Tarix attestatsiya №10

0%
0

OMAD YOR BO'LSIN!


Tarix fanidan attestatsiya savollari №10

2022 yil 17-martda Toshkentda tushgan savollar

DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga  sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin.

Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! 

e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi.
Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling.

1 / 40

Mardikorlikka olishga qarshi qaysi hududda ko’tarilgan qo’zg’alon ishtirokchilari mustamlakachilarning xizmatida bo‘lgan mahalliy ma’muriyat vakillari uylariga, ma’muriy binolarga o‘t qo‘ydilar, 2 mirshab o‘ldirildi va bir necha kishi jarohatlandi?

2 / 40

Aleksandr Makedonskiy qo'shini Maroqandni egallaganidan uch asr o'tgach ....

3 / 40

Xonlik o‘rdasi qurilgach, Xudoyorxon saroy devorlaridagi xattotlik ishlarini bajarishni kimlarga buyurgan. 1. Turdi Ali 2. Mirzo Mahmud 3. Muhammad Yunus

4 / 40

Rus va fransuz qo’shinlari o’rtasidagi Mosvka yaqinidagi Borodina qishlog’ida bo’iq o’tgan jangda rus qo’shinlariga qo’mondonlik qilgan sarkardani aniqlang.

5 / 40

Yaponiyada Yosimune tokugava davrida( 1716—1745-yillari) amalga oshirgan islohotlarini belgilang. 1) qo'riq yerlarni o'zlashtirish hisobiga dehqonchilik qiluvchilarni rag'batlantirish siyosatini yuritdi; 2) suv omborlarini joriy etish; 2) sug'orish inshootlari tizimini takomillashtirdi; 4) yerni sotish, sotib olish yoki garovga qo'yishni taqiqlovchi qonun chiqardi; 5) don omborlarni tashkil etish.

6 / 40

Afinada ... adabiyot o‘qitilar, she’r yozish va musiqa ham o‘rgatilgan

7 / 40

...da Oʻzbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasida davlat chegarasini qo‘riqlashda hamkorlik qilish to‘g‘risidagi va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha qator bitimlar imzolandi.

8 / 40

AQSH prezidentlari va ularning amalga oshirgan ishlarini moslashtiring. 1)ichki siyosatda AQSHning buyukligini tiklash va tashqi siyosatda esa boshqa davlatlarning ishlariga aralashmaslikni e’lon qildi; 2) Federal xarajatlarning asosiy qismi inson resuslarini rivojlantirishga sarfladi; 3) Iroq va Suriyadagi vaziyatning og’irlashuvi va AQSHning o’zida ham terroristik xavfining kuchayishi prezidentning obro’yini tushirib yubordi; a)Bill Klinton b) Barak Obama c) Donald Tramp

9 / 40

Arzinjon yaqinida jang bo`lgan yili bo`lgan voqeani toping?

10 / 40

Afrikada qul savdosi bilan XVI asr oxirigacha shug’ullangan (a) va XVII asrdan qul savdosida yetakchilik qilishni o’z qo’liga olgan (b) davlatlarni qniqlang.

11 / 40

Ilk o’rta asrlarda Farg’onada hukmdorlar qanday atalgan?

12 / 40

Qadimgi Xorazm vohasi markazi bo’lgan qal‘ani aniqlang.

13 / 40

Turkiston Muxtoriyati tashkil etilgan vaqtda harbiy vazir etib kim tayinlanganligini aniqlang.

14 / 40

Rasmda keltirilgan shaxsga oid so’zlarni aniqlang.

15 / 40

Rossiya imperiyasining O’rta Osiyoga yurishlarining uchinchi bosqichi nechanchi yillarni o’z ichiga oladi?

16 / 40

Quydagi ma’lumotlarni xronologik ketma-ketlikda joylashtiring. 1. Enriko Fermi ilk atom reaktorini yaratdi 2. Grabovskiy va Belyanskiy harakatla nuv chi tasvirni elektron-nurli trubka yordamida masofaga uzatishni amalga oshirdi 3. Buyuk Britaniyaning mashhur radiokorporatsiyasi Bi-bi-si tashkil qilindi

17 / 40

Roman uslubida qurilgan eng mashhur binolar qaysi davlatda joylashgan?

18 / 40

Xatoiy taxallusi bilan ijot qilgan hukmdorni aniqlang?

19 / 40

Bir yilda bo'lgan voqealarni aniqlang. 1. Onon daryosidagi qurultoyda Temuchin ulug’ xoqon deb e’lon qilindi 2. Dehli sultonligi tashkil topdi 3. Samarqandliklar qo’zg’olon ko’tardi 4. Talos vodiysida qoraxitoylar mag’lubiyatga uchradi

20 / 40

Qaysi hukmdor davridan boshlab shayboniylar davlati Buxoro xonligi deb atala boshlangan?

21 / 40

Salavkiylar davlatida strateg qanday vazifani bajarganligini aniqlang?

22 / 40

4-3-ming yilliklar tosh asrining qaysi davrga to’g’ri keladi?

23 / 40

1740-yilda Xiv ava Buxoroni bosib olgan Eron hukmdori?

24 / 40

O’rta Osiyoga bostirib kirgan Aleksandr Makedoniskiyga qarshi kurashga boshchilik qilgan shaxsni aniqlang.

25 / 40

Quyidagi shaxslardan aynan bir davrda yashagan shaxslarni aniqlang. 1. Nuh II 2. Muqanna 3. To’g’rul 4. Abu Sahl Masihiy 5. Amir Hoji Barlos 6. Abruy

26 / 40

XVIII asrda Eron poytaxt(lar)ini belgilang.

27 / 40

Xiva xonligiga qaysi sulola asos slogan?

28 / 40

“Shajaraiy turk” asarining muallifi kim?

29 / 40

2001-yil mamlakatimizda qanday yil deb nomlandi?

30 / 40

O’rta asrlarda Kvadriumda o’rganilmaydigan fanni aniqlang?

31 / 40

XIX asrda vaqf yerlaridan olinadigan daromadning hisob kitobi bilan kim shug'ullangan?

32 / 40

Shayboniylar davrida Qo'shin va xon xonadoni xarajatlarini qoplash uchun yig'ilgan soliq qanday nomlangan?

33 / 40

Qaysi muallifning avliyolar va payg’ambarlar haqida ma’lumotlar keltirilgan she’riy shaklda yozilgan asari Turkistondagi an’anaviy ta’lim muassasalarida darslik sifatida o’qitlgan.

34 / 40

Xolchayon va Dalvarzintepa qaysi davlat yodgorligi majmuasiga taaluqli?

35 / 40

VIII asr boshlarida arablarning Movaraonarhrga harbiy yurishlariga kim boshchilik qilgan?

36 / 40

SSSR ko’plab Yevropa davlatlari (a) va AQSH tomonidan tan olingan(b) yillarni aniqlang.

37 / 40

Forslar tomonidan O’rta Osiyoda bosib olingan satrapliklar nechta viloyatga bo’lingan?

38 / 40

Rasmda keltirigan shaxsga oid ma’lumotlarni to’g’ri belgilang. 1. xristianlik boshqa dinlarga teng dindir degan farmon chiqargan 2. xristianlik ramzini o‘z askarlari qalqonlariga chizishga buyurgan va g‘alabaga erishgan. 3. keng ko‘lamda qurilish ishlari olib boride 4. Suriya va Mesopotamiya hududlari Rim imperiyasi tarkibiga kirdi.

39 / 40

Nechanchi yilda arab alifbosi asosidagi o’zbek alifbosi yaratilib unda lotin grafikasiga o’tilgan?

40 / 40

VIII asr boshlarida arablarning Movaraonarhrga harbiy yurishlariga kim boshchilik qilgan?

0%

Baholash mezoni

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”;

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”;

- 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”

- 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin”

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

2 Izohlar
Hammasini ko'rsatish Eng Foydali Eng Yuqori Reyting Eng Past Reyting Sharhingizni qo'shing

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0