so’zi o’zaro ko’p ma’noli yagona so’z B) Birinchi va ikkinchi gaplardagi kech so’zi o’zaro ko’p ma’noli yagona so’z C) Barcha gaplardagi kech so’zi o’zaro ko’p ma’noli yagona so’z D) Birinchi va uchinchi gaplardagi kech so’zi o’zaro ko’p ma’noli yagona so’z 5 / 41 Ko’rsatish olmoshlariga qaysi qo’shimchalar qo’shilsa asos va qo’shimcha o’rtasida bir n tovushi orttiriladi? 1.ayrim kelishik qo’shimchalari 2.egalik qo’shimchalari 3.shaxs-son qo’shimchalari 4.-day, -dek, aqa, -cha qo’shimchalari A) 1,2,4 B) 1,4 C) 1,2,3,4 D) 1,2 6 / 41 Qaysi o’rinda narsa-hodisa va o’rin-joy so’roqlari berilgan?1.kim? 2.nima? 3.qanday? 4.qancha? 5.nega? 6.qayer? 7.qachon? A) 2, 5 B) 2, 6 C) 3,5 D) 1, 6 7 / 41 Qaysi olmoshlar tuzilish jihatidan sodda va qo’shma turlarga bo’linadi. A) so’roq, belgilash, ko’rsatish, o’zlik olmoshlari. B) kishilik, belgilash, ko’rsatish va gumon olmoshlari. C) kishilik, bo’lishsizlik va ko’rsatish olmoshlari. D) ko’ rsatish, va belgilash olmoshlari. 8 / 41 Uch shaxsdan biriga ishora qiluvchi olmoshlar ...... A) kishilik olmoshlari B) o’zlik olmoshi C) ko’rsatish olmoshlari D) belgilash olmoshlari 9 / 41 Qaysi so’zga III shaxs egalik qo’shimchasi –si shaklida qo’shiladi? A) mavzu B) avzo C) parvo 10 / 41 So’z va gaplarga qo’shimcha ma’no beruvchi yordamchi so’zlar... A) modal B) bog’lovchi C) ko’makchi D) yuklama 11 / 41 Ustida so’zi qaysi qatorda ko’makchi vazifasida qo’llangan ? A) Lolalar qirning ustida ochilgan B) Kitob stolning ustida turibdi C) U kechgacha ish ustida o’tirdi D) Qo’ng’iz yaproqning ustida o’rmalardi 12 / 41 Qaysi qatorda vazifadosh ko’makchilar berilgan? A) ost,ro’para,bilan,kabi B) avval,qadar,bo’ylab,deb C) ust,oldin,avval,qosh D) so’ng,qarab,orqali,sari 13 / 41 Qaysi gapda ko’makchi mavjud ? A) Gaplarning barchasida ko’makchi mavjud B) Bu ishlarga siz tufayli erishdim ,ustoz C) Marraga avval Salim ,keyin Jahongir ,eng so’ng Oatbek yetib keldi D) Oldinda chuqur soy ,orqada baland cho’qqi ,orada maydon 14 / 41 Qaysi gapda ko’makchi mavjud emas? A) Otni soy bo’yiga bog’ladi-da, o’zi yuqoriga chiqib ketdi. B) Yomonlarning qoshida yalinish yaxshilar ishi emas. C) Fursat g’animatdir, shoh satrlar-la bezamoq chog’idir umr daftarin D) Badia bilan Ma’suma beka arava tagiga kirib yashirindi. 15 / 41 Chiqish kelishigidagi so`zlar bilan qo`llanadigan ko`makchini toping. A) uzra B) bilan C) o`zga D) chamasi 16 / 41 Bilimdonlikning sir-u asrori g'ayrat hamda matonat bilan o‘qish va o'rganishdadir. Ushbu gapda qatnashgan teng bog'lovchilarni ko'rsating. A) -u, hamda, bilan, va B) -u, hamda, va C) bilan, hamda D) -u, hamda, bilan 17 / 41 Bilan, singari ko`makchilar qaysi kelishikdagi so`zlar bilan birga qo`llanadi. A) tushum va qaratqich. B) bosh, jo`nalish, o`rin-payt kelishigidagi so`zlar bilan. C) jo`nalish, o`rin-payt, chiqish. D) bosh kelishikdagi so`zlar bilan 18 / 41 Qaysi gapda ko’makchi ishtirok etmagan? A) Gap futbol o’yini ustida ketardi. B) Temur tig’i yetmagan joyni qalam bilan oldi Alisher. C) Otxonaga Umid bilan cho’pon kirib ketishdi. D) Ark suv quygan kabi jimjit. 19 / 41 Faqat sof ko’makchilar berilgan qatorni toping. A) sari,yarasha,tomon B) uchun,doir,so’ng C) sayin,uzra,qadar D) kabi,bo’ylab,muvofiq 20 / 41 Qaysi ko`makchilar qaratqich kelishigidagi so`zga birikishi mumkin? A) sari, qadar B) sayin, tufayli. C) kabi, singari. D) bilan, uchun 21 / 41 Teng bog’lovchilarning ma’no munosabatiga ko’ra turlari qaysi javobda berilgan? A) birikliruv ayiruv. zidlov. inkor bog’lovchilar B) Teng bog’lovchilar ergashtiruvchi bog’lovchilar C) yakka bog’lovchilar va takror bog’lovchilar D) sabab ,shart,aniqlov bog’lovchilar 22 / 41 Bog'lovchilar vazifasiga ko'ra .. A) yakka va takror B) teng bog'lovchi .ergashtiruvchi bog'lovchi C) shart va aniqlov D) sof va vazifadosh 23 / 41 Jo‘nalish kelishigidagi ismlar bilan birga qo‘llana oladigan ko'makchilar berilgan qatorni toping. A) qaramay, asosan, doir, tomon, uzra B) ko‘ra, qaramay, yarasha, bo‘ylab, muvofiq C) tomon, yarasha, muvofiq, doir, asosan D) ko‘ra, yarasha, asosan, qarab, sari 24 / 41 Chiqish kelishigidagi so`z bilan qo`llanadigan ko`makchini toping. A) sayin B) uchun C) qadar D) so`ng. 25 / 41 Qaysi bog'lovchilar uyushiq bo'laklarning birini tasdiqlab, ikkinchisini inkor qilib keladi? A) ergashtiruvchi bog'lovchilar B) zidlov bog'lovchilari C) ayiruv bog'lovchilari D) inkor bog'lovchisi 26 / 41 Teng bog’lovchilar nimasiga ko’ra biriktiruv, zidlov, ayruv hamda inkor bog’lovchilariga bo’linadi? A) so’z va gaplarni tobe qilmasdan bog’lab kelgani uchun B) so’zlar o’rtasidagi mazmuniy munosabatlatni ro’yobga chiqarganligi uchun C) gaplar o’rtasidagi mazmuniy munosabatlarni ro’yobga chiqarganligi uchun D) B va C 27 / 41 Qaysi gapda ko‘makchi qo‘llangan? A) Bu bir hikoyat va yo rivoyatdir, balkim tiriklik ko‘yidagi aytilgan qo‘shiqdir. B) Endi xat jo‘natmayman, toki meni tezroq unutsin. C) Biz ona yurt, aziz Vatan debon sog‘inch va orziqishlarda yashaymiz. D) Bilar edim, shuning uchun indamadim. 28 / 41 Ko‘makchi qo‘llangan gaplarni aniqlang.1. U o‘qib bo‘ldi. 2. U men bilan borib keldi.3 U biz tomon asta yurib keldi. A) faqat 1 B) 2,3 C) 1,2,3 D) l,3 29 / 41 Qaysi bog’lovchilar teng bog’lovchilarga mansub emas? A) ayriuv bog’lovchilar B) sabab bog’lovchilar C) zidlov bog’lovchilar D) bog’lovchilar-yuklamalar 30 / 41 Bog‘lovchi ishtirok etmagan gap qaysi qatorda berilgan? A) Xoh o'zing bor, xoh ukangni jo'nat. B) Goh tentirab ketaman uzoq, Yerni quchib o'paman goho. C) Bu qizcha shu topda undan jon so‘rasa, balki ayamasdi. D) Avvalo shuki, kovush tikishga na charm bor, na sirach, na lok. 31 / 41 Teng bog’lovchilar qanday vazifa bajaradi? A) so’zlarni teng munosabatli qo’shma gap qismlarini boglash uchun xizmat qiladi B) ot va otlashgan so’zlardan keyin kelib. ularning boshqa so’zlar bilan munosabatini ko’rsatadi C) so’z va gaplarga qo’shimcha ma’no yuklash uchun xizmat qiladi D) tobe gapli qo’shma gap qismlarini bog’lash uchun xizmat qiladi 32 / 41 Bosh va qaratqich kelishigidagi so`z bilan qo`llanadigan ko`makchini toping. A) binoan B) sayin. C) kabi D) beri 33 / 41 Sezmadim mozoringda 0‘chib qolgan sham kabi,G‘ofil o‘ylar ichidaSo‘nib qolganin qalbim. ( Xurshid Davron ) Nechta ko’makchi qo’llangan? A) 3 ta B) 2ta C) Ko‘makchi qo’llanmagan. D) 1 ta 34 / 41 Qaysi gapda ko'makchi ishtirok etmagan ? A) Marraga Shuhratdan avval Salim, undan keyin Behzod yetib keldi B) Ishning boshiga srakor keldi C) Urushdan oldin bu yer bo'm bo'sh edi D) Marraga avval Salim keyin Shuhrat eng so'ng Behzod yetib keldi 35 / 41 Qaysi ko`makchilar chiqish kelishigi shaklidagi so`z bilan qo`llanadi? A) so`ng, beri. B) qadar,uchun C) binoan, qarshi. D) sayin, sari. 36 / 41 Qaysi gapda teng bog’lovchi qo’llangan? A) El netib topgay menikim, Gar o’zimni topmasam B) Menga Pushkin bir jahon-u, Menga Bayron bir jahon, Lek Navoiydek bobom bor, Ko’ksi qalqon O’zbegim. C) Barcha gaplarda teng bog’lovchi mavjud. D) Haqiqat tikanli gulga o’xshaydi, shuning uchun ham u hidlashni bilmaganlarning burniga sanchiladi. 37 / 41 Qaysi ko'makchilar chiqish kelihigi shaklidagi so'zlar bilan birga keladi ? 1 so'ng 2 tomon 3 bilan 4 bo'lak 5 boshtab 6 keyin A) 1,4,5,6 B) 1,2,3 C) 2,3,4 D) 1,2 38 / 41 Qaysi javobda teng bog'lovchilar haqidagi to'g'ri hukmlar ko'rsatilgan?1) bilan ko'makchisi uyushiq bo'laklarni bog'lab kelganda bog'lovchi vazifasini bajaradi; 2) teng bog'lovchilar uyushiq bo'lak va gaplarning mazmuniy munosabatlarini ham ro'yobga chiqaradi;3) ko'makchi, yukiama, modal so'zlar vazifadosh bog'lovchi vazifasida ham kelishi mumkin; 4) mazmuniy munosabat ifodalashiga ko'ra bog'lovchilar teng va ergashtiruvchi bog'lovchilarga bo'linadi;5) zidlov bog'lovchilari uyushiq bo'laklarni emas, qo'shma gap qismlarini bog'laydi. A) 1, 2, 3, 5 B) 1,2,3 C) 1,2,3, 4, 5 D) 1,2, 3,4 39 / 41 Qaysi ko`makchilar faqat bosh kelishikdagi so`zlar bilan qo`llanadi. A) qadar. B) binoan, qarshi. C) so`ng, beri. D) sayin, sari. 40 / 41 Qaysi qatordagi bog’lovchilar teng bog’lovchilarga mansub emas? A) biroq. lekin B) yo. yoki C) chunki. shuning uchun D) va. ham 41 / 41 Bosh kelishikdagi so`z bilan birikadigan ko`makchilar qatorini aniqlang. A) bilan, uchun, sayin, cho`g`li, so`ng. B) bilan, uchun, singari, haqida, tarzida. C) tufayli qarab, yarasha, beri, bilan. D) singari, haqida, tarzida, doir, so`ng. 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz