Fizika attestatsiya №8

0%
0

OMAD YOR BO'LSIN!


Fizika fanidan attestatsiya savollari №8

DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga  sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin.

Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kriting! 

e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi.
Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling.

1 / 40

Modda atomi qanday zarralardan tuzilgan?

2 / 40

Silliq qiya tekislikda jism sirpanib tushmoqda. Qiyalik burchagi 60 0 bo’lsa jism qanday tezlanish bilan harakatlanadi (m/s²)? Ishqalanish hisobga olinmasin. g=10m/s² .

3 / 40

Agar 90 kg massali kosmonavt kosmik kemada uchish vaqtida yuklanish 3 ga teng bo‘lsa, kosmonavtning og‘irligi qancha bo‘ladi (kN) ?

4 / 40

Rasmda ko’rsatilgan jismlarning to’qnashuvdan keying tezligini m/s toping?(Jismlar bir vaqtda to’qnashadi, ishqalanishni hisobga olmang)

5 / 40

Qo’zg’almas blokka o’tkazilgan vaznsiz ip ikki uchiga massalari 8kg va 2kg bo’lgan ikki yuk osilgan. Yuklarning nisbiy tezlanishi qanday (m/s²)?

6 / 40

Yer sirtidan qanday balandlikda erkin tushish tezlanishi yer sirtidagi qiymatiga nisbatan 49 marta kichik bo’ladi? Yerning radiusi R.

7 / 40

Massasi 5 kg va tezligi 20 m/s bo’lgan jismning kinetic energiyasini (J) da toping?

8 / 40

Bikirligi 100 N/m bo’lgan prujina vertical tayanchga mahkamlangan. Prujinaga qanday (kg) massali yuk osilganda uning cho’zilishi 1 sm ga teng bo’ladi? g=10 m/s²

9 / 40

Massasi 2000 kg boʻlgan avtomobil egrilik radiusi 40 m boʻlgan qavariq koʻprikdan10 m/s tezlikda oʻtmoqda. Koʻprikning oʻrtasida avtomobil koʻprikka qancha kuch (kN) bilan bosadi?

10 / 40

8 g ozonda (O3) nechta kislorod atomi bor?

11 / 40

Geliy gaziga izoxorik tarzda 90 J issiqlik miqdori berildi, so‘ngra gaz izobarik sovitilganida 150 J issiqlik miqdori ajralib chiqdi. Gazning ichki energiyasi necha J o‘zgardi?

12 / 40

Jadvalda moddalar va ularning nur sindirish ko‘rsatkichlari berilgan. Agar bu moddalarda yorug‘likning tarqalish tezligi o‘lchansa, qaysi moddada yorug‘lik eng kichik tezlik bilan tarqaladi?

13 / 40

Quyida jism koordinatasining vaqtga bog‘lanish grafigi berilgan. Qaysi sohalarda jism x o‘qi bo‘ylab harakat qilgan?

14 / 40

Q nuqtaviy zaryaddan birinchi nuqta r, ikkinchi nuqta 2r masofada joylashgan. Bu ikki nuqtadagi elektr maydon kuchlanganliklarining nisbati qanday?

15 / 40

Tezligi 0,1c bo‘lgan zarraning impulsi p ga teng. Tezligi 2 marta ortsa, impulsi qanday bo‘ladi? c - yorug‘lik tezligi.

16 / 40

Radiusi 1 cm bo‘lgan temir sharni radiusi 3 cm ga yetguncha oltin (ρoltin = 19300 kg/m³) bilan qoplandi. Bu jarayonga qancha (kg) oltin sarflanganini aniqlang. π = 3

17 / 40

Muhitda to‘lqin uzunligi 8π m bo‘lgan ko‘ndalang to‘lqin hosil qilinmoqda. Agar muhit zarralarining maksimal tezligi 20 cm/s, tebranish amplitudasi 8 cm bo‘lsa, to‘lqinning tarqalish tezligini (m/s) toping.

18 / 40

Teng yarmi yerga ko‘milgan diametri 1 m bo‘lgan 5 kg massali shar berilgan. Uni yer sirtidan balandligi 3 m bo‘lgan stol ustiga chiqarish uchun og‘irlik kuchiga qarshi qancha ish (J) bajarish kerak? g=10 m/s²

19 / 40

4 valentli kremniyga birinchi holatda 3 valentli indiy, ikkinchi holatda 5 valentli mishyak qo‘shildi. Bu ikki holatda aralashma qanday o‘tkazuvchanlikka ega bo‘ladi?

20 / 40

Kislorod atomini ionlashtirish energiyasi 14 eV. Ionlashtirishni vujudga keltiruvchi nurlanishning minimal chastotasi (Hz) topilsin. h = 6, 63 · 10−34 J · s

21 / 40

Ichki qarshiligi 2 Ω bo‘lgan manbaning FIK 20 % ga teng bo‘lsa, u qanday qarshilikli (Ω) iste’molchiga ulangan?

22 / 40

Uzunligi 300 m, ko‘ndalang kesim yuzasi 1 cm² bo‘lgan misdan yasalgan sterjenning bikrligini (kN/m) aniqlang. Misning elastiklik moduli 120 GPa ga teng.

23 / 40

Agar R₁ = R, R₂ = R, R₃ = 2R bo‘lsa, mos ravishda rezistorlardan o‘tayotgan tok kuchlarining nisbati I₁ : I₂ : I₃ ni aniqlang.

24 / 40

Magnit maydon induksiyasi x o‘qi bo‘ylab yo‘nalgan bo‘lsa, Lorens kuchi y o‘qi bo‘ylab yo‘nalishi uchun bu maydondagi protonning tezligi qanday yo‘nalgan bo‘lishi kerak?

25 / 40

0,3 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan 20 t massali vagon 0,2 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan 30 t massali vagonni quvib yetadi. Agar to‘qnashuv noelastik bo‘lsa, sistema to‘qnashuvda qancha (%) mexanik energiyasini yo‘qotadi?

26 / 40

Liftdagi jismning og‘irligi 9 N, unga ta‘sir etuvchi natijaviy kuch 6 N (pastga yo‘nalgan). Jismning og‘irlik kuchi (N) qanday?

27 / 40

C sig‘imli kondensatorning musbat va manfiy zaryadli qoplamalari akkumulyatorning musbat va manfiy qutblariga mos holda ulanmoqda. Agar akkumulyatorning EYuK U, kondensatordagi kuchlanish 2U bo‘lsa, bu jarayonda akkumulyator elektr energiyasi qanchaga o‘zgaradi?

28 / 40

O‘zgaruvchan tok zanjirida kuchlanish u = 12√2 sin(2t + 0, 1) [V] qonun bo‘yicha o‘zgaradi. Unga ulangan qarshiligi 6 Ω bo‘lgan rezistordagi o‘rtacha quvvatni (W) aniqlang.

29 / 40

2 kg massali jismga gorizontal yo‘nalishda 5,2 N tashqi kuch qo‘yildi. Agar jism va sirt orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti μ=0,04 bo‘lsa, jismning tezlanishini (m/s²) aniqlang. g=10 m/s²

30 / 40

Zarraning tezligi 0,2c va foton unga yetib olmoqda. Ularning nisbiy tezligi qanday? c - yorug‘lik tezligi.

31 / 40

Quyida jismning Ox o‘qidagi harakatining tezlik grafigi berilgan. Jismning dastlabki 8 sekund davomidagi yo‘li S ni (m) va ko‘chishi L ni (m) aniqlang.

32 / 40

m1=4 kg va m2=1 kg massali jismlar rasmda ko‘rsatilganidek muvozanatga keltirilgan. m₁ massali jismning qancha hajmi (dm³) suv ostida ekanligi aniqlansin. ρsuv=1000 kg/m³

33 / 40

Nuqta fokus masofasi −20 cm bo‘lgan sochuvchi linzaning bosh optik o‘qidan 9/4 cm balandlikda turibdi. Nuqta va linza orasidagi masofa 25 cm. Uning tasviri bu o‘qdan qanday balandlikda (cm) hosil bo‘lgan?

34 / 40

Radioaktiv preparatning aktivligi 105 Bq, yarim yemirilish davri 3 oy. Bir yildan so‘ng preparatning aktivligi (Bq) qanday bo‘ladi?

35 / 40

Ideal gaz (bir atomli) ustida grafikda ko‘rsatilganidek yopiq sikl bajarildi. Gaz 1-2 jarayonda 1,2 kJ issiqlik miqdori berib qizdirildi, 2-3 jarayonda 1 kJ issiqlik miqdori lib sovitildi, oxirida adiabatik siqildi. Adiabatik jarayonda tashqi kuchlarning gaz ustida bajargan ishini (kJ) hisoblang.

36 / 40

Fotonning energiyasi hν yorug‘lik tezligiga yaqin tezlik bilan harakatlanayotgan elektronning kinetik energiyasiga teng. Elektronning impulsini fotonning impulsiga nisbati qanday? Elektronning tinchlikdagi massasi m. c - yorug‘lik tezligi.

37 / 40

Jism 15 m/s tezlik bilan tik yuqoriga otildi va ma’lum vaqtdan keyin yerga qaytib tushdi. Oy o‘qining musbat yo‘nalishi sifatida jismning yuqoriga otilish yo‘nalishini qabul qilib, jismning tezlik grafigini ko‘rsating. g=10 m/s²

38 / 40

m massali ideal gaz ustida grafikda ko‘rsatilganidek ikki xil izobarik jarayon bajarildi. Agar p2/p1=2,25 bo‘lsa, grafikning A va B nuqtalariga mos keluvchi xolatlarda gaz molekulalari o‘rtacha kvadratik tezliklarining nisbati  v1/v2  ni aniqlang.

39 / 40

Moddiy nuqta x = A sin(πt/8) qonun bo‘yicha tebranmoqda. Vaqt o‘lchovi t=0 dan boshlansa qanday t vaqtda (s) moddiy nuqta bosgan yo‘l 1,5A ga yetadi?

40 / 40

Bir jinsli M=3 kg massali sterjen prujinalar bilan rasmda ko‘rsatilganidek muvozanatga keltirilgan. Agar prujinalarning bikrligi k2=2k1=1 kN/m bo‘lsa, ularning mos holdagi cho‘zilishlarining yig‘indisi Δx1 + Δx2 ni (cm) toping. g=10 m/s²

0%

Baholash mezoni

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”;

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”;

- 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”

- 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin”

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0