Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 9-sinf Adabiyot » 9-sinf Adabiyot 7-mavzu 9-sinf Adabiyot 9-sinf Adabiyot 7-mavzu InfoMaster Mart 24, 2022 118 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 9-sinf Adabiyot 7-mavzu yuzasida testlar 7 – MAVZU: OYBEK 1 / 24 Hakimbek Murodtepada birinchi bo'lib kim bilan uchrashdi? A) Boyqashqa B) Qultoy C) Ko'kaldosh D) Qorajon 2 / 24 Farhodning ariq qazuvchilarga madad qilishi unga xos qaysi xususiyatlardan dalolat beradi? A) Insonparvarlik, mehnatsevarlik B) Sadoqat, jasorat C) Odoblilik, kamtarlik D) Mardlik, qahramonlik. 3 / 24 Xo’ja tasavvufining qaysi silsilasi vakili edi? A) Xojagon B) malomatiya C) kubraviya D) naqshbandiya 4 / 24 Ogahiyning musoviryattarafayn shaklida yozilgan g’azali qaysi javobda berilgan ? A) ) “ Ilohi har kuning navro’z bo’lsun “ B) ) “Mulki millatga emin o’lsa agar ogohlar .” C) ) “Ul sho’xki ochildi xatu ruxsori ..” D) ) “Ul gul yuzli sahbodin gul gulmi ekan oyo “ 5 / 24 Furqatning "Surmadin ko'zlar qaro. qo'llar xmodin lolarang" deb boshlanuvchi g'azali kimmng g'azaliga tazmin qilingan? A) Lutfiy B) Fuzuliy C) Navoiy D) Mashrab 6 / 24 Abu Hurayra raziyallohu anhudan rivoyat qilingan quyidagi Hazrat Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning nutqini to'ldiring. «Alloh taolo qaysi bandasiga yaxshilikni ravo ko'rsa, o'shanga ». A) yaxshi qo'shni yuborgaydir B) mehribon ota-ona yuborgaydir C) yaxshi axloq yuborgaydir D) biror musibatni yuborgaydir 7 / 24 «Navoiy» romanida har bir amir, bek o'z muhrini davlatda o'z darajasiga yarasha ma'lum o'ringa bosishi kerak bo'lgan holatda Navoiy o'z muhrini yorliqning qaysi joyiga bosadi? A) hukmdorning muhri yoniga B) yorliqning o'rtasiga C) hukmdorning muhri oldiga D) yorliqning eng pastiga 8 / 24 «Navoiy» romanidan olingan quyidagi parchada qaysi qahramonnlng yashash joyi tasvirlangan? «G'orning ustidan naq bosib tushayotganday vahimali qoyalar osilib turar edi. G'or ichi uch-to'rt bo'yra sahnga еgа; g'adir-budur tosh devoriar isdan qop-qora edi. Yerda poxol ustiga solingan eski bir sholcha, buzoq terisidan taqir po'stak, bir chekkada paxtasi oqqan ko'rpa taxlog'li turardh. A) Shayx Temurning B) Bobo Xoklynlng C) darvesh Ariotning D) Imom Faxrlynlng 9 / 24 “Navoiy» romanida qo'llanilgan «gushtgirlik» so'zining ma'nosini toping. A) kurash B) qilichbozlik C) ish biladigan, kordon D) tadbir egasi, tadbirli 10 / 24 «Navoiy» romanida Navoiyning uyidagi yig'ilishda darvesh tabiatli Hasan Ardasher turkiy til kimlarning g'azaliyotida oftobday namoyon bo'lganini ta'kidlaydi? A) mavlono Lutfiy va Jomiyning B) mavlono Lutfiy va Navoiyning C) mavlono Binoiy va Navoiyning D) Firdavsiy va Nizomiyning 11 / 24 «Navoiy» romanida Alisher Navoiy qaysi hukmdorda shoirlik, ilmparvarlik sifatlarini ko'radi? A) Majididdin Muhammadda B) Valibek Mirzoda C) Mirzo Yodgorda D) Husayn Boyqaroda 12 / 24 «Navoiy» romanida Navoiyning sadoqatli navkari, barvasta qomat, aqlli, boadab yigit kim? A) Badriddin B) Shirim C) Boboali D) Abdullo 13 / 24 «Navoiy» romanida Husayn Boyqaro Murg'ob suvi bo'ylab, o'zining qancha suvorisi bilan shaharni yashirin bosib olish uchun yo'lga chiqadi? A) yetti yuz oltmish B) besh yuz ellik C) sakkiz yuz ellik D) to'qqiz yuz oltmish 14 / 24 «Navoiy» romanidan olingan «Navoiy qilichini qinidan sug'urdi (qilichning birinchi va so'nggi marta sug'urilishi edi)», «Hammaning ko'zi qilichini hassa kabi yerga qadab, tepaga ko'tarilayotgan shoirda edi» tasvirlari Alisher Navoiyning qachongi holatini ifodalaydi? A) Mirzo Yodgorni jazolash uchun dor yonida turgan jallodlar oldiga ko'tarilayotgan holatini B) Sulton Mahmudning isyonini bostirib, olomonga murojaat qilmoq uchun kichik minoraga ko'tarilayotgan holatini C) Mirzo Yodgorni qo'lga olish uchun tunda yashirin ko'shkka ko'tarilayotgan holatini D) Sulton Mahmud bilan urush boshlanganligini xalqqa e'lon qilmoq uchun kichik minoraga ko'tarilayotgan holatini 15 / 24 «Navoiy» romanida qaysi obraz: «Johil olomonni tarbiyalamoq uchun tig', loaqal tayoq lozimdir. Olomon shafqat va marhamatning qadriga yetmas», - degan fikrni bildirib, Husayn Boyqaroning bosh ko'targan olomonni jazolash haqidagi qarorini ma'qullaydi? A) Amir Badriddin B) Shayx Temur C) Shirim qorovul D) Majididdin Muhammad 16 / 24 «Navoiy» romanida Navoiyning necha yoshlaridan butun-butun ilmiy, falsafiy, she'riy asarlarni o'zini unutajak ravishda zavqqa berilib mutolaa etganligi aytiladi? A) sakkiz-to'qqiz yoshlaridan B) o'n-o'n bir yoshlaridan C) yetti-sakkiz yoshlaridan D) besh-olti yoshlaridan 17 / 24 «Navoiy» romanida Husayn Boyqaro kimning avliyoligiga ishonganidan og'ir kunida undan duo olishni lozim biladi? A) Bobo Qambarning B) Piri Zindoniyning C) Shayx Bahlulning D) Bobo Xokiyning 18 / 24 «Navoiy» romanida qatorasiga yetti ot ustidan sakrab o'tganligi bilan dong chiqargan, chittakday yengil, chaqqon, qarchig'ayday olg'ir obraz qaysi? A) Islim barlos B) Amir Badriddin C) Valibek D) Zunnun Arg'unbek 19 / 24 «Navoiy» romanida Hirotda xalqning bosh ko'tarishiga sabab bo'lgan, Navoiy: «xomtama, ajdarnafs», - deya ta'riflagan va so'ngra jazolattirgan obraz qaysi? A) Majididdin Muhammad B) Shirim qorovul C) Xo'ja Abdullo Xatib D) Amir Hasanbek 20 / 24 «Navoiy» romanida Alisher Navoiy: «Hirotning eng peshqadam va iste'dodli tolibi ilmlari sizdan dars olmoqni orzu qiladilar», - deya kimni madrasada dars berishga taklif qiladi? A) Umarni B) Sultonmurodni C) Shayxim Suhayliyni D) Hasan Ardashemi 21 / 24 «Navoiy» romanida tunda yashirincha shaharga kirgan Husayn Boyqaro Imom Faxriy mozoriga yetganda kimni uning o'ziga qarashk jamoa yigitlari bilan Bog'i Zog'onning Gavharshodbegim madrasasiga yopishgan darvozasini o'rashga yuboradi? A) Sulton Xo'ja O'zbekni B) darvesh Arlotni C) Ibrohim barlosni D) Muzaffar barlosni 22 / 24 «Navoiy» romanida Hirot beklari Yodgor Mirzo tomonga o'tgach, Husayn Boyqaro o'z mulkida «ikki ofat - ikki yong'in» o'rtasida qoladi, ushbu «ikki ofat - ikki yong'in» kimlar? A) Sulton Mahmud Mirzo va Amir Sarbon B) Amir Sarbon va Muhammad Arlot C) Muhammad Arlot va Yodgor Mirzo D) Sulton Mahmud Mirzo va Yodgor Mirzo 23 / 24 «Navoiy» romanida kimning Xurosonga hujum qilish uchun qo'shin bilan Amu yoqasida turganligi haqida xabar tarqaladi? A) Shayx Temurning B) Amir Badriddinning C) Sulton Mahmudning D) Amir Hasanbekning 24 / 24 «Navoiy» romanida Mirzo Yodgorni Xuroson taxti uchun kurashga undagan bilimdon, oqila, davlat ishlarida tadbirli ayol hisoblangan ammasi kim? A) Poyanda Sultonbegim B) Века begim C) Chand bibi D) Aqiqa begim 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz