Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 7-sinf Ona tili » 7-sinf Ona tili №11 7-sinf Ona tili 7-sinf Ona tili №11 InfoMaster Aprel 6, 2022 121 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 7-sinf Ona tili №11 VAZIFADOSH KO’MAKCHILAR KO’MAKCHILARNING MA’NO TURLARI KO’MAKCHILAR VA QO’SHIMCHALARNING MA’NODOSHLIGI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 40 Telbalik, aslida, ko'pchilik ko'nikkan tarzga xilof yondashish samarasidir. Ushbu gapda nechta yasama so'z qatnashgan? A) 3 B) 2 C) 4 D) Yasama so'z mayjud emas. 2 / 40 Bugungi ishni ertaga qo’yma Ushbu gapdagi sifatning qanday ma’no ifodalanayotganini aniqlang A) darajani B) paytga ko’ra munosabatni C) o’ringa ko’ra munosabatni D) holatni 3 / 40 1 Yaxshiyam universitet yaqinda 2 Yaqinda o’qishni tugatadi Ushbu gaplardagi yaqinda so’zi haqidagi qaysi fikr to’g’ri ? A) birinchi gapda o’rin ravishi ,ikkinchi gapda payt ravishi B) har ikkala gapda o’rin ravishi C) birinchi gapda payt ravishi ,ikkinchi gapda o’rin ravishi D) har ikkala gapda payt ravishi 4 / 40 3 Ma’nodosh so’zlar qo’llangan gapni ko’rsating A) Go’zal hech qachon yutuqlari bilan maqtanmas ,mag’rurlanmas edi B) Yoz kunlarining birida Vali oshna og’aynilari, jo’ralari ,do’stlari bilan toqqa aylangani bordi C) Sen nimadan xursandsan? D) Anvar nimadir so’ramoqchi edi,biroq Karim darrov g’oyib bo’ldi 5 / 40 Qaysi gapda II shaxs egalik qo‘shimchasini qabul qilgan ko‘rsatish olmoshi qo‘llangan? A) Buning meni bir kuni aqldan ozdiradi. B) Buning nomi “Sindirish” deb ataladi. C) Unim yo‘q, bunim yo‘q, Ro‘zg‘orda unim yo‘q. D) Buning nimasi yomon? . 6 / 40 Qaysi gapda belgilash olmoshi ishtirok etgan? A) Oybek o'z ijodi bilan butun bir kutubxona yaratdi B) Har kim o'z qilmishiga yarasha mukofot oladi C) Uzoqdan allaqanday qora ko'rindi D) Nima kishiga ko'p ziyon keltiradi ? 7 / 40 Qaysi gapda bo’lishsizlik olmoshi mavjud? A) Hech kimni shafe keltirmay tura turing, hali . B) Bu cholni butun yurt izzat qiladi. C) Siz bolalik qilib, bunaqa xomxayollarga borib yurmang D) Har narsaga jahl qilavermaslik lozim . 8 / 40 Qurboning bo’layin ,ey onajonim Sening faryodlaring ,mening fig’onim (M Yusuf) Ushbu she’riy parchada ismlarning munosabat shakllari necha marta qo’llangan? A) 6 B) 4 C) 7 D) 5 9 / 40 Egalik qo'shimchasi qo'llanmagan qatorni toping A) Boburning kitobi ,Orolmirzoning qo’shig’i B) Bobur bog'i ,Orol dengizi C) kitobning muqovasi,o’zining she’ri D) mening kitobim , o'z bog'im 10 / 40 Kelishiklar vazifasiga ko’ra qaysi birliklarga o’xshash bo’ladi ? A) kelishik qo'shimchala’ga B) to’siqsiz fe’llarga C) nisbat hosil qiluvchi qo'shimchala’ga D) ko’makchilarga 11 / 40 Atalganlik ma’nosida qo’llangan ko’makchini toping A) Onajonim hammamiz uchun birdek aziz B) Nodira ukasi uchun qalam sotib oldi C) Toshkentga akam bilan birga bordik D) O’qish uchun keldim 12 / 40 Qaysi qatordagi o’xshatish qo’shimchasini ko’makchi bilan almashtirish mumkin? A) Qanday hislatlarni rivojlantirish lozimligini kishi yaxshi bo’lmog’ va shunga intilmog’ zarur. B) Bunday befarosatlar onda-sonda uchrab tiradi. C) Unday demang, hamma ham birday emas. D) –Jinday kuting, hozir majlis tugaydi, - dedi kotiba mehmonga. 13 / 40 Ustida so’zi qaysi qatorda ko’makchi vazifasida qo’llangan ? A) Qo’ng’iz yaproqning ustida o’rmalardi B) Lolalar qirning ustida ochilgan C) U kechgacha ish ustida o’tirdi D) Kitob stolning ustida turibdi 14 / 40 O’xshatish,qiyoslash ma’nosini ifodalovchi ko’makchini toping A) qadar B) to’g’risida C) yanglig’ D) qarab 15 / 40 Quyidagi gaplarning qaysi birida jo`nalish kelishigi qo`shimchasini ko`makchi bilan almashtirsa bo`ladi? A) Gapingizga qaraganda uzoqdan kelibsiz. B) Olimga vijdon ham o`tkir ilm kabi zarur C) Qarab tur, seni otangga chaqmasammi! D) Men o`zimning kimligimni sizga aytdim. 16 / 40 Boshqa so’z turkumidan ko’makchiga o’tgan so’zlarni tartibi bilan belgilang .1.tomon 2.qarshi 3. qarata 4.burun A) ot, ravish. fe’l, otdan o’tgan B) ravish, sifat, fe’l, ravishdan o’tgan C) ravish, ot, sifat, otdan o’tgan D) ot, sifat, fe’l, ravishdan o’tgan 17 / 40 Vazifadosh ko'makchilar gapda ko'pincha qaysi gap bo'lagi vazifasida keladi ? A) O'zi bog'langan so'z bilan birga to'ldiruvchi bo'lib keladi B) O'zi bog'langan so'z bilan birga kesim bo'lib keladi C) O'zi bog'langan so'z bilan birga hol bo'lib keladi D) O'zi bog'langan so'z bilan birga aniqlovchi bo'lib keladi 18 / 40 Qaysi gapda maqsad ma’nosini bildiruvchi ko’makchi qatnashgan? A) Dadam dam olish uchun Kosonsoyga jo’nab ketdi. B) Bu kitob qo’liga tushgandan keyin, bosh ko’tarmay mutolaaga berildi. C) Fursat g’animatdir, shoh satrlar-la bezamoq chog’idir umr daftarin. D) Kitob ustida uzoq ishladi. 19 / 40 Faqat vazifadosh ko’makchilar ishtirok etgan qatorni aniqlang. A) ustida, ichida, qoshida, tomon B) bilan, orqa, tepada, o’rtada C) sababli, oldida, uchun, qarab D) sari, boshida, qadar, maqsadida 20 / 40 Fikr mavzusi ma’nosini ifodalaydigan ko’makchilar berilgan qatorni toping. A) xususida, o’xshab B) tufayli, uchun C) haqida, to’g’risida D) sari, bo’ylab 21 / 40 Kelishik qo`shimchasi o`rnida ko`makchini qo`llash mumkin? A) Mehnat, kitob, do`stlik haqida suhbat qizg`in davom etdi. B) Radiodan sening quvnoq ovozingni hamma eshitdi. C) Saida kulib yubormaslik uchun labini tishladi. D) Do`stining holatini diqqat bilan kuzatib turgan Hotam. 22 / 40 Qanday so’zlar ko’makchi vazifasida kelishi mumkin ?1 otlar 2 ravishlar 3 ravishdoshlar A) 2,3 B) 1,3 C) 1,2 D) 1,2,3 23 / 40 Qaysi misolda ko’makchilarning o’rniga kelishik qo’shimchasini qo’llab bo’lmaydi ? A) Ukam uchun kitob oldim B) Oyinayi jahon orqali yangiliklar berildi C) O’zbek dehqonlari mo’l hosil uchun dala ishlarini boshlab yubordi D) Paxta mashina bilan terildi 24 / 40 Jo’nalish kelishigi qo’shimchasi qaysi ko’makchi bilan ma’nodosh hisoblanadi ? A) muvofiq B) kabi C) bo’ylab D) tufayli 25 / 40 Qaysi gapdagi kelishik qo`shimchasini ko`makchi bilan almashtirsa bo`ladi? A) Saharlab shaharga yo`l oldik. B) Shu yo`ldan yurib murodga yetdik. C) Sizga atalgan qo`shiqlarim bor. D) A, B,C 26 / 40 Yig’ilganlar Navro’z bayrami to’g’risida suhbatlashdilar. Ushbu gapda ko’makchining qanday ma’noviy guruhi mavjud? A) fikr mavzusi B) maqsad C) sabab D) chegara 27 / 40 Qaysi gapdagi ko’makchi jo'nalish kelishigiga ma'nodosh bo'la oladi ? A) Bularning barchasi siz uchun B) Kechga qadar ishlaclik C) Bu yangilikni telivizor orqali cshitdik D) Shu kichik yo'iak orqali o'tsangiz ,katta ko'chaga chiqasiz 28 / 40 Vazifadosh ko’makchilar berilgan qatorni toping. A) ko’ra, deb, bo’ylab, qarab B) sababli, tufayli, uchun C) sari, sayin, bilan D) uzra, haqida, qadar 29 / 40 Qaysi kelishik qo‘shimchasi yo‘nalish ma’nosida tomon, bo ‘ylab ko'makchilari bilan ma’nodosh hisoblanadi? A) o‘rin-payt B) chiqish C) tushum D) jo‘nalish 30 / 40 Qaysi qatorda vazifadosh ko’makchi otlashgan so’zdan keyin qo’llangan ? A) To’ydan keyin nag’ora chalmoq –nodonlar ishi B) Insonning fe’l atvoriga qarab unga baho berishadi C) Yomonlarning qoshida yalinish yaxshilarning ishi emas D) Bitmas –tuganmas bilimning tagida mashaqqat yotadi 31 / 40 Qaysi qatorda nuqtalar o`rniga jo`nalish, chiqish kelishigi va uchun ko`makchisini o`zaro sinonim sifatida ishlatilishi mumkin. A) maktab…kerak B) kelgani...xursand C) hamma…foydali D) u…yaxshi 32 / 40 1 Devor usti yomg’irdan iviy boshladi 2 Kitob ustida uzoq ishladi 3 Nosir o’z ustida ko’p ishladi Ushbu gaplardagi ushbu so’zi qaysi javobda to’g’ri izohlangan ? A) har uchala gapda vazifadosh ko’makchi B) 2 va 3 gaplarda vazifadosh ko’makchi ,1-gapda mustaqil so’z C) 1 va 2 gaplarda vazifadosh ko’makchi ,3-gapda mustaqil so’z D) 1 va 3 gaplarda vazifadosh ko’makchi ,2-gapda mustaqil so’z 33 / 40 -dek qo’shimchasi qaysi ko’makchi bilan ma’nodoshlik hosil qiladi? A) bo’ylab B) yanglig’ C) asosan D) yarasha 34 / 40 Qaysi qatorda kelishik qo`shimchasini ko`makchi bilan almashtirish mumkin? A) O`ktam gulzor yoniga darov joy hozirladi. B) Bog`imizdagi olmadan yaxshi xosil oldik. C) Mehnat hamisha inson hayoti va madaniyatining asosi. D) Olimjon Farg`onadagi ukasi bilan telefonda gaplashdi. 35 / 40 Quyidagi gapda ko`makchining qanday ma’no uchun xizmat qilayotganini aniqlang. Bahorga qadar sabr qilishga to`g`ri keladi. A) sabab B) chegara C) payt D) qamrov 36 / 40 Ko’makchilarga ma’nodosh bo’ladigan qo’simchalar berilgan qatorni toping. A) –ga, -da, -dan B) A va B C) –cha, -chi, -gan D) –day, -dek, -ni 37 / 40 Ko’makchilar asosan qaysi kelishiklar bilan vazifadosh hisoblanadi ? A) tushum ,jo’nalish , chiqish , o’rin payt kelishiklari B) jo’nalish , chiqish , o’rin payt kelishiklari bilan C) Barcha kelishiklar bilan D) jo’nalish va chiqish kelishiklari bilan 38 / 40 Qaysi gapdagi vazifadosh ko’makchini sof ko’makchi bilan almashtirish mumkin? A) Qoziq ustida qor turmas B) Gap futbol o’yini ustida ketardi C) Orqadan chuqur soy oqardi D) A va B 39 / 40 Qaysi qatordagi ko’makchi chegara ma’nosini ifodalagan? A) Kechga qadar tinimsiz ishladik B) Shu kichik yo’l orqali o’tasiz C) Uygacha suhbatlashib bordik D) Maktab tomon yo’l oldik 40 / 40 Qaysi gapda kelishik qo’shimchasi o’rniga ko’makchi qo’llash mumkin? A) Aql miyada, ta’m tilda, kuch qo’lda bo’ladi. B) Yozdagi mehnating hech kimga kelmaydi malol. C) Shavla odatda qoshiqda yeyiladi. D) Koinot lochinlarini qizg’in kutib oldik. 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz